Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


xudosi Raning nikohi natijasida mo‘'jizaviy 
tug‘ilganliklari, bu fir'avnlarni quyosh 
V va VI sulolalar 
davrida Misr 

 
 
69
xudosining avlodi sifatida so‘zsiz podsholik taxtiga o‘tirish huquqiga 
ega bo‘lganliklarini ifodalaydi. Bu afsona va shu davrga oid 
yozuvlarning asl nusxasi ham IV sulola davridayoq, quyosh xudosi 
Raga e'tiqod kuchaya boshlaganini ko‘rsatadi. V sulola fir'avnlari 
davrida Ra Misrning bosh davlat xudosiga aylantirilgan. Fir'avnlar 
“Ra o‘g‘li” degan yangi unvon olganlar. Memfis yaqinida V sulola 
fir'avnlari qurdirgan ibodatxona xarobalari, ayniqsa, Raga gisbatan 
e'tiqod ayniqsa kuchayganini ko‘rsatadi. 
V va VI sulola fir'avnlari ham istilochilik siyosatini davom 
ettirganlar. Ular Liviya va Nubiyada urush harakatlari olib borganlar. 
Bu urushlar oddiy halq yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushgan. VI sulola 
fir'avnlari - Pepi I va Pepi II davrida Nubiyaga qarshi muvaffaqiyatli 
urush olib borilgan. VI sulola davrida yashagan amaldor maqbarasida 
Falastinga qilingan harbiy yurish haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. 
 
Bosqinchilik siyosati quldorlar va yirik zodagonlar 
yanada boyishi hamda kuchayishiga olib keldi. 
Ijtimoiy ziddiyatlar og‘irlashdi. Shu bilan birga idora 
ishlari markazlashib, nufuzli amaldorlar ko‘paydi, podsho va uning 
hokimiyatini ilohiylashtirishga qaratilgan puxta ishlangan mafkura 
yordamida fir'avnlar mavqyei mustahkamlandi. 
Sud idoralari rivoj topib, qadimgi jamoa sudlari o‘rnini podsho 
sudlari, podsho hakamlari egallagan. Hakam vazifasini ko‘p hollarda 
mahalliy hokim - nomarxlar ado etgan. “Oltita urug‘ uy” nomi bilan 
mashhur bo‘lgan oliy sud poytaxtda joylashgan. Oliy hakam 
mamlakatni idora qilishda birinchi yordamchi bo‘lgan. 
Qadimgi Podsholik davridagi yozuvlar maxsus harbiy 
mahkamaning tuzilishi va faoliyatiga oid o‘ziga xos xususiyatlarni 
tasavvur qilish imkonini beradi. Mamlakatning harbiy kuchlariga 
qo‘mondonlik qilish fir'avn oilasiga qarashli kishilardan biriga 
topshirilgan.  
Misrning nomlarga bo‘linib ketishi. Qadimgi Podsholik davrining 
oxirlariga kelib, ayrim nomlarda hukmdor nomarxlar butun 
hokimiyatni qo‘llariga olib, mustaqil siyosat yurita boshladilar. 
Nomarxlar fir'avn hokimiyati vasiyligidan chiqa boshladilar. 
Bularning bari fir'avn hokimiyatining zaiflashishi va markazlashgan 
tizimning yo‘qola borishiga sabab bo‘lgan. 
Davlat 
hokimyati 

 
 
70
Nomlarda kohinlar juda katta kuch-e'tiborga ega bo‘lgan. Har bir 
nomning o‘z xudolari bo‘lib, shu yo‘l bilan kohinlar fir'avnga qarshi 
siyosat yuritganlar. Joylarda fir'avnni ilohiylashtirishga qarshi chiqib, 
ular mahalliy xudolar obrazini iloji boricha yuksaltirishgan. Bu 
intilishga mahalliy nomarxlar ham qarshilik qilmaganlar, chunki 
markaziy hokimiyatning zaiflashuvi ularning manfaatlariga xizmat 
qilar edi. Iqtisodiy va siyosiy sohada markaziy hokimiyatning inqirozi 
natijasida Qadimgi Misr podsholigi parchalanib ketdi. 
Misr o‘rta podsholik davrida (miloddan avvalgi 2250 -1750 
yillar). Markazlashgan davlatning inqirozga uchrab, parchalanishidan 
g‘arbdagi qo‘shni liviyalik qabilalar va Sharqdagi ko‘chmanchilar 
foydalandilar. Ular Misrga bostirib kirib, uning boyliklarini talon-taroj 
qildilar. Qadimgi podsholikning markaziy shahri - Memfis ham 
inqirozga yuz tutdi. Unda hukmronlik qilayotgan VIII-sulola vakillari 
mamlakatni birlashtirishning uddasidan chiqa olmadilar. Yuqoridagi 
sabablar mamlakatning siyosiy jihatdan qaytadan birlashtirilishini 
taqozo qilardi, natijada, Misrning kuchli viloyatlari o‘rtasida 
davlatning birligini tiklash uchun kurash boshlandi
1

Bu shaharlar jug‘rofiy jihatdan qulay 
joylashganligi uchun ham, mamlakatning 
iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutadi. 
Misrdagi siyosiy va iqtisodiy voqyealar mamlakatni qayta tiklash 
zaruratini yuzaga keltirdi. Misrni qaytadan birlashtirish uchun ham 
shimolda, ham janubda kurash boshlandi. Geliopol va Fiva shahri 
hokimlari Misrda ustun kelish va unga hukmronlik qilish uchun 
miloddan avvalgi III ming yillik o‘rtalarida kurash boshlab, ertami - 
kechmi o‘zaro to‘qnashishi muqarrar edi. 
Dastlab, siyosiy kurashni Geliopol hokimligi boshlab berdi. Misr 
bo‘linib borayotgan davrda markaziy hokimiyat zaiflashgan sari 
Geliopol hokimlari butun Misrni o‘z tasarrufiga olishga intildi. Xeti-
Meri-ib-Ra Misrni qaytadan birlashtirib, Misr fir'avnlarining Geliopol 
(umumiy hisobda to‘qqizinchi) sulolasiga asos solgan Xeti 1 (Axtoy) 
                                                 
1
 A. Pankratova, Konferentsiya chitatelei zhurnala “Voprosty istorii”, 1956, vi, 
2, p. 213; quoted in R.D.  
Markwick, Rewriting History in Soviet Russia. The Politics of revisionist 
Historiography, 1956-1874, Bas- 
ingstoke 2001, p. 4. 
Geliopol va  
Fiva o‘rtasidagi  
kurash 

 
 
71
Misrni birlashtiribgina qolmasdan, balki Qadimgi Podsholik 
fir'avnlarining istilochilik siyosatini tiklashga ham urindi. Geliopol 
podsholari shimoldagi nomlarni birlashtirib, liviyaliklarni va Osiyo 
ko‘chmanchilarini mamlakatdan surib chiqardilar. Ular o‘zlarini 
Yuqori va Quyi Misr hukmdorlari deb e'lon qildilar. Biroq IX-X 
sulola vakillari bo‘lmish Geliopol podsholari hokimiyati mustahkam 
emas edi.  
Geliopol va Fiva hukmdorlari o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat 
Fiva hokimiyati ustunlik qildi. Kuchli Fiva hokimlari Nubiyaning 
moddiy boyligi va ishchi kuchidan foydalanib, janubiy Misrni o‘z 
atroflariga birlashtirishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu kurashda Fiva 
podshosi Mentuxatep uzil-kesil g‘alaba qozonib, yagona Misr 
davlatini qayta tikladi. Natijada, Mentuxatep Misr fir'avnlarining XI-
sulolasiga asos soldi
1
. Shu tariqa miloddan avvalgi 2250 yildan 1750 
yilgacha davom etgan umummamlakat miqyosidagi O‘rta 
Podsholikka asos solinib, bu davrda 11, 12 va 13-sulola firdavilari 
podsholik qildi.  
O‘rta podsholik davrida xo‘jalik va ichki hayot. Misrda 11 va 12 
sulola fir'avnlari davrida yana qaytadan qudratli, markazlashgan davlat 
vujudga keldi. Bu davlat Shimoliy-Sharqiy Afrikada hukmron 
bo‘lishga va qo‘shni mamlakatlarga o‘z ta'sirini kuchaytirishga intildi. 
12 sulolaning qudratli fir'avnlari zamonida Misr yana katta va kuchli 
davlat bo‘lib birlashganidan so‘ng, xususan, Amenemxet III davriga 
kelib, sun'iy sug‘orish tarmoqlari ancha kengaytirilgan va 
mukammallashtirilgan. O‘rta Podsholik davrida Fayum vohasida
ayniqsa, irrigatsiya sohasida katta ishlar amalga oshirildi. Bu vohada 
Yunonlar Marida ko‘li deb atagan va alohida kanal vositasi bilan 
Nilga tutashtirilgan katta suv ombori mavjud bo‘lgan. Irrigatsiya 
sohasida olib borilgan bu ishlar natijasida Fayum vohasida 
dehqonchilik rivoj topdi.  
O‘rta Podsholik davrida mamlakatda ichki 
savdo-sotiq rivojlanishi bilan bir qatorda, tashqi 
savdo aloqalari ham taraqqiy etdi. Misr 
shimoliy-Sharqda Finikiya, Falastin, Ikki daryo oralig‘i va Kichik 
Osiyo bilan savdo aloqalarini olib bordi. U tomonlardan Misrga qora 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 
Savdo-sotiqning 
rivojlanishi 

 
 
72
yog‘och, qo‘rg‘oshin, kumush, qimmatbaho toshlar, Kritdan esa 
dengiz kemalarida mis keltirilar edi. 
Misr savdogarlari janubda Nubiya va Punt o‘lkasigacha 
borganlar. Ular u yerdan oltin, fil suyagi va boshqa qimmatbaho 
buyumlar olib kelganlar. Savdo-sotiq suv yo‘li - Nil daryosi va Qizil 
dengiz orqali olib borilgan. Shunday qilib, 12 sulola fir'avnlari davrida 
Misr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlatga aylandi. 
Kambag‘allar va qullar qo‘zg‘olonlari. Misrda kambag‘allar va 
qullar ko‘targan qo‘zg‘olonlar haqida bizga turli manbalardan ma'lum. 
Olag‘ovur yillarda shaharlarda tez-tez qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, ularda 
quyi tabaqa aholisi ishtirok etgan. Shaharda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar 
haqida o‘sha zamon adabiy yodgorliklarida aytib o‘tiladi. Masalan, 
papirus yozuvlardan birida qo‘zg‘olondan “xarob bo‘lgan” bir shahar 
to‘g‘risida so‘z boradi. 
Fir'avn, kohin, amaldorlarning obro‘yi, oddiy xalq va qullar 
mehnati hisobiga oshib borgan. Mamlakatdagi ichki nizolar va 
fir'avnlarning bosqinchilik siyosati xalq ommasi va qullar ahvolining 
yomonlashuviga olib kelgan. Xuddi ana shu davrda fir'avn va mahalliy 
amaldorlar jabr-zulmidan bezgan xalq mavjud tuzumga qarshi bosh 
ko‘targan. Bu qo‘zg‘olon miloddan avvalgi 1750 yilda sodir bo‘lib, 
unda oddiy xalq bilan birga qullar ham faol ishtirok etganlar. 
Misrdagi bu voqyealar o‘sha davrga oid ikki asarda: “Ipuser 
nasihatnomasi” (344 - sonli Leyden papirusi matni) va Sankt - 
Peterburgdagi Ermitajda saqlanayotgan “Noferrexu 
nasihatnomasi”da o‘zining yorqin ifodasini topgan. “Ipuser 
nasihatnomasi” asarining muallifi yirik mansabdor kishi bo‘lib, u 
xalq ommasining harakatiga nafrat va salbiy nazar bilan qaragan.  
 
E’tibor bering! 
Ipuserdagi ma'lumotlarga qaraganda kambag‘al va qullar 
zodagon va a'yonlarga qarshi bosh ko‘targanlar. Quyida undan bir 
parcha keltirilgan: “Nasl-nasabi bo‘lmagan kishilar endi 
zodagonlardan farq qilmaydilar. Hokimlarning bolalari 
qo‘zg‘olonchilar qo‘liga asir tushgan. Ularni urib kaltaklaganlar va 
boshlarini devorga urib majaqlaganlar. Podsho va badavlat 
kishilarning mol-mulklari batamom taqsimlangan. Yer haydashga 
ho‘kizi va omochi bo‘lmagan dehqon endilikda butun bir podaga, 

 
 
73
boshpanasi bo‘lmagan kishilar hashamatli turar joylarga ega 
bo‘lgan. Bitta ham qayig‘i bo‘lmagan kishilar butun bir kemalar 
flotiga egalik qilgan. Bir vaqtlar bashang kiyingan kishilar endilikda 
juldur kiyimda yuradigan bo‘lgan. Cho‘rilar bo‘yinlariga oltin, 
kumush va asl toshlardan ishlangan zeb-ziynat buyumlarini taqib 
olgan, zodagon ayollar esa och yurgan. Qo‘zg‘olonchilar sud idorasi 
va mahkamalarga bostirib kirib, unda saqlanayotgan hujjatlar, soliq 
ro‘yxatlarini ko‘chalarga uloqtirib, mayda-mayda qilib yirtib 
tashlaganlar. Ular podsho saroyiga hujum qilib, podshoni ko‘chaga 
haydab yuborganlar. Mamlakat boshliqlari qochib jon saqlaganlar, 
amaldorlar esa o‘ldirilgan. Qullar quldorlarga aylangan. Bu 
baxtsizlik qalbimni tilka-pora qilmoqda. Oh, bu zamonning azob-
uqubatlari men uchun naqadar qayg‘uli”. Ipuser qo‘zg‘olonning 
qancha vaqt davom etgani va qanday bostirilgani haqida ma'lumot 
keltirmagan. Ipuser qo‘zg‘olonni tasvirlar ekan, shunday deydi, - 
“Mansablar endi yo‘q. Odamlar cho‘ponsiz hurkigan podaga 
o‘xshaydi.” 
Qabila nomi bo‘lmish “giksos” so‘zi cho‘l 
mamlakatlarining 
“hukmdorlari” (“xekau 
xasut”) degan misrcha so‘zning buzib aytilishi, 
deb ta'riflanadi. Miloddan avvalgi XVIII asrning ikkinchi yarmida ular 
o‘zlarining ot qo‘shilgan jangovar aravalarida Shimoliy Misrga 
bostirib kirib, uni egallaganlar. Ular deltada Avaris (“Xat - uarit” - 
misrcha, cho‘llar va ajnabiy mamlakatlar xudosi Setuga 
bag‘ishlangan shahar) shahrini qurib, poytaxtga aylantirdilar va yuz 
yildan ortiq davr mobaynida Misrda hukmronlik qildilar. 
Giksos hukmdorlari 15-16 sulola namoyandalari edilar. Ular 
shimolda Misr, Falastin, Sinay yarim oroli, Arabistonning shimoliy 
qismi ustidan hukmronlik qilganlar, ammo Misrning janubiy 
viloyatlarida Fiva hukmron bo‘lib qolaverdi. 
 Giksoslarning Misrdan haydab chiqarilishi. Giksos podsholari 
Misrda taxminan miloddan avvalgi XVII asrdan to 1580-yilgacha 
hukmronlik qilganlar
1
. Chet elliklarning hukmronlik qilishi mustaqil 
Misr davlatini tiklashga intilgan yerli aholining qo‘zg‘olon 
ko‘tarishiga sabab bo‘ldi. Bundan avvalgi davrda bo‘lgani kabi, 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 
Giksoslarning 
Misrga bostirib  
kirishi 

 
 
74
mamlakatni birlashtirish uchun kurash Yuqori Misrdan boshlangan, 
chunki mamlakatning bu qismi doimo o‘zining mustaqilligini bir 
qadar saqlab kelgan. Giksoslarga qarshi kurash Fiva podshosi Kamesu 
vaqtida kuchayib, begonalar hukmronligiga qarshi ozodlik urushiga 
aylanib ketdi. 
Kamesudan keyingi Fiva podsholaridan biri Yaxmos I giksoslar 
ustidan uzil - kesil g‘alaba qozonib, XVIII Fiva sulolasiga asos solgan. 
Yaxmos I ning harbiy faoliyati uning katta mansabdorlaridan biri 
Yaxmos Iabana o‘g‘lining bizning zamonamizgacha saqlangan 
tarjimai holidan ma'lum. Bu tarixiy hujjatda Yaxmos I ning chet 
elliklar bilan olib borgan urushi davrlarga bo‘lib ta'riflangan. Misr 
qo‘shinlari giksoslarning deltadagi asosiy tayanch punkti Avaris 
shahrini qamal qiladilar. Giksoslarning qattiq qarshilik ko‘rsatishiga 
qaramay, misrliklar ularning qo‘shinlarini tor-mor qilib, Misrdan 
haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ladilar. Misr qo‘shinlari giksoslarni 
ta'qib etib, Osiyoga ham kirib borib, giksoslarning Old Osiyodagi 
hokimiyat markazlarini egallab olishga intilganlar. 
O‘sha vaqtdan qolgan yozuvlarga qaraganda, Misr qo‘shinlari to 
Finikiya va Suriya viloyatlarigacha kirib borganlar. Yaxmos I
ayniqsa, Nubiyada katta muvaffaqiyat qozongan. U Nubiyaning ilgari 
Misr podsholari qo‘l ostida bo‘lgan viloyatlarini yana qaytadan istilo 
qilgan. 
U davrda katta ibodatxonalarga qarashli yirik hunarmandchilik 
ustaxonalari ko‘p edi. Nofer Ronpet maqbarasi devorlarida (19 sulola 
davri) 20 dan ortiq kishi ishlayogan Amon ibodatxonasi ustaxonasi 
tasvirlangan
1
. Ayniqsa, vazir Rexmer maqbarasi devorlarida 
saqlangan tasvirlar muhim ahamiyatga ega. Bu hunarmandlar orasida 
chet ellik qullar ham bo‘lgan. Bunga Rexmer maqbarasidagi tasvirlar 
va yozuvlardan ishonch hosil qilish mumkin. Tutmos III podsholik 
qilgan davrda vazir, poytaxt boshlig‘i va oliy hakam mansablarini 
egallagan bu oliy amaldor ayni paytda “Amon ibodatxonasi 
boshlig‘i” hamda “Amonning Fivadagi barcha ishlari mudiri” 
vazifasini ham ado etgan. Shuning uchun Amon ibodatxonasidagi 
barcha ustaxonalar unga bo‘ysungan va shu sababdan bu ustaxonalar 
uning maqbarasi devorlarida juda batafsil tasvirlangan. 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 

 
 
75
 
Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlar, 
chunonchi, Kipr, Kichik Osiyo va Mesopotamiyaga savdo 
ekspeditsiyalari va istilochilik niyatida qo‘shin yuborganlar. 
Bu vaqtga kelib Sinaydagi mis konlari zahirasi deyarli tugab 
qolganligi sababli, misrliklar o‘zlariga zarur misning yangi 
manbalarini qidirishga majbur edilar. Yangi Podsholik davrida, 
ayniqsa, Kipr orolidan ko‘p mis keltirilar edi. 
Bu davrda Misrga Kichik Osiyodan, xususan, uning xettlar 
yashagan Sharqiy viloyatlaridan temir keltirilgan. Temir o‘sha davrda 
Misr uchun nodir metall hisoblangan. XVIII sulola fir'avni 
Tutanxamon maqbarasidan atigi bir necha dona temir buyum topilgan. 
Misr savdosi yana shimoliy-Sharqqa, Mesopotamiya viloyatlari tomon 
rivoj topa bordi. Ikki daryo oralig‘ining shimoliy-g‘arbida joylashgan 
Mitanni davlatidan bronza, lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, yog‘, 
jang aravalari, otlar va qullar keltirilsa, Bobildan kumush, yog‘ochdan 
yasalib oltin va fil suyagi bilan bezatilgan qimmatbaho buyumlar olib 
kelingan. Misr va Ossuriya o‘rtasida ham savdo aloqalari o‘rnatilgan. 
Yozma manbalardagi ma'lumotlarga qaraganda, misrliklar 
Ossuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltirganlar. 
 Yangi Podsholik davriga xos xususiyatlar. Yangi Podsholik 
davrida davlatni idora qilishning murakkab tizimi tarkib topdi. 
Markazlashtirilgan idora tizimi tobora kuchayib bordi. Mamlakat 
Shimoliy va Janubiy Misrni o‘z ichiga olgan ikkita katta ma'muriy 
viloyatga bo‘lindi: viloyatga fir'avnning maxsus hokimi tayinlanib, bu 
idora qilish ishini yanada markazlashtirish imkonini berdi. 
Mamlakatni idora qilish ishi to‘liq podsho amaldorlari qo‘liga o‘tdi. 
XVIII sulola hokimiyatining oxirida Misr qo‘shini ikki qismga 
bo‘linib: bir qismi - janubda, ikkinchisi - shimolda joylashgan edi. 
XIX sulola davrida esa, qo‘shin va harbiy qismlar bir necha 
bo‘limlardan iborat bo‘lgan. Harbiy qismlarga o‘sha davrdagi bosh 
xudolar ismlari berilgan. 
XVIII, XIX hamda XX sulola fir'avnlari xukmronlik qilgan 
davrni o‘z ichiga olgan Yangi Podsholik davrida (miloddan avvalgi 
XVI - XI asrlar) Misrda xo‘jalik sohasi yanada taraqqiy etib bordi. 
XVIII sulola davridan e'tiboran texnika sohasida birqadar taraqqiyot 
ko‘zga tashlana boshlaydi. XVIII sulola davridagi hunarmandchilik 
Savdo 

 
 
76
to‘g‘risida Karnakdagi Tutmos III ibodatxonasidan chiqqan hamda 
shu podshoning nomi yozilgan bolta, poytesha va kesish asboblari 
aniq tasavvur beradi.  
Yangi Podsholik davrining dastlabki podshosi Yaxmes (Amasis) 
I giksoslar ustidan uzil-kesil g‘alaba qozongan. Yaxmos I XVIII Fiva 
sulolasiga asos solgan podsho hisoblanadi. Yaxmos I ning harbiy 
faoliyati bizga uning yirik mansabdorlaridan biri - (Yaxmes) Iabana 
o‘g‘lining zamonamizga qadar yetib kelgan tarjimai holidan ma'lum. 
Yaxmos I dan keyingi podsholar Falastin va Suriyaga muttasil 
bosqinchilik yurishlar qila boshlaganlar. Ayniqsa, Tutmos III 
(miloddan avvalgi 1525-1491 yillar) katta istilochilik urushlari olib 
borib, uzoq davom etgan podsholigi davrida Suriyaga ko‘p marta 
qo‘shin tortgan. Tutmos III qattiq kurash natijasida muhim strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan Suriya, Finikiya va boshqa yerlarni egallab
Misr hukmronligini mustahkamlashga muvaffaq bo‘ldi. Tutmos III 
olib borgan bu istilochilik urushlari Osiyoda Misr ta'sirini shu qadar 
kuchaytirib yubordiki, Bobil, Ossuriya va Xett kabi Osiyoning bir 
qancha podsholari Misrga xiroj to‘lay boshladilar. 
XVIII sulola fir'avnlari ichida so‘nggi istilochilardan biri 
Amenxotep II (miloddan avvalgi 1491-1465 yillar) edi va u Suriya, 
Falastinga yurishlar qilib, ko‘plab oltin, mis, yilqi va jang aravalarini 
qo‘lga kiritgan. 
XVIII sulola fir'avnlari ichida so‘nggi istilochilardan biri 
Amenxotep II (miloddan avvalgi 1491-1465 yillar) edi va u Suriya, 
Falastinga yurishlar qilib, ko‘plab oltin, mis, yilqi va jang aravalarini 
qo‘lga kiritgan. 
Misr fir'avnlari Nubiyani ham Nilning to to‘rtinchi ostonasiga 
qadar bosib olganlar, shu bilan birga, bu yerda Tutmos III ko‘proq 
faollik ko‘rsatgan.  
Bosqinchilik siyosatidan voz kechish fir'avn Amenxotep IV 
hukmronligi davrida ifodasini topdi; u o‘z faoliyatini Misr aholisining 
keng tabaqalariga suyangan holda yuritgan. 
Sulolaning 10 fir'avni - Exnaton, Amenxotep III va malika 
Tining o‘g‘li bo‘lib, Amenxotep IV nomi bilan ham ma'lum va 
mashhur. Amenxotep IVning dinni isloh qilishi Misr tarixida ro‘y 
bergan yirik voqyeadir. Bu islohotni amalga oshirishdan maqsad, ko‘p 

 
 
77
xudolarga sig‘inishdan iborat qadimgi an'anaviy din shaklini yagona 
quyosh xudosiga sig‘inish bilan almashtirishdan iborat edi.  
XVIII sulola fir'avnlari olib borgan istilochilik urushlari bir guruh 
saroy zodagonlarining boyishiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ibodatxonalar 
va Amon kohinlari katta boylik orttirdilar. Taxt boshiga Amenxotep 
IV kelganidan keyin u Fiva kohinlarining Yuqori tabaqalariga qarshi 
kurash boshladi. U bunda Geliopol va Memfis kohinlariga suyanishga 
majbur edi, chunki bu yerlarda qadimdan yagona va oliy quyosh 
xudosiga topinish rivoj topib kelgan. Amenxotep IV Geliopol xudosi 
Ra-Goraxtaga ibodat qilishni xudo Amonga sajda qilishga qarama-
qarshi qo‘ygan
1
.  Amenxotep IV hatto shunga bordiki, o‘z otasining 
ismini ham yodgorliklardan oldirib tashladi. Amenxotep IV yagona 
va oliy xudo - quyosh xudosi Atonga sig‘inishni amr etdi. Bu narsa 
podshoning o‘z nomini o‘zgartirishida ham o‘z ifodasini topdi. Fir'avn 
“Aton shu'lasi” ma'nosini anglatuvchi “Exnaton” degan nom oldi. 
Exnaton hozirgi Al-Amarna degan joyda yangi poytaxt - “Axetaton” 
“Aton ufqi”ni qurdirdi. 
Pirovardida diniy islohat natija bermadi. Exnatondan keyin 
taxtga o‘tirgan Tutanxamon Fiva kohinlariga yon berib, Amonga 
sajda qilishni qaytadan tikladi va hatto o‘z ismini o‘zgartirib 
“Tutanxamon” deb atashga majbur bo‘ldi. Fiva yaqinidagi «podsho 
maqbaralari vodiysi» nomini olgan vodiyda 1922-yilda ingliz 
arxeologi  Govard Karter tomonidan topilgan Tutanxamon 
maqbarasidan naqshinkor va go‘zal ishlangan ko‘plab buyum va 
rasmlar topilgan.  
Ramzes I (Ria-masesa) Misr qo‘shinini qaytadan tuzish va uni 
mustahkamlashga qaratilgan bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. 
Katta harbiy yurishlarga Ramzes I dan keyingi fir'avn Seti I qo‘l urdi. 
U Suriyaga yirik qo‘shin tortib borgan va Megiddo tekisligiga qadar 
bostirib kirib, muhim yerlarni ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. Misr 
qo‘shinlari Suriya qirg‘oqlariga mustahkam o‘rnashib olishga 
erishgan, shubhasiz, bu hol Misrning Osiyodagi ta'sirini kuchaytirgan. 
Seti I dan keyin taxtni egallagan Ramzes II  (miloddan avvalgi 
XIV asr oxiri - XIII asr boshlari) istilochilik siyosatini kengaytirdi. 
Urushdan maqsad Suriya ixtiyoriga o‘tgan ilgarigi Misr yerlarini 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 

 
 
78
qaytarib olish va mamlakatning Osiyodagi avvalgi nufuzini tiklash 
edi. Buning uchun Ramzes II xettlarning Falastin, Finikiya va 
Suriyada joylashgan asosiy harbiy kuchlar qarshiligini sindirishi lozim 
bo‘lgan
1

Misr So‘nggi podsholik davrida (miloddan avvalgi 1125-525 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling