Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


IX asrda Finikiya davlati yanada o‘sib, gullab-yashnadi. Mamlakat 
podsholaridan biri - Itobaal Liviyada Avzu shahrini qurdi. Bu davrda 
Berit, Bibl va Sidon kabi yirik savdo shaharlari bo‘lgan Finikiya 
sohilining katta qismi Tirga tegishli bo‘lgan. 
Finikiyaliklar butun O‘rta yer dengizi havzasida bir 
qancha mustamlaka davlatlarga ega edilar. Miloddan 
avvalgi XVI asrdayoq Finikiya mustamlakalari Kipr 
oroli va Kichik Osiyo janubiy sohilining bir qismini 
va bundan tashqari butun Egey dengizi hududini o‘z 
ichiga olgan. Finikiyaliklar o‘zlarining savdo faktoriyalari uchun 
qirg‘oqqa yaqin orollar, muhim savdo va harbiy yo‘llari tutashgan, 
tabiiy boyliklari serob va tabiiy jihatdan himoyalangan joylarni 
tanlaganlar. Ular Kiprni bosib olib, so‘ng Rodos, Kiklad va Sporad 
guruhidagi ayrim orollarni, oltinga boy Fasosni, Samofrakiyani istilo 
qilganlar hamda Gelespont va Bosfor orqali Qora dengizga, Kichik 
Osiyoning shimoliy qirg‘oqlariga qadar yetib borganlar. Finikiya 
savdo yo‘li bilan Kichik Osiyo va Yunonistonning materik qismidagi 
hudud va shaharlariga ham kirib borgan. Troya, Miken va Trinfada 
o‘tkazilgan qazilma ishlarida Finikiyaga xos bir qancha buyumlar 
topilgan.  
Tir savdogarlari O‘rta dengizning Sharqiy qismida keng savdo 
ishlari yuritganlar. Tirliklar Finikiya sohillaridan Iberiya qirg‘oqlariga, 
asosan, Tartessga olib boradigan dengiz yo‘lidan asta-sekin olg‘a 
siljiganlar. Bu yo‘l Sitsiliya, Malta, Pantelleriya orqali 
Turditaniyaning asosiy daryosi Gvadalkvivirning  quyilish joyiga 
yaqin orolda finikiyaliklar asos solgan qadimgi Gader shahriga 
(lotincha Gades, hozirgi Kadis) olib borgan. Sitsiliya orolida 
finikiyaliklar  “Rosh-Melkart” (Tir bosh xudosi “Melkart boshi”
shahrini bunyod etganlar. Sardiniya orolidagi Karalis (Kalyari) shahri 
ham Finikiya mustamlakasi hisoblangan. Sardiniyada saqlanib qolgan 
kesik konus shaklidagi maqbaralar (toshdan ishlangan) Finikiya 
ta'sirini ko‘rsatadi.  
O‘rta yer  
dengizidagi  
Finikiya  
mustamlakalari 

 
 
156
Shimoliy Afrikaning ba'zi hududlarini bosib olganlar va u 
yerlarda o‘zlarining savdo faktoriyalari va shaharlarini qurganlar. Ular 
ichida Karfagen alohida o‘rin tutgan. Bu shahar miloddan avvalgi I 
ming yillikning birinchi yarmida mavjud edi. Karfagen finikiyaliklar 
tomonidan miloddan avvalgi 825-823-yillarda bunyod etilgan. 
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Karfagen O‘rta yer 
dengizining g‘arbiy qismidagi Finikiya mustamlakalarini o‘z atrofida 
birlashtirib, yirik va qudratli quldorlik davlatini tashkil etgan. G‘arbda 
Finikiya savdosining eng uzoq tayanch nuqtalari - g‘arbiy Afrika 
sohilidagi qishloqlar: Tingiz (Tanja, Tanjer), Selis (Azila) va 
boshqalar bor edi. Undan janubda, keyingi rivoyatlarga ko‘ra, tirliklar 
asos solgan va 30 kunlik yo‘lda 300 ta Finikiya qishlog‘i joylashgan. 
Finikiyaning dengiz orqali savdosi va mustamlakachiligining keng 
quloch yoyganligi to‘g‘risida “Karfagenlik Gonnon Peripl” aniq va 
batafsil ma'lumot beradi. Bu ma'lumot Karfagendagi El tangrisi 
ibodatxonasidagi hujjatdan olingan. “Peripl” matni miloddan avvalgi 
VI asrga oid bo‘lib, unda sayohatga chiqish haqidagi buyruq 
keltiriladi va Gonnonning Afrika atrofidagi sayohati ta'riflanadi. Bu 
ta'rifga ko‘ra, Gonnon okeanga Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) 
orqali chiqqan. Uning floti har biri 50 eshkakli 60 ta kemadan iborat 
bo‘lib, unda 30 ming erkak va ayol xizmat qilgan. Finikiyaning bu 
ulkan ekspeditsiyasi oqibatida g‘arbiy Afrika qirg‘oqlari o‘rganilgan, 
va u yerda yangi shahar va ibodatxonalar barpo qilingan. Finikiyada 
dengizchilik taraqqiy etganini Misr fir'avni Nexo II ning buyrug‘i 
bilan Finikiya dengizchilarining Afrikaga qilgan sayohatidan ham 
bilish mumkin. Finikiyaliklarning Pireney yarim orolining g‘arbiy 
qirg‘og‘i bo‘ylab shimolga suzib borganliklari to‘g‘risida ma'lumot 
saqlanib qolgan. Lekin ular to‘la tasdiqlangan emas. Finikiyaliklar 
dengiz yo‘li bilan Britaniyadan qalay va qahrabo
1
 ham keltirganlar. 
Finikiyaliklar Sharqdagi mamlakatlarga ham yetib borganlar. Tir 
bozorlarida Armanistondan keltirilgan mollar sotilgan. Ular 
Mesopotamiyada Frot daryosi bo‘yida Eddona shahrini barpo 
qiladilar. Suriya bilan Falastin Finikiyani xom ashyo, turli buyumlar, 
shuningdek, ishchi kuchi bilan ta'minlab turgan. Arabistondan esa 
ziravorlar keltirilgan. Shunday qilib, Finikiya savdosi va 
                                                 
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
157
mustamlakachiligi  miloddan avvalgi XVI-XII, ayniqsa, X-IX 
asrlarda keng quloch yoydi.  
Miloddan avvalgi IX asrda juda ravnaq topgan Tir - Sidon 
podsholigi Ossuriya kabi kuchli dushmanga duch kelib, uzoq chidash 
bermadi. Biroq Finikiyaning eng katta shaharlari-Tir bilan Sidon 
aholisi Finikiya dengiz bo‘yini qo‘lga kiritishga intilgan Ossuriya 
shohlariga uzoq vaqt qarshilik ko‘rsatdi. Faqat Asarxaddon (miloddan 
avvalgi VII asr) Finikiyaning mazkur shaharlari qarshiligini yengib, 
Finikiyani Ossuriya tarkibiga qo‘shib olishga erishadi. 
Finikiya madaniyati miloddan avvalgi IV-I ming 
yilliklarda Finikiya va uning mustamlakalari hududida 
vujudga kelgan. Uning rivojiga misrliklar, shuningdek, 
Ossuriya, Bobil, Xett, Egey va yunon madaniyatlari katta ta'sir 
ko‘rsatdi. Finikiyaliklarning eng katta yutuqlaridan biri miloddan 
avvalgi II ming yillikda bu yerda undosh harflarining kashf 
etilishidir. Bu kashfiyot keyinchalik barcha harf - tovush tizimidagi 
xatlarda ishlatiladigan bo‘ldi. 
Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Finikiya yozuvi bibl 
“псевдоиероглифик” yozuv, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan xat yoki 
Sinay yozuvi va uning ilk Falastin variantlaridan kelib chiqqan. 
Finikiya adabiyotining eng qadimgi namunalari Ugarit mifologik 
matnlari va Finikiya podsholarining yozishmalari (Bibllik Axiram va 
Iyeximilk, Sidonlik Eshmunazar va boshqalar) dan iborat. 
Rim imperiyasi hukmronligi va ellinlar davrida Finikiyada yunon 
tilidagi adabiyot rivoj topdi: kosmogoniya va teogoniyaga oid 
Menandraning tarixiy afsonalariDiy (miloddan avvalgi II-I asrlar)
Feodot (milodiy I asr), Bobillik Filon (I-II asrlar) va boshqalarning 
asarlari. Bu mualliflarning ishlari “Tir solnomasi” va boshqa 
asarlarda aks etadi. Shimoliy Afrikada rivojlangan Finikiya adabiyoti, 
Gannon va Gamilkon dengizchilarining Atlantika okeanidagi 
sayohatlari haqidagi hikoyalar va qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali 
yuritishga bag‘ishlangan Magon asarlari bizga ma'lum.  
Ma'lumki, Finikiyada oliy xudoni El  deb ataganlar. Buning 
ma'nosi xudo, uning rafiqasi Elat yoki Asherat (dengiz ruhi). Qolgan 
xudolar - shohlar (malk) yoki sohiblar (ball, vall), shu bilan birga, 
osmon xudosi - Baalshamem, quyosh xudosi (issiqlik egasi) - 
Baalxammon, shuningdek alohida joy, daryolar xudolari bo‘lgan. 
Finikiya  
madaniyati 

 
 
158
Finikiya shaharlarining tanlangan xudolari bo‘lgan, masalan Tirda 
-  Melkart (shahar hokimi), Sidonda - Eshmun (tabib - davolash 
xudosi),  Beritda - Buyuk Berit egasi, Biblda - (Finikiya umumiy 
xudolaridan biri) sevgi va hosildorlik xudosi Ashtarta (Astarta). 
Finikiyada, ayniqsa, hosildorlik xudosiga keng e'tiqod qilingan edi.  
Finikiyalik rassomlar Misr, Xet - xurrit va Bobil san'ati 
motivlarida asarlar yaratganlar. Shu bilan birga ular o‘ziga xos 
yo‘nalishlarga ega bo‘lgan. Ayniqsa, o‘sha davrda Finikiya 
hunarmandlari yasagan buyumlar Yuqori baholangan. Finikiyaning 
turli o‘lkalarida yozuvga ehtiyoj sezila boshlangan. Aholining katta 
qismi mashg‘ul bo‘lgan dengizchilik va savdo munosabatlarining 
rivojlanishi bilan faqat ayrim hattotlar yoza oladigan yozuvni 
soddalashtirish zarurati yuzaga kelgan.  
Finikiya yozuvining kamchiliklari quyidagilardan iborat bo‘lgan: 
u faqat undosh tovushlarni ifodalar va misr yozuvi kabi matn o‘qishni 
osonlashtiradigan qo‘shimcha belgilarga ega emas edi. Shuning uchun 
matnlarni o‘qish oson bo‘lmay, murakkab matnlarni tushunish esa, 
yanada qiyin kechgan.  
Vaqt o‘tib, shimoliy finikiya alifbosi 22 belgidan iborat janubiy 
finikiya alifbosi tomonidan siqib chiqarildi va u keyinchalik butun 
mamlakatda tarqaldi. Yunon alifbosi uning asosida qurilgan. Bu 
yunon harflarining qadimiy shakli hamda qator yunon harflari 
nomlarining kelib chiqishi semitcha ekanligini ko‘rsatadi. Masalan 
“alfavit” so‘zining o‘zida birinchi ikki “alef” va “bet” (g‘arbiy semit 
tilida “buqa” va “uy” ma'nosini bildiradi) Finikiya harflariga to‘g‘ri 
keladi.  
Bu alifbo harflari asosida qadimgi rasm - belgilar yotar edi. 
Aksariyat yunon harflarining nomlari Finikiya harflari nomiga to‘g‘ri 
keladi. Yunon va oromiy alifbolari ko‘pgina zamonaviy alifbolar 
uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. 
Osmon xudosi Finikiya shaharlarida bosh tangri hisoblanib, u 
o‘z ismi bilan emas, balki turli nomlar bilan atalgan. U 
oddiygina  “ega”  (Vaal),  “shahar shohi” (Melkart),  “hokimiyat” 
(Molox) yoki “xudo” (El) deb atalgan. 
Osmon xudosi Vaal yonida uning xotini Astarta (Ashtart, 
Asherat) joy egallagan. Osmon va yer tangrilari bilan birga o‘lib-
tiriluvchi o‘simliklar xudosi ham e'zozlangan. Ko‘pincha uni Adonis - 
Din 

 
 
159
“mening janobim” deb ataganlar. Ushbu tangrining ayrim sifatlari 
Vaal va uning singlisi Anat (ba'zi taxminlarga ko‘ra, xotini Astarta) 
haqidagi mifologik dostonda o‘z aksini topgan. Dostonning ayrim 
lavhalari mazmuni Osiris va uning singlisi Isida haqidagi Misr 
mifologik dostoniga yaqin. O‘luvchi va qayta tiriluvchi xudo e'tiqodi 
bilan birga diniy dramalar ham vujudga kela boshladi. Ugarit 
matnlaridan birini aynan shunday diniy xarakterga ega bo‘lgan drama 
sifatida talqin qilish mumkin. 
Finikiyada Falastin va Suriyadagi kabi odam qurbon qilish odati 
uzoq saqlanib qoldi. Ko‘pincha yosh bolalar, ayniqsa, yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlar qurbonlik qilingan. Davlatga nisbatan xavf tug‘ilgan 
paytda bu urf amalga oshirilar edi. Masalan: miloddan avvalgi IV 
asrda Tir yunon - makedon qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan 
paytda, shahar devori ustida makedoniyalik harbiy asirlar qurbonlik 
sifatida qatl etilgan. 
Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan miloddan avvalgi 
II ming yillik o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixni kuzatish mumkin. 
Ugarit deb nomlangan bu davlat hududida eng muhim savdo yo‘llari 
tutashib, Misr va Egey dengizi sohilini Kichik Osiyodagi xett 
qabilalari bilan o‘zaro mahkam bog‘lab turgan. 
Shahar xarobalaridan topilgan va maxsus mixxat yozuvida 
bitilgan esdaliklar katta ahamiyatga ega. Afsonalardan olingan matnlar 
Shimoliy Suriyadagi qabilalar
1
ning miloddan avvalgi II ming yillik 
o‘rtalaridagi diniga oid muayyan ma'lumot beradi.  
Suriya va Finikiyaning bu davrdagi siyosiy tarixini o‘rganish 
uchun Amarna arxividan topilgan (diplomatiyaga oid) xatlar, xett 
hujjatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Suriya va u bilan bog‘liq 
Finikiya tarixini o‘rganish uchun Bobil va Ossuriya yozuvlari, hamda 
miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda o‘tgan Ossuriya podsholarining 
ma'muriy yozishmalari muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, antik 
mualliflar  Iosif Flaviy,  Gerodot,  Yevseviy asarlarida ham qadimgi 
Suriyaga oid ancha ma'lumot bizga qadar yetib kelgan. 
Misrning Suriya va Finikiyani istilo qilishi. Misr-Xett nizolari. 
Ichki kurash natijasida kuchsizlanib borgan Suriya bir necha bor 
ajnabiy bosqinchilar asoratiga tushgan. Qadim Sharqdagi katta 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
160
davlatlar hukmdorlari, Misr fir'avnlari va Bobil podsholari nisbatan 
kichik mamlakatlar - Suriya va Shimoliy Mesopotamiyani bir necha 
bor istilo qilganlar. 
Miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida Suriya va Finikiya 
Misr hukmronligi ostiga tushib qoladi. XVIII sulola fir'avnlari 
Suriyani Frot daryosigacha istilo etadilar va mamlakatga og‘ir xiroj 
solib, uning tabiiy boyliklariga egalik qiladilar. Ammo Suriya 
Misrning iqtisodiy va siyosiy nazorati ostida qolganiga qaramay, 
qisman mustaqilligini saqlab qoladi. 
Miloddan avvalgi XIV asrga kelib Misrning Suriyadagi o‘z 
hukmronlik mavqyeini saqlab qolishi uchun kuchi yetmay qoldi. 
Misrliklar o‘rnini xettlar egallab, Shimoliy Suriyani mustamlakaga 
aylantiradilar.  
Suriyaning ko‘p hududlari dehqonchilikning turli 
shakllarini rivojlantirish uchun birmuncha 
noqulay bo‘lgan. Shuning uchun bu hududda, 
ayniqsa, Suriyani Mesopotamiyadan ajratib 
turgan cho‘llarda yashagan qabilalar uzoq vaqtgacha ko‘chmanchi 
hayot kechirib, chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Faqat ba'zi 
vodiylargina dehqonchilikni rivojlantirish imkonini bergan. 
G‘alla bilan birga dehqonchilikning yanada intensivroq turlari, 
ya'ni uzum yetishtirish hamda vinochilik tarkib topgan. Bu yerda 
zaytun moyi va vino ishlab chiqarish imkoniyati bo‘lgan. 
Turli hunarlar rivojlangan, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari, 
bo‘yalgan mato, rang-barang bo‘yoqlar Finikiya eksportida muhim 
o‘rin tutgan.  
 Quruqlikdagi  karvon  yo‘llari  orqali Ras-Shamrada yuritilgan 
savdo Suriyaning shimoliy qirg‘og‘idan to Qizil dengiz sohilidagi 
Aqaba qo‘ltig‘igacha keng hududni o‘z ichiga oladi. “Ipuver (Ipuser) 
nasihati” da (O‘rta podsholik davri) Suriyadan sarkofag - tobutlar 
yasash uchun alohida yog‘och va mo‘miyolash uchun daraxt yelimi 
(smolasi) keltirilganligi haqida so‘z boradi. 
Suriya qadim zamonlardan beri har tomondan 
taraqqiy etgan qadimgi madaniy va qudratli davlatlar 
bilan o‘ralgan edi. janubiy-g‘arbda Misr, Sharqda 
Ijtimoiy-iqtisodiy  
munosabatlar va 
savdo 
Qdimgi Suriya 
madaniyati 

 
 
161
Bobil va Ossuriya, shimoliy-Sharqda Mitanni, shimolda Xett davlati 
joylashgan edi. Mazkur davlatlar Suriyaga madaniy jihatdan kamroq 
ta'sir ko‘rsatgan.  
Shimoliy Suriya Sharqiy O‘rta dengiz miqiyosida ilk sivilizatsiya 
markazlaridan bo‘lgan. So‘nggi yillarda arxeologik qazishmalar 
natijalari  (XX asr 80-yillari boshida) shundan dalolat berib turibdi. 
Suriyaning shimoliy-g‘arbiy qismida miloddan avvalgi III ming 
yillikda mahalliy sivilizatsiya paydo bo‘lganligi va unga Shumer 
sivilizatsiyasi madaniy ta'sir ko‘rsatganligi aniqlandi. Ushbu 
sivilizatsiya ulkan qazish ishlari natijasida (Tell-Mardix shahar 
xarobalarida) qadimgi Emba shahridan topildi (hozirgi Halab 
shahridan 50 km narida). Arxeologlar Tell - Mardixning quyi, eng 
qadim qatlamlarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu 
qatlamlardan Tel Mardix tarixining ikki bosqichi aniqlandi: Eblaning 
YAhmad davlatining qaramligidagi davri (miloddan avvalgi 1900-
1600 yillar) va Ebla tarixining mustaqillik davri (milollan avvalgi 
XXVI-XXIII asr). Ushbu madaniyatning eng katta yutug‘i bo‘lmish 
Ebla matnlari aynan shumer yozuvida yaratilgan. Eblait alifbosining 
vujudga kelishiga ham shumer yozuvi katta ta'sir ko‘rsatgan. 
Matnning 90 % shumer alifbo belgilarida bitilgan. Eblait-shumer 
alifbo belgilari tashqi ko‘rinishidan janubiy shumer an'anaviy 
yozuvlariga o‘xshab ketadi (Lagash, Ur, Uruk yodgorliklaridan). 
Ammo olimlarning fikricha, bu tizim shimoliy (ya'ni Kish) 
hududlarida vujudga kelgan (miloddan avvalgi 2500-yil). Tell-
Mardixda ham shumer -eblait qomuslari topilgan. 
 Shunday qilib, bu yerdan topilgan xat namunalari alohida 
ahamiyatga ega bo‘lib, oddiy Ossuriya - Bobil yozuvidan ancha farq 
qiladi. 
Me'morchilik sohasida ilk neolit davriga oid Ras - Shamrada 
“qal'a ko‘rinishidagi yodgorliklar”,  miloddan avvalgi III-II ming 
yilliklarda esa, Ebla shahrida Mesopotamiyadagi kabi ibodatxonalar 
topilgan. O‘sha davrdayoq Suriya me'morchiligining ko‘p namunalari 
(ibodatxona, qal'alar) rivoj topdi. Shu davrga oid arxitekturada, 
ayniqsa, san'at bilan dinning o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligi 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Suriya va Finikiya qabilalarining eng qadimgi dini qadimgi jamoa 
- dehqonchilik kultlariga borib taqaladi. Ras-Shamra mifologik 

 
 
162
dostonlarida arpani sug‘orish jarayoni va boshqa qadimgi diniy urf-
odatlar ta'riflanadi.  
Qayta tiriluvchi tabiat xudosi Vaal va uning o‘g‘li Aleyyan 
haqidagi dostonda diniy qarashlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. 
“Vaal va Aleyyan” nomli ushbu dostonda hikoya qilinishicha, Vaal 
xudosi uchun hashamatli ibodatxona barpo qilinib, bu unda Vaal 
o‘lim xudosi Mot ustidan qozongan g‘alabasini nishonlaydi.  
Bu afsona hamda tabiat xudosiga e'tiqod qilish keyinchalik 
Adonisga sig‘inish uchun asos bo‘lgan. Adonisga e'tiqod qilish esa 
keyinchalik Suriya va Finikiyada keng tarqalgan. Suriya san'ati, 
xususan arxitekturasi madaniy yodgorliklari katta ahamiyatga ega. 
Frigiya - Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbida joylashgan tarixiy 
viloyat. Frigiya aholisi - frigiyaliklar (Yevropadan ko‘chib kelganlar). 
Miloddan avvalgi II ming yillikda Frigiya gullab-yashnadi va o‘z 
hududini kengaytirishga erishdi. Gomer “Iliada” sida Frigiya Troyaga 
yunonlarga qarshi kurashishda yordam bergan, so‘ng Troya ustidan 
o‘z “hukmronligini o‘rnatdi” deb yozilgan.  
Miloddan avvalgi XII asrda Frigiya Xett davlati qulashida katta 
rol o‘ynadi va uning katta qismini o‘ziga qo‘shib oldi. Shu asr oxirida 
esa Frigiya Ossuriya bilan to‘qnash keldi. Tiglatpalasar I yozuvlarida 
Frigiya “mushklar davlati” deb tilga olinadi (yunoncha “mosxlar”). 
Miloddan avvalgi X-VIII asrda Frigiya poytaxti Gordion shahri 
bo‘lgan.  Miloddan avvalgi IX asrda Frigiya Egey dengizida o‘z 
hukmronligini o‘rnatdi. Miloddan avvalgi VIII asrda esa Frigiyaning 
xalqaro mavqyei biroz yomonlashdi. Uning shimoliy va shimoliy-
g‘arbiy hududlarini Yevropadan ko‘chib kelayotgan yangi xalqlar 
egallay boshlashdi, Sharqda esa Ossuriya bilan to‘qnashuvlar 
ko‘paydi.  
Frigiya shohi Midas  (ossuriyacha - Mita)  miloddan avvalgi 
717-yilda Urartu bilan ittifoq tuzadi, lekin 713-yili Ossuriyadan bir 
necha marta mag‘lubiyatga uchragandan keyin Sargon II bilan 
Shartnoma tuzadi va g‘olibga boj to‘lashga majbur bo‘ladi. Frigiyaga 
kimmer qabilalari ham xavf solar, miloddan avvalgi VII asrning 70-
yillarida ular Frigiyaning ancha qismini bosib olgan edilar.  

 
 
163
Gerodot so‘ziga ko‘ra frigiyaliklar
1
 Yevropada yashagan 
paytlarida o‘zlarini briglar deb atashgan. Osiyoga ko‘chib 
kelganlaridan keyin esa o‘z nomlarini frigiyaliklarga o‘zgartirganlar. 
Yozuv va ismlarga asoslangan holda aytish mumkinki, frigiyaliklar tili 
hind-yevropa tillari turkumiga kirgan va yunon tili bilan bog‘liq.  
Xett davlati bilan bevosita aloqadagi mahalliy aholi bilan yaqin 
frigiyaliklar tez orada Old Osiyoning qadimgi jamoalariga xos bo‘lgan 
sivilizatsiya darajasiga yetib oldilar. Arxeologik manbalarga 
asoslangan holda aytish mumkinki, dehqonchilik Frigiya jamoasining 
iqtisodiy asosi bo‘lgan. Frigiyaning hududi bo‘ylab ko‘plab 
istehkomlar qurilgan edi. 
Frigiyada qazishlar paytida topilgan sopol idishlar o‘tgan 
davrdagi hunarmandchilik an'analarining taraqqiyot darajasini 
ko‘rsatadi. Unda Xett davlati, Kichik Osiyo va hatto Kipr 
kulolchiligining namunalarini ko‘rish mumkin. 
Shoh va amaldorlar qo‘rg‘onlarda dafn qilinib, hunarmandchilik 
taraqqiy etishi tufayli tosh maqbaralar qurila boshlandi. 
G‘arbiy sohildagi yunon shahar-davlatlari bilan Frigiya savdo 
aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, bu yunon va frigiya jamiyatlari 
madaniyati yaqinlashuviga olib kelgan. Ossuriya va yunon 
manbalarida faqat ikki Frigiya podshosi - Gordiya va Midas ismi 
keltiriladi. Ayrim mutaxassislar bu ismlar emas, balki shohlik amallari 
nomi deb xisoblashadi. 
Frigiyaliklar dehqonchilik, chorvachilik bilan, shuningdek 
marmar qazib olish, oltin konlarini o‘zlashtirish, junni qayta ishlash 
bilan shug‘ullanishgan. Savdo-sotiq ishlari ko‘proq yunonlar va 
rimliklar bilan olib borilgan. Frigiyaliklar asosan qishloq joylarda 
yashashgan, lekin bir necha Gordion, Kelena, Kotiy kabi katta 
shaharlar ham bo‘lgan. 
Frigiya madaniyatining Egey dengizi atrofida yashaydigan xalqlar 
madaniyati va sivilizatsiyasi bilan o‘xshash tomonlarini ko‘rish 
mumkin. Qadimgi Frigiya alifbosi yunon alifbosining bir varianti 
bo‘lib, Frigiya va Yunoniston madaniyatining yaqin aloqalarini 
ko‘rsatadi. Kadimgi Yunon afsonalarida Frigiya shohi Midasga katta 
o‘rin berilgan. Ularga ko‘ra shoh qo‘li tekkan narsa oltinga aylangan.  
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
164
Sakarya (Sangariy) daryosi vohasida topilgan qadimgi Frigiya 
yozuvlari, shuningdek G‘arbiy Kichik Osiyo va Kappadokiya 
shaharlaridan ham topilgan
1
. Bularning bari, Frigiya davlati gullagan 
davrida uning chegaralari g‘arb va Sharqqa tomon keng hududlarni 
egallaganligini ko‘rsatadi. Yunon madaniyati Frigiyaga Germa vohasi 
orqali kirib kelgan. Shu yo‘l bilan Frigiya madaniyati o‘z ta'sirini 
Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilidagi yunon aholisiga o‘tkazgan. 
Frigiya musiqasi yunonlar tomonidan qabul qilinib, qadimgi yunon 
madaniyatining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling