Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Miloddan avvalgi VIII asrda


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Miloddan avvalgi VIII asrda paydo bo‘lgan frigiya yozuvi 
alifboli bo‘lib, yunon alifbosi bilan o‘xshash joylari bor edi. Ayrim 
harflarning ma'nosi hali to‘liq o‘rganilmagan.  
Shuningdek  miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi qadimgi 
Frigiya yozuvi Tiana, Likaoniya va Kichik Osiyoning boshqa 
o‘lkalaridan topilgan. Bu esa Frigiya kimmeriylar bosqiniga qadar 
egallagan hududni aniqlashga yordam beradi. Milodiy I asrlarga oid 
yangi Frigiya yozuvi asosan yunon harflaridan tarkib topgan. 
Frigiyaliklarning dini Kibela xudosi, uning yori, o‘lib, qayta 
tiriladigan xudo Attisaga e'tiqod qilish keng tarqalishi bilan ajralib 
turadi. Keyinchalik bu e'tiqod Yunoniston va Rimda ham keng 
tarqalib ketdi.  
Frigiyaning boy madaniyati Kichik Osiyoning g‘arbidagi Germa 
daryosi vohasida istiqomat qilgan qabilalarga jiddiy ta'sir o‘tkazgan. 
Ushbu voha Frigiya davlati hududida joylashgan bo‘lishi ham 
mumkin. Uning markaziy qismi Midiya tilida Sfart, yunoncha - Saru 
deb nomlangan. Miloddan avvalgi VII asrda Germa vodiysi 
aholisini ossuriyaliklar va yunonlar avval meonlar, so‘ng lidiyaliklar 
deb ataganlar. Lidiyaliklar tili xettlar tiliga o‘xshagan bo‘lishi 
mumkin. 
Yunonlarning dalolat berishicha, Germa daryosi vodiysi 
“jannatmakon” yurt edi. U dehqonchilik va bog‘dorchilik uchun qulay 
va sun'iy sug‘orishga xojat bo‘lmagan. Bu yerda oltin konlari ham bor 
edi. Lidiyada hunarmandchilik Yuqori rivojlanganligini oltin, tosh va 
fil suyaklaridan yasalgan buyumlardan bilib olsa bo‘ladi.  
                                                 
1
 Ger’e even published on the philosophy of history: The Philosophy of History 
from Augustine to Hegel  
[Filosofija Istorii ot Augustina do Gegelia], Varnadsky, Russian cit., p. 202. 

 
 
165
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qadimi Xett davlati tarixi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Qadimgi Falastin davlati qachon paydo bo‘lgan? 
3. Qadimgi Falastin madaniyatining o‘ziga hos 
jihatlari nimada? 
4. Finikiya savdosining rivojlanishiga qanday omillar 
sabab bo‘lgan? 
5. Qadimgi Finikiya davlati boshqaruv tizimi qanday 
bo‘lgan? 
6. Qadimgi Suriya davlatida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol 
qanday edi? 
7. Suriya madaniyatida diniy tasavvurlarning o‘rni va 
roli qanday? 
 

 
 
166
9-mavzu.O‘rta Sharqda Qadimgi davlatlarining vujudga kelishi: 
Qadimgi Midiya va Qadimgi Elam davlatlari. 
 
Reja:  
1. Qadimgi Midiya davlati.  
2. Qadimgi Midiya davlati madaniyati.  
3. Qadimgi Elam davlati.  
4. Qadimgi Elam davlatning gullab yashnashi va inqirozga 
uchrashi.  
 
Tayanch iboralar:  Axriman, Axuramazda, Xvakshatra (Kiaksar), 
Fravartish (Fravart), maday qabilalari, “taqvodor hakam”, Deyoko, 
Xagmatana, Vedevdat, nomadlar, Ekbatana, Suza I, Suza II, adda, 
singilning o‘g‘li, merosxo‘r avlod, buyuk vakil., kassitlar, Gudea. 
 
G‘arbiy Eron viloyatlarining ahvoliga oid ma'lumotlar 
bilan miloddan avvalgi IX asrga mansub mixxat yozuvi 
manbalaridan tanishish mumkin. Ularda Ossuriya 
shohlarining Sharqqa yurishlari haqida aytiladi. Ossuriyaliklarning 
Eronga asosiy yurishi miloddan avvalgi IX asrda boshlangan. Ular 
avvaliga yaqin viloyatlarga hujum qilganlar, Mazamuadan nariga 
o‘tmaganlar (Mazamua lulubeylar mamlakati edi) Janubiy-Sharqdagi 
Urmiya ko‘li yaqinidagi hudud “shoh”lar yoki “rahbarlar” 
tomonidan boshqarilgan (shunga o‘xshash boshqarish usuli Zagros 
tog‘ viloyatlarida mavjud bo‘lgan). 
Miloddan avvalgi VIII asrda va VII asrning boshlariga kelib 
Elam davlati kuchaydi. Elam Ossuriya bilan urushda kuchli hokimiyat 
o‘rnata olmadi. Ba'zi tarixchilar miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda 
Eron va Old Osiyoda kuchli quldorlik davlati vujudga kelgan deb 
aytadilar. Xorazm, So‘g‘diyona va Parfiya hududlari eng qadimiy 
davlatlar sirasiga kirgan. 
Miloddan avvalgi 835-yilda ossur podshosi Salmanasar III 
madaylar mamlakatiga bostirib kelib, Ossuriyaning Arbeli shahridan 
Sharqda, ancha uzoqda joylashgan Midiya o‘lkasiga kirib boradi
1

Ma'lumot ozligi tufayli Midiya davlatining tashkil topish jarayoni 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
Qadimgi  
Midiya 

 
 
167
qanday kechgani deyarli noma'lum. Tarqoq maday qabilalari yagona 
ittifoqqa birlashganlar. Bu ittifoq Midiyaning o‘zinigina emas, balki 
Eronning boshqa o‘lkalari, jumladan, Persidni ham ichiga olgan. 
Persid esa keyinchalik mamlakatda yetakchilik qilgan. 
Gerodot asarlarida bu to‘g‘rida ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan. 
U Midiya podsholigining tashkil topish jarayoni midiyaliklar orasida 
“taqvodor hakam” Deyoko hokimiyatni egallab olishi haqidagi yarim 
tarixiy afsonada saqlanib qolgan deb yozadi. Unda “Deyoko 
midiyaliklarni shahar barpo etishga majburladi va ularni bir xalq 
sifatida birlashtirdi” deb xabar qilinadi. 
Midiya shohi Kiaksar (Xvakshatra) zamonida mamlakat kuchli 
davlatga aylandi. Kiaksar ossuriylarning harbiy tajribasidan 
foydalanib Midiya qo‘shinlarini qaytadan tuzgan va qo‘shinlarni 
ishlatadigan qurol-yarog‘ turiga qarab, ixtisoslashgan qismlarga 
bo‘lgan. Bu yangi qo‘shinida nayzabozlar bilan kamonchilarning 
maxsus qismlari hamda otliq bo‘linmalar tashkil etildi. 
Kiaksar Midiyaning harbiy qudratiga hamda Bobil podsholigi 
bilan ittifoqi va uning qo‘shinlari yordamida Ossuriya davlatini (bir 
vaqtlar shuhrat qozongan qudratli davlat) butkul tor-mor qildi. Shu 
tariqa Ossuriya xarobalarida yangi va kuchli Midiya saltanati qad 
ko‘tardi. Kiaksar unga Eronning tog‘li o‘lkalarini, Kappadokiya bilan 
Armanistonni ham qo‘shib oldi. Midiya hukmdori Ossuriya 
podsholigining shimoliy qismini zabt etish bilan cheklanmay, O‘rta 
yer dengiziga yo‘l ochish maqsadida g‘arbga harakat qiladi. Gerodot 
Midiya bilan Lidiya o‘rtasidagi kurashni tasvirlab, bu kurash besh yil 
davom etib, ikki yirik davlat o‘rtasida yarash bitimi tuzish bilan 
yakunlanganini aytadi. Shunday qilib, bu jang miloddan avvalgi 585-
yilda ro‘y bergan deb aniq aytmoq kerak.  
Midiya shohi harbiy yutuqlari va zabt etilgan yerlarini diplomatik 
bitimlar vositasi bilan mustahkamlab oladi. Bu bitimlar o‘z navbatida 
podsholar o‘rtasida quda-andachilik munosabatlari bilan 
mustahkamlanadi. Kiaksar II o‘z qizini
1
 Bobil shohi Navuxodonosor 
II ga berib, o‘g‘li Astiagni esa Lidiya shohining qiziga uylantiradi. 
Kiaksar  miloddan avvalgi 584-yili vafot etadi. Midiyaning so‘nggi 
shohi Astiag o‘z saltanatini eronliklardan himoya qilishga majbur 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
168
bo‘ladi. Astiag uzoq muddat shohlik qilganidan so‘ng (miloddan 
avvalgi 580 - 550 yillar) Eron davlatiga asos solgan Kayxisrav 
(Kiryovush) bilan kurashda yengiladi.  
Zardusht dinining muqaddas kitobi “Avesto” qadimgi Sharqiy 
Eron tarixini o‘rganishda asosiy manbalardan biri bo‘lgan. Zardusht 
dinining oliy ma'budi Axuramazda yomonlik timsoli - Anxro Manyu 
(Axrimon) bilan kurash olib boradi. Hozirgi vaqtda zardusht diniga 
mansub bo‘lgan forslar jamoasi (Eron va Hindistonda) saqlanib 
qolgan. Arab istilosiga qadar (Sosoniylar davrida) zardushtiylik 
Eronning davlat dini hisoblangan. 
“Avesto” qadimgi Sharqiy eron tilida yozilgan. “Avesto” 
grammatik jihatdan qadimgi fors tilidan deyarli farq qilmaydi.  
Ko‘p tadqiqotchilar fikriga ko‘ra “Avesto” O‘rta Osiyo, xususan 
Xorazmda miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida 
vujudga kelgan. Muqaddas kitobda keltirilgan jo‘g‘rofiy ma'lumotlar 
ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan o‘lkalar sanab o‘tilar 
ekan, boyligi va ko‘rkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava 
(So‘g‘d), Marg‘iyona (Marv), Baktriya (Balx) birinchi bo‘lib tilga 
olinadi.  
 
Eron yassitekisligida tashkil topgan qadimgi davlatlar 
ichidan ozmi - ko‘pmi aniq ma'lumotga egamiz, faqat 
Midiya saltanati haqida. Midiya shohligi hozirgi Eronning shimoli-
g‘arbiy va xozirgi Ozarbayjon hududida joylashgan edi. Sharqshunos 
olim  V.I. Avdiyev  “Qadimgi Sharq tarixi” asarida Midiya 
Zagrosning tog‘li o‘lkalarida va undan Sharqda joylashgan hosildor 
yerlardagi hududni egallaydi deb yozadi. Ossur yozuvlarida miloddan 
avvalgi IX asrda maday qabilalari haqida ham aytilib, ular 
ossuriyaliklar bilan shiddatli janglar olib borganligi haqida so‘zlanadi. 
Ossuriyaliklar bilan madaylar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari asosida 
Midiyaga ossur - bobil madaniyati elementlari kirib kelganligi 
aniqlangan.  
Midiya haqidagi dastlabki ma'lumotlar miloddan avvalgi X - IX 
asrlarga oid bo‘lib, unga ko‘ra mahalliy halq chorvachilik bilan ham 
ko‘chma, ham o‘troqlashgan tarzda shug‘ullanganliklari ma'lum. Shu 
bilan birga, ular dehqonchilik ham qilganlar. Midiya shohligida bu 
davrda rivojlangan sinfiy davlat bo‘lmay, balki bir nechta qabilalar 
Midiya  
madaniyati 

 
 
169
birlashmasidan (konfederatsiya) iborat edi. Gerodot asarlarida ular olti 
qabiladan tashkil topganligi eslatiladi. Muallif ulardan to‘rttasini 
“nomadlar” deb ataydi. 
Miloddan avvalgi VII asrda Midiyada tom ma'noda davlat 
emas, balki qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan, xolos. Bu ittifoqda oliy 
hukmdor bilan birga unga tobe boshqa hukmdorlar (aslida qabila 
boshliqlari) ham bo‘lganligi tilga olingan. 
Miloddan avvalgi IX - VIII asrlardayoq midiyaliklar jamoasida 
urug‘chilik tuzumining yemirilish jarayoni boshlangan va sinfiy 
ajralish yuzaga kelgan. Bir tomondan, urug‘ ichidan zodagonlar ajralib 
chiqib, boshqa tomondan esa dehqonchilik va o‘troq chorvachilikning 
rivojlanishi bilan qulchilik paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII 
asrlardagi ossuriyaliklarni midiyaliklar bosqinidan muntazam 
ravishda muhofaza qilish uchun qulchilik muhim o‘rin tutadigan 
bo‘lib bordi. Bu hol midiyaliklarning qabila ittifoqiga birlashib, 
Midiyada quldorlik davlatining tashkil topishini tezlashtiradi. 
Miloddan avvalgi VII asrda Midiya shohligi ancha kuchli Sharq 
saltanatiga aylanadi. Uning markazi Ekbatana (hozirgi Hamadon) 
shahri edi. Midiya poytaxtiga oid nisbatan to‘liq ma'lumot saqlanib 
qolgan va ularni boshqa manbalar bilan qiyoslab uning haqiqatga 
to‘g‘ri ekanligi aniqlangan. Bu davrda Midiya qabila ittifoqini o‘zida 
jamlab, unda qadimgi harbiy demokratiya an'analariga ko‘ra shoh 
jamoa majlisida saylangan. 
Kiaksar Ossuriylar bilan hal qiluvchi jangi arafasida harbiy 
islohotni amalga oshirgan: mamlakat va xalqlardan yoppasiga 
olinadigan qo‘shin muntazam otliqlar, kamonchilar va 
qalqonchilardan tashkil topgan edi. 
Qadimgi Elam davlatining tarixi Ikkidaryo 
quldorlik jamiyatining tarixi bilan chambarchas 
bog‘liq. Bu mamlakat (shumerlarda “Nim”, aqqodlarda - “Elamtu” 
nomini olgan) Shumerdan Sharqda joylashgan. Elam tog‘li yerda 
joylashib, faqat mol boqishga yaraydigan tog‘lar bilan birga, 
Elamning ikki katta daryosi
1
 - g‘arbda Xoasl (hozirgi Kerxe) va 
Sharqda Evleya (hozirgi Karun) bo‘yida serhosil vodiylar ham 
                                                 
1
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. Thower N.J.W., 
Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd edn., e book, 
Chicago 2008. 
Qadimgi Elam 

 
 
170
bo‘lgan. Xoaslning Sharqiy sohilida (bu yerda uning oqimi Evleya 
yaqinidan o‘tadi) Suza manzilgohi bo‘lib, u yerda e'tiqod qilingan 
bosh xudo Shumerda ham qadrlangan. 
Xo‘jalik hayot va ijtimoiy munosabatlar. Hozirga qadar Elam 
tilining qaysi tillar guruhiga oid ekanligi aniqlanmagan. Qadimiy Suza 
shahridagi uzoq yillik qazish ishlari bu yerda qator madaniy qatlamlar 
mavjudligini aniqlash imkonini beradi.  
Suza I nomini olgan qatlam eng muhim. Bu qatlamning pastki 
chegarasi (xronologiyasi) hali aniq topilmagan. Uning ustki chegarasi, 
ya'ni keyingi Suza II qatlamining boshlanishi miloddan avvalgi III 
ming yillik oxiriga oid. Suza I qatlamida manzilgoh izlari bilan birga 
qabriston ham saqlanib qolgan bo‘lib, bu hol manzilgohning qadim 
ahlining marhumga bag‘ishlangan marosimlaridan dalolat beradi. 
Suza I qatlamida topilgan buyumlar eneolit davriga oid deb hisoblash 
kerak. Pishiq-puxta yasalgan va silliqlangan tosh qurollar bilan bir 
qatorda bu yerda misdan yasalgan buyumlar kamdan-kam uchraydi. 
Suza I madaniy qatlamidan farqli ravishda, undan keyingi Suza II 
qatlami madaniyati, nafaqat Suzada, balki janubiy-Sharqiy Eronning 
boshqa nuqtalarida ham tarqalgan bo‘lib, Elamning g‘arbidagi 
mamlakatlar, birinchi navbatda Shumer madaniyati bilan tutashgan.  
Elam davlati miloddan avvalgi II ming 
yillikda katta mavqyega ega bo‘lgan. Urning 
III sulolasi paytida ham Elam boshqa davlatlar 
kabi Shumer-Aqqod davlati tarkibiga butunlay kirmay, balki 
Elamning turli shahar va viloyatlarini mahalliy hukmdorlar boshqarib 
turganlar. Urning III sulolasi inqirozga yuz tutganidan so‘ng, Elam 
davlati yana mustaqillikka erishdi. Shu vaqtda unda Bobildagi kabi 
quldorlik kuchaygan. Buni shu vaqtgacha yetib kelgan ko‘pdan - ko‘p 
huquqqa oid hujjatlar ham tasdiqlaydi. Ayrim viloyatlarda shoh yoki 
“ota”  lar (adda) hukmronlik qilganlar. Ammo taxt otadan o‘g‘ilga 
emas, balki tog‘adan jiyanga, ya'ni singlisining o‘g‘liga o‘tgan. Shu 
bilan  “singilni o‘g‘li” iborasi  “merosxo‘r avlod” ma'nosini ifoda 
etgan.  
Elam viloyatlariga “buyuk vakil” (shumer tilida sukkal-shax) 
unvonini olgan buyuk hukmdor hukmronlik qilib, viloyat hukmdorlari 
esa ko‘pincha “buyuk vakil” ning yaqin qarindoshlari bo‘lganlar.  
Davlatning gullab 
yashnashi va  
inqirozi 

 
 
171
Miloddan avvalgi XII asr boshida elamliklarning yangi 
bosqinchilik davri boshlandi. Ular Dajla daryosi vohasi viloyatlarini 
va Eshnunna shahrini bosib olishadi. Shu o‘lkadan Eron orqali muhim 
karvon yo‘llari o‘tar edi. Elamliklar hatto Bobil shimolida joylashgan 
Sippar, Bobil va Ichinur shaharlarini bosib olishga erishgan. 
Lagash hukmdorlarining miloddan avvalgi XXV asrdagi 
yozuvlari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab bu urushlar to‘g‘risida 
ma'lumotlar mavjud. Elam o‘z g‘arbiy qo‘shnisi - Ikki daryo vohasi 
bilan yaqin aloqada edi. Miloddan avvalgi XXIV-XXIII asrlarda 
Suza Aqqod davlati tarkibiga kiritilib, natijada Ikki daryo 
madaniyatining Elamga ta'siri ancha kuchaydi. Urning III sulolasi 
davrida Elam yana Ikki daryo hukmronligida qolib, sulolaning eng 
zabardast vakili Shulgi Suzada “Suza xudosi va hukmdori
1
, ya'ni 
Inshushinak Sharafiga maqbara quradi.  
Ur davlati kuchsizlangan vaqtda Elam hukmdorlari o‘z 
mustamlakachilarini tor-mor qilishga muyassar bo‘ldilar. Bu 
voqyealar shoh Kuternaxxunt davrida ro‘y beradi. Miloddan avvalgi 
2024-yilda Kuternaxxunt Urni bosib olib, vayronaga aylantirgan, 
Elam bundan sal avvalroq Frot oqimining o‘rta qismidagi Mari 
manzilgohida joylashib oladi. Amoriylar tomonidan berilgan zarbalar 
natijasida Urning III sulolasi barpo etgan davlat quladi.  
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qadimgi Midiya davlati tashkil topish tarixi.  
2. Qadimgi Elam davlati boshqaruv tizimi qanday 
bo‘lgan? 
3. Qadimgi Midiya davlatini markazlashtirishda harbiy 
islohotlarning ahamiyati qanday bo‘lgan? 
4. Qadimgi Midiya davlati madaniyati haqida nimalarni 
bilasiz?  
5. Qadimgi Elam davlatning gullab yashnashi va 
inqirozga uchrashining asosiy sabablari nimalardan 
iborat? 
6. Miloddan avvalgi II ming yillikda Elam davlatining 
ijtimoiy va siyosiy tuzumini tasvirlab bering. 
7. 
Suza I va Suza II madaniyatining asosiy xususiyatlari 
nimadan iborat?
 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 

 
 
172
10-mavzu. Yaqin va O‘rta Sharq qadimgi davlatlari madaniyati 
 
Reja: 
1. Qadimgi Xett madaniyati.  
2. Qadimgi Falastin madaniyati.  
3. Qadimgi Finikiya madaniyati.  
4. Qadimgi Finikiya madaniyati.  
5. Qadimgi Suriya madaniyati.  
6. Qadimgi Midiya madaniyati.  
 
Tayanch iboralar:  Bo‘g‘oz qoya, Yazili qoya, mixxat, xurritlar, 
teshub, Telepin, Xett mamlakatining 1000 xudosi, Xanaan, Bet - 
shanda, Mekal, Tangri El tog‘i, Tavrot, Xerovoam, psevdoiyeroglifik, 
tangrilar shohi, Xalpat alifbesi, “Vaal va Aliyyan” dostoni, nomadlar, 
Ekbatana. 
 
 Qadimgi Xett madaniyati o‘ziga xos ko‘rinishga ega 
bo‘lib, arxeologik qazilma ishlari ayniqsa, Yazili qoyadagi bo‘rtma 
rasmlar orqali boy ma'lumotga ega bo‘lish mumkin. Bu rasmlarda xett 
ahlining o‘nlab xudolari tasvirlangan bo‘lib, bu rasmlar xurritlar va 
bobilliklar san'ati ta'sirida ijod qilgani ko‘rinib turibdi.  
Bo‘g‘oz qoya yaqinida arxeologlar tomonidan Xett davlati 
poytaxti - Xattusa shahri qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu shahar antiqa 
me'morchilik namunalari bilan ajralib turgan. Shahar bahaybat 
toshlardan terilgan devor bilan o‘ralib, ular baland minoralar bilan 
birga mustahkam qal'a tashkil etgan. Shahardagi qasrlarning devorlari 
tosh plitalar bilan bezatilgan bo‘lib, shahar darvozasi oldida 
dushmanga vahima solish uchun ikki ulkan sher haykali o‘rnatilgan. 
“Bo‘g‘oz qoya” arxivlarida Gisgimmas haqidagi rivoyatlar 
saqlanib qolgan
1
. Bu rivoyatlar matnini o‘rganish natijasida 
Gisgimmas afsonalari Shumer va Aqqodda mavjud Gilgamesh 
haqidagi afsonaning aynan o‘zi ekanligi aniqlanadi. Garchi 
qahramonning ismi xett tiliga moslashtirilsada, Gilgamesh va 
Gisgimmas yagona obraz bo‘lib qolavergan. 
                                                 
1
 Enteen, Gorn, Kern, Soviet cit., p. 54, note 10. These decrees were phrased 
relatively early, at the turn of  
1920s to 1930s, but were published for the first time in 1936. 
Xett madaniyati

 
 
173
Xett davlati tarixi va madaniyatini o‘rganilishi Kichik Osiyoda 
yashagan xettlar Old Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari 
o‘rtasida vositachi vazifasini bajarganlini ko‘rsatadi. 
 Misrliklar Xanaan deb atagan bu mamlakat 
hududida Gaza, Megiddo, Kadesh va Iyerusalim 
kabi shahar-davlatlar gullab yashnagan. Ular Finikiya, Suriya, Misr, 
Mesopotamiya kabi mamlakatlar bilan keng savdo aloqalarini 
o‘rnatgan.  
Falastinda qadimdan me'morchilik, to‘qimachilik, zargarlik, 
temirchilik, kulolchilik va kemasozlik rivojlangan. Miloddan avvalgi 
XIX - XVIII asrlarda Falastin shaharlari gullab yashnagan. 
Falastinning boyliklari qo‘shni davlatlarni o‘ziga tortgan. Asrlar 
davomida misrliklar, Bobil, Aqqod, Ossuriya, Xett, Eron, Yunon, Rim 
qo‘shinlari Falastinga ko‘plab yurishlar qilib, mamlakatni vayron 
qilib, talofatlar keltirganlar. 
Masalan, Bet-Shan xarobalarida Misrning XVIII - XIX sulola 
fir'avnlari zamonida, jumladan Seti I va Ramzes II davrida, qurilgan 
ibodatxonalar qoldiqlari aniqlanib, Suriya - Finikiyaning Vaal - 
Dagon va Vaalat-Ashtoret zamoniga oid ibodatxonadan misrliklar 
uslubida ishlanib, Misr yozuvlari bitilgan qabr toshi topilgan. Unda 
Suriya - Finikiya xudosi Mekal nomi bilan ataladi. Shu bilan bir 
vaqtda  Bet - Shanda muqaddas ilonga ham sig‘inganlar. Qazish 
ishlari vaqtida topilgan ko‘plab buyumlar, jumladan, qadimgi Bobil 
yozuvlarida  “Shan”  nomi bilan uchraydigan muqaddas ilon uyalari 
ham shundan dalolat beradi. Bu diniy e'tiqod shakllari eng qadimgi 
yahudiy qabilalarining diniy qarashlariga mos keladi. Qadimgi 
yahudiylar ham o‘sha davrning o‘zga xalqlari kabi turli tabiat kuchlari 
hamda hayvonlarga topingani to‘g‘risida ma'lumotlar bor. Misr 
yozuvlarida Falastinning “Tangri El tog‘i” deb atalgan joyi xatga 
olingan. Isroilning ilk shohi Xerovoam tepalik ustida ibodatxona 
qurgan. Falastinning turli joylaridan muqaddas hisoblangan toshlar 
topilgan. Tavrotda “dalolat uchun” tosh uyumini qilish odati ta'rif 
etiladi
1
. Tavrot kitoblarida ta'rifi keltirilgan oltin buzoq va mis ilon 
o‘sha davrda hayvonlar ilohiylashtirilib, ularga sig‘inganlikni 
qo‘rsatadi. Din adabiyot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. “Tavrot” 
                                                 
1
 Monmonier M., Rhumb Lines and Map Wars. A Social History of the Mercator 
Projection, Chicago 2004. 
Qadimgi Falastin 
madaniyati 

 
 
174
kitoblarida qadimgi adabiyotning turli asarlari: diniy asotirlar, tarixiy 
afsonalar, qahramonlar haqida xalq dostonlari saqlangan. Tavrot 
asarlarida Xanaan hamda Bobil va Misr adabiyotining ta'siri sezilib 
turadi.  “Tavrot” o‘z navbatida qadimgi xristian adabiyotiga ta'sir 
ko‘rsatgan. Payg‘ambarlarning va'zlari va badiiy jihatdan g‘oyat 
yuksak lirik she'rlar (diniy qasidalar) jahon adabiyotining eng go‘zal 
asarlari qatoridan joy olgan. 
Qadimgi Falastinda dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik 
va savdo -sotiq rivojlangan. Xo‘jalikni boshqarish uchun xatni 
biladigan savodli mirzolar, amaldorlar, harbiylar, me'morlar, 
hunarmandlar talab etilgan. Ularni qadimgi maktablarda 
tarbiyalashgan. O‘sha davrda qadimgi oromiy yozuvidan 
foydalanilgan. Falastinda yozuv va amaliy bilimlarning vujudga 
kelishi xo‘jalik rivojiga katta ta'sir ko‘rsatgan. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling