Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Merkator yaratgan atlas juda muhim bo‘lsa-da, uning 1569-yilda


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


Merkator yaratgan atlas juda muhim bo‘lsa-da, uning 1569-yilda 
tuzgan xaritasi zamonaviy jo‘g‘rofiya tarixida muhim burilish yasadi. 
Ushbu xarita 18 ta alohida sahifa (varaq)dan iborat bo‘lib, ularning 
jami 134 smga 212 smni tashkil qiladi. Bugungi kunda to‘liq holdagi 
xaritaning yagona ekzemplyari Parijdagi Milliy kutubxonada 
saqlanmoqda. Qolgan 2 nusxasi Amsterdam va Bazelda saqlanadi. 
Albatta,  Merkator xaritasida noaniqliklar bor. Har bir xarita 
dumaloq (Shar) shaklga ega. Shunday bo‘lsa ham, u yaratgan xarita 
yo‘nalishni topish muammosini hal qilgani bois, navigatsiya (yo‘l 
topish)ga mo‘ljallangan yer Shari globusiga qaraganda foydaliroqdir. 
Dunyo xaritasi butun marshrutning to‘liq ko‘rinishini namoyon etardi, 
ayni paytda uni yer globusi kabi o‘qi atrofida aylantirishga to‘g‘ri 
keladi. Xaritaning o‘ziga xosligi shundaki, unda barcha loksodrom 
(loskodromiya)lar (meridianani kesuvchi egri chiziqlar) to‘g‘ri 
chiziqlar bilan ifodalangan. Bu dengizda marshrutni to‘g‘ri chiziq 
bo‘ylab aniqlash imkonini beradi. Masalan, A punktdan B punktga 
harakatlanishda xaritada to‘g‘ri chiziq chizib, kompas orqali to‘g‘ri 
ma'lumotlarni aniqlab olish mumkin. 
Merkatorning yorqin kashfiyoti shunda ediki, u meriadianalarni 
bir-biriga parallel to‘g‘ri chiziqlar sifatida tasvirlaydi. Merkator 
o‘zining silindr shakllari bo‘yicha ilk ishlari bilan mashhur edi
1
. U bu 
ishlari asosida yer Sharining to‘g‘rilangan meridianalarini yaratdiyu 
Meridianalar bir xil uzoqlikda vertikal chiziqlar etib tasvirlangan. Bu 
shuni anglatadiki, Janubiy va Shimoliy qutblarni xaritada ifodalab 
bo‘lmasdi.  Merkatorning o‘zi bu holatni mening xaritamning oxiri 
cheksizlikdir, deya izohlagan. Xaritadagi yana bir muhim yangilik bu 
gorizontal paralellarning oralig‘i kengaytirilganidir. Ular bir-biridan 
bir xil uzoqlikda ekvatorga qadar masofada kattalashtirib tasqirlangan. 
Xaritadagi noaniqlik ekvatordan uzoqlashgan sari yanada ortib 
boradi. Masalan, Grenlandiya aslida Lotin Amerakasining sakkizdan 
bir qismiga to‘g‘ri kelsa-da, u haritada xuddi shu qit'a hajmida 
                                                 
1
 Other copies are kept in Amsterdam, Scheepvaart Museum, and Basel, 
University Library. A. Taylor, The World of Gerard Mercator, London 2005, p. 
201. 

 
 
59
tasvirlangan. Navigatsiya uchun yo‘nalish to‘g‘riligi asosiy omil 
bo‘lgani uchun, bu holat muammo hisoblanmaydi.  
Merkatorning xaritasi jahonning ishonchli xaritasini yaratishdek 
qadimdan davom etib kelayotgan muaamoning yechimi edi. 
“Ptolemey davridan boshlab asrlar davomida dunyo xaritasini yaratish 
bilan kurashib kelgan har qanday xaritashunos xuddi shu ishni amalga 
oshirishi mumkin edi”, deb yozadi Merkatorning biograflaridan biri. 
Bu tasodifiy holat emas edi, chunki xaritaning shunday ko‘rinishi 
yangi joylarni kashf eti uchun ko‘plab sayohatlar qilinayotgan davrda 
yaratildi. Bundan tashqi, o‘sha paytda boo‘qa bir ishonchli jahon 
xaritasi mavjud emas edi. 
Xaritada Yevropa markazda joylashtirilgan. Lekin har doim ham 
shunday bo‘lib kelgan deb bo‘lmaydi. O‘rta asrning sxematik 
ko‘rinishdagi ilk dunyo xaritalarining aksariyati uchtomonlama 
shaklga ega edi. Yer dumaloq O shaklda ifodalanib, u Yevropa, Osiyo 
va Afrikadan iborat uch qism T ko‘rinishda ga bo‘lingan. Odatda T-O 
xaritalarda Osiyo yuqorida bo‘lib, Iyerusalim (Quddus) markazda 
joylashtirilgan. Bu nasroniylik (xristianlik)ning ahamiyatini bildirib 
turgan
1
.  
Endilikda shubhasiz, Yevropa dunyo xaritasining markaziy 
elementiga aylangandi. Hatto, Iyerusalim nomi to‘lig‘icha yozilmay, 
“IRLM” deb qisqartirildi
2
. Merkatorning xaritasi ispan va portugal 
tadqiqotchilarining Janubiy va Markaziy Amerikaga uyushtirgan 
sayohatlari natijasida hosil bo‘lgan bilimlarni o‘zida aks ettiradi. 
Biroq, Shimoliy Amerikaning katta qismi xaritani tugallaydi. Balki 
shu orqali Osiyoga shimoli-g‘arbiy yo‘l mavjud degan savoldan 
qochishga harakat qilingandir. Albatta, ko‘plab jo‘g‘rofiy bilimlar 
hozirga qadar mavhum, masalan, Lotin Amerikasidagi daryolar 
haqidagi bilimlar. Bundan tashqari, Janubiy dengiz hududidagi katta 
kontenent Terra Australis xaritada mavjud emas edi.  
                                                 
1
 Other copies are kept in Amsterdam, Scheepvaart Museum, and Basel, 
University Library. A. Taylor, The World of Gerard Mercator, London 2005, p. 
201 
2
 Mercator Projection, Encyclopædia Britannica Online
http://www.britannica.com
, accessed 11 January 2011. 

 
 
60
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.  Ptolemey: Dunyoni xaritalashtirish 
2.  Osma Beatusning xaritasi: O‘rta asr va xristian 
dunyo qarashi (1086
3.  Al-Idrisi va uning jahon xaritasi haqida nimalarni 
bilib oldiz? 
4.  Hereford dunyo xaritasi: O‘rta asr ensiklopediyasi 
va diniy tasavvurlar. 
5.  Merkatorning jahon xaritasi dunyo qanday 
tasvirlangan. 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
61
3-mavzu. Qadimgi Misrdagi ilk davlatlarning paydo bo‘lishi. 
Podsholiklar davri tarixi 
 
Reja: 
1. Qadimgi Misr tabiiy Sharoiti va aholisi. 
2. Davlat hokimiyati.  
3. Iqtisod va ijtimoiy tuzum.  
4. Sais hokimlarining Misrni birlashtirishi.  
 
 Tayanch  iboralar:  “Qora tuproq”, semit tili, iyeroglif yozuvi, 
“tegirmon mudiri”, hoqon, “podshoning do‘stlari”, “kumushxona”, 
“Oq devor”, nomlar, nomarx, megamet me'morchiligi, semit tili, 
gigsoslar, som, barbar, kushit, punt mamlakati, Ta-Kemet, Navsera, 
Xetep - Xores, Keben, jajat, kenbet, iuntiuni, “Oltita urug‘ uy”, 
mag‘xara qoyalari, «Palermo toshi», «Ra o‘g‘li»,«Ipuser 
nasihatnomasi», Hammamat, papirus, giksoslar, labirint, nomlar. 
Govard Karter, “tirik asirlar”, shaduf, “Exnaton”, «Axetaton», Sais 
sulolasi, sarkofag, “1000 musriy”, dadekarxiya, filellin, Xejxetep.  
 
Misrning serunum yerlari, asosan, Nil daryosi oqizib 
keltirgan tuproqdan vujudga kelganligini grek tarixchi 
va geograflari - Gerodot hamda Strabon ta'kidlab 
o‘tgan edilar. Nil daryosining toshishi natijasida yaxshi sug‘oriladigan 
Misr yerlari Shimoliy va Sharqiy Afrikaning keng cho‘llari o‘rtasida 
qolgan buyuk vohaga o‘xshaydi. Misr g‘arbda va Sharqda qoyali 
tog‘lar, o‘tish qiyin bo‘lgan cho‘llar, janubda esa, Nil daryosi 
bo‘sag‘alari tufayli qo‘shni mamlakatlardan ajralib, yakkalanib qolgan 
edi.  
Qadimgi Misr hududi 
Misrliklar doimo o‘zlarining serhosil va rohatbaxsh yerlarini tabiati 
ko‘rimsiz va yovvoyi qo‘shni mamlakatlarning yerlariga qarama-
qarshi qo‘yib kelganlar. Misrliklar o‘z mamlakatini tasviriy iyeroglif 
yordamida tekis yer shaklida tasvirlab, ba'zida tekis yerni ariq va 
kanallar bilan bir qancha qismlarga bo‘lib ko‘rsatganlar va Misrni 
obrazli qilib “Qora tuproq” (Ta-Kemet) deb ataganlar.  
Misrliklar boshqa ko‘pgina qadimgi Sharq xalqlari singari 
bir qancha qabilalarning sekin-asta aralashib ketishi 
Tabiiy 
Sharoitlari 
Aholisi. 

 
 
62
natijasida, ya'ni qadimgi Misr xalqi Shimoliy va Sharqiy Afrikaning 
mahalliy qabilalaridan tashkil topgan. Misrdagi qadimgi davrga oid 
kishilarning o‘ziga xos haykalchalari hamda Negadadagi qadim 
mozorlardan topilgan bosh suyaklarini o‘lchash natijalari, shuningdek, 
Qadimgi Misr tilining galla, somali va boshqa qabilalar tiliga yaqinligi 
eng qadimgi misrliklarning tropik Sharqiy Afrika qabilalari bilan 
qardoshligini ko‘rsatadi. Qadimgi Misr tavsiflariga ko‘ra, Sharqiy 
Afrikada  (Punt mamlakatida) yashagan eng qadimgi qabila 
vakillarining tashqi qiyofalari misrliklarga juda o‘xshab ketadi.  
Bundan tashqari, eng qadimgi Misr qabilalari Shimoliy 
Afrikaning liviya qabilalari bilan ham juda yaqin qarindosh bo‘lgan. 
Qadimgi Misr tili o‘zining ba'zi jihatlari bilan Shimoliy Afrikadagi 
barbar tillarini eslatadi. Misrda va Nil vodiysini o‘rab turgan baland 
tog‘liklarda o‘tkazilgan qazilmalar Misr madaniyatini vujudga 
keltirgan qabilalar qadimgi tosh asridan buyon Shimoliy-Sharqiy 
Afrikada yashaganliklarini ko‘rsatadi. Misrliklar mis qazib topishni 
ham bilganlar
1

Qadimgi Misr tilining asosiy lug‘at fondi va ba'zi o‘ziga xos 
xususiyatlari, taxminan milodiy 1 asr, ya'ni - feodalizm tuzumi 
vujudga kelgan vaqtga qadar, va hatto, aytish mumkinki, bir qadar 
keyingi zamonlargacha ham saqlanib kelgan. Qadimgi misrliklar 
tilining qadimgi semit (finikiyaliklar, aqqodliklar, ossuriy va qadimgi 
yahudiy) tillariga birmuncha yaqinligining sababi, qisman, Misr bilan 
Old Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy va madaniy aloqalar 
tufayli, ularning o‘zaro ko‘rsatgan ta'siridandir. Qadimgi misrliklar tili 
miloddan avvalgi I va II ming yilliklarda Misrga bostirib kirgan chet 
el istilochilari-giksoslar, liviyaliklar, habashlar va boshqalarning tillari 
bilan chatishib ketgan, pirovard natijada qadimgi misrliklar tili doimo 
ustunlik qilgan.  
                                                 
1
 Miller K., Mappae Arabicae. Arabische Welt- und Länderkarten des 9.-13. 
Jahrhunderts in arabischer Ur- 
schrift, lateinischer Transkription und Übertragung in neuzeitliche 
Kartenskizzen, vol. VI, Stuttgart 1927.  
Photographic reproduction of world maps from four manuscripts and 336 
regional maps; reprint Univer- 
sität Frankfurt Inst. f. Geschichte d. Arabisch-Islamischen Wissenschaften 1994. 

 
 
63
Eng qadimgi sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi. Misrda odamlar 
paleolit davridan yashay boshlaganlar. Miloddan avvalgi  X - VI 
ming yillikda Nil atrofidagi cho‘llarda tarqoq holda yashagan 
qabilalar terib-termaglash, ovchilik, keyinroq esa, baliq ovlash bilan 
shug‘ullanishgan. Qadimgi som xalqlariga mansub ushbu qabila, 
barbar va kushitlarning o‘zaro aralashib ketishi tufayli miloddan 
avvalgi IV ming yillikda Misr xalqi paydo bo‘lgan. Aholi nufuzining 
ortishi chorvachilik va dehqonchilikka o‘tishni tezlashtirgan, bu esa 
hududiy jamoalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. 
Dehqonchilik qilish uchun, tabiiyki, kanal, to‘g‘on qurish lozim 
bo‘lgan, shu maqsadda o‘zaro urushlarda asir tushgan qullar 
mehnatidan foydalanilgan. Natijada, jamoada ijtimoiy tabaqalanish 
ro‘y berib, urug‘ zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari esa, 
mahalliy podshohlarga aylangan. Shu tariqa bir qancha mayda 
quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Keyinchalik ular o‘rtasidagi 
kurash natijasida shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr 
podsholiklari barpo bo‘lgan. Miloddan avvalgi taxminan  III ming 
yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bo‘lgan. 
Eng qadimgi Misr yozuvlari, qadimgi Podsholik yilnomasi, Misr 
fir'avnlarining so‘nggi davrga oid shajarasi va Manefon tuzgan 
podsholar ro‘yxati hamda birinchi va ikkinchi suloladagi Misr davlati 
haqiqatdan ham tarixda bo‘lganligini Negad va Abidodan qazib 
olingan, ulkan podsho maqbaralaridan topilgan yodgorliklar ham bir 
qadar tasdiqlaydi. Amelino - de Morgan va Flindres Petrilar bu yerdan 
ko‘p va turli-tuman qazilma buyumlari hamda oldingi ikki sulola 
fir'avnlarining nomlari yozilgan eng qadimgi iyeroglif yozuvlarini 
topdilar
1
. Suloladan avvalgi davr yodgorliklari, shuningdek, dastlabki 
ikki sulolaga oid buyumlar va yozuvlar miloddan avvalgi IV ming 
yillikning oxirlarida deltada va Nil vodiysida eng qadimgi sinfiy 
jamiyat paydo bo‘lganligi haqida umumiy tasavvur hosil qilish 
imkonini beradi. 
                                                 
1
 The only complete translation: Al-Idrīsī, Livre de la récréation de l’homme 
désireux de connaītre les pays,  
trad. complète par Pierre Amédée Jaubert, 2 vols., Paris 1836-1840; new rev. 
edition: La première géogra- 
phie de l’Occident, par Henri Bresc et Annliese Nef, Paris 1999. 

 
 
64
Misr aholisi bu davrda alohida kichik-kichik jamoalarga bo‘linib 
yashar, jamoalar boshida jamoa kengashi va oqsoqollar turardi. 
Dehqonchilik, mavjud tabiiy Sharoitga ko‘ra, sug‘orib ekin ekish 
shakliga kirib borgan. Har yili Nil daryosining toshishi aholidan 
toshqin suvlarining bir joyda to‘planmay, butun mamlakatga bir 
tekisda yoyilishini ta'minlash yuzasidan bir qancha choralar ko‘rishni 
talab qilgan. Sun'iy sug‘orish ishlari Mesopotamiyaning janubiy qismi 
uchun qay darajada zarur bo‘lsa, Misrga ham shunday muhim bo‘lgan. 
Shuning uchun irrigatsiya shahobchalarini barpo qilish, ularni asrash 
va kengaytirib borish vazifasini eng qadimgi davrlardayoq, dastlab 
jamoalar, keyin esa, davlat hokimiyati bajarib kelgan. Eng qadimgi 
dehqonchilik jamoalari hayoti uchun zarur sun'iy sug‘orish ishlarining 
bu kabi katta ahamiyati iyeroglif shakllar bilan yozilgan ”viloyat”, 
“o‘lka” va “viloyat boshlig‘i
1
 so‘zlarida o‘z aksini topgan.  
Arxaik davrdayoq qishloq xo‘jaligi bilan birga turli hunar - 
kasblar ham rivojlangan. Arxaik davrdan boshlab keng tarqalgan va 
yuksak darajaga yetib takomillashgan eng qadimgi kasb-hunar 
turlaridan biri toshdan har xil asboblar yasashdir. Misrliklar qadim 
zamonlardan bo‘yon toshdan asbob va qurol-aslahalar, xususan, o‘roq, 
arra, pichoq, bolta, belkurak, nayza va o‘q-yoy uchlari, xanjar
shuningdek,  bazalt, porfir va serpantin kabi chiroyli toshlardan 
mahorat bilan turli-tuman idishlar yasaganlar. Birinchi sulola davridan 
boshlab katta-katta tosh parchalari va plitalar ishlatilgan. Chunonchi, 
ushbu sulola podshosi Usefey maqbarasining pastgi qismiga granit 
plitalar yotqizilgan. II sulola fir'avni Xasexemui maqbarasining kichik 
sag‘anasi yo‘nilgan ohaktosh plitalaridan yasalgan. Bundagi yirik tosh 
parchalarini ishlatish texnikasi Shimoliy Afrikaning mezolit 
me'morchiligi texnikasini eslatadi. 
Qadimgi misrliklarga qo‘rg‘oshin, mis, oltin, keyinchalik esa 
temir kabi metallar ma'lum bo‘lgan. Qo‘rg‘oshin Qizil dengiz 
qirg‘oqlarida,  Koseyr hamda Asuvoan yaqinida qazib olingan. 
Miloddan oldingi davrlarga oid qabrlardan juda ko‘p qo‘rg‘oshin 
                                                 
1
 A. Pankratova, Konferentsiya chitatelei zhurnala “Voprosty istorii”, 1956, vi, 
2, p. 213; quoted in R.D.  
Markwick, Rewriting History in Soviet Russia. The Politics of revisionist 
Historiography, 1956-1874, Bas- 
ingstoke 2001, p. 4. 

 
 
65
buyumlari topilgan. Sinay yarim oroli va Sharqiy cho‘ldan qazib 
olingan mis, ayniqsa, keng tarqalgan. Birinchi sulola zamonidayoq, 
mis qazib olinganligi va misdan har xil qadimgi asboblar 
yasalganligidan dalolat beradigan buyum Sinay yarim orolining 
janubiy- g‘arbiy qismida, Vadi-Mag‘xarada va Serobiltal-Xodimdan 
topilgan edi. Bu yerdan mis rudasi, ma'dan chiqindilari, temirchilik 
o‘choqlari hamda metall eritish pechining qoldiqlari, quyilma va 
tig‘larning qoliplari, nihoyat, mis eritadigan qozon siniqlari topilgan. 
O‘sha davrda Sharqiy cho‘l va Nubiyada oltin qazib chiqarilganligi 
ham ma'lum. Birinchi sulolalar zamonidagi qabrlardan oltindan 
yasalgan g‘oyat go‘zal zeb-ziynat buyumlari topilganligi bu yerda 
zargarlik yuksak darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi. Qadimgi 
Misrda temir miloddan avvalgi  1 ming yillikka qadar juda kam 
ishlatilgan. Temirga ishlov berish arxaik davrdayoq, muhim kasb 
hisoblangan. Podsho saroyida maxsus temirchilik ustaxonalari bo‘lib, 
bu ustaxonalarni maxsus amaldor idora qilgan, arxaik davridagi 
muhrlarning nusxalarida “podsho saroyidagi temir quyuvchilar 
boshlig‘i
1
 degan unvon uchraydi. Ammo temirchilik Misrda asta-
sekin rivojlangan. Misrliklar anchagina ilg‘or metall qurollari bilan 
birga toshdan yasalgan qurollardan ham foydalanganlar. 
Suloladan oldingi ikkinchi davrga oid maqbaralardan Falastinga 
xos jimjimador dastali sopol idishlar topilishi Misrning Falastin va 
Suriya bilan ayirboshlash savdo olib borganligidan darak beradi. Bu 
idishlar ichidan qotib qolgan yog‘ yuqi ham chiqqan, bu Falastin yoki 
Suriyadan keltirilgan bo‘lsa ajab emas. Qadimgi Finikiya shahri 
Bibldagi qazish ishlarida Misrga oid buyumlar, chaqmoq toshdan 
yasalgan pichoq va belkuraklar, bo‘yoq uchun ishlatiladigan shifer 
taxtalar, oniks, billur, yashma va oltindan yasalgan munchoqlar, 
loydan yasalgan hayvon suratlari chiqqan. Birinchi sulolalar davri 
podsholarining maqbaralaridan Egeyga atab yasalgan sopol 
idishlarning siniqlari topilgan. 
                                                 
1
 A. Pankratova, Konferentsiya chitatelei zhurnala “Voprosty istorii”, 1956, vi, 
2, p. 213; quoted in R.D.  
Markwick, Rewriting History in Soviet Russia. The Politics of revisionist 
Historiography, 1956-1874, Bas- 
ingstoke 2001, p. 4. 

 
 
66
Yer fondining davlat qo‘lida to‘planishi va butun sun'iy sug‘orish 
tizimini boshqarish zarurati tufayli, sekin-asta moliya va xo‘jalik 
ishlarini idora qiluvchi mahkamalar tashkil topdi. Podsho xazinasi 
“kumushxona” deb atalgan. Butun mamlakatdan yig‘iladigan natura 
solig‘i shu xazinaga to‘plangan. Shu bilan birga oziq-ovqat ta'minoti, 
tegirmonchilik, chorva xo‘jaligi, tokchilik va vinochilik ishlariga 
qaraydigan ayrim muassasalar ham bo‘lgan. Podshoning xususiy 
xo‘jaligi (podsho uyi) alohida ajratib olingan va uni boshqarish uchun 
alohida mansabdorlar tayinlangan. 
 Davlat ayrim viloyatlar - (nomlar)ga bo‘lingan va bu viloyatlarni 
ko‘proq zodagonlardan bo‘lgan nomarxlar, mahalliy hokimlar 
boshqargan. Qadim zamonlardanoq sun'iy sug‘orish ishlarini idora 
qilish vazifasi mahalliy amaldorlar zimmasiga yuklatilgan.  
Qadimgi Misr tarixi davomida fir'avnning “ikki mamlakat 
sultoni” hamda “Yuqori va Quyi Misrning podshosi” unvonlari, 
mamlakat qadimda Shimol va Janubga bo‘linishi sababli, davlat 
boshqaruvining ikki qismdan iborat bo‘lishi ham avvallari Yuqori va 
Quyi Misrning uzoq vaqt ikki mustaqil davlat bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Yunon yozuvlarida dastlabki Misr podshosi va mamlakatni 
birlashtiruvchi deb hisoblangan qadimgi fir'avn Menes (Mina) nomi 
saqlanib qolgan. Tarixiy davrning Misr fir'avnlari shajaralarida fir'avn 
Minaning nomi birinchi bo‘lib keltirilgan. Negadada katta podsho 
maqbarasidan topilgan lavhada ham Mina nomi tilga olinadi. Mina 
Abidos yaqinidagi Tin degan joydan kelib chiqqan bo‘lib, deltani 
bosib olgan va yagona Misr davlatini barpo qilgan. Mina deltadan 
vodiyga chiqadigan yerda, ya'ni qulay va iqtisodiy jihatdan katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan yerda poytaxt - o‘z istehkomini qurgan va 
unga  “Oq devor” deb nom bergan. Keyinchalik, bu yerda Qadimgi 
Podsholikning poytaxti bo‘lgan Memfis shahri qad ko‘tardi. Fir'avn 
Usefay Sinay yarim orolida yashovchi Sharqiy qabilalar bilan kurash 
olib bordi. Shunday qilib, dastlabki sulola fir'avnlari Misr 
iqtisodiyotining rivoji uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan boy mis 
konlarini bosib olish maqsadida, Sinay yarim oroliga hujum qilganlar.  
Ilk podsholik davrida hukmronlik qilgan I - II sulola 
fir'avnlari Misrni birlashtirishga asos solganlar. III - 
X sulola fir'avnlari podsholik qilgan davr Qadimgi 
Misr Podsholigi davri deb atalib, miloddan avvalgi  XXVIII-XXIII 
Misr Qadimgi  
podsholik  
davrida 

 
 
67
asrlarni o‘z ichiga olgan. Xuddi shu davrda markazlashgan, kuchli 
quldorlik davlati tuzilgan bo‘lib, nisbatan madaniyat yuksalgan. 
Quyosh xudosi Navserra ibodatxonasida bayramlarda 
qurbonlikka minglab g‘ozlar so‘yilgan. Xuddi shu ibodatxonada 
asalari boqish, asal olish bilan bog‘liq manzaralar ham saqlanib 
qolgan. Bu o‘sha davrda asalarichilik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Yangi boshoqli ekinlar kelib chiqqanligi ham Quyi va Yuqori 
Misrda dehqonchilik taraqqiy etganini ko‘rsatadi (meva va poliz 
ekinchiligi, shu jumladan, uzumchilik, zig‘ir va zaytun yog‘i ishlab 
chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan). 
Bu davrda hunarmandchilik, xususan, yog‘ochsozlik, 
toshtaroshlik, metallsozlik, kulolchilik, papirus ishlab chiqarish, 
to‘qimachilik kabilarning rivojlanganligini ko‘rsatadi. 
Yog‘ochsozlikda ishlatish uchun xom ashyo Suriya va Nubiyadan 
keltirilgan. Tosh kesish va toshdan buyumlar yasash ancha 
rivojlangan. Metallurgiya mamlakat xo‘jaligining muhim tarmog‘iga 
aylanib, ayniqsa, Qadimgi Podsholik davrida taraqqiy topdi. Podsholik 
davridayoq, misrliklar temirdan keng foydalanishgan deyishga asos 
bor. Temir nodir metall hisoblanib, zargarlikda keng qo‘llanilgan. 
Malika Xetep-Xores maqbarasidan topilgan ko‘plab zargarlik 
buyumlari ana shundan dalolat beradi. Kulolchilik, papirus tayyorlash 
va to‘qimachilik ham taraqqiy etib borgan.  
Qishloq jamoalari va patriarxal oila Misr jamiyatining asosini 
tashkil etgan. Meros otadan katta o‘g‘ilga o‘tishi kerak bo‘lgan. 
Ko‘plab meros tortishuvlari haqida yozma xujjatlar saqlanib qolgan. 
Jamoa xo‘jaligi “jajat” va “kenbet” deb atalgan. “Kenbetlar” asosan 
oila huquqi, merosxo‘rlik masalalarini hal qilgan. Joylarda sud
xo‘jalik va ma'muriy hokimiyat mavjud bo‘lib, ular oldi-sotdi ishlarini 
hal qilgan, hamda amaldorlarni kuzatib turgan, sun'iy sug‘orish 
tarmoqlarini nazorat qilgan. Jamoa boshliqlari keyinchalik davlat 
amaldorlariga aylangan. 
 
Xo‘jalik va savdo-sotiqning taraqqiy etishi, 
quldorlik kuchayishi, bosqinchilik 
urushlari, harbiy yurishlar mulkiy 
tabaqalanishni yanada tezlashuviga olib keldi. Urushda olingan 
o‘ljalarning katta qismi fir'avn va amaldorlar qo‘lida to‘plangan. Bu 
III va IV sulola 
fir’avnlari davrida 
Misr 

 
 
68
davrda  Gerodot ma'lumotiga ko‘ra, “ehromlar qurilishida minglab 
qullar va kambag‘allar ishlagan”
III va IV sulola fir'avnlari Qadimgi Misr tarixida katta o‘rin 
tutgan. Ular davrida Misr qudratli markazlashgan davlatga aylangan. 
III sulolaning birinchi fir'avni Joser o‘z podsholigi davrida Misrning 
shimoliy-Sharqiy va janubiy hududlarida urushlar olib borgan. Sinay 
yarim orolidagi qadimgi mis konlari yaqinida Joserning bu yerda 
yashagan qabilalar ustidan qozongan g‘alabasini tasvirlovchi suratlar 
saqlanib qolgan. Nubiyani bosib olish biroz qiyin kechgan. Shu 
sababli  Joser Misrning janubiy viloyatlarini mustahkamlash 
maqsadida Asvondan tortib to Filagacha devor qurishga majbur 
bo‘lgan. 
Fir'avn  Snofru ham istilochilik siyosatini yuritishi natijasida 
Sinay yarim orolidagi mis konlari batamom Misr tasarrufiga o‘tgan. 
Uning bu g‘alabasi Vodi-Mag‘xaradagi qoyalarda saqlanib qolgan 
suratlarda aks etgan. Janubdagi urushlarda ham Snofru 
muvaffaqiyatga erishib, uning «Palermo toshidagi» davlat 
yilnomasida Nubiyadan 7 ming asr va 200 ming qoramol va qo‘y-
echki keltirganligi aytiladi. 
IV sulola fir'avni Xufuning g‘alaba relyefi saqlanib qolgan. 
Quyidagi qisqa yozuv buning siyosiy ma'nosini aniq ifodalab beradi: 
“Xnum-Xufu”. Sinay va Nubiyadan Misrga ko‘plab qullar keltirilgan. 
III va IV sulola fir'avnlari qurdirgan ehromlar davlatning yuksak 
qudrati ifodasidir. 
Birinchi yirik ehrom Joser tomonidan uzun zinapoyasimon 
shaklda qurilgan bo‘lib, balandligi 60 metrni tashkil etadi. Bu 
maqbara atrofida olib borilgan qazilmalar natijasida bu yerdan 
murakkab me'morlik inshooti topilgan. Bezatilgan ustunlar ajoyib va 
o‘ziga xos. Joser haykali xarobalari ichidan topilgan yozuvlarda o‘sha 
davrning bosh me'mori, oliy amaldor Imxotebning nomi ko‘plab 
uchraydi. Butun bir qoyadan tarashlab yasalgan ulkan sfinks, Xufru, 
Xafra va Menkavr ehromlari III va IV sulola fir'avnlarining qudratini 
hozirgi avlodlarga ham namoyon etib turibdi. 
 
V sulolaning dastlabki III fir'avni quyosh 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling