Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


(miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar)


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


(miloddan avvalgi XVIII-XVI asrlar). Bu davlatda urug‘ - qabila 
tuzumi sarqitlari juda kuchli bo‘lgan. 
Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan eng muhim masalalarni hal 
etishda zodagonlar deb atalgan kengash “tuliya” ga yig‘ilgan. 
Zodagonlar ichida shoh oilasi a'zolari, o‘g‘illari, yaqin qarindoshlari 
alohida o‘rin tutgan.  
Qadimgi an'analarga ko‘ra shohlar shoh oilasi a'zolaridan, 
ko‘proq shoh nabiralaridan, xususan, singillarining o‘g‘illaridan 
saylanardi. Xett saltanatini birlashtirish siyosati Anittaning to‘rtinchi 
vorisi shoh Labarna (Tabarna) hukmronligi davrida (miloddan 
avvalgi 1680-1650 yillar) tugallandi. 
O‘z qudratiga ishongan Labarna mavjud an'anani buzib, taxt 
vorisi etib o‘g‘li Xattusili I (miloddan avvalgi 1650-1620 yillar) ni 
tayinlaydi.  Xattusili I poytaxtni Xattusaga ko‘chiradi. U o‘zidan 
avvalgi shohlarga xos siyosat yuritib, Shimoliy Suriyaning yirik savdo 
markazi - Xalpa (Aleppo)ni bosib olishga urinadi.  
Shoh Mursili I davrida (miloddan avvalgi 1620-1590-yillarga 
yaqin) Xett saltanatida mamlakatni markazlashtirish jarayoni 
kuchayadi. Xattusa mamlakatning yagona poytaxti bo‘lib qoladi. 
Boshqa yirik shaharlar, hatto Kussar ham ikkinchi darajali shaharga 
aylanadi.  Mursili I Xalpani egallashga muyassar bo‘lib, so‘ng u 
janubiy-Sharqqa - Bobil tomon yo‘l oladi va miloddan avvalgi 1595-
yilda Old Osiyoning bosh markazi
1
ni osonlik bilan bosib oladi.  
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
138
O‘zaro ichki kurashlar bir necha o‘n yillar davom etib, bu hol 
Xett davlatining siyosiy mavqyeiga putur yetkazadi.  
Siyosiy beqarorlikka shoh Telepin davrida (1520-1490-yillar) 
chek qo‘yildi. U qabul qilgan farmonga ko‘ra taxt vorisi etib, asosan, 
shoh farzandi - shahzoda tayinlanar edi. 
Xett davlatida shoh hokimiyati cheklangan. Telepinning 
o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li hukmdorlik qilgan qisqa vaqt ichida Xett 
davlatida siyosiy beqarorlik boshlanib, taxtni bir necha shahzoda 
egallaydi. Natijada Xett davlati ancha zaiflashadi. Bu davr O‘rta Xett 
saltanati (taxminan miloddan avvalgi XV asr) nomini oladi.  
Miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Xett 
saltanatining tiklanish davri boshlanadi. Bu tiklanish 
Xett hukmdorlari ichida eng ko‘zga ko‘ringan, tajribali 
diplomat, qobiliyatli sarkarda shoh Suppiluliumma nomi bilan 
chambarchas bog‘liq. 
Old Osiyoda qudratli Misr saltanati, Bobil va Mitanni 
davlatlarining zaiflashuvi oqibatida vujudga kelgan qulay xalqaro 
vaziyatdan Suppiluliumma ustalik bilan foydalanib, Xett saltanatining 
qudratini yanada oshirishga muvaffaq bo‘ladi. 
Xettlar harbiy qo‘shinida ot qo‘shilgan yengil va tezyurar aravalar 
joriy qilindi. Aravalarda uch jangchi: haydovchi, yoyandoz, qalqon 
ko‘targan askar joylashib, ular dushmanga qaqshatqich zarba berish 
imkoniga ega bo‘lgan.  
Suppiluliumma poytaxt Xattusu va boshqa shaharlar atrofini 
qal'alar bilan o‘rab mustahkamladi. 
Mursili II hukmdorligi davrida (miloddan avvalgi 1340-yilga 
yaqin) Xett davlati yanada kuchaydi. Ushbu hukmdor asosiy 
dushmani - Arsavi podsholigi bilan keskin kurash olib bordi. Ular 
o‘rtasidagi hal qiluvchi jang Janubiy Frigiyadagi Valma shahrida yuz 
berdi. Jangda Arsavi qo‘shinlari mag‘lub bo‘lib, shoh Arsavi va uning 
vorisi qo‘shni Axxiyava davlatiga qochib ketishadi. Xett qo‘shini 
Apasu shahrini qo‘lga olib, Egey dengiziga qadar chiqadi. Arsavi 
davlati Xett shohiga tobe bo‘lib qoldi. Shunday qilib, Kichik 
Osiyoning yirik qismi xettlar qo‘l ostiga o‘tadi. Bu - Xett davlati 
harbiy qudratining eng yuksalgan davri sifatida tarixda qoldi.  
Misr va Xett saltanati o‘rtasida miloddan avvalgi 1296-yilda 
tuzilgan sulh Shartnomasiga binoan, Suriyaning katta qismi va 
Buyuk Xett  
davlati 

 
 
139
Shimoliy Finikiya xettlar ixtiyoriga, Falastin va Janubiy Finikiya esa, 
Misr ixtiyoriga o‘tdi. Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatildi. 
Xett hukmdorining qizi Ramzes II nikohiga o‘tdi. Xattusili III bilan 
Ossuriya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. 
XIII asrning oxirlariga kelib ”dengiz xalqlari” (Egey dengizi 
orollari aholisi) nomini olgan qudratli koalitsiya vujudga keldi. Ular 
Old Osiyoga to‘fon kabi yopirildilar. Misr ular hujumini bir amallab 
qaytargan bo‘lsa, Xett davlati ular xurujiga dosh berolmadi. Poytaxt - 
Xattusa dushman hujumi natijasida taslim bo‘ldi. Miloddan avvalgi 
1190-yilga yaqin Buyuk Xett davlati inqirozga yuz tutdi. Miloddan 
avvalgi XII-VIII asrlarda omon qolgan kichik-kichik xett davlatlari 
Ossuriya tomonidan bosib olindi. Natijada, vaqt o‘tishi bilan Xett tili 
va yozuvi yo‘qolib, ularning nomi butunlay unut bo‘ldi. 
Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiyot va ijtimoiy 
munosabatlar. Yangi xettlar saltanati davrida iqtisodiy, xo‘jalik va 
ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishdagi asosiy manba - o‘sha davrda 
qabul qilingan qonunlar to‘plamidir. Undan ma'lum bo‘lishicha, 
iqtisodiyot asosini chorvachilik tashkil etgan. Xo‘jalik ishlarida ishchi 
qoramollar va yuk tashuvchi ho‘kizlarning ahamiyati katta edi. 
Otlardan, asosan, harbiy maqsadda foydalanilgan.  
Xettlarda dehqonchilik ikkinchi o‘rinda turar va u ob-havoga 
bog‘liq edi. Sun'iy sug‘orishdan deyarli foydalanishmagan. Xett 
saltanatida yirik sun'iy sug‘orish inshootlari juda oz bo‘lgan. 
Dehqonchilikda, ko‘pincha, arpa yetishtirilgan bo‘lib, ba'zan arpa 
qiymat me'yori vazifasini o‘tagan. Arpadan tashqari bug‘doy navlari 
yetishtirilgan, shuningdek, bog‘dorchilik, uzumchilik ham bir qadar 
rivoj topgan. 
Kichik Osiyoda Shumer, Akkad va Misrdan farqli o‘laroq, xurmo 
daraxtidan faqat manzarali o‘simlik sifatida foydalanilgan, chunki 
tabiiy Sharoitda uning mevasi pishib ulgurmasdi. Shoh mamlakatdagi 
barcha yerlarning egasi hisoblanib, ularning ma'lum qismi 
hukmdorning xususiy mulki bo‘lgan. Bundan tashqari ibodatxonalar, 
jamoalarga tegishli hududlar bor edi. Jamoa yerlarining bir qismi 
amalda xususiy mulkka aylangan. 
Hunarmandchilik ancha rivojlanib, qonunlar va boshqa 
hujjatlarning guvohlik berishicha, Xett davlatida temirchi, duradgor, 
konchi, kulol va tikuvchilar bo‘lgan. 

 
 
140
Qurol-aslaha yasashda, asosan misdan, keyinchalik, bronzadan 
foydalanilgan. Temir, dastlab Kichik Osiyoda topilgan bo‘lishiga 
qaramay, bu davrda xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lmagan. Temirdan, 
ko‘pincha (xaykalcha) diniy urflar maqsadida hamda harbiy qurollar 
tayyorlanar edi. 
Hunarmandlar ichida ozod ishchilardan tashqari qullar ham 
anchagina bo‘lgan. Ko‘p hunarmandlar shaxsiy ehtiyojlari maqsadida 
yoki davlat xizmati uchun xo‘jalik ishlari bilan ham shug‘ullanganlar. 
Yangi Xett davlatida tashqi savdo rivoj topdi. Uning ustidan 
davlat nazorati o‘rnatildi. Oliy hokimiyat keng miqiyosda 
iqtisodiyotga aralashar edi. Bu yerda diniy-xo‘jalik mahkamalari katta 
rol o‘ynagan. Ular odatda “tosh uylar” deb atalib, ular vafot etgan 
shohlar tomonidan tashkil qilingan. Mahalliy “tosh uylar” markaziy 
“tosh uylar”ga bo‘ysungan. Ularning ixtiyorida ibodatxona xazinalari, 
oldi-sotdi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, mirshablar bo‘lgan. 
Rasman bu “tosh uylar” biron-bir ibodatxonaga tegishli bo‘lsa-da, 
amalda podsho yoki uning rafiqasi qaramog‘ida edi.  
“Tosh uy”, nafaqat, ma'muriy-moliya ishlari, balki, qisman, 
harbiy ishlar bilan ham shug‘ullangan. Katta-kichik yer egalariga 
tegishli yerlar ayrim hollarda sotib olingan va sotilgan. Egasi jinoiy 
ish qilgan yerlar shoh foydasiga musodara qilingan.  
Muqaddas shaharlarning boshida shoh yoki malika turar, bu 
shaharlar yerlari podsho mulki hisoblangan. Yangi xett davlatida 
hukmdorlarni ilohiylashtirish yana kuchaydi. Hukmdor mulkiga qasd 
qilgan odam qattiq jazo olar, “tosh uy”ni buzgan kishi esa, o‘limga 
hukm qilinib, mol-mulki musodara qilingan. 
Xett madaniyatiga qadimgi Misr va Mesopatamiya 
sivilizatsiyalari muayyan ta'sir ko‘rsatdi. Xettlar 
mamlakatida xudolar haqida minglab esdaliklar 
uchraydi. Masalan, momaqaldiroq xudosi Xattusa shahrining oliy 
himoyachisi hisoblanib, u bir qo‘lida chaqmoq, ikkinchi qo‘lida oy 
bolta tutgan holda tasvirlangan. 
Xattusada ayol xudo momaqaldiroq xudosining rafiqasi sifatida 
izzatlangan. Hosildorlik xudolariga e'tiqod keng quloch yoygan. 
Muqaddas jonivorlar - ho‘kiz, sher hamda qushlarga e'tiqod muhim 
o‘rin tutgan. Ba'zan shohlar quyosh xudosiga o‘xshatilgan.  
Qadimgi Xett 
madaniyati 

 
 
141
Xett yozma manbalari orasida hukmdorlarning o‘ziga xos tarjimai 
hollari saqlanib qolgan. Ular saroy mirza (kotib)lari tomonidan 
bitilgan. Xett solnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo‘lib 
tasvirlashga harakat qilingan. Arxivlarda miloddan avvalgi XXIII 
asr oxirida Kutiy shohi Impakruning Aqqodga qilgan yurishi 
haqidagi tarixiy doston saqlangan. 
Xett saltanatida sakkiz mahalliy va chet tillarida so‘zlashilgan. 
Shuning uchun bu yerda uch tilli: shumer - bobil - xett lug‘atlari 
mavjud bo‘lgan. Shuningdek, ismlarga oid mashhur darslik yozib 
qoldirilgan. Bu darslik xett tilida yozilib, unda ko‘plab qadimgi hind 
tiliga oid atamalar uchraydi. Xett davlati avvalo harbiy davlat bo‘lgani 
uchun mudofaa, harbiy istehkomlar qurish ishlariga alohida e'tibor 
berilgan. Shaharlar ikki qatorlik devorlar bilan o‘ralgan. Shahar 
devorlari yirik tosh bloklardan tuzilgan. Xett haykalchalari, bo‘rtma 
naqshlari xurrit haykalchalarini eslatib turgan.  
Bo‘g‘oz-Qoya yaqinida arxeologlar tomonidan Xett davlati 
poytaxti - Xattusa shahri qoldiqlari topilgan bo‘lib, bu shahar antiqa 
me'morchilik namunalari bilan ajralib turadi. 
Shohlar qo‘lida quyosh xudosi hassasini tutgan holda 
tasvirlangan. Yazili - Qoyadagi bo‘rtma rasmlarda momaqaldiroq 
xudosi Teshubning shohni o‘z o‘g‘li kabi quchog‘iga olib turgani 
tasvirlangan. Saroy taomillariga muvofiq Xett shohini “quyoshim” 
deb atash lozim bo‘lgan. Xuddi shu kabi unvonlar Suriya 
hukmdorlarining  miloddan avvalgi XIV asrga oid diplomatik 
xatlarida uchraydi. Xett davlatida xudo darajasiga ko‘tarilgan shohga 
e'tiqod qilish ana shu tariqa tashkil topgan. 
So‘nggi vaqtlarga qadar saqlanib kelgan ba'zi bir 
ibtidoiy xususiyatlar xett dinida mavjud bo‘lgan. 
Matriarxatning qadimgi shakllaridan biri bo‘lgan xett dinida 
hosildorlik kuchlarini o‘zida aks ettirgan tabiat onasi - ulug‘ ma'buda 
e'tiqodi asosiy o‘rin tutadi. Xett san'atida bu ma'buda, odatda, uzun 
kiyim va silindr shaklidagi bosh kiyimidan parda tushib turgan holda 
tasvirlangan. Shu bilan birga Xett o‘lkalarida tog‘lar, tabiat kuchlari - 
momaqaldiroq, yashin, shu bilan bir vaqtda yog‘in tufayli yuzaga 
keladigan hosildorlik xudosi Teshubga sig‘inilgan. Shu bilan birga, 
biz xett dinida yana bir xudo, ya'ni o‘lib, qayta tiriluvchi tabiat xudosi 
Telepin obrazini uchratamiz. Ushbu xudo, odatda, kalta kiyimda, 
Din va adabiyot

 
 
142
yoniga xanjar taqqan va ikki tomonli bolta tutgan, soqol - mo‘ylovi 
chiqmagan yosh yigit qiyofasida tasvirlangan. Xett xudolari ko‘proq 
yovvoyi hayvonlar ustida yoki tog‘ cho‘qqilarida tasvirlangan. Bu hol 
tog‘lik xalq va ovchilarga oid dinning o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. 
Xettlar uzoq vaqt oliy davlat xudolari hamda turli mahalliy xudolarga 
e'tiqod qilib keldilar, bu esa qadimgi urug‘chilik tuzumining 
qoldig‘idir. Masalan, Xett davlati bitimlarida oliy xudolar bilan birga 
“Xett mamlakatining 1000 ta xudosi” tilga olinadi. 
Jodugarlik Xett dinidagi ibtidoiy zamondan qolgan sarqitlardan 
biri bo‘lib, uzoq vaqtga qadar o‘z ahamiyatini saqlab kelgan. 
Haqiqatda, jodugarlik xett adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Xett 
davlati qonunlarida yomon niyatli jodugarlik bilan shug‘ullanish 
jinoyat hisoblanib, bunday jodugarlar qattiq jazolangan. Jodudan 
kasalliklarni haydash, odam a'zolarining ishdan chiqqan a'zolarini 
qayta tiklash uchun foydalanilgan.  
Bo‘g‘oz qoya arxivlarida Gisgimmas haqidagi rivoyatlar saqlanib 
qolgan. Bu rivoyatlar matnini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
Gisgimmas afsonalari Shumer va Aqqoddagi Gilgamesh haqidagi 
afsonaning aynan o‘zi. Garchi qahramonning ismi xett tiliga 
moslashtirilganiga qaramay, Gilgamesh va Gisgimmas yagona obraz 
bo‘lib qolavergan. 
Xett davlati tarixi va madaniyati Kichik Osiyoda yashagan xettlar 
Old Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida vositachi 
vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, xett 
madaniyatining o‘ziga xosligi, harbiy monarxiya ehtiyojlariga 
muvofiqligi bilan ajralib turgan. 
Falastin Livanning janubiy tog‘ etaklaridan to Arabiston 
cho‘lining shimoliy chegaralarigacha bo‘lgan yerni 
egallagan. U g‘arb tomondan O‘rta yer dengiziga borib tutashgan, 
Sharqda Suriya - Mesopotamiya dashtiga chegaradosh. Falastinning 
hududi juda kichik bo‘lib, taxminan 26 ming kv. km ni tashkil etadi. 
Jug‘rofiy jihatidan Falastinni 4 qismga: qirg‘oq bo‘yiga, Iordan 
g‘arbidagi yassi tog‘likka, Iordan vodiysiga va Iordan Sharqidagi 
yassi tog‘likka bo‘lish mumkin. Qirg‘oq bo‘yining janubiy qismi 
sug‘oriladigan unumdor yerlardan iborat. Qadimda bu yerlarda 
dexqonchilik ancha rivojlangan. Misrdan Suriyaga boradigan katta 
savdo yo‘li ham shu yerdan o‘tgan. Ayniqsa, Saron past tekkisligi 
Qadimgi  
Falastin 

 
 
143
unumdor bo‘lib, “jannat bog‘i” nomini olgan. G‘arbiy Falastindagi 
ba'zi viloyatlarning yerlari ham serunum bo‘lgan. Vadi - Kelt 
daryosidan sug‘oriladigan Iyerixon tekisligi ana shunday viloyatlardan 
biri bo‘lgan. Iqlimi issiq, suvi serob bu yerlarda hatto xurmo palmasi 
o‘sgan.  
Arxeologik qazish ishlari Falastinda qadimgi tosh davridayoq 
odamlar yashaganligini ko‘rsatadi. Masalan, Gennisaret ko‘lining 
shimoliy-Sharqiy qirg‘og‘idagi g‘ordan neandertal odamning bosh 
suyagiga o‘xshash bosh suyak topilgan. Bu yerdan yana panshaxa, 
qirg‘ich, nayza va keyingi mustye va orinyak tipidagi qurollar kabi 
jihozlar chiqqan. Yuqori paleolit davriga oid shunday qurollar 
Quddusning shimoliy-Sharqidagi Shukbax yonidagi g‘ordan ham 
topilgan. Markaziy Falastinni mamlakatning janubiy qismidan ajratib 
turadigan Ayalon vodiysining g‘arbiy qismidagi qadimgi Gezerda 
o‘tkazilgan qazishlar vaqtida, neolit davriga xos noyob yodgorliklar 
kompleksi topilgan. Gezer yonida
1
gi qoyalarda tabiiy va sun'iy g‘orlar 
juda ko‘p. Neolit davrining odamlari ana shu g‘orlarda yashaganlar. 
Gezerning eng ko‘hna qatlamlari va Falastinning boshqa joylaridan 
topilgan sopol buyumlar neolit davriga xos. Arxeologik qazilmalar 
natijasida Falastin hududida qadim zamonlarda katta iqtisodiy, harbiy 
va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlar xarobalari topildi. 
Laxish xarobalarida mis qurol-yarog‘lar, shuningdek, XVIII - 
XIX sulolalarga mansub yozuvlarda bitilgan Misr qo‘ng‘izlarining 
tasviri topilgan. Misr va Xanaan yozuvlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. 
Bunda topilgan sopol idishlardagi chizgilar o‘ziga xos alomatli yozuv 
paydo bo‘lganini ko‘rsatadi. Xarsang toshlardan ko‘tarilib, devor bilan 
o‘ralgan va to‘g‘ri burchakli minoralar bilan himoyalangan ko‘hna 
qal'a Gezer qala'sining xarobalari ham diqqatga sazovor. O‘lik 
dengizining shimoliy-g‘arbida joylashgan Iordan vodiysining g‘arb 
tarafida qadim shahar xarobalari topilgan. Tadqiqotchilar bu shaharni 
Tavrotda tasvirlangan Iyerixon shahriga o‘xshatadilar. Qazishlar 
natijasida bu shahar miloddan avvalgi IV-III ming yillikdayoq
yaxshi himoya qilingan qal'a bo‘lganligi aniqlangan. Samariyadagi 
Axam saroyidan xo‘jalik hisobotiga doir sanasi ko‘rsatilgan hujjatli 75 
dona sopol parchasi topilgan. Quddusdan Yahudiya shohi Xizkiya 
                                                 
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
144
zamoniga  (taxminan miloddan avvalgi 715-yillar) oid Siloam 
yozuvi Iordan daryosi ortidan topilgan. Unda Moavit hukmdori 
Mesha va qadimgi yahudiylar xudosi Yaxvening nomi tilga olinib, 
moavitlarning qo‘shni qabilalar bilan urushlari tasvirlanadi. Nihoyat, 
Laxish qal'asi xarobalaridan Kiriat - Iyearim shahri hokimi bilan 
Laxish shahri va unga qo‘shni qal'alarning harbiy qo‘mondonlari 
o‘rtasidagi yozishmalar (miloddan avvalgi 586-yilga oid) topilgan
1
.  
Eng qadimgi zamonlarda Falastin hududida yashagan qabilalar 
haqida Tavrot rivoyatlarida saqlanib qolgan ma'lumotlar bir muncha 
mavhum. Tavrot rivoyatlarida bu qabilalar yashagan tumanlar 
ko‘rsatiladi. Unda aytilishicha, qabilalarning bari qirilib, yo‘q qilib 
tashlangan. Har holda, Falastinda o‘ta qadim zamonlardayoq odamlar 
yashagani ma'lum. Falastin degan so‘z Tirdan janubroqda, O‘rta yer 
dengizi qirg‘og‘i bo‘ylarida yashagan egey qabilasi filistimlar 
(qadimgi yahudiycha Peleshet, qadimgi misrliklarda Peleset) nomidan 
kelib chiqqan. Miloddan avvalgi II-III ming yilliklarda Falastinda, 
qisman, Suriyada yashagan eng qadimgi semit qabilalari nomi ham 
Tavrotda keltiriladi. Bu qabilalar o‘z mamlakatlarini Xanaan (Misr 
yozuvlarida pa-Kanan) deb ataganlar. Tavrotda aytilishicha, 
xananeylar, asosan, Falastinning eng qadim va muhim savdo 
shaharlari joylashgan shimoliy qismida yashaganlar. Biroq xananeylar 
yanada katta hududni egallaganlar degan faraz mavjud, chunki Misr 
yozuvlari hamda Amarna arxividagi yozilgan hujjatlarga ko‘ra, 
Xanaan mamlakati butun Falastinni, hatto Finikiya va Falastinga 
qo‘shni o‘lkalarni ham o‘z ichiga olgan. Amoriylar g‘arbiy semit 
qabilalarining alohida guruhini tashkil qilganlar. Ular O‘rta Suriya, 
Livan va Antilivan o‘lkalarini egallaganlar. Nihoyat, miloddan 
avvalgi XV-XIV asrlardan boshlab, Falastin va Suriyada paydo 
bo‘lgan va nomi, ayniqsa, Amarna xatlarida ko‘p tilga olingan harbiy 
qabila ham (qabila miloddan avvalgi III ming yillikning o‘rtalarida 
Old Osiyoning ba'zi o‘lkalarida yashagan) g‘arbdagi semit qabilalari 
bilan birga tilga olinadi. Amarna xatlarida aytilishicha, harbiy 
qabilalar Falastinga bostirib kirib, uning shaharlarini birin-ketin 
ishg‘ol qilgan. Harbiy qabila nomi Qadimgi misrliklar tomonidan 
“aperu” deb atalishiga asos bor: misrliklar Yangi podsholik davrida 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
145
Suriyaga bosqinchilik maqsadida qo‘shin tortib borganida, Falastinda 
qo‘lga olingan asirlar shu nom bilan atalgan. 
Miloddan avvalgi XVIII asrda, ya'ni Misrning Falastin va 
Suriyadagi siyosiy ta'siri susaygach, mamlakat savdo shaharlari 
rivojlanishi uchun imkon tug‘ildi. Mahalliy hunarmandchilikka xos 
bo‘lgan O‘rta bronza davriga mansub buyumlar Tal - Bayt - Mirsim 
va Megiddodan topilgan. Xanaan hunarmandchiligiga oid nodir 
buyumlar Gezer, Iyerixon, Bet - Shemesh kabi joylardagi maqbaralar 
va hashamatli uy xarobalaridan topilgan. O‘sha zamon ijtimoiy 
tuzumining ba'zi xususiyatlarini ochib beradigan ma'lumotlar juda oz. 
Tal - Bayt - Mirsimda giksos qatlamidan katta g‘isht zal va bir nechta 
xonadan iborat uyning qoldiqlari topilgan edi. Taanax va Megiddo 
xarobalaridan topilib, “to‘ralarning uylari” nomini olgan binolar ancha 
keyingi davrga mansub.  
Falastinning turli joylarida olib borilgan qazish ishlari Falastin 
madaniyatini o‘rganishga imkon beradi. Falastinliklar Suriya va 
Falastinda miloddan avvalgi XII asrda paydo bo‘lgan degan taxmin 
bor. Ular Karmil tog‘idan janubroqda, qirg‘oq bo‘yidagi unumdor 
yerlarni bosib olganlar. Mamlakatning qabila nomi bilan Falastin deb 
atalishi falastin qabilalarining katta hududlarni istilo qilib, unda 
o‘rnashib olganini ko‘rsatadi. Falastinning janubiy qismi va Iordan 
daryosidan Sharqdagi tog‘li o‘lkalarda yashagan qadimgi qabilalar 
singari yahudiy qabilalari ham miloddan avvalgi II ming yillikda 
ko‘chmanchi chorvadorlik bilan shug‘ullanganlar. Sinay yarim oroli 
cho‘llarida va janubiy Falastinda yashagan bu qabilalar bilan tez-tez 
to‘qnashib turgan misrliklar ularni madaniy jihatdan qoloq hisoblab, 
past nazar bilan qaraganlar va ularni misr tilidagi “ko‘chmanchi 
chodiri” degan ma'noni anglatgan “iyexer” deb aytganlar. Misrliklar 
bu iborani o‘sha davrda Osiyodagi ko‘chmanchi chorvador 
qabilalardan olgan bo‘lishlari kerak. Qadimgi yahudiylar “uyga 
qaytamiz” deyish o‘rniga “chodirimizga qaytamiz” deganlar. 
“Jo‘naymiz” jumlasi o‘rniga, “chodir qoziqlarini sug‘uramiz” 
so‘zini ishlatganlar, “ularning qoziqlari sug‘urilib ketgan” degan gap 
vafot etgan kishilar haqida gap borayotganini anglatgan. “Yo‘l” so‘zi, 
“hayot kechirish, tirikchilik” ma'nosini, “yaylov” so‘zi “turar joy” 
ma'nosini anglatgan.  

 
 
146
Katta urug‘ qabilalari Falastinda uzoq vaqt davomida 
ko‘chmanchi chorvador hayot kechirganlar, ammo har bir guruhning 
qat'iy belgilangan o‘z yaylovlari bo‘lgan. Ishoqning Yoqubdan ajralib 
chiqqani Tavrotda obrazli qilib tasvirlangan: “chunki ularning mol-
mulki, podalari shu qadar ko‘p bo‘lganki, ko‘chib yurgan yerlariga 
sig‘may qolgan”.  
Falastinda  miloddan avvalgi III ming yillikdan boshlab, 
ko‘chmanchi va o‘troq dehqon qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling