Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


XI-X asrlarda Misrning zaiflashishi ayni vaqtda Falastinda ayrim 
mustaqil davlatlar tashkil topishiga yordam bergan. Miloddan avvalgi 
XI asrda Falastindagi davlatlardan eng kattasi va qudratlisi, rivoyatga 
ko‘ra, Saul tomonidan barpo etilgan Isroil saltanati bo‘lgan. 
Falastinning istilo qilinishi va eng qadimgi Isroil saltanatining tashkil 
topgani haqida hikoya qilingan zafarnomalarda eng qadimgi Isroil 
shohining afsonaviy qahramonliklari tasvirlanadi. Bu parchalarda xalq 
qahramoni - Saulning Iabesh shahrini ozod etgani bayon qilingan. 
Iabesh shahri amoriylar qabilasi tomonidan qamal qilingan. U ozod 
qilingandan keyin, Saul, asosan, Binyomin qabilasidan katta lashkar 
to‘plab, yahudiylarning azaliy dushmani bo‘lgan falastinliklarga 
qarshi qattiq kurash boshlagan. Saul butun Isroilni o‘z hokimiyati 
ostida birlashtirishga va ta'sirini qo‘shni mamlakatlarga yoyishga 
harakat qilgan. U Shimolda yashaydigan isroil qabilalarini himoya 
qilib, Sobaning Arami saltanatiga qarshi otlanib, xanaaneylarning bir 
necha shaharlarini Isroilga qo‘shib oladi.  
Saul to‘g‘risidagi afsonalarda uning taqvodorligi alohida 
uqtiriladi. Uning “Xudo Yaxve” ruhi bilan yo‘g‘rilganligi aytiladi va 
Saul o‘zini “Xudo Isroil” vakili qilib ko‘rsatganligi aks ettiriladi.  
Saul va uning uch o‘g‘li falastinliklarga qarshi urushda halok 
bo‘lganlar. Saulning birlashtirish yo‘lida olib borgan ishini Dovud (X 
asr boshida) davom ettirdi. Dovud Falastinning janubiy qismiga 
o‘rnashib, mustaqil YAhudiya saltanatini tashkil etadi va Xebron 
shahrini uning markazi
1
 qilib oladi. Saul vafotidan keyin Dovud 
Saulning vorisi va o‘g‘li Ishvaa'lamga qarshi 7 yil davomida qattiq 
kurash olib borib, uni mag‘lub etadi. Bu g‘alaba Dovudga Isroil 
podsholigi va Yahudiyani o‘z qo‘li ostida birlashtirish imkonini 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
147
beradi.  Dovud bu davlatning katta harbiy kuchiga tayanib, 
falastinliklarga qarshi kurash boshlaydi.  
Dovud Quddusni qo‘lga kiritib, uni birlashgan davlatning 
poytaxti qilib oladi. Quddus Falastinning qadimgi shaharlaridan biri 
bo‘lib, bunda g‘oyat mustahkam Sion qal'asi bor edi. Shu vaqtdan 
boshlab Quddusning bu istehkomi “Dovud shahri” nomini oldi va 
Quddus mamlakatning bosh diniy markazi deb e'lon qilindi. Davlatda 
yagona din o‘rnatib, obro‘sini kuchaytirish va uning birligini 
mustahkamlash maqsadida, Dovud qadimgi yahudiylar dinining 
muqaddas ramzi bo‘lgan “Vasiyatlar qutisi” ni keltiradi va qadimgi 
Xanaan sanamlari, muqaddas chashmalar va qoyalarga e'tiqod qilishni 
xudo Yaxvega sig‘inish bilan birga qo‘shib olib boradi. 
Quddusda hashamatli saroylar, xudo Yaxve sharafiga mashhur 
ibodatxona solingan va qal'a qurilgan. Quddus shahri strategik va 
iqtisodiy jihatdan muhim o‘rin tutgan, boshqa shaharlar ham 
qo‘rg‘onlarga aylantirilgan. Megiddo va Gezer ana shunday shaharlar 
sirasidandir. Ushbu shaharlar xarobalaridan topilgan buyumlar o‘sha 
davrlardagi qurilish ishi va hunarmandchilikni o‘rganish imkonini 
beradi.  
Sulaymon Misrning XXI sulolasidan bo‘lgan so‘nggi 
podsholarning biri bilan ittifoq tuzgan degan farazlar ham bor. 
Sulaymonga tekkan Misr malikasi sep tariqasida Gezer shahrini 
Sulaymon davlatiga qo‘shib beradi.  
Tavrotda aytilishicha, Sulaymon Tirdan 120 mutaxassis olib 
kelish uchun Galileyaning 20-ta shahar va qishlog‘ini shoh Xiramga 
berishga majbur bo‘lgan. Quddusda zodagonlar bilan saroy ahllari 
zeb-ziynat ichida hashamatli xayot kechirar, lekin ularning bu hayoti 
qashshoq xalq ommasi hisobiga qurilgan edi. Sulaymon hukmronligi 
davri tarixiy manbalarda Isroil-Yahudiya saltanatining “oltin davri” 
sifatida tasvirlanadi. Podsho Sulaymon afsonalarda ideal podsho, 
donishmand hukmdor va oliy hakam deb ko‘rsatiladi.  
Keskin tus olgan sinfiy kurash Isroil va Yahudiya davlatlarini 
zaiflashtirib qo‘ydi. Qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan urushlar, 
ayniqsa Ossuriya podsholarining Falastinga yurishlari ularni butunlay 
holdan toydirgan. Ossuriyaliklar Isroil davlatiga jiddiy zarba 
berganlar. Miloddan avvalgi XI asrdayoqSalmanasar II Suriya va 
Falastinni bosib olish maqsadida qo‘shin tortib keladi. Ossuriya 

 
 
148
podshosi  Sargon II Isroil saltanatini tor-mor qilgan. U miloddan 
avvalgi 722-yilda Samariyani qo‘lga kiritib, Isroil podshosi Osiya va 
u bilan birga 27290 isroillikni asir qilib, olib ketgan, so‘ngra ularni 
Midiya va Mesopotamiyaga ko‘chirgan. Isroilga bobillik va oromiy 
aholisini olib kelib joylashtiradi. Isroil saltanati shu tariqa nurab 
boradi.  
Misrliklar Xanaan deb atagan bu mamlakat 
hududida Gezer, Megiddo, Laxish va Iyerusalim 
kabi shaharlar gullab yashnagan. Ular Finikiya, 
Suriya, Misr, Mesopotamiya kabi mamlakatlar bilan keng savdo 
aloqalari o‘rnatganlar.  
Falastinda qadimdan me'morchilik, to‘qimachilik, zargarlik, 
temirchilik, kulolchilik va kemasozlik rivojlangan. Miloddan avvalgi 
XIX-XVIII asrlarda Falastin shaharlari gullab yashnagan. 
Falastinning boyliklari qo‘shni davlatlarni o‘ziga tortgan. Asrlar 
davomida Misr, Bobil, Aqqod, Ossuriya, Xett, Eron, Yunon, Rim 
qo‘shinlari Falastinga ko‘plab yurishlar qilib, mamlakatga talofat 
keltirganlar. 
 
Qadimgi yahudiylar dini azaldan Falastin, Suriya va 
Finikiyada yashab kelgan qadimgi xalqlar diniy e'tiqodlari 
ta'sirida tarkib topgan. Bu qadimiy xalqlar misrliklar, bobilliklar 
tomonidan yaralgan buyuk madaniyat bilan yaqin aloqada bo‘lganlar. 
Masalan, Bet-Shan xarobalarida Misrning XVIII - XIX sulola 
fir'avnlari zamonida, jumladan, Seti I va Ramzes II davrida qurilgan 
ibodatxonalar qoldiqlari aniqlanib, Suriya - Finikiyaning Vaal - Dagon 
va Vaalat-ashtoret degan xudolariga topinganlar. 
Sinfiy jamiyat tarkib topib, quldorlik davlati paydo bo‘la borishi 
bilan qadimgi tabiat xudolari, shuningdek, urug‘, guruh va 
qabilalarning homiylari bo‘lmish xudolar mahalliy va oqibatda davlat 
xudolariga aylangan. Bir qancha boshqa xudo va ma'budalar (Anat, 
Betel, al-Elon, Al - Shadday)ga, ayniqsa, qadimgi yahudiylarning 
bosh xudosi - Yaxvega sig‘inish keng rasm bo‘lgan. Yaxve bora-bora 
jang xudosi, davlat hamda podsho hokimiyati homiysi bo‘lib qoldi. 
Miloddan avvalgi 722-yilda Isroil podsholigi qulagach, xususan, 
Bobil asirligidan so‘ng yahudiylarning yagona xudosi - Yaxvega oid 
teologiya (xudo va unga sig‘inish) ta'limoti yaratildi.  
Qadimgi 
Falastin  
madaniyati 
Din va  
adabiyot 

 
 
149
Qadim afsonalarda dastlabki ruhoniy-podsho Melxisedek 
haqidagi eslatmalar mavjud. Melxisedek “Salim podshosi”, shu bilan 
birga xudo Al-Elonning kohini
1
 bo‘lgan. Podsho “Yaxve nafasi 
tekkan” shaxs va uning “vakili” bo‘lib hisoblangan. 
Din adabiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. “Tavrot” 
kitoblarida qadimgi adabiyotning turli asarlari: diniy asotirlar, tarixiy 
afsonalar, qahramonlar haqida xalq dostonlari saqlangan. Tavrot 
asarlarida Xanaan hamda Bobil va Misr adabiyotining ta'siri sezilib 
turadi. 
Qadimgi Falastinda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik 
va savdo-sotiq keng rivojlangan. Xo‘jalikni boshqarish uchun xat-
savodli mirza, amaldor, harbiy, me'mor, hunarmandlar talab etilgan. 
Ular maxsus maktablarda tarbiyalangan. O‘sha davrda qadimgi 
oromiy yozuvidan foydalanilgan. Falastinda yozuv va amaliy 
bilimlarning vujudga kelishi xo‘jalik rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan. 
Finikiyaning jo‘g‘rofiy o‘rni o‘ziga xos. Suriyaning 
Finikiya nomini olgan dengiz bo‘yi qismi qadimda savdo 
yo‘llari orqali O‘rta yer dengizining Sharqidagi orollar Kipr, Krit va 
Egey dengizi arxipelagi bilan bog‘langan. Dengiz va karvon yo‘llari 
tutashgan yerda joylashgan Finikiyaning jo‘g‘rofiy holati mamlakatda 
savdo rivojiga sabab bo‘lgan. Finikiya g‘arb va Sharqdan Livan 
hamda Antilivan tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan. Mamlakatning tarixiy 
hamda madaniy jihatdan birlashuviga imkon beradigan katta 
daryolarning yo‘qligi tufayli bu yerda yagona va qudratli davlat 
vujudga kelishi uchun qulay sharoit bo‘lmagan. Finikiyaning siyosiy 
jihatdan parchalanishi sabablaridan biri shuki, u qadimdan atrofi 
qudratli davlatlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular doimo ushbu boy o‘lkani 
istilo qilib, savdo shaharlarini bosib olishga intilib kelganlar. Iqtisodiy 
va harbiy jihatdan qudratli bo‘lmagan Finikiya ularga qarshilik 
ko‘rsata olmagan. Shuning uchun u o‘shanda muttasil ravishda goh 
bir, goh ikkinchi qo‘shnisining ta'siri ostida bo‘lgan.  
Finikiyaning ba'zi hududlaridagi tabiiy Sharoit dehqonchilikning 
rivojlanishiga yordam bergan. Finikiyaning sug‘oriladigan dengiz 
bo‘yida, ayniqsa, Marat, Berit, Sidon va Tir hududlarida dehqonchilik 
hamda bog‘dorchilikning taraqqiy etishi uchun tuproq va iqlimga oid 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
Finikiya 

 
 
150
barcha sharoit mavjud bo‘lgan. Bu yerda hozirda ham mevazor 
bog‘lar ko‘p. Finikiyada asosan ko‘plab zaytun va uzum yetishtirilgan. 
Mamlakatning asosiy boyliklaridan biri - Livan tog‘larida o‘sadigan 
kedr  (ingichkabargli doimiy yashil daraxt) va boshqa qimmatbaho 
daraxtlardan tashkil topgan o‘rmon hisoblangan. 
Qadim manbalar, Misr, Finikiya va Xett yozuvlari, Tavrot hamda 
antik mualliflar ma'lumotlari, shuningdek, lingvistik ma'lumotlarga 
ko‘ra, Finikiya qadimgi aholisining etnik tarkibi miloddan avvalgi III 
ming yillikda juda qorishiq bo‘lgan. Eng qadimgi qabilalardan biri 
xurriylar - shimoliy-g‘arbiy Mesopotamiya va Shimoliy Suriyada 
yashagan. Ular shu yerdan qo‘shni viloyatlar, jumladan, Suriyaning 
chegaradosh hududlari orqali Finikiya va Falastinga tarqalganlar. 
Miloddan avvalgi III ming yillik oxiri-II 
ming yillik boshlarida Finikiyada bir necha 
mayda shahar-davlatlar mavjud bo‘lgan. Ular 
orasida davlatning bosh shaharlari Ugarit hamda Bibl dengiz sohilida 
joylashgan. Ras - Shamradan topilgan yozuvlarda jo‘g‘rofiy nomlar, 
jumladan O‘rta Suriya, Finikiya va Falastin shaharlari nomi tilga 
olinadi. Bunga ko‘ra, Ugarit ham iqtisodiy, ham madaniy-siyosiy 
jihatdan bu mamlakatlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan, deb aytish 
mumkin. Bundan tashqari, Ugarit Egey dengizidagi Krit, Kipr, Rodos 
orol aholisi bilan, shuningdek, Misr bilan qizg‘in savdo olib borgan. 
Miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib, Finikiya Misr 
hukmronligi ta'siri ostiga tushib qoladi. Misrning Finikiyani istilo 
qilishi hamda vaqt o‘tishi bilan Misr hukmronligi zaiflashuvi XVIII 
sulola davridan qolgan misr yozuvlaridan, jumladan, Al-Amarnada 
topilgan diplomatiya arxividan ma'lum. Unda o‘sha vaqtdagi xalqaro 
munosabatlarni yoritgan ko‘pgina diplomatiya hujjatlari saqlangan. 
Ugarit  Miloddan avvalgi II ming yillikda ancha yuksalgan edi. 
Ugarit arxividagi hujjatlarda qishloq xo‘jaligiga oid ma'lumotlar 
ko‘plab uchraydi. Iqtisodiy taraqqiyot muhim ijtimoiy siljishlarga olib 
keldi. Chek yerlar sotilaverib, shaxsiy mulkdorlar qo‘lida to‘plangan. 
Miloddan avvalgi XIV asrda Ugarit xettlar hukmronligi ostiga tushib 
qolgan  (miloddan avvalgi taxminan 1400 yillarda Ugarit hatto 
vayron qilingan).  
Finikiya hududidagi  
qadimgi shahar-
davlatlar 

 
 
151
Janubroqdagi Finikiya markazi - Biblda, miloddan avvalgi II 
ming yillikda Misr ta'siri kuchli bo‘lgan. Bu yerda misrliklarning 
iyeroglif yozuvlari va Misr rassomlarining asarlari topilgan.  
Ammo  II ming yillikning ikkinchi yarmida janubiy Finikiya 
shaharlari tobora yuksalib borgan hamda Misr bilan Xett podsholigi 
o‘rtasidagi ziddiyatlardan foydalanib, mustaqil bo‘lgan. Janubiy 
Finikiyada Bibl bilan birga Sidon va Tir shaharlarining mavqyei ortib 
borgan. Tushkunlikka yuz tutgan Ugaritning Egey dengiziga eltuvchi 
savdo yo‘llari ana shu shaharlar qo‘liga o‘tgan.  
Finikiyada siyosiy birlik bo‘lmagan. Finikiya shahar xalqining 
o‘ziga xos nomi bo‘lib, har bir shahar aholisi o‘zini shu shahar nomi 
bilan atagan. “Finikiyalik” so‘zi misrliklarning etnik atamasi 
(anglashilmovchilik tufayli yunonlar “Fenexu” so‘zini “qizil”, ya'ni 
“foyneks” deb talqin qilganlar) bo‘lib, uni yunonlar o‘zlaricha talaffuz 
qilganlar. Har bir shaharning o‘z podshosi bo‘lib, u zodagonlar 
kengashi va xalq majlisiga bo‘ysungan.  
Ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar. Finikiya tabiiy Sharoiti 
dehqonchilik rivojlanishi imkonini bergan. Bu yerlarning tuprog‘i 
unumdor va suvi yetarli bo‘lgani uchun qadim neolit davridan 
bug‘doy, arpa va tariq ekilgan. Donli o‘simliklar bilan bir qatorda 
dastlabki texnik ishlovli o‘simliklar ham yetishtirilgan. Miloddan 
avvalgi III ming yillikda zig‘ir ekib, undan mato tayyorlashni 
bilganlar. Bu matolarning izlari sopol siniqlarida saqlanib qolgan. 
Omochga odatda eshak, ho‘kiz, ba'zan odam (qul) lar ham qo‘shib yer 
haydalgan. Finikiyada g‘allakorlik bilan birga dehqonchilikning 
yanada intensivroq turlari, jumladan, uzumchilik va uning samarasi 
sifatida vinochilik shu tariqa vujudga kelgan. Finikiya vinosi mashhur 
bo‘lib, uning ta'rifi Rim davrigacha saqlanib qolgan. Rim ahli 
uzumchilik hususida karfagenlik Magonni dalil sifatida keltiradilar. 
Magon Shimoliy Afrikadagi Finikiya mustamlakalarida yirik 
uzumchilik va vinochilik xo‘jaliklarining tajribasidan foydalangan.  
Misr yozuvlarida Oront daryosi vodiysidagi Jahin davlatining 
boyliklari quyidagicha ta'riflanadi: “Bog‘larda turli mevalar to‘lib 
toshgan. Vino suv kabi oqadi. Terrasalarda to‘kilib yotgan g‘alla 
hatto qumdan ham ko‘p”
1
.  
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
152
O‘sha davrlardayoq Finikiyada turli hunarlar paydo bo‘la 
boshlagan. Livan tog‘laridan temir rudasi qazib olingan. Uni qazib 
olish va ishlash usuli nisbatan yengil bo‘lgan. Mamlakatda, ayniqsa, 
to‘qimachilik taraqqiy etgan. Finikiyaliklar mato bo‘yash mahorati 
bilan nom qozonganlar. Bo‘yoq Finikiya eksportida juda muhim o‘rin 
tutgan. Bu bo‘yoqlarning finikiyacha nomlanishi Ossuriya va qadimgi 
yahudiy tillaridagi shu ma'noli so‘zlarga yaqin bo‘lgan. Och qizil 
rangga bo‘yalgan jun matolar tayyorlanganligi Ras - Shamradan 
topilgan va miloddan avvalgi XIV asrga oid yozuvlarda uchraydi. 
To‘q qizil bo‘yoqlar tayyorlaydigan ustaxonalar Ugarit shahrining 
dengizga tutash qismida joylashgan. Oyna tayyorlash sohasida 
Finikiya ahli katta yutuqlarga erishgan. Biroq bu texnikani 
Finikiyaliklar misrliklardan va qisman ossuriyaliklardan o‘rganganlar. 
Livan tog‘larida qurilish va machta yasashda ishlatiladigan yaxshi 
daraxtlarning ko‘pligi yog‘och buyum yasash va kemasozlikning 
rivojlanishi imkonini bergan. Bibl, Sidon va Tir verflarida (sxemalar 
quriladigan va ta'mirlaydigan korxonalar) eshkakli katta kemalar 
qurilgan. Eshkakchilar odatda qullardan iborat bo‘lib, ular kursilarga 
kishanlab qo‘yilgan. Kema halokatga uchraganda qullar g‘arq 
bo‘lganlar. Finikiyaliklar o‘z davrining mohir kemasozlari 
hisoblanganlar. Qadimgi podsholik davridayoq misrliklar kema 
turlaridan birini “Bibl kemasi” deb ataganlar. Qabila nomining 
“Finikiyaliklar” deb atalishi ham misrcha “kemasoz” degan ma'noni 
anglatgan  “fenexu” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. Hatto 
miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon tarixchisi Geradot ham fors 
flotidagi kemalar ichida “finikiyaliklar yasagan kemalar 
boshqalaridan yaxshi suzishi bilan ajralib turardi”, deb yozadi. 
Finikiya kemasining qadimgi turi og‘ir bo‘lsa ham, lekin dengizda 
suzishga moslashgan, u yelkanlar yordamida harakatlanib, katta yuk 
tashishga mo‘ljallangan. 
Finikiyada savdo taraqqiy etgan. Buning sababi qishloq 
xo‘jaligida Yuqori hosildorlik hamda hunarmandchilikdagi 
muvaffaqiyatlar va qulay jo‘g‘rofiy Sharoitning mavjudligidir. 
Finikiya shaharlari Old Osiyo mamlakatlarini Egey dengizi havzasi, 
Afrika va Arabiston bilan bog‘laydigan muhim savdo yo‘llari 
tutashgan yerda joylashgan. Bu savdo quruqlikdagi yo‘llar va dengiz 
yo‘llari orqali olib borilgan. Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Arabiston, 
Savdo 

 
 
153
Qizil dengiz va Misrdan savdo karvonlari Finikiya shaharlariga 
kelganlar. Yuklar odatda, ot-ulovda, ammo shu bilan birga aravalarda 
ham tashilgan. Ibodatxonadagi suratlar ikki g‘ildirakli arava mavjud 
bo‘lganidan dalolat beradi. Ras - Shamradan topilgan va miloddan 
avvalgi III ming yillikka oid eng qadimgi yozuvlar ham Ugarit 
davlati aholisining savdo faoliyatini ta'riflab beradi. Karvon yo‘llari 
orqali olib borilgan savdo Suriyaning shimoliy qirg‘og‘idan to Qizil 
dengiz sohilidagi Aqaba qo‘ltig‘igacha bo‘lgan hududlarni, shu bilan 
birga, Xanaanni o‘z ichiga olgan. 
Finikiyada, ayniqsa, dengiz savdosi ravnaq topdi. Miloddan 
avvalgi IV ming yillikda, qadimgi podsholik davridayoq, misrliklar 
Finikiyadan turli xil mollar olib ketganlar. Ulardan zaytun moyi va 
yog‘och alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Finikiyaliklar, shu bilan 
birga vino, kedr moyi, chorva mollari, don, upa-eliklar va shifobaxsh 
dori-darmonlar keltirganlar. Savdo va iqtisodda yog‘och muhim o‘rin 
tutgan. Finikiya savdo shaharlariga yaqin joylashgan Livan va 
Antilivan tog‘ tizmalari, shuningdek, Kichik Osiyo, Kavkazorti, O‘rta 
va Shimoliy Suriya hamda Falastinning yondosh tog‘ o‘lkalari o‘sha 
vaqtda katta o‘rmonlar bilan qoplangan edi. Kedr, Kilikiya qarag‘ayi 
va dengiz bo‘yi qarag‘aylari hamda boshqa qimmatbaho daraxt 
navlarining mo‘l-ko‘lligi va bu hududlarning daraxtga boyligi yerlik 
savdogarlarga katta miqdorda yog‘och, binokorlik va yelkanli kemalar 
uchun zarur yog‘ochlarni Misr, Mesopotamiyaga sotish imkonini 
bergan. Bu holat Seti I davridagi bo‘rtma naqshda yaxshi ifodalangan 
bo‘lib, unda Livan sultonlarining Misr podshosi uchun kedr daraxtlari 
kesayotganlari tasvirlangan. Finikiyaliklar boshqa mamlakatlarga ham 
yog‘och olib borib sotganlar. Masalan: Tir podshosi Xiran I Isroil - 
YAhudiy saltanati podshosi Sulaymonga Quddus ibodatxonasi 
qurilishi uchun kedr daraxtlari yuborgan. Miloddan avvalgi VIII 
asrda finikiyaliklar Ossuriya podshosi Sargon II ning saroyi qurilishi 
uchun yog‘och yetkazib berganlar. Ba'zan Finikiya Ossuriya 
podsholariga xirojni kedr daraxti bilan to‘lagan. 
Finikiya shaharlari, asosan, Biblning Misr bilan savdosi 
miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalari va ikkinchi yarmida, ya'ni 
Finikiya bilan Suriya, Misr fir'avnlari tomonidan bosib olinib, Misr 
davlati tarkibiga qo‘shilgan davrida yanada ravnaq topadi. Amarna 

 
 
154
arxivida saqlangan diplomatik xatlar bu savdo rivojlanganligi haqida 
aniq ma'lumot beradi.  
Ras - Shamradan topilgan va miloddan avvalgi II ming yillikka 
oid rasmiy hujjatlarda savdogarlar, badavlat kishilar va hatto xususiy 
yer egalari tilga olinadi. Bu narsa sinfiy tabaqalanishni ancha 
rivojlanganligini ko‘rsatadi. O‘rta podsholik davriga oid Misr 
yozuvlarida fira'vnning dushmanlari orasida “gavanlik kishilar” tilga 
olinadi: ular Finikiya shaharlarining notinch savdogar va hunarmand 
aholisi bo‘lib, ular Misr istilochilariga qarshi tez-tez qo‘zg‘olon 
ko‘tarib turganlar. 
Finikiya shahar - davlatlarining gullab yashnashi. Misrning Yangi 
podsholigi va Xett podsholigining zaiflashuvi natijasida Finikiyada 
Tir, Sidon, Bibl va Arad kabi mustaqil davlatlarning vujudga kelishi 
uchun qulay Sharoit yaratildi. Mustaqil bo‘lib olgan bu davlatlar 
miloddan avvalgi X-IX asrlarga kelib ravnaq topdi. Bu vaqtda Misr 
bilan Ossuriya inqirozni boshidan kechirib, Finikiyaning savdo 
shaharlariga tahdid qilishga qurbi yetmay qoldi. Bibl bilan birga 
boshqa yirik savdo shaharlari - Sidon va Tir maydonga chiqdi. Sidon 
Finikiyaning eng qadim savdo markazlaridan biri bo‘lgan. Shu tufayli 
isroilliklar va qadimgi yunonlar finikiyaliklarni sidonliklar deb 
ataganlar.  
Keyinchalik tashkil topgan Tir-Sidon saltanati podshosi, odatda, 
Sidon podshosi unvonini olgan. Nihoyat, Finikiyaning eng katta 
ibodatxonasi - Astarta Sidonda joylashgan. Bu ibodatxonaning 
mavqyei butun Finikiyada Yuqori bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, Tir 
yirik savdo va siyosiy markaz sifatida maydonga chiqadi. Tir podshosi 
Xiram I  (miloddan avvalgi 969-936 yillar) juda keng miqyosda 
savdo va istilochilik siyosatini olib boradi. U Kipr oroli, Afrikadagi 
Utika va Ofir mamlakatlariga yurish qilgan. Xiram I Shimoliy 
Afrikadagi kichik yarim orolda (hozirgi Tunis hududida) o‘z 
manzilgohini barpo etib, Karfagen shahriga asos soldi. Karfagen 
finikiyacha  “Kart Xadaiy”, ya'ni “yangi shahar
1
 ma'nosini 
anglatgan.  Xiram I olib borgan keng ko‘lamli istilochilik siyosati 
Tirning ravnaq topishiga sabab bo‘ldi. Orolning qulay yerida 
joylashgan Tir yuksalib, katta va boy shaharga aylanadi. Shaharning 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
155
Sharqiy qismi tuproq bilan to‘ldirilib, uning hududi sun'iy ravishda 
kengaytiriladi. Ana shu hududda Xiram I davrida yangi turar joylar, 
bozor va xalq yig‘ilishlari uchun keng maydon barpo etiladi. Tir 
mustahkam va qudratli dengiz qal'asiga aylanadi. Miloddan avvalgi 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling