Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Sargon I o‘zining 55 yillik hukmronligi davrida beto‘xtov  urushlar olib borib, juda ulkan imperiyaga asos soldi va o‘zini “to‘rt


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Sargon I o‘zining 55 yillik hukmronligi davrida beto‘xtov 
urushlar olib borib, juda ulkan imperiyaga asos soldi va o‘zini “to‘rt 
iqlim podshosi” deb e'lon qiladi. Lekin bu imperiya juda zaif edi. 
Uning o‘g‘li Rimush (miloddan avvalgi 2315 - 2305 yillar) o‘zi 
hukmronlik qilgan dastlabki davrda Shumer va Elam qo‘zg‘olonlarini 
bostirdi. Rimush o‘zini “Kish podshosi, Elam xo‘jasi” deb atadi. U 
otasining siyosatini davom ettirdi. Rimushga qarshi uning “o‘z 
xizmatkorlari” qo‘zg‘olon ko‘tarib, urib o‘ldirdilar. Hokimiyat 
Manishtusu qo‘liga o‘tadi (miloddan avvalgi 2305 - 2291 yillar). U 
Elamga qo‘shin tortib, Anshan va Shiruxum viloyatlarini qo‘lga 
kiritadi. U Eronning janubiy-g‘arbiy qismini ham bosib oladi. Ichki 
siyosatda davlatni boshqarishda yirik zodagon hamda kohinlarga 
suyangan. Manishtusu Shumer kohinlarini o‘z tarafiga og‘dirish 
maqsadida ularga katta imtiyozlar beradi. Naramsin (miloddan 
avvalgi 2290 - 2254 yillar) Aqqod chegaralarini yanada kengaytirdi. 
Uning hukmronligi ostida Aqqod podsholigi o‘z ravnaqining yuksak 
cho‘qqisiga erishdi. Naramsin hukumronligining dastlabki yillari 
Uruk, Umma va Nippur g‘alayonlarini bostirdi. U Suriyani egallab, to 
O‘rta yer dengiziga qadar chiqqan. Shimolga yurish qilib, Yuqori 
Dajlaning ichkarisiga kirib borgan. Naramsinning Diyorbakr 
shimoliy-Sharqiy qismidan topilgan surati ham shundan darak beradi. 
Unga  “ilohiy Naramsin, Aqqodning qodir xudosi” degan dabdabali 
nom berilgan. Shuningdek, yozuvlarda Naramsinga “To‘rt iqlim 
mamlakatlarining bari uni oldida bosh egadi” deyilgan.  
Sargon sulolasining so‘nggi hukmdori Sharkam - Shari 
(miloddan avvalgi 2253 - 2230 yillar) o‘zidan oldin o‘tgan podsholar 
egallagan yerlarni saqlab qolish maqsadida kurashlar olib bordi. 
Yozuvlarda Shumerdagi qo‘zg‘olonlar, shu bilan birga, amoriylar va 
elamliklar ustidan qozonilgan g‘alabalar haqida aytiladi. Lekin 
shimoliy-Sharqda paydo bo‘lgan yangi kuch Gutiylar istilosining 
oldini ololmadi (miloddan avvalgi 2280 - 2104 yillar)Gutiylar tez 

 
 
100
orada butun Mesopotamiyani bo‘ysundirdilar. Yozuvlarda “qizlari 
gutiylar zulmidan yig‘lagan
1
” shaharlarning uzundan -uzoq ro‘yxati 
keltirilgan.  
Gutiylar Mesopotamiyada 125 yil hukmronlik qilganlar. Ular 
qoloq bo‘lgan bu mamlakatni davr oxiriga kelib madaniy jihatdan 
taraqqiy ettirganlar. Ular o‘z yozuvlarida Aqqod tilidan 
foydalanganlar. Urning III sulolasi vakillari butun Old Osiyoda 
qudratli Shumer va Aqqod podsholigining hukmronligini o‘rnatish 
maqsadida istilochilik siyosatini yuritganlar. Ayniqsa, bu sulola 
Shulgi davrida (miloddan avvalgi 2100-2042 yillar) o‘zining eng 
yuksak taraqqiyotiga erishdi, Mesopotamiya shimolida, Suriya hamda 
Elamda urushlar olib borib, muvaffaqiyatlar qozondi. Ur podsholari 
hatto o‘zlarini xudo deb e'lon qilganlar. Urning ilohiy hukmdori 
Ginelsin Sharafiga butun Mesopotamiya bo‘ylab marosimlar 
o‘tkazilgan. 
Ur hukmronligi so‘ngida g‘arbdan yangi ko‘chmanchi-amoriy 
qabilalari Mesopotamiyaga bostirib kirdilar. Sharqdan Elam va 
g‘arbdan amoriylar xurujini Ur hukmdorlari qaytara olmadilar. 
Miloddan avvalgi 2007-yilda so‘nggi Ur podshohi Ibi-sin Mari 
elamliklarga yengilib, asir tushadi va shu bilan Ur podsholigi tugaydi.  
Biroq Ur hukmronligi Old Osiyo xalqlariga har tomonlama ta'sir 
ko‘rsatdi. Yuksak taraqqiy etgan Shumer va Aqqod madaniyati bu 
xalqlarning madaniy rivojiga xizmat qildi. 
Bobil Mesopotamiyaning o‘rtasida - Dajla va Frot daryolari 
oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Kichik Osiyo va Kavkazortidan Fors 
qo‘ltig‘iga va Suriya qirg‘oqlaridan Eronning yassi tog‘lig‘iga 
o‘tadigan muhim savdo yo‘llari tutashgan yerda joylashgan. Bobil 
g‘oyat qudratli davlat poytaxti bo‘lib, Old Osiyoning eng katta savdo, 
siyosiy va madaniy markaziga aylangan. Bobil deyarli ikki ming yil 
davomida o‘zining bu ahamiyatini saqlab qolgan. Bobilning qulay 
jo‘g‘rofiy joylashishi ham uning shunday mavqyega ega bo‘lishiga 
xizmat qilgan. 
Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida  amoriylarning 
ko‘pdan - ko‘p ko‘chmanchi semit qabilalari Mesopotamiyaga kirib, 
Aqqod mamlakatiga qarashli ko‘p yerlarni bosib oldilar va qudratli 
                                                 
1
 Всемирная история. Энсиклопедия. Том 1. Под ред. Ю.Н.Франсева. М., 
2000 г 

 
 
101
davlat barpo etib, Bobilni uning markaziga aylantirdilar. Taxminan, 
o‘sha davrda tog‘li joylarda yashovchi Elam qabilalari Sharqdan 
Mesopotamiyaga bostirib kirdilar va Larsani o‘zlarining asosiy 
tayanch punktlaridan biriga aylantirib, Shumerda mustahkam 
o‘rnashib oldilar. Kelgindi istilochilar bosib olingan mamlakatni 
o‘zaro taqsimlay olmay qoldilar. Amoriylar bilan Elam qabilalari 
o‘rtasida raqobat yuzaga kelib, Mesopotamiyada hukmron bo‘lish 
uchun kurash avj oldi. Kurashda Bobil hukmdorlari g‘olib chiqib, 
amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1894 - 1595 yillar) vakillari 
taxtga o‘tirdilar. Bobil - amoriy podsholigi Xammurapi davrida 
(miloddan avvalgi 1792 - 1750 yillar) gullab yashnadi. Xammurapi 
butun Ikkidaryo oralig‘ini o‘z qo‘li ostida birlashtirib, yirik va kuchli 
davlat tuzdi. Hammurapi o‘z hukmronligi boshida Shumer shaharlari 
Isin, Uruk va Urni qo‘lga kiritdi. So‘ngra ittifoqdoshi Zimrilim 
roziligi bilan O‘rta Mesopotamiyada o‘z hokimiyatini mustahkamlab 
oldi.  Zimrilimning  Hammurapiga Aqqodda bemalol harakat 
qilishiga rozilik berib yozgan diplomatik maktublaridan birida 
quyidagi so‘zlar bitilgan: “Eshnunna hukmdorlari seni tan olsalar, 
mamlakat podshosi bo‘lib, unda hukmronlik qil. Agarda ular seni 
tan olmasalar, o‘zingdagini ... o‘tqaz, mamlakatga u podsholik 
qilsin”. 
U o‘z hukmronligining o‘ttiz birinchi yilida “Anu va Enlil 
xudolari ko‘magida Emutbal mamlakatini va hukmdor Rimsinni 
tormor keltirgan
1
” hamda uni mamlakatni tashlab ketishga majbur 
qilib, Shumerni o‘z podsholigiga qo‘shib olgan. Shu bilan birga 
Hammurapi Mari podshosining harbiy yordamiga tayanib, Shimoliy 
Mesopotamiyaga kirishga, Dajla atroflari va Frotning o‘rta oqimida 
o‘rnashib olishga harakat qilgan. Shimoliy Mesopotamiya Bobil, Mari 
uchun iqtisodiy va strategik jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Shimoliy Mesopotamiyadan yog‘och, ruda, shuningdek, turli boshqa 
mahsulotlar olib ketilgan. Sharqqa, shimolga, Karxemish orqali 
g‘arbga, Suriya shaharlari hamda O‘rta yer dengizi portlariga 
boradigan muhim savdo yo‘llari aynan Shimoliy Mesopotamiyadan 
boshlangan. Mari shahri arxividan topilgan yozuvlarda Zimrilim 
                                                 
1
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. 
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd 
edn., e book, Chicago 2008. 

 
 
102
o‘ziga itoatkor hokimlar orqali Shimoliy Mesopotamiyadagi 
voqyealarni diqqat bilan kuzatib borganligi, o‘zini bu mamlakatning 
hokimi deb hisoblaganligi va hatto “Yuqori mamlakatlar xoni
1
 deb 
ataganligi bayon etiladi. Biroq, o‘z ta'sirini kuchaytirish maqsadida 
qo‘shindan foydalanishga, ba'zan qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. 
Zimrilim kabi Hammurapi ham Subartu qabilalari ustiga qo‘shin 
tortib, Mesopotamiya shimolida ba'zi hollarda birgalikda harbiy 
harakat qilganlar. Zimrilim Subartuga qarshi kurashgan chog‘ida 
Hammurapi uning ixtiyoriga 3 ming askardan iborat yordamchi 
qo‘shin yuborgan. Zimrilim Bobil hukumdoriga xat yozib, yordamga 
ko‘proq askar yuborishini, “Yuqori mamlakat podshosi” ga qarshi 
kurashish uchun katta qo‘shin zarurligini bayon qilgan. Lekin bunday 
birgalikdagi harbiy harakatlar Bobilning yanada kuchayishiga olib 
keldi, xolos. Hammurapi Shimoliy Mesopotamiyada joylashib olgach, 
o‘z ittifoqchisi - Mari davlatiga qarshi yurish boshlaydi. Hammurapi 
hukmronligining o‘ttiz uchinchi va o‘ttiz beshinchi yillarida ikki marta 
hujum qilib, bir paytlar qudratli va boy podsholikning poytaxtini bosib 
olib, vayron qiladi. Taxminan ana shu vaqtda Hammurapi Eshnunna 
viloyatining Diala daryosi bo‘ylaridagi yerlarda ham mustahkam 
o‘rnashib olgan. Bundan tashqari, Hammurapi bir necha marta Bobil 
bilan Mari hukumdori orqali Suriya savdo shaharlari bilan iqtisodiy 
aloqa o‘rnatishga harakat qiladi. Maridan topilgan diplomatik 
hujjatlarda aytilishicha, Bobil bilan hozirgi Shimoliy Suriyadagi 
Ugarit davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud bo‘lgan. 
Masalan, o‘sha davrga oid bir hujjatda shunday deyiladi: “Zimrilimga 
(Mari podshosi) ayt: Sening birodaring Hammurapi bunday deydi: 
Ugaritning odami menga hozirgina quyidagilarni yozib yo‘lladi: 
Menga Zimrilimning qarorgohini ko‘rsat. Men bu qarorgohni 
ko‘rmoqchiman. Hozir senga ana shu chopar bilan uning o‘g‘lini 
yuboryapman”. 
Bazalt ustunga mixxat usulida yozilgan Hammurapining 
mashhur qonunlar to‘plami Bobil podsholigining 
xo‘jalik va ijtimoiy tuzumini o‘rganishda eng muhim 
manba hisoblanadi. Ustunning Yuqori qismida taxtda o‘tirgan quyosh 
xudosi Shamash oldida tantanavor suratdagi podsho Hammurapi 
                                                 
1
 Всемирная история. Энсиклопедия. Том 1. Под ред. Ю.Н.Франсева. М., 
2000 г 
Xammurapi  
qonunlari 

 
 
103
tasvirlangan. Ustunning boshqa barcha yeri 282 moddadan iborat 
qonunlar to‘plamining mixxat usulida yozilgan matni bilan band. 35 
modda yozilgan beshta ustunchadagi matn qirib tashlangan. Bu 
qonunlar majmuasining boshqa nusxalari ham topilganligi tufayli yo‘q 
qilingan matnni ham tiklash mumkin. Qadimgi Bobildagi mirzalar va 
hakamlar (sudyalar) boshqalarni o‘qitish maqsadida, shuningdek sud 
ishlarida kodeksning ana shu nusxalaridan foydalanganlar. 
Mazkur to‘plam uch qismga bo‘lingan: 1) kirish; 2) qonunlar; 3) 
hulosa. Kirish qismida aytilishicha, majmuani chop etishdan maqsad 
mamlakatda haqqoniyat o‘rnatishdir. To‘plamning xulosa qismida 
podsho xalq oldidagi xizmatlarini sanab, o‘zidan keyin uning 
qonunlarini ado etuvchi hukmdorlarga oq fotiha bergan va bu 
qonunlarga rioya etmaydigan yoki uni bekor qilishga jur'at etganlarni 
la'natlaydi. 
Hammurapi zamoniga oid hujjatlar va asosan 
uning qonunlar to‘plami mamlakat xo‘jalik 
hayotining umumiy manzarasini bir qadar tiklash 
imkonini beradi. Katta va markazlashgan davlatda oliy hokimiyat 
hukmdorning o‘z qo‘lida to‘planganligi tufayli u yer fondiga tayanib, 
mamlakat xo‘jalik hayotiga aralashgan va uning rivojlanishini yo‘lga 
solishga uringan. Qurilish materiallariga ehtiyoj doimo katta 
bo‘lganligidan, hukmdor o‘rmonlarni qo‘riqlash yuzasidan bir qancha 
tadbirlarni amalga oshirgan. O‘rmonlar alohida “o‘rmonlarga” 
bo‘linib, ular o‘rmon xo‘jaligining bosh mudiriga bo‘ysunuvchi 
“maxsus mudirlar” qaramog‘ida bo‘lgan. Saqlanib qolgan bu 
hujjatda, podsho o‘rmon xo‘jaligining bosh mudiri Ablianum va 
Sinmagir qaramog‘idagi o‘rmonlardan o‘g‘rincha kesib ketilgan 
daraxtlar masalasini tekshirishni, shuningdek, daraxtlarni kim: o‘rmon 
mudirlarining o‘zi yoki “begona qo‘l” (ya'ni jinoyatchimi) kesib 
ketganligini aniqlashni buyurgan. “O‘rmon mudirlari” daraxtlar 
butunligi uchun javobgar hisoblangan. O‘z mansablarini suiste'mol 
qilgan “O‘rmon mudirlari” qatl etilgan. 
Hammurapi buyrug‘i bilan Nar-Hammurapi kanali qazilgan. U 
Shumer va Aqqodni suv bilan ta'minlaydigan, o‘z qirg‘oqlarini 
ekin maydonlariga aylantiradigan, tog‘-tog‘ g‘alla yetishtirib 
beradigan hamda aholini doimo suvga to‘ydiradigan xalq 
boyligidir.” 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar 

 
 
104
G‘allachilik, chorvachilik bilan birga bog‘dorchilik xo‘jaligi ham 
keng taraqqiy etgan. Qadimgi Mesopotamiyaning gullagan bog‘ va 
ajoyib mevali daraxtlar o‘sgan jannat bog‘i haqidagi afsonaning aynan 
shu mamlakatdan kelib chiqqani bejiz emas. Yer mulkdorlari 
manfaatini himoya qilgan davlat bog‘ egalari manfaatlarini yoqlashni 
ham zimmasiga olgan. Hammurapi qonunlarining bir moddasida 
aytilishicha, birovning bog‘idan beijozat kesilgan daraxt uchun aybdor 
katta jarima: yarim mina (252,5 grammga yaqin) kumush to‘lashi 
kerak edi
1

Bobil jug‘rofiy jihatdan qulay joylashganligi rivojlanishiga 
qo‘l kelgan. Tashqi savdo muhim o‘rin tutgan. Muhim savdo 
markazlari - ikki eng yirik shahar, ya'ni Bobil va Sippardan qo‘shni 
mamlakatlarga ko‘plab turli mahsulotlar chiqarilgan. Sippar o‘z 
davrining jun gazlama ishlab chiqarish markazi edi. Bu shahardan 
gazlama bilan bir qatorda, xususan, Elamga xurmo, moy va don 
jo‘natilgan bo‘lsa, Elamdan Bobilga metall rudalar (mis, kumush) olib 
kelingan. Bobil shaharlari Ossuriya bilan qizg‘in savdo ishlari yuritib, 
shu bilan birga Ossuriyadan Bobilga, asosan, qo‘rg‘oshin va boshqa 
metallar keltirilgan. Krit xarobalaridan Bobilning silindr shaklidagi 
muhri topilgan.  
Urug‘chilik tuzumining alomatlaridan yana biri ijaraga yashagan 
odam ijara haqiga 1/2 shekel kumush qo‘shib berishi lozim bo‘lgan. 
Bu qo‘shimcha haq g‘alati nom bilan - “qo‘y maydoni” deb atalgan. 
Bu qo‘shimcha haq mol-mulk boshqa urug‘ga berilganida urug‘ 
homiylari foydasiga ota-bobolar ruhiga atab berilgan bo‘lsa kerak. Bu 
nomning o‘zi ham ushbu odat pul o‘rnida qoramol ishlatilgan eng 
qadim zamonlardan saqlanib qolganini ko‘rsatadi. 
Xufya (yashirin) qullikning eng qadimgi 
ko‘rinishlari tarkib topgan patriarxal oila hali o‘sha 
vaqtda katta ahamiyatga ega bo‘lgan hamda shunga bog‘liq ravishda 
zulm qilish va hukmronlikning eng qadimgi shakllari vujudga kelgan. 
Patriarxal oilada ota va er xo‘jayin hisoblanib, oilaning barcha a'zolari 
unga so‘zsiz itoat qilganlar. Ham ota, ham er o‘z oilasi a'zolariga 
nisbatan quldor huquqiga ega bo‘lgan. Ko‘p xotinlilik ayolni oyoqosti 
qilgan. 
                                                 
1
  Всемирная  история.  Энсиклопедия.  Том 1. Под  ред.  Ю.Н.Франсева.  М., 
2000 г 
Savdo 
Qulchilikning 
rivojlanishi 

 
 
105
Hammurapi qonunining 129 - moddasiga ko‘ra
1
, er - “xo‘jayin” 
(bel ashshatim) bo‘lib, xotin erining izmida edi. Er xotin olishda 
qaynataga ma'lum haq to‘lagan va ayol erining cho‘risi hisoblangan. 
Bu qonunga ko‘ra, er-xotindan biri bevafolik qilganida, erga bir jazo, 
xotiniga esa boshqacha jazo tayinlangan. Er vafo qilmasa, xotin sepini 
olib otasining uyiga ketishi mumkin bo‘lgan, ammo bevafolik qilgan 
ayolni suvga tashlash lozim bo‘lgan. Nikoh ahdida aytilishicha, o‘z 
eridan yuz o‘girgan xotiniga eri qullik tamg‘asini bosib, sotib yuborish 
huquqiga ega bo‘lgan. Ayolning mol-mulk huquqi cheklab qo‘yilgan. 
Beva ayol mol - mulkiga o‘zi to‘la-to‘kis egalik qila olmagan. Qonun 
chiqaruvchi turli yo‘llar bilan oila mulkini imkon qadar bir oila 
qo‘lida saqlab qolishga uringan.  
Bola otasining mulki hisoblangan. Hammurapi qonunining 14 - 
moddasiga ko‘ra, ozod odamning yosh bolasini o‘g‘irlab ketgan kishi 
qatl qilingan. 
Bobilda asta-sekin parchalanib ketayotgan jamoa yer 
egaligi bilan bir qatorda yirik podsho yer egaligi ham 
mavjud edi. Vorissiz qolgan yerlarga egalik qilish huquqi yerlarning 
kengaytirish imkonini bergan. O‘sha davrga oid hujjatlardan birida 
shunday deyiladi: “Bu odam vafot etdi. Uning yerlarini 
Shamashxasirga (Larsada podsho yerlarini boshqaruvchi kishiga) 
topshiring”. Hukmdorning ulkan yer-mulklaridan, asosan, qullarni 
ishlatuvchi podsho saroy boshqarmasi bilan birga, bu yerlarning bir 
qismini ijaraga olganlar foydalangan. Ijarachi, ijara hujjati, ijaraga 
olingan yer, ijara haqqi kabi tushunchalarni anglatgan maxsus 
atamalar mavjudligi yerni ijaraga berish keng tarqalganligini 
ko‘rsatadi. Quruq yer ijaraga olinsa, bunda juda oz ijara haqi, shunda 
ham ikkinchi yili to‘langan. Ba'zan bir necha kishi sherik bo‘lib 
ijaraga yer olgan, bu yerni birgalikda ishlab, ijara haqi va boshqa 
xarajatlar to‘langanidan keyin qolgan hosil o‘rtada teng taqsimlangan. 
Ana shunday guruh bo‘lib ijaraga yer olish, kambag‘allar soni ortib 
borayotganligi va aholi keskin ijtimoiy tabaqalanganini ko‘rsatadi.  
Hammurapi qonuni va bu davrga oid rasmiy 
hujjatlardan I Bobil sulolasi davri qonunlari va ma'muriyatining sinfiy 
                                                 
1
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. 
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd 
edn., e book, Chicago 2008. 
Yer egaligi 
Huquq va sud 

 
 
106
ko‘rinishga egaligi ochiq-oydin ko‘rinib turadi. Qonun chiqaruvchi va 
davlat hokimiyati hukmron quldorlar sinfi manfaatlarini himoya 
qilgan. Xususiy mulkni qo‘riqlash eng muhim masala bo‘lgan. 
Hammurapi qonuniga ko‘ra, o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushgan, 
shuningdek, o‘g‘irlangan buyumlarni sotgan yoki sotib olgan kishiga 
o‘lim jazosi berilgan. Qonunga ko‘ra, erkin kishini, ayniqsa, “Yuqori 
martabali shaxsni” haqorat qilgan odam qattiq jazolangan. “Talion 
huquqi” (“qonga-qon, jonga-jon huquqi”) nomini olgan qasos 
qonunining ayrim belgilari Hammurapi qonunida saqlanib qolgan. Bu 
ham urug‘chilik tuzumidan qolgan eski huquq qoldiqlaridan biridir. 
Chunonchi, boshqa odamning suyagini sindirgan odamning ham biror 
joyi sindirilgan. Qonunning bu moddalari qadimgi yahudiylarning 
mayib qilganni mayib qil”,  “qonga-qon, jonga-jon” shiorlariga 
aynan o‘xshashdir. Hammurapi qonunining boshqa moddalarida 
qadimgi urf-odat huquqining qoldiqlari quldorlik davridagi huquq 
qoidalari bilan uyqash bo‘lib ketgan. Quldorlik davrining yangi 
huquqi bir qancha moddalardan iborat bo‘lib, bu moddalar “qonunlar 
to‘plami“da keltirilgan, so‘ng ma'lum tartibga solinib, “kodeks” 
shaklini olgan. Bobil podshosi Hammurapining “kodeksi
1
 bizga 
ma'lum bo‘lgan eng qadimgi qonunlar to‘plami bo‘lib, u boshqa 
qadimgi Sharq xalqlarining keyingi qonunlari, xususan, Tavrotda 
saqlanib qolgan qadimgi yahudiy qonunlariga katta ta'sir ko‘rsatgan. 
Sud ishlarini maxsus amaldorlar yuritganlar. Sud qilish vazifasi 
shakkanakku va rabianumlar, ya'ni viloyat sudyalari hamda “shahar 
oqsoqollari va atoqli kishilari”dan iborat maxsus shaxslarga 
yuklatilgan. Ibodatxona xizmatchilari hukmronlikni tobora qo‘ldan 
chiqarib, ibodatxonada odamlarning xudo haykali oldida ichgan 
qasamlariga guvoh bo‘lish bilan cheklanib qola boshladilar. Podsho 
hokimiyatini xudo o‘rnatganligi va bu hokimiyat ilohiy ekanligi 
to‘g‘risidagi bu tasavvurlar shumeriylarning bir madhiyasida yaqqol 
ifoda etilgan. Ushbu madhiya Bobil podshosi va Hammurapining 
vorisi - Samsuilunga bag‘ishlangan. Unda quyidagi so‘zlar bitilgan: 
“Egam Enki taxtu tojing abad qilsin, 
Shoh hassasin etib tortiq, necha kunlar va  
                                                 
1
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. 
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd 
edn., e book, Chicago 2008. 

 
 
107
yillarga ravo qilsin! 
... Saltanating yeru ko‘kdek mahkam tursin! 
Sen elu yurt, fuqarolar shohidursan! 
Sen xalqingga muruvvatli bosh panohsan! 
Sen ayovsiz dovul kabi, hamma dushman elin bossang, 
Boshing yetgay samolarga, mardonavor qo‘shin tortsang, 
“Ilohiy kuch” shahri Bobil bino qilgan xudoyim Sin, 
Charaqlagan quyosh kabi, anda noming ulug‘ qil sen... 
Pok, muqaddas yurting ichra hamma narsa muhayyo qib, 
Saltanatda rasulliging salobatla”ado qilg‘il... 
Porloq kundek, har tomon sen nuring sochsang, 
Xudo Anu va Enlil ham buyuk tole ravo qilsin”. 
 
Hammurapi vafotidan keyin Bobil asta-sekin 
tushkunlikka yuz tutdi. Vorislari dastlab uning 
ishlarini davom ettirishga intildilar. Hammurapining 
o‘g‘li Samsuilun (miloddan avvalgi 1749-1712 
yillar) ikki yangi kanal qazdirgan hamda 
ibodatxonalarga katta hadyalar berib turgan. Ammo tez orada siyosiy 
maydonda yangi-yangi xavflar yuzaga kela boshlagan. Mesopotamiya 
hukmdori Rimsin (miloddan avvalgi XVIII asr) Bobilning 
zaiflashganidan foydalanib, Mesopotamiyaga bostirib kiradi va 
Shumerning bir qismini bosib oladi. Lekin bu vaqtda Bobil podshosi 
hali qudratini butkul yo‘qotmagan edi. Samsuilun Rimsinni mag‘lub 
qiladi, ya'ni Rimsin o‘z saroyida yong‘in vaqtida halok bo‘ladi. 
Samsuilun Ur va Uruk devorlarini buzib tashlab, Shumerni yana 
o‘ziga bo‘ysundirib oladi. Lekin bu vaqtda yangi dushmanlar bosh 
ko‘taradilar. Isin shohi Ilumailu Shumerning janubida mustaqil 
shohlik yaratib, Bobilga qarshi qattiq kurash olib boradi va Shumer 
podsholarining yangi sulolasiga asos soladi. Sharqdan Bobilga tog‘lik 
qabilalar - kassitlar bostirib kiradi. 
Dajla daryosining Sharqida yashagan kassitlar ilgari ham 
Mesopotamiyaga tashrif buyurganlar, lekin u vaqtda ijarador va 
yollanma ishchi sifatida kelgan edilar. Taxminan miloddan avvalgi 
1750-yilda kassit qo‘shinlari o‘z yo‘lboshchisi Gandash rahbarligida 
Mesopotamiyaga bostirib kirib, bu yerda Kassit davlatini barpo 
qiladilar. Hammurapi vorislari, Bobil I sulolasi hukmdorlari 
Bobilning 
Kassitlar 
tomonidan 
istilo qilinishi 

 
 
108
Mesopotamiya ustidan o‘z hokimiyatlarini o‘rnatish uchun 155 yil 
davomida kurash olib bordilar. Kassitlar bosqinidan so‘ng zaiflashgan 
va ayrim qismlarga bo‘linib ketgan bu mamlakat istilochilarning 
diqqatini o‘ziga jalb qila boshladi. Bobil I sulolasining so‘nggi shohi 
Samsuditan hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 1625–1595-
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling