Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Miloddan avvalgi I ming yillikning 1-yarmida


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Miloddan avvalgi I ming yillikning 1-yarmida Finikiya 
madaniyati. Finikiya madaniyati miloddan avvalgi IV-I ming 
yilliklarda Finikiya va uning mustamlakalari xududida vujudga 
kelgan. Uning rivojiga misrliklar, shuningdek Ossuriya, Bobil, Xett, 
Egey va yunon madaniyatlari katta ta'sir ko‘rsatdi. Finikiyaliklarning 
eng katta yutuqlaridan biri - miloddan avvalgi II ming yillikda bu 
yerda undosh harflarning kashf etilishidir. Bu kashfiyot keyinchalik 
barcha harf - tovush tizimidagi xatlarda ishlatiladigan bo‘ldi. 
Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Finikiya yozuvi bibl 
“psevdoiyeroglifik”  yozuv, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan xat yoki 
Sinay yozuvi va uning ilk Falastin variantlaridan kelib chiqqan. 
 Finikiya adabiyotining eng qadimgi namunalari Ugarit mifologik 
matnlari va Finikiya shohlarining yozishmalari (Bibllik Axiram va 
Iyeximilk, Sidonlik Eshmunazar va boshqalar) dan iborat. Finikiya 
adabiy va tarixiy asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin so‘nggi 
(hozirgacha uning haqiqatdan ham mavjudligi aniq emas) yozuvlardan 
biri - Sanxotiaton maktublari zamonamizgacha yetib kelgan. 
Finikiyaning madaniy ta'siri bu davrda finikiya alifbosi O‘rta 
dengiz davlatlarida keng tarqalganligida namoyon bo‘ldi. Ushbu 
madaniyatga ulkan ta'sir ko‘rsatgan omillar din va mifologiya bo‘ldi. 
Lekin bu sohalar manbalar tanqisligi va finikiya xudolarining 
ismlarini aytish taqiqlanganligi sababli yaxshi o‘rganilmagan. 

 
 
175
Ma'lumki, Finikiyada oliy xudo El deb atalgan. Buning ma'nosi - 
“xudo”, uning rafiqasi Elat yoki Asherat (dengiz ruhi). Qolgan 
xudolar - shohlar (malk) yoki sohiblar (ball, vall), shu bilan birga, 
osmon xudosi - Baalshamem, quyosh xudosi (issiqlik egasi) - 
Baalxammon, shuningdek alohida joy, daryolar xudolari bo‘lgan. 
Finikiya shaharlarining tanlangan xudolari bo‘lgan, masalan Tirda 
- Melkart (shahar hokimi), Sidonda - Eshmun (tabib - davolash 
xudosi), Beritda - Buyuk Berit egasi, Biblda - (Finikiya umumiy 
xudolaridan biri) sevgi va hosildorlik xudosi Ashtarta (Astarta). 
Finikiyada ayniqsa hosildorlik xudosiga keng e'tiqod qilingan
1
.  
Ras Shamradan topilgan mifologik dostonlarda yerpani sug‘orish, 
tok novdalarini ekish vaqtida qilinadigan qadimgi diniy urf - odatlar 
ta'riflangan. Xudo Mot yoz oxirida ma'buda Anat o‘rog‘i bilan 
qirqiluvchi  “yetilgan boshoq” shaklida tasvirlanadi. Qadimgi 
finikiyaliklarning diniy qarashlarida o‘lib - qayta tiriluvchi tabiat 
xudosi Ball va uning o‘g‘li Aliyyan obrazi alohida o‘rin tutgan. 
Aliyyan to‘g‘risidagi afsonada bu xudoga e'tiqod qilish, yil fasllari 
almashuvining “sirli ma'no”si ham diniy, ham shoirona tarzda izohlab 
berilgan. Bu diniy tasavvurlar Ras - Shamradagi qazish ishlari davrida 
topilgan mifologik dostonlarda o‘z ifodasini topgan. 
Ball va Aliyyan haqidagi dostonda aytilishicha, xudo Ball uchun 
hashamatli ibodatxona qurilgan. Bu ibodatxonada Ball o‘lim xudosi 
Mot (Motom) ustidan g‘alaba qozonganini ma'lum qiladi. Biroq 
Ballga o‘lim hamla qiladi va u o‘g‘li bilan birga narigi dunyoga 
ketadi. Bundan keyin marhum xudolar sharafiga ado etiladigan motam 
marosimlari, hosil ma'budasi (ayrim manbalarda urush xudosi) 
Anatning o‘lim xudosi Mot bilan kurashi, o‘lgan xudolarni izlash, 
nihoyat Ballning Mot ustidan g‘alaba qozonishi va tirilishi haqida 
hikoya qilinadi. Bu qadimgi afsona hamda tabiat xudosiga e'tiqod 
qilish keyinchalik xudo Adonisga sig‘inishga asos bo‘lib, so‘ng bu 
e'tiqod Suriya va Finikiyada keng tarqaladi. 
 Finikiyalik rassomlar Misr, Xet - xurrit va Bobil 
san'ati mavzularida asarlar yaratganlar. Shu 
bilan birga ular o‘ziga xos yo‘nalishlarga ham ega bo‘lgan. Ayniqsa 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 
Qadimgi Finikiya 
madaniyati 

 
 
176
o‘sha davrda Finikiya hunarmandlari yasagan buyumlar Yuqori 
baholangan. 
Ugaritning mashhur ikki epik asari - Keret va Danela haqidagi 
dostonlar - faqat diniy asar bo‘lmay, balki dunyoviy ahamiyatga ega 
bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Keyingi davrlarda paydo bo‘lib, 
ko‘pincha qisqa matndan iborat bo‘lgan qabrtosh yozuvlarini esa 
Shartli ravishda yozma asar sifatida qabul qilish mumkin. 
Finikiyaliklarning eng katta yutuqlaridan biri alifboning ixtiro 
qilinishi bo‘ldi. Finikiya hattotlari misrliklar kashfiyotini mantiqiy 
jihatdan nihoyasiga yetkazishdi. Ma'lumki, Misrda 24 ta undosh 
belgidan iborat alifbo yaratilgan. Lekin to‘liq tushunchani ifodalovchi 
yuzlab bo‘g‘in - belgi va belgilar saqlab qolingan edi. 
Din. Finikiyaning siyosiy tarqoqligi uning, Bobildagi kabi, 
afsonalar tizimini bilmasligiga olib keldi. Shahar kohinlari Misrda 
Fiva hukmronligi davrida Fiva xudosi Amonni “xudolar shohi” deb 
e'lon qilgani kabi, o‘z xudosini “xudolar shohi” darajasiga ko‘tara 
olmas edilar. Osmon xudosi Finikiya shaharlarida bosh tangri 
hisoblanib, u o‘z ismi bilan emas, balki turli nomlar bilan atalgan. U 
oddiygina  “ega” (Vaal), “shahar shohi” (Melkart), “hokimiyat” 
(Molox) yoki “xudo”(El) deb atalgan. 
 
Suriyaning jo‘g‘rofiy jihatdan parchalanishi, 
uning ayrim qismlari bir - biridan ajralganligi, 
butun mamlakatni tarixiy va madaniy jihatdan birlashtiradigan yirik 
daryolarning yo‘qligi sababli qudratli davlatni barpo etadigan qulay 
Sharoit bo‘lmagan. 
Qadimgi Suriya har tomondan qudratli davlatlar bilan o‘ralgan. 
Undan janubi - g‘arbda Misr, Sharqda Bobil va Ossuriya, shimoli - 
Sharqda Mitanni, shimolda Xett davlati joydashgan edi. Mazkur 
davlatlar Suriyaga madaniy jixatdan kamroq ta'sir ko‘rsatgan.  
Shimoliy Suriya Sharqiy O‘rta yer dengizi xududida ilk sivilizatsiya 
markazlaridan biri bo‘lgan. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik 
qazishmalar natijalari (XX asrning 80-yillari boshida) shundan 
dalolat berib turibdi. Suriyaning shimoli - g‘arbiy qismida miloddan 
avvalgi III ming yillikda mahalliy sivilizatsiya paydo bo‘lganligi va 
unga Shumer sivilizatsiyasi madaniy ta'sir ko‘rsatganligi aniqlandi. 
Ushbu sivilizatsiya ulkan qazish ishlari natijasida (Tell-Mardix shahar 
Qadimgi Suriya 
madaniyati 

 
 
177
harobalarida) qadimgi Xalpa shahridan topildi
1
 (hozirgi Xaleb 
shahridan 50 km narida). Arxeloglar Tell - Mardixning quyi, eng 
qadimgi qatlamlarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu 
qatlamlardan Tell - Mardix tarixining ikki bosqichi aniqlandi: 
Xalpaning Yaxmad davlatiga qaramligi davri (miloddan avvalgi 
1900-1600 yillar) va Xalpa tarixining mustaqillik davri (milollan 
avvalgi XXVI-XXIII asrlar). Ushbu madaniyatning eng katta yutug‘i 
bo‘lmish Xalpa matnlari aynan shumer yozuvida yaratilgan. Xalpa 
alifbesining vujudga kelishiga ham shumer yozuvi katta ta'sir 
ko‘rsatgan. Matnning 90 % shumer alifbosi belgilarida bitilgan. 
Xalpa-shumer alifbosi belgilari tashqi ko‘rinishidan Janubiy 
Shumerning an'anaviy yozuvlariga o‘xshab ketadi (Lagash, Ur, Uruk 
yodgorliklaridan). Ammo olimlarning fikricha
2
, bu tizim shimoliy 
(ya'ni Kish) xududlarida vujudga kelgan (miloddan avvalgi 2500 yil)
Tell-Mardixda ham shumer - xalpa qomuslari topilgan. Shunday qilib, 
bu yerdan topilgan xat namunalari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, 
oddiy Ossuriya - Bobil yozuvidan ancha farq qiladi. 
 Eron yassi tekisligida tashkil topgan qadimgi 
davlatlardan faqat Midiya saltanati haqida ozmi 
- ko‘pmi aniq ma'lumotga egamiz. Midiya podsholigi hozirgi 
Eronning shimoli - g‘arbiy va Ozarbayjon hududida joylashgan edi. 
Sharqshunos olim V.I. Avdiyev  “Qadimgi Sharq tarixi” darsligida 
“Midiya Zagrosning tog‘li o‘lkalarini va undan Sharqda joylashgan 
hosildor yerlarni o‘z ichiga olgan” deb yozadi. Ossur yozuvlarida 
miloddan avvalgi IX asrda maday qabilalari haqida ham aytilib, ular 
ossuriyaliklar bilan shiddatli janglar olib borganligi haqida so‘z 
yuritiladi. Ossuriyaliklar bilan madaylar o‘rtasida savdo-sotiq 
aloqalari asosida Midiyaga ossur - bobil madaniyati elementlari kirib 
kelganligi aniqlangan.  
Midiya haqidagi dastlabki ma'lumotlar miloddan avvalgi X-IX 
asrlarga oid bo‘lib, ularga ko‘ra mahalliy axoli ko‘chmanchi va 
o‘troqlashgan tarzda chorvachilik bilan shug‘ullangan. Shu bilan 
                                                 
1
 Enteen, Gorn, Kern, Soviet cit., p. 54, note 10. These decrees were phrased 
relatively early, at the turn of  
1920s to 1930s, but were published for the first time in 1936. 
2
  Всемирная  история.  Энсиклопедия.  Том 1. Под  ред.  Ю.Н.Франсева.  М., 
2000 г 
Midiya madaniyati 

 
 
178
birga, ular dehqonchilik ham qilganlar. Midiya shohligi bu davrda 
rivojlangan sinfiy davlat emas, balkim bir nechta qabilalar 
birlashmasidan (konfederatsiya) iborat edi. Gerodot asarlarida ular olti 
qabiladan tashkil topganligi eslatiladi. Muallif ulardan to‘rttasini 
“nomadlar” deb ataydi
1

Miloddan avvalgi IX-VIII asrlardayoq midiyaliklar jamoasida 
urug‘chilik tuzumining yemirilish jarayoni boshlangan va ijtimoiy 
tabaqalanish yuzaga kelgan. Bir tomondan, urug‘doshlar orasidan 
zodagonlar ajralib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa 
dehqonchilik va o‘troq chorvachilikning rivojlanishi bilan bir qatorda 
qulolchilik ham paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda 
ossuriyaliklarni midiyaliklar bosqinidan muntazam ravishda muhofaza 
qilish uchun qulchilik muhim o‘rin tutgan. Bu hol midiyaliklarni 
qabila ittifoqiga birlashishini va Midiya quldorlik davlatini tashkil 
topishini tezlashtirdi. Bunga mulkiy tengsizlik hamda qullar sonining 
oshib borishi ham sabab bo‘lgan. Lekin shunga qaramay, bu davlat 
endigina shakllanayotgan edi. Ossur yozuvlari va boshqa manbalarda 
qayd etilishicha, Midiya davlatini shohlar boshqargan. 
Miloddan avvalgi VII asrda Midiya shohligi Sharqda eng kuchli 
saltanatga aylanadi. Uning markazi Ekbatana (hozirgi Hamadon) 
shahri bo‘lgan. Midiya poytaxtiga oid nisbatan to‘liq ma'lumotlar 
saqlanib qolgan va ularni boshqa manbalar bilan qiyoslab 
o‘rganganda, ularning haqiqatga yaqin ekanligi aniqlangan. Bu davrda 
Midiya qabila ittifoqini o‘zida jamlagan va unda, qadimgi harbiy 
demokratiya an'analariga ko‘ra, shoh jamoa majlisida saylangan. 
 
                                                 
1
 Boynazarov F. Qadimgi Dunyo tarixi. Darslik. 2004. 

 
 
179
11-mavzu. Qadimgi Hindindistonda sivilizatsiyaning paydo 
bo‘lishi. Xarappa madaniyati. 
 
Reja: 
1. Sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi.  
2. Savdo va tashqi aloqalar.  
3. Shimoliy Hindistondagi qadimiy sulola va davlatlar.  
4. Mauriylar imperiyasining tashkil topishi.  
5. Ashoka imperiyasi.  
6. Yunon-baqtriylarning Hindistonga bosqini.  
7. Kushon imperiyasi.  
8. Qadimgi Hindistonda iqtisodiy taraqqiyot.  
9. Guptalar imperiyasi.  
 
 
Tayanch iboralar: Xarappa, Moxenjo-Daro, «O‘liklar tepaligi», 
Sutkagendoro, Saurashtra, Dekan, Oriylar, «dasyu», Varna, 
“Purushasakta”, roja, braxman, kshatriy, vayshiylar, «ikki marta 
tug‘ilganlar», «Bxaratvarsha», Dakshinapatxa, «Oriy», «das», 
“chakra”, “Rigveda”, “Atxarvaveda”, “Samaveda”, “Yajurveda”, 
“Rigveda”, Veda, «Mahabxarata», «Ramayana», «buyuk davlat», 
Panchali, Shurasena, Avanti, Gandxara, «Atxarvaveda», “Braxman”, 
“Araniyaka”, Magadxa, Ajatashatru, «Kironediye», Takshashila, 
Charasadda, Po‘ru, Plutarx. 
 
Xarappa madaniyati. Xarappa madaniyatiga qadar 
ayrim olimlar Hindistonda madaniyat boshqa 
Sharq mamlakatlaridan keyin vujudga kelgan, boshqalari esa 
Hindistonga madaniyatni oriy qabilalari olib kelgan degan fikrda 
edilar. Yana bir xil mutaxassislar qadimgi hind madaniyati Sharqning 
boshqa madaniyatlaridan orqada qolib, ulardan ajralib qolgan degan 
mulohazani ilgari suradilar. 
 
XX asrning 20-yillarida Xarappa madaniyatining kashf etilishi 
va uni tadqiq etish qadimgi hind sivilizatsiyasining boy, yuksak 
darajada taraqqiy etganini isbotlaydi. Xarappa madaniyatini Hind 
vodiysi yoki protohind sivilizatsiyasi deb ham ataydilar. Ushbu 
madaniyat yodgorliklarini qazib olish ishlari hamon davom etmoqda. 
Sivilizatsiyaning 
paydo bo`lishi 

 
 
180
Protohind sivilizatsiyasi muammolariga bag‘ishlangan asarlar soni 
1971-yilda 1500 dan oshib ketdi. Uni o‘rganishning avvalgi bosqichi 
Xarappa va Moxenjo-Daro yodgorliklarining ochilishi bilan bog‘liq. 
1856-yili ingliz arxeologi Montgomeri Kaningax (hozirgi Pokiston, 
Sahival shahri) shahridan 27 km janubi-Sharqda joylashgan Xarappa 
yaqinidagi tepaliklardan noma'lum yozuvli muhr va bir necha kremniy 
plastinka likopchalar topdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, 1921-yili 
hind arxeologi R.B.Saxni Xarappa tepaliklarida dastlabki qazish 
ishlarini boshladi. Ana shu yil fanda Xarappa sivilizatsiyasining 
ochilish yili deb e'tirof etildi. 1923-1925 va 1926-1934-yillarda bu 
ishlarni olim M.S. Vats davom ettirdi. Xarappa madaniyati kashf 
etilishi bilan bir vaqtda, ya'ni 1922-yili boshqa hind olimi 
R.D.Banerji Shimoliy Sindning Larkan shahri yaqinidagi Moxenjo-
Daroda dastlabki metall davri madaniyatining qoldiqlarini topdi
1

Moxenjo-Daro sindxi tilida «O‘liklar tepaligi» ma'nosini beradi. 
R.D.Banerji  1922-yildan  1927-yilgacha, keyingi davrda esa M.S. 
Vats va K.N.Dikshit bu yerda tadqiqotlar olib bordilar. Ushbu 
materiallarni chop ettirgan mashhur arxeolog Djon Marshall qazish 
ishlariga rahbarlik qildi. Undan tashqari, tadqiqotlarda hind olimi 
N.Majumdor ham ishtirok etdi. 
 Hindiston va Pokiston mustaqillikka erishganidan keyin Xarappa 
madaniyatini o‘rganishda yangi bosqich boshlandi. Pokistonlik 
arxeologlar boshqa yodgorliklarni ham o‘rgandilar. Shulardan 1955-
1957-yillarda tadqiqotchi olim F.A.Xon  Moxenjo-Darodan (Hind 
daryosi vohasi) 41 km naridagi Kot-Dijida qazishma ishlarini olib 
bordi. Birinchi bor Xarappa qatlamlarida Kot-Diji shahrining aylana 
devorlari va qo‘rg‘on qoldiqlari topildi. Xuddi shunday holatda 
Amrida  1959-1961-yillarda fransuz arxeologlari qazilmalar olib 
bordilar. Bu yillarda Xarappa madaniyatiga oid yodgorliklar topildi. 
XX asr 70-yillarning o‘rtalarida amerikalik V.A.Ferservis 
ekspeditsiyasi Karachidan 40 km uzoqlikdagi Allohdinoda qazilmalar 
                                                 
1
 Z. Romek, Cenzura a nauki historyczne w Polsce 1944-1970 [Censorship and 
Historical Science in Po- 
land 1944-1970], Warsaw 2010. The author devoted his whole work to the 
analysis of implementation  
of Soviet model of history writing in Poland, with special emphasis put on the 
role of censorship. 

 
 
181
amalga oshirdi
1
. Ilk marotaba 2800 kv.m. maydonda turar joylar 
aniqlanib, ochildi. 
Hozirgi vaqtga kelib yuzlab manzilgohlar xaritaga kiritilishi 
mumkin. Qazish ishlari keng maydonda olib borildi. Kalibangan, 
Latxal, Rangpur, Xarappa madaniyatini ochish va o‘rganish 
favqulotda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 4000 yil avval bu yerda 
butun dunyo sivilizatsiyasi Mesopotamiya va qadimgi Misr kabi 
taraqqiy etgan madaniyat o‘choqlaridan qolishmaydigan va ba'zi 
jihatlari ulardan ustun bo‘lgan madaniyat mavjud edi. Shunday qilib, 
Hindiston Eron, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Mesopotamiya, Misr 
kabi sivilizatsiyasi rivojlangan o‘lkalardan biri bo‘lgan. Hind 
vodiysidagi qazilmalar mamlakatda hind - oriy qabilalarining 
kelishiga qadar yuzaga kelgan hind madaniyatining o‘ziga xos va 
qadimiyligini ko‘rsatadi. Bu bilan sivilizatsiyani oriylar kelishi bilan 
bog‘lagan mualliflarning nazariyasi shubha ostiga olinadi. Xarappa 
madaniyati u davrga qadar mavjud bo‘lganligini isbotlaydigan qator 
dalillar bor.  
Qadimshunoslar mazkur madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini 
ochib berdilar. Jumladan, Xarappadan topilgan muhr, yozuv, bezakli 
sopol idish va boshqa buyumlar so‘zimizning yorqin dalilidir. Avvalgi 
qishloq madaniyatidan farqli o‘laroq, Xarappa shahar madaniyatiga 
mansub bo‘lgan. Bu madaniyatning Hind daryosi vodiysida vujudga 
kelishi ham tabiiy holdir. 
 
Shuni ta'kidlash lozimki, Xarappa madaniyati faqat bu shahar 
bilan chegaralanmay, ancha keng hududga yoyilgan edi. Masalan, u 
Gang va Yamuna (Jamna) daryolariga qadar yerlarni egalagan. 
Qishloq xo‘jaligi, kosibchilik, savdoni rivojlantirish maqsadida 
Xarappa aholisi yangi-yangi hududlarni o‘zlashtira borgan.  
Keyingi yillardagi arxeologik kashfiyotlar Xarappa madaniyatiga 
berilgan noto‘g‘ri va bir tomonlama bahoni rad etib, bu sivilizatsiya 
to‘satdan paydo bo‘lib, chuqur ildizlariga ega emas degan fikrni 
puchga chiqardi.  
J.Marshall Xarappa madaniyati miloddan avvalgi 3250-2750 
yillarga to‘g‘ri keladi deb fikr bildiradi. Mesopotamiya muhrlarining 
ko‘pi Sargon hukmronligi - miloddan avvalgi 2316-2261 yillar 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
182
hamda Isni miloddan avvalgi 2017-1794 va Larsa-miloddan avvalgi 
2025-1763 yillar bilan bog‘liq ekanligi ma'lum bo‘ladi. Bu aloqalar 
Hindiston va Mesopotamiya o‘rtasida miloddan avvalgi XXIV-
XVIII asrlarda yuzaga kelgan degan xulosaga olib keladi. Olimlar 
zamonaviy tadqiqot usullari yordamida tadqoqot olib borganda, 
qishloq va shaharlarning yoshini aniqlik bilan o‘lchash imkoni 
tug‘ildi. Masalan, karbon taxlili usuli bilan Kot-Dijidagi ilk Xarappa 
qishloqlarining yoshi aniqlandi. Bu miloddan avvalgi taxminan 
3155-2590 yoki 2700-2600 yillarga to‘g‘ri keladi. Taraqqiy etgan 
Xarappa madaniyatini Kalibanganda miloddan avvalgi 2165-1955 va 
2135-1925 va Lotxalda miloddan avvalgi 2120-1600 va 2125-1895 
yillarda rivoj topgan deb belgilaydilar. Xarappa madaniyatining Hind 
vodiysidagi asosiy markazlari inqirozga yuz tutganidan so‘ng ham 
boshqa shaharlar gullab yashnayvergan. Hind olimlarining Panjob va 
Xarappadagi qazish ishlari ham buni tasdiqlaydi. Xarappada topilgan 
muhrlar miloddan avvalgi uch minginchi yil oxiri ikki minginchi yil 
boshlariga to‘g‘ri keladi deb taxmin etiladi. 
Xarappa madaniyati avvaliga faqat Hind vodiysida, keyin 
shimoldan janubga va g‘arbdan Sharqqa tomon bo‘lgan ulkan 
hududda tarqalgan. Xarappa madaniyati yodgorliklari g‘arbda 
Sutkagendorodan (Makron) Sharqda Alamgirnurgacha (Uttar 
Pradesh), shimolda Sivalik tog‘laridan tortib, janubda Narbada va 
Tapti daryosining quyilishigacha mavjud bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. 
Ilk Hind sivilizatsiyasi hududi u bilan bir davrdagi Misr va 
Mesopotamiya sivilizatsiyalari maydonidan ikki marta katta bo‘lgan. 
Ko‘pchilik arxeologlarning fikricha, keyingi qazishlar Xarappa 
sivilizatsiyasi maydonini yanada kengaytirdi. Kathiyavar yarim 
orolidagi qazishlar shuni ko‘rsatadiki, aholi sekin-asta yerlarni 
o‘zlashtirib, janubga tomon siljib borgan. Arxeologlar Xarappa bilan 
birga Moxenjo-Daro shahri harobalarini ham topdilar. Bu shahar 
qadimda 265 kv km maydonni egallagan. 
Bu sivilizatsiya taraqqiyoti darajasi haqida olimlar qazilma 
natijalari asosida hukm chiqaradi. Agar avval Xarappa davri 
qazilmalar asosida Maxenjo-Daro va Xarappa o‘rganilgan bo‘lsa, 
hozir bu ro‘yxatni Kalibangan, Lotxal Surkata, Chanxu-Daro va Amri 
kabi shaharlar bilan davom ettirish mumkin. Ular qishloqlarga 
nisbatan yaxshi rivojlangan.  

 
 
183
Hind sivilizatsiyasining yutuqlaridan biri shundaki, kanalizatsiya 
tizimini shahar boshqarmasi nazorat qilgan. Ingliz olimi 
A.Beshemning fikricha, qadimda biron sivilizatsiya, hatto Rim davlati 
ham bunday vodoprovod tizimiga ega bo‘lmagan. Xarappa va 
Moxenjo-Daro qo‘rg‘oni yaqinida arxeologlar bir xonali ishnoatlarni 
topdilar. Olimlarning fikricha, bunday xonalarda uy xizmatkorlari 
yashagan. Mashhur hind olimi, matematik, astronom, tarixchi, 
arxeolog, antrapolog D.Kosambi qadimgi Hindistonda shahar 
qurilishiga katta baho berib, shunday deb yozadi: “Tarixda boshqa bu 
qadar murakkab va takomillashgan shahar qurilishi tizimini 
uchratmaymiz. Hatto Misr shaharlari ham me'morchilik jihatidan 
bunchalar yetuk emas. Shumer, Aqqod va Bobilda ham g‘isht 
binolar bo‘lgan, lekin bunday qurilishlar u yerda nisbatan keyinroq 
boshlangan”.  
J.Neru shunday deb yozadi
1
:  “Paxta faqat Hindistonda 
yetishtirilib, 2-3 ming yil o‘tganidan so‘ng boshqa mamlakatlarga 
tarqalgan. Qadimda hatto Misr, Mesopotamiya yoki G‘arbiy 
Osiyoning boshqa mamlakatida ham Moxenjo-Darodagi kabi uy-joy 
yoki hammomlar qura olmaganlar. Bu mamlakatda pul ehromlar, 
maqbara va shohona saroylar qurishga sarflangan. Oddiy halq esa 
tuproq uylarda yashagan. Hind vodiysida aksincha, binolar xalqqa 
qulaylik yaratish maqsadida qurilgan”
 
 
Hind vodiysi Sharqdagi eng qadimgi 
dehqonchilik markazlaridan biri bo‘lib, bu 
yerlik aholining aksariyat qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. 
Ular turli boshoqli o‘simliklar yetishtirganlar. Topilmalardan ma'lum 
bo‘lishicha, bu yerda 2 xil bug‘doy navi, arpa, no‘xot, kunjut, paxta va 
qovun ekilgan. Xarappa, Moxenjo-Daro va Chanxu-Daroda asosan 
bug‘doy va arpa yetishtirilgan. Vodiy aholisi ekinzorlarni charxpalak 
yordamida sug‘organlar. 
 Xarappa shaharlari quruqlik va dengiz yo‘li 
orqali olib borilgan savdo markazlari rolini 
o‘tagan. Xarappaga qimmatbaho toshlar 
Hindiston janubidan keltirilgan. Mahalliy halqning Janubiy 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
Aholining kundalik 
hayoti 
Savdo va tashqi 
aloqalar 

 
 
184
Turkmaniston aholisi bilan ham savdo-sotiq ishlari olib borganligi 
Oltintepadagi qazish ishlaridan ma'lum bo‘ldi. 
Vodiy aholisi Belujiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan bo‘lishi 
kerak. Saurashtra va Dekandan bu yerga bezak sifatida chig‘anoq va 
ba'zi tosh turlari, Erondan kumush va feruza keltirilgan. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling