Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


asrdagi Osiyo, Yevropa, Janubiy Afrikada mavjud aloqasi kabilar.  
Globalizatsiyaning rivojlanishidagi bu turli qarashlar ayniqsa 
tarixchilar orasida keng tarqalgan. Tarixchilarning globalizatsiya 
jarayonlarini chuqur o‘rganishlari tarixni rivojlanishiga sabab bo‘ldi 
va globalizatsiya jarayoni uzoq tarixiy jarayon ekanligi isbotlandi 
lekin uning ko‘pgina qirralari hali ochilmagan. Globalizatsiyaning 
turli ko‘rinishlari (siyosiy, iqtisodiy, madaniy) mavjud bo‘lib u olimlar 
tomonidan turlicha o‘rganiladi. Turli nuqtai nazar natijasida 
globalizatsiya rivojlanadi beqarorlashtiradi, tengsizlikka olib keladi. 
Tarixchilarning havotiriga ko‘ra globalizatsiyaning tez rivojlanishiga 
qaraganda uning kuchi yolg‘iz emas.  
Birinchi globalizatsiya oqimi (globalistlar) ni milliy davlat, milliy 
madaniyat, milliy iqtisodga tenglashtirib ta’kidlashsalar ham, u o‘z 
mazmunini yo‘qotgan emas. Bu yo‘nalish “postsceptik” sifatida 
ma’lumdir. Tarixchilarga esa ikkinchi va uchinchi oqim yo‘nalishlari 
ma’qul keladi. Bu borada tarixchi Robbi Boberdson ham ajoyib 
izlanishlar olib bordi, u “oqim” so‘zini metafora sifatida ishlatib 
globalizatsiyani davrlarga bo‘lib o‘rgangan. Roberdsonning 
o‘rganish davrlari 17501850 va XX asrning oxirini o‘z ichiga oladi.  

 
 
21
 Tarixchi  Peter Sterns o‘zinig “Jahon tarixidagi asosiy 
globalizatsiya” asari
1
da globalizatsiyaga yanada ilgarigi davrlarga 
borib taqaladi. Izlanishlar 1000, 1500, 1850 va oxirgi o‘n yilliklarni 
o‘z ichiga oladi. Lekin globalizatsiyaning kelib chiqish davri bizning 
eramizdan avvalgi 3500, 2000 yillarda boshlangan degan tahminlar 
ham bor. 
Xitoyshunos, jahon tarixi bo‘yicha Yurgan Osterxamel va 
imperiya tarixi olimi Nils Petersonlar bugungi kunda 
globalizatsiyaga uzoq davom etuvchi o‘zrgarishlar jarayoni sifatida 
qarash kerak ekanligini ta’kidlashadi. Ular globalizatsiya davlatlar 
orasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy ijtimoiy sohalarda rivojlanib 
boradi-deb aytishadi.  
Ijtimoiy tarmoqlarning xalqaro ijtimoiy aloqalarda 
qo‘llamilayotgani sababli vaqt o‘tgan sari unga qiziqish, ortib 
bormoqda mualliflar bu borada aloqa terminining originalligiga va 
aloqa metodlarining analizlariga da’vo qilishmayapti. Ular ijtimoiy 
kategoriyaning fazoviy o‘lchovlar bilan birlashuviga va uning 
shiddatli o‘sishiga befarq emas.  
Globalizatsiyaning kelib chiqishi uzoq o‘tmishga borib taqalishini 
terminlar bilan aniqlash yo‘li bilan, tarixchilar tadqiqotlarinig 
guvohlik berish bilan aniqlash mumkin deydi afrika va Britaniya 
imperializmining tarixchisi Anthony Hopkins. 
2002-yil Hopkins maqolalar to‘plamida tarixiy manbalarga 
asoslanib, din, savdo tarmoqlari sistemasining o‘rganib chiqqani 
haqida yozdi. Shu bilan bir qatorda Hopkins globalizatsiya dastlab 
G‘arbda paydo bo‘lgan degan qarashni ilgari suradi. Bu esa 
tarixchilarning globalizatsiyani o‘rganishdagi qo‘shgan hissasi. 
Globalizatsiya va tarix jarayoni tarixchilar uchun katta o‘rganish 
obyekti hisoblanadi 
                                                 
1
 P.N. Stearns, Globalization in World History, London 2010, pp. 4-5; R. 
Robertson, The Three Waves  
of Globalization: A History of a Developing Global Consciousness, London 
2003; K. Moore, D. Lewis  
(eds.), The Origins of Globalization, New York 2009. 

 
 
22
Globalizatsiya erkin bozor iqtisodini tantanasi 
deya ta’riflanadi. Amerika qo‘shma shtatlarida 
globalizatsiya butun dunyoda bozor iqtisodiyotini 
rivojlanishiga katta sharoit yaratdi deb hisoblanadi. 
Birinchidan, Amerikalik Tomas Fridman  “New 
York Times” gazetasining Fast World manifestida 
globalizatsiyaamerika manfaatlari uchun xizmat qilishini yoritadi. 
Ikkinchidan, u harbiy kuchning kerakligini, “berk musht” orqali 
iqtisodga ta’sir korsatadi deydi.  
Fridmanning fikricha AQSh eng katta davlat bo‘lsa ham, 
tinchlikni saqlash uning vazifasi hisoblanadi. AQSh bugungi kunda 
mudofaa va tashqi siyosatni muvaffaqlashtirishni  xohlaydi, deydi 
Fridman. 
Djef Eleyning fikricha, siyosiy globalizatsiya tushunchasi 
faqatgina bo‘lib o‘tgan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Tarixchilar 
uchun eng muhim maydon bugungi kundagi globalizatsiyaning 
rivojlanish jarayonidir. 
Globalizatsiya jarayoni bir davr bilan chegaralanib qolishi kerak 
emas, balki, u qulchilik, ko‘chish jarayoni va transmilliy mehnat 
bozorini ham o‘z ichiga olishi kerak. 
Rostou Stadining iqtisodiy o‘sish bo‘yicha izlanishlarida 1960-
yilda chiqqan komunistda bo‘lmagan Monifestida amerikacha 
rivojlanish yoqlab chiqib, undan andoza olib rivojlanish kerakligini 
maqullagan. Vaqtlar o‘tishi bilan Ayzen Shtatning moderinizatsiya 
izlanishlarida oldingilardan farqli o‘laroq, 1960-yildagi 
moderinizatsiya teoriyasi asoslanmagan degan xulosaga kelindi. 
Chunki moderinizatsiya teoriyasi demokratik institutlar oldida 
buyruqbozlik tizimi ustun kelganini isbotladi. 
Xozirgi zamon tarixi umumiy madaniy mamlakatlararo aloqalarni 
o‘sishini o‘rganishi kerak. Tarixchilar fikricha g‘arbning barcha 
o‘sishlarini bir tomonlama yoritmasdan boshqa mamlakatlarning ham 
yangi zamon globalizatsiyasini o‘rganishi kerak.  
Yevropada juda ko‘p regionlar va xalqlar mustamlakachilik 
siyosatini qo‘llab quvvatlaydi.  
S.A. Beylining aytishicha globalizatsiyaning rivojlanishi 
faqatgina yevropada emas, balki butun dunyoda sodir bo‘lgan. Andre 
Gyunder Frank esa quyidagi qarashni isbotladi. Uning fikricha, 
Globalizatsiya  
bo‘yicha  
oldingi va  
hozirgi 
izlanishlar 

 
 
23
butun Yevroosiyo iqtisodiyoti bo`yicha yevropa emas balki Xitoy 
uzoq vaqt oldinda bo‘lgan. Uning fikricha, yevropada uyg‘onish davri 
XIX asrdagina boshlangan. 
 A.  Frankning dunyo iqtisodidagi fikrlari diqqatga sazovordir. 
Dunyo kapitalistik va kollonializm tuzumiga tanqidiy qarashlari bn 
alohida ahamiyatga ega. U o‘z tadqiqotlarida Yevropa va Lotin 
amerikasi aloqalarini noto‘g‘ri deb aytadi.  
Butun dunyo nazariyasiga asoslangan holda Marksizm nazariyasi 
ham savdo va iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan bo‘lgan. 
Olimlarning nogohi faqat g‘arb kapitalizmining kelib chiqishiga emas 
balki Sharqda 1970-yil paydo bo‘lgan qaram izlanishlarda zodagonlar 
o‘rtasidagi uzulishga qaratilgan. 
Globalizatsiya jarayoni faqat tarix varaqalarida yozilgan 
jarayonlarni o‘z ichiga olmasdan, boshqa jamoa tashkilotlarning 
davlatlararo aloqalarida tezlashganligini ko‘rishimiz mumkin.  
Xo‘sh globalizatsiyani tarixchilar uchun tadqiqot maydoni deb 
atash mumkinmi? 
Dunyo tarixini o‘rganishda juda ko‘p tarixiy manbalarga murojaat 
qilingan, bu esa yangi izlanishlar uchun imkoniyat yaratgan. 
Tarixchilar o‘z tadqiqotlarida turli nazariyalarni asosli deb 
hisoblamasdan, empirik tadqiqotlarni yoqlashgan. Sunga qaramasdan 
dunyo taruxchilari, georafik va iqtisodiy tadqiqotlardan o‘zlari uchun 
qarashlar va tushunchalarni asos qilib olishgan. 
Globallashuv jarayonlari aniq siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va 
madaniy kontekstlarda o‘rganilishi lozim. Tarixiy savollar xalqlar 
orasidagi o‘zgarishlarni vaqt va maydon orqali aniqlashni o‘rganishda 
katta rol o‘ynaydi. Bu tadqiqotlarda solishtrma yondashuv, 
madaniyatlararo tarixiy aloqalar o‘rganiladi.  
Global jarayonlarni o‘rganishda aniq tarixiy bo‘lim, aniq vaqt va 
joy, tematik izlanishlar va siyosiy nozik masalalar tarixiy izlanishlar 
uchun asos bo‘la oladi.  
 
Yoshlarni qadimgi dunyo tarixi bilan tanishtirish. 
Bu bob XX asr o‘rtalarida nashr etilgan nufuzli jahon tarixi 
darsliklar bilan solishtirilgan va maktab o‘quvchilari uchun 
mo‘ljallangan.  1930-yilning oxirida mashhur fransuz F. Braudel 
fransuz maktablari yoshlar e’tiborini jahon tarixining eng ajoyib va 

 
 
24
yorqin manzaralarini aks ettirishga qaratilgan kitob yaratgan edi. 
Xaritalar yordamida Braudel
1
 o‘zining “Le Monde Aktlari”da 
O‘tmishda dunyo tarixida turli xil sivilizatsiyalar mavjud bo‘lganki, 
biz ularni “Yevropadan tashqari sivilizatsiyalar” va “Yevropa 
sivilizatsiyalari” (bunga Kolumbdan keyingi amerikaliklar va ingliz 
tilida so‘zlashuvchilar,shuningdek, AQSh va Kanada) ga bo‘lishimiz 
mumkin. Bu kitobdagi boy va turfa xil ma’lumotlar fransuz 
o‘qituvchilar tomonidan yaxshi kutib olinmadi, va nihoyat, Fransuz 
xalq ta’limi dasturidan chiqarildi. Keyinchalik, ushbu kitob ingliz 
tiliga  “Sivilizatsiyalar tarixi” nomi bilan nashr etilib, eng ko‘p 
sotilgan kitobga aylandi. Ayni shu vaqtda, mashhur avstriyalik 
tarixchi  Ernest Gombrich  “Eine kurtze Sheltgeschichte für junge 
Leser”  (“Yosh o‘quvchilar uchun qisqacha jahon tarixi”)ni  1930-
yilda yozdi va 10 xil tilda nashr qilindi. Ushbu kitob dunyoning 
barcha hududlari o‘quvchilari tomonidan iliq kutib olindi. 
Urushdan keyingi davrdagi eng mashhur fransuz tarixchisi 
Fernand Braudel  (1902-1985-yillar) va avstriyalik taniqli san’at 
tarixchisi  Ernest Gombrich  (1909-2001-yillar) birgalikda yosh 
o‘quvchilar uchun Gomrich  1930-yilda, Braudel 1960-yilda dunyo 
tarixi kitoblarini nashr ettirdilar. Bu ikkila kitob ham o‘zining 
yangiliklarga to‘laligi va ajoyibligi kitob mualliflarining taqdiriga 
o‘zgarish kiritdi. Braudelning kitobi yaxshi kutib olinmadi, eng 
muhimi boshlandi, Gombrichning kitobi esa yaxshi kutib olindi va 
yosh o‘quvchilar orasida mashhur bo‘ldi. Ushbu kitoblarning 
yaratilish tarixida yozuvchi tarixchilar bir qancha turli xil qiziqarli 
narsa va voqealarga duch kelishini ko‘rishimiz mumkin. 
1936-yilning sentabr oyida Braudel Sao Paolo institutida 
“Tarixni o‘qitish” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzadan keyin 
u qanday qilib “ta’limiy hikoya”ni  “sarguzasht ertak”ga aylantirish 
haqida chuqur o‘yga toldi. U shunday bir sir aniqladi, ya’ni mavhum 
                                                 
1
 S.N. Eisenstadt, Breakdowns of Modernization, in “Economic Development 
and Cultural Change”  
1964, 12, 4, pp. 345-367; Id., Multiple Modernities, in “Daedalus”, 2000, 129, 1, 
pp. 1-29; Id., Multiple  
Modernities in an Age of Globalization, in “The Canadian Journal of Sociology 
/ Cahiers Canadiens de  
Sociologie” 1999, 24, 2, pp. 283-295. 

 
 
25
atamalardan qochishga harakat qildi. Tarixni “dramatik qiziqish” 
sifatida o‘qitishni angladi va oddiy g‘oyaviy qurol sifatida o‘qitish 
kerakligini bildi. Sivilizatsiyalar tomon kalitni aniqladi. Gretsiya 
Afina sivilizatsiyasidan Kritgacha bo‘lgan hududida bo‘lganligini 
(Bolqon orolida emas), Misr esa Nil daryosi bo‘yida paydo 
bo‘lganligini ta’kidlagan. 
XX asrning 20-yillaridan keyin Braudel o‘z nazariyalari 
Fransiya ta’lim vazirligiga olib keldi va o‘rta ta’lim tarix fanini 
o‘zgartirish kerakligini aytdi. Uning ta’lim dasturida tarix bilan bir 
qatorda boshqa ijtimoiy fanlar geografiya, demografiya, 
iqtisodiyot,sotsiologiya, antropologiya va psixologiya fanlarini 
o‘qitish, shuningdek, o‘sha davr bilan zamondosh sivilizatsiyalar va 
bugungi kunning bosh muammolarini ham o‘qitish ko‘zda tutilgan 
edi. 
Braudel ishga borishni nihoyatda muhim hisoblardi. Shuning 
natijasida u jamoasi Suzanna Belli va Robert Fillip bilan birgalikda 
“Le Monde Aktlari”,  “Sivilizatsiyalar tarixi”  (“Librairie Classique 
Eugène Belin” 1963-yil Parij)kitobini yozdi. 20-yildan keyin, 1987-
yilda Fransiyada Les Edition Arthaud tomonidan mustaqil kitob 
“Grammaire des civilizations” nomi ostida va muqaddimasi Mauris 
Aymart tomonidan yozilgan kitob nashrdan chiqdi
1

1993-yilda ushbu kitob ingliz tiliga tarjima qilinib, Penguin 
Books nashriyotida “Sivilizatsiyalar tarixi” nomi bilan nashr 
etildi.Uning muqaddimasi Braudel tomonidan yozilgan edi. 
Bu muqaddimada Braudel tarixni o‘qitishda yosh o‘quvchilarni 
turli xil yosh davrlarida bo‘lib o‘qitish kerakligini aytib o‘tgan. Bu 
savolga qanday qilib turli xil maktab yoshlari orasida muvaffaqiyatli 
o‘qitildi.  “Eng boshida o‘quvchilar bolalar va oxirida ular 
qariyalardir”. O‘quv kurslarini: rejalarni talab qilish, ustunlik va 
muhtojliklar imkoniyati va aql-zakovat sari yo‘naltirish kabilarga 
bo‘linadi. Bolalar uchun, men doimo oddiy hikoyalarim, rasmlar, 
teleseriallar va filmlar hamda boshqa so‘zlar, an’anaviy tarixni 
yaxshilaydigan medialarni tavsiya qilaman. Asosiy muammo, ularga 
yordam berishdir, ushbu jarayonda hissiyotni loyihalashni kashf etish, 
                                                 
1
 Compare the plea for ‘ Ecumenical’ history in D. Sachsenberg, World History 
as Ecumenical History?,  
in “Journal of World History”, 2008, 18, 4, pp. 465-489, esp. p. 485. 

 
 
26
o‘tmishni real ko‘ra olish qobiliyatini shakllantirish muvaffaqiyat 
beradigan birinchi omildir. Xronologiya uchun hissiyot asta sekin 
o‘zini qo‘lga olish va sarosimalikni tarqatib yuborishga yordam 
beradi. Shunday qilib o‘quvchilarga tushuntirish payti kelib, ular 
lug‘atlarni o‘rganishga muhtoj bo‘ladilar,shunda ularga so‘zlar, fikrlar 
va narsalar aniq bo‘la boshlaydi. Yana ba’zi qo‘shimcha kalit 
tushunchalar “jamiyat, shtat, iqtisod, sivilizatsiya" lardir. Shularning 
barchasini oddiygina qilib tushuntirish mumkin. Biz hozir davr 
chizig‘ini kesib o‘tayotgan yoshlar bilan har kun to‘qnashamiz. Ular 
bilim o‘rganishga uncha qiziqmasligi, bitob o‘qishni xohlamasligi 
mumkin, lekin ular aynan shu yoshda bilimli, zakovatli bo‘lishlari 
mumkin. Biz ularga tarixning qanchasini o‘qita bera olyapmiz. 
U o‘zining "Sivilizatsiyalar tarixi" kitobida tarixni qancha qismini 
o‘rganishni haqiqatdan ham ta’minlab bera olgan. Uning ochilish 
bobida, Braudel lug‘atning o‘zgarishi muhokama qilgan. U ushbu 
qismda turli xil so‘zlar ma’nolari va har xil sivilizatsiyalarning kalit 
so‘zlarini tushuntirib berishga harakat qilgan. Barcha so‘zlar yuragi 
kitobning 2-bobi Barcha ijtimoiy fanlarni sivilizatsiyalarni 
o‘rganishga jalb qilish deb nomlanib uning qo‘shimcha boblari 
geografik mintaqalardagi sivilizatsiyalar, Jamiyatdagi sivilizatsiyalar, 
iqtisodiyotdagi sivilizatsiyalar, G‘oyalar sivilizatsiyasi. Birinchi 2 bob 
birgalikda 3-bobni Sivilizatsiyalarning davomiyligi ni tashkil etib, 
ushbu bob eng katta va uzun kitobdir, deyarli 600 sahifadan iborat. 
Keyingi ikki qism dunyodagi barcha sivilizatsiyalarni 2 qismga 
bo‘ladi Yevropadan tashqari sivilizatsiyalar va Yevropadagi 
sivilizatsiyalar. Oxirgi qismda Kolumbdan keyingi Amerika va ingliz 
tilida gapiruvchilar va AQSh va Kanada tarixiga bag‘ishlangan. Bu 
kitob o‘zining matnlari va rasmlar va sur’atlarining yo‘qligi sababli 
o‘rganish qiyin edi.Garchi kitobdagi 23 ta xarita o‘quvchi uchun 
insoniyat tarixini geografik rivojlanishini bilishga yordam berardi. 
Rasmlar va sur’atlar yetishmovchiligi va matnlarda muhokama 
qilingan mavzularning kamchiliklari bor edi. Braudel yosh 
o‘quvchilarning o‘qituvchilarning eng muhim quroli nutqdan 
foydalanishlarini xohladi. U shubhasiz o‘smirlar o‘quvchilarni o‘z 
kitobida yetarli darajada qiziqtira oladigan va dunyoni tushuntirishga 
yordam bera oladigan ajoyib hikoyalar, sana, matnlar, manbalar, 
xotiralar, fikrlar va taqqoslashlar bor deb hisoblagan. Braudel ushbu 

 
 
27
hikoyalarni keng sur’atda va mavzuga oid ravishda yozgan
1
. Misol 
uchun, u turk xammomlari matnida Fors podsholigi va boshqa 
joylarga olib borilgan Arab bosqinlari natijasida qadimgi rim 
xammomlarini saqlanib qolinishiga olib kelgan degan. 
Efiopiyani tadqiq qilar ekan, dunyoning muhim qismi, insoniyat 
sivilizatsiyasi, Xristian dini, mil.avv. 350-yil qishloq xo‘jalik 
madaniyati, chorvachilik va omoch bilan yer haydash, bug‘doy va 
uzumchilik rivojlanganligi aytib o‘tgan. 
Xitoy aholisining vegetarian madaniyati haqida aytib kaloriyaning 
98 foizi ular iste’mol qiladigan sabzavot manbalari natijasidir. ular 
saryog‘, pishloq yoki sut va oz miqdorda baliq yoki go‘sht iste’mol 
qiladilar. 
Xristianlik, Gumanizm va ilmiy qarashlarlar majmuasi Yevropada 
aralashganini turli yo‘llar orqali aks ettirgan.  
Braudel o‘z hikoyalarini xronologik tartibda bermagan yoki biror 
bir aniq narsa haqida hikoya qilmagan. U o‘zining Tarixni o‘qitish 
ma’ruzasida ta’limiy hikoyani sarguzasht ertakka aylantirishni 
xohlardi, chunki tarixda dramatik qiziqishlar bor deb hisoblardi. 
Natijada okeanning boy va xilma-xil ma’lumotlar o‘quvchilar 
qarshisida turardi. Geografiyaning yordam berishi Braudel uchun 
insoniyat tarixini tushunishning ustunidir. 
Natija ajoyib, ta’siri muhim emas o‘quvchilarning nishoni aqliy 
va hayajonga soladigan dunyoga bog‘liq bo‘lganligigadir. Kitob juda 
uzun, matnlar juda zich va ma’lumotlar ham juda boy, bu ham 
o‘quvchilar yutug‘i bo‘lib tuyuladi. Shunga qaramasdan, balki bu 
Braudelning haqiqatdan ham o‘rta maktablar kurashda yo‘qotganidir. 
O‘quvchilar kengashi tomonidan bu kitob talabalar uchun juda qiyin 
hisobladilar. Ta’lim vazirligi haqiqatdan ham sivilizatsiyalar 
dasturidan chiqarildi. Nihoyat 1970-yilda Braudelning kitobi sotuvga 
chiqarildi. 
Agar  Braudelning  “Sivilizatsiyalar tarixi” maktab darsligi 
sifatida qiyinchilik bilan qabul qilingan bo‘lsa, Ernest Gombrichning 
“Eine kurze Sheltgeschichte für junge Leser” (“Yosh o‘quvchilar 
uchun dunyoning qisqacha tarixi”) xalq tomonidan oson va iliq kutib 
olingan edi. Kitob 1935-yilda bir yil ilgari Braudelning Sao Paolo 
institutdagi  “Tarixni o‘qitish” ma’ruzasi Gombrich tomonidan 26 
                                                 
1
 F. Braudel, On History, Chicago 1990, p. 13. 

 
 
28
yoshida amalga oshirildi
1
. Vena universitetining san’at tarixi 
doktoranturasida yosh Gombrich yosh o‘quvchilar uchun dunyo 
tarixini o‘qitishni taklif etdi. U ushbu topshiriqni 6 haftada yozib 
tugatdi. Bu kitob 1-marta 1936-yilda ko‘zga ko‘rindi va tezda 5 tilda 
tarjima qilindi. Urush yaqinlashganidayoq, yosh Gombrich boshpana 
izlab Angliyaga ketdi. Urush yakunlashib qolgach, u kitobini yana 
qayta ishlab, ma’lumotlar va topilmalar qo‘shib, 2 marta nemis tilida 
nashr etildi. 2005-yilda ingliz tilida 1-marta nashr qilindi. Bu kitob 
hozirgacha 25 tilda nashr etilgan. 
Dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan ushbu kitobning ingliz tilidagi 
nashrida  “40 ta qisqacha bobda Gombrich insoniyat tarixini tosh 
davridan to atom bombasi davrigacha yoritib berdi. Voqealar 
o‘rtasida xilma xil urushlar va g‘alabalar rasmlari, 
rassomchilikning buyuk namunalari va ilmning yuksalishiga chek 
qo‘yish hodisalarini bayon etgan. Bu kitobda sanalar va faktlarga 
e’tibor qaratilmagan, balki insoniyatning asrlar davomida to‘plagan 
tajribasi, insoniyatning yutuqlari va o‘tkir qobiliyatiga guvoh 
bo‘lingan.” 
Braudelning  “Sivilizatsiyalar tarixi” va Gombrichning  “Eine 
kurze Sheltgeschichte für junge Leser” taqqoslaganda,bu ikkala 
kitobning ham maktab darsliklariga aloqasi yo‘qligini bilishimiz 
mumkin.  Gombrichning nabirasi Leoni Gombrich English edition 
nashriyotida chiqqan kitobning muqaddimasini yozgan. Unda 
aytilishicha, Gombrich kitobni o‘quvchilar hordiq olishlari, 
hikoyalarni, ba’zi sanalar va nomlarni o‘z xotiralarida saqlashlarini 
xohlagan. U kitobini o‘qib chiqqanlarni tekshirishni hech qachon 
xohlamagan. 
Gombrichning ushbu yozgan asarini hech qachon uning yosh 
o‘quvchilari unutmaydilar. Shunday qilib, kitobning 1-bobi “Qadim 
o‘tgan zamonda” deb nomlanadi,u bu bobda Braudel kabi juda yosh 
odamlarga tarixdan saboq berish haqida so‘z yuritgan. U 
o‘quvchilariga “Xronologiyani his etish” tizimini “vaqtni tushunish” 
shuningdek,  “lug‘at so‘zlar, fikrlar va narsalar haqida aniq 
ma’lumotlar beradi”. Shunday qilib tarixda yozilganlar “mo‘jizaviy 
chiroqlar”dir. Barcha hikoyalarning boshlanishi “Qadim o‘tgan 
zamonda” dir. Bu hikoyalarning barchasida nima bo‘lganligi to‘liq 
                                                 
1
 F. Braudel, On History, Chicago 1990, p. 18. 

 
 
29
aytilib, qadim o‘tgan zamonda deb boshlanadi. Bolaligingizga ilk bora 
onangiz qo‘lini tutganingizni eslay olasizmi sizning otangiz va 
onangiz bola bo‘lgani kabi buvingiz va bobongiz ham uzoq vaqt 
davomida bola bo‘lishgan. Shunday qilib vaqt o‘tavergan va orqaga 
qaytmagan. 
Gombrichning asosiy e’tibori yosh o‘quvchilar e’tiborini 
faqatgina 1-bobning nomi bilan emas, balki ularni kitobning eng 
yakuniy bobi “Barcha davrlarning eng buyuk kashfiyotchilari”ga 
qaratgan. Ushbu bobda tarixdan oldingiu davrda bo‘lgan 
kashfiyotlarga to‘laligi bilan ajralib turadi
1
.  “Men o‘qiy olaman” bu 
so‘z ixtirolar alifbosini markazidir. “Omadsiz va omadli qirol” nomi 
bilan atalgan ayni paytdagi angliya qiroli Charliz I va fransuz qiroli 
Luiz XIV bilan to‘ladir. Ushbu kitobning Eng yakuniy qismi men 
yashagan vaqtni ortga qaytish nomi ostida yarim avtobiografiya 
tarzida yozilgan. Kitoblar orqali tarixni o‘rganish eng muhim 
narsalardan biri hisoblab,o‘zi uchun tajriba to‘plashi lozim bo‘lgan. 
Yana shuni aytiosh lozimki, agar siz insoniyat o‘tmishni yaltirab 
turgan manzaradan iborat deb o‘ylasangiz, hozirdabuyuk 
balandliklarni zabt eta olmagan bo‘lar edingiz derdi u. Mening 
yakuniy bobimda men sizga kichik bo‘lsa ham tajriba haqida 
gapirdim. Siz bu haqida ko‘proq o‘ylang va uni his eting. 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling