Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


yillar). XIX sulola fir'avnlarining Kichik Osiyoda olib borgan 
davomli urushlari, xususan, xettlar bilan bo‘lgan urush Misr aholisi va 
moddiy boyliklarini ancha kamaytirib yubordi. Misr tez orada chet el 
istilochilari, liviyaliklarga tobe bo‘ldi. Liviyaliklar dastlab Misr 
qo‘shiniga yollanma askar sifatida kelib qo‘shilgan edilar, so‘ng 
ularning lashkarboshilari podsho hokimiyatini qo‘lga olib, XXII 
sulolaga asos soldilar (miloddan avvalgi 941-821 y.)
Temirchilik texnikasi sohasida bir qancha 
yutuqlarga erishdilar. Misrliklar bronzadan turli 
buyumlar, jumladan, nafis haykalchalarni 
mohirlik bilan ishlay olganlar. Bu haykalchalar kumush yoki oltin 
tolalar bilan jimjimador qilib bezalgan. Takushiy nomli misrlik 
ayolning Efiopiya - Sais davriga oid haykalchasi ana shunday 
texnikaning noyob namunasi bo‘la oladi. Podsho Gasebxanning 
Tanisdan topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metallga badiiy ishlov 
berish sohasida ajoyib yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. Temirchilik 
tosh yo‘nish o‘rnini tobora ko‘proq egallay boshladi. Miloddan 
avvalgi VII asrga oid Dafna va Navkratis xarobalaridan: pichoq, bolta, 
iskana, chopqi, qirg‘ich va o‘q uchi kabi temir asboblar va qurol-
yarog‘lar topilgan. Tait nomli To‘qimachilik ma'budasi va O‘rta 
Misrda  Xejxetep  (“Poki rahmat”) nomini olgan to‘qimachilik kasbi 
xudosi bo‘lib, ularga sig‘inganlar
2
.  
Misr fir'avnlari o‘zlaridan avvalgi XVIII - XIX sulola fir'avnlari 
kabi istilochilik urushlari olib borishga noqodir bo‘lib qolganlari 
tufayli, shu sababli bu davrda qul keltirish ancha kamayib, qullar narxi 
oshib ketgan. XIX sulola davrida bir cho‘ri 4 deben 1 kite (373,1 
gramm) kumushga sotilgan bo‘lsa, XXI sulola davriga kelib qul 
bahosi 20 deben (1820 gramm) kumushga teng bo‘lgan. 
                                                 
1
 History of ancient civilization. Charlez Seignobos 2006 –p; 15-16 
2
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. Thower N.J.W., 
Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd edn., e book, 
Chicago 2008. 
Iqtisodiy va  
ijtimoiy tuzum 

 
 
79
Ibodatxonalar, kohinlar, katta amaldorlar va savdogarlar katta-katta 
yerlarni egallab olganlar. Boylar dehqonlarni sotib ola boshlaganlar.  
Tarixchilarning asarlarida podsho Bakxoris (misrcha nomi 
Baknerenf,  miloddan avvalgi 732 - 726 yillar) to‘g‘risida xotiralar 
saqlangan. Ushbu podsho ayrim shaxslar tomonidan misrlik qarzdor 
kambag‘allarni qullikka solishni ma'n qilgan va yer sotishga ruxsat 
bergan.  Gerodotning so‘ziga qaraganda, Misr podshosi Yaxmos II 
misrliklar uchun bir qonun chiqargan; bu qonunga muvofiq 
Misrning har bir fuqarosi o‘z mablag‘lari haqida har yili viloyat 
boshlig‘iga hisobot berishga majbur bo‘lgan; buni qilmagan yoki 
qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga yashayotganini isbot 
qila olmagan shaxsga o‘lim jazosi berilgan.” Shuningdek, Gerodot 
grek islohatchisi Solon misrliklarning ushbu qonunini ko‘chirib olgani 
va  “Misr (shu vaqtda) g‘oyat farovon yashaganligini” ko‘rsatib 
o‘tadi. XX va XXI sulolalar zamonida liviyaliklar Misrga ko‘plab 
ko‘chib kela boshladilar. Liviya zodagonlaridan ba'zilari Misrda katta 
harbiy va kohinlik mansablarini egallaganlar. Harbiy qo‘mondon va 
Gerakleopoldagi Xershefn xudoning bosh ruhoniysi bo‘lgan liviyalik 
shaxsga tegishli yozuvlarda uning o‘n besh avlodi shu yerda yashab 
o‘tganligi aytiladi. Bu yodgorliklardagi yozuvga ko‘ra uning ajdodi 
“liviyalik Byuvava” taxminan XXI kohinlik sulolasi zamonida 
Gerakleopolga ko‘chib kelgan.  
Liviyalik mazkur zodagonlar urug‘idan biri podsho oilasi bilan 
qarindosh-urug‘ ham bo‘lgan. Ulardan biri Sheshonk podsholik taxtini 
qo‘lga olib, XXII sulolaga asos solgan. Liviyaliklar sulolasidan 
chiqqan podsholar Fiva kohinlari bilan hisoblashibgina qolmay, balki 
ko‘pincha ularga tayanib ish ko‘rishga majbur bo‘lganlar. 
 
Yangi sulola hukmdorlari avvalgi podsho xonadoni bilan 
qarindosh bo‘lib, ularning farzandlari Fiva ibodatxonalarida bosh 
ruhoniy lavozimlarini egallagan. Liviyaliklar sulolasiga asos solgan 
Sheshonk I o‘zini XVIII - XIX sulolalarga oid buyuk istilochi 
fir'avnlar ishining davomchisi qilib ko‘rsatib, Karnakdagi ibodatxona 
yonida “Bubastislar hovlisi” va katta minorani qurdirgan
1
. Bu yerda 
saqlanib qolgan o‘ymakor naqshlarda Sheshonkning Falastinda 
qozongan g‘alabalari tasvirlangan. Ayniqsa, 156 ta osiyolik asirlarni 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 

 
 
80
arqonda olib ketayotgan Amon xudosining ulkan tasviri diqqatga 
sazovor, bu asirlar, chamasi, Misr qo‘shinlari ishg‘ol qilgan Falastin 
shaharlarining ramzi hisoblanadi. Qadimgi Falastin shaharlarining 
ro‘yxatida bir necha mashhur shaharlar nomi (xususan, Taanaxa, 
Shunema, Bet - Bana va Megiddo) saqlanib qolgan. Sheshonk I o‘z 
sulolasini mavqyeini mustahkamlash uchun deltadagi Bubastis 
shahrini davlat poytaxtiga aylantiradi. Shu sababli u asos solgan sulola 
Bubastislar sulolasi deb yuritiladi. 
626-yildan boshlab Saisni Psamtik idora 
qilgan.  Ashshurbanipal yordamiga tayanib 
ish ko‘rgan va Ossuriyaliklarning sodiq ittifoqchisi bo‘lgan Psamtik 
butun Misrni o‘z qo‘li ostida birlashtirib, yangi XXVI sulolaga asos 
soladi va bu sulola tarixda Sais sulolasi nomini oladi. Mazkur sulola 
fir'avnlari zamonida Misr bir qadar ravnaq topgan. umuman, bu davr 
Misr davlati va madaniyatining inqirozga yuz tutgan davri 
hisoblanadi.  
Bu vaqtga kelib Misr tashqi savdosi ancha taraqqiy etgan. Fir'avn 
Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtiradigan kanal 
qurish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilgan. Bu kanal 
qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga va xatto undan naridagi Puntga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri boradigan suv yo‘li ochilar edi. Sais fir'avnlari ko‘p 
jihatdan Kichik Osiyo va Gretsiyadan yollanib keltirilgan askarlarga 
tayanib ish ko‘rishga majbur edilar; bu yollanma askar Misr 
qo‘shinlarining asosini tashkil qilgan bo‘lsa ajab emas. 
Nexoning vorisi Psamtik II  (miloddan avvalgi 595 - 589 y.) 
ajdodlariga xos bo‘lgan filellin (ya'ni ellinchilik) siyosatini davom 
ettirdi. Uning zamonida Misrning Gretsiya bilan o‘zaro aloqalari 
avvalgidan ham mustahkamlandi. Sais davrining so‘nggi podshosi - 
Uax-ib-Ra (Apriy) ushbu siyosatni davomchisi bo‘ldi. Bu podshoning 
greklarga moyillik siyosati Misr aholisi o‘rtasida ko‘plab noroziliklar 
paydo qildi. Uning podsholik davrida lashkarboshilardan biri-Yaxmos 
(Amazis) boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarilib, podsho Uax-ib-Raning
asosan, grek yollanma askarlaridan iborat bo‘lgan qo‘shinlari tor-mor 
keltirilgan. Hokimiyatni qo‘liga olgan Yaxmos II kirenalik grek 
qiziga uylanib, Samos mustabid hokimi Polikrat hamda Liviya 
Sais hokimlarining 
Misrni birlashtirishi 

 
 
81
podshosi  Krez bilan juda yaqin munosabatda bo‘lgan
1
.  Yaxmos II 
grek ibodatxonalariga mo‘l-ko‘l in'omlar yo‘llab, greklarni o‘z 
tomoniga og‘dirgan va ularning o‘zini qo‘llab-quvvatlashiga erishgan. 
Yaxmos II ning faol tashqi siyosati Bobil yozuvlaridan birida aks 
etgan. Unda Misr qo‘shinlarining hujumlari haqida qayd etilib, 
“Amasu” ismli shaxs tilga olinadi. 
Lekin bu davr mustaqil Misr davlatining so‘nggi yillari edi. 
Sharqda Eron davlati ravnaq topib, butun qadimgi Sharq dunyosini o‘z 
hukmronligi ostida birlashtirishga harakat qilardi. Eronning juda yirik 
qo‘shini hujumini qaytarish uchun Misrda yetarlicha kuch yo‘q edi, 
mamlakat ancha zaiflashib qolgandi. Yaxmos II vafotidan so‘ng, 
oradan ko‘p o‘tmay, 525 yilda, Eron podshosi Qo‘mbiz Misr yerlariga 
bostirib kirib, Peluziya yonidagi jangda Misr qo‘shinlarini tor-mor 
keltirdi va Psamtik III ni taxtdan ag‘dardi. Shunday qilib, bir vaqtlar 
shon-shuhratga burkangan, lekin tanazzulga yuz tutgan qadimgi 
fir'avnlar podsholigi Eron tomonidan istilo qilinadi.  
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Qadimgi Misr paydo bo‘lishida uning geografik 
mavqei qanday rol o‘ynagan? 
2. Qadimgi Misrda siyosiy-ijtimoiy tizim qanday 
ko‘rinishda bo‘lgan? 
3. Qadimgi Misrda siyosiy - ijtimoiy tuzum qanday 
ko‘rinishda bo‘lgan? 
4. Ehromlar qurilishi tarixidagi muammolar 
5. Qadimgi Misrda O‘rta podsholik inqirozga 
uchrashining qanday sabablari bor? 
6. Xo‘jalikdagi qaysi o‘zgarishlar Yangi Podsholik 
davrida ro‘y berdi? 
7. Misrning zaiflashuvi va eronliklar tomonidan bosib 
olinishiga nimalar sabab bo‘ldi? 
 
 
 
 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 ––стр: 14-18. 

 
 
82
4-mavzu. Qadimgi Misr manbalari va tarixnavisligi. Qadimgi 
misr madaniyati 
Reja: 
1. Qadimgi misr manbalari va tarixnavisligi. 
2. Misrshunoslikning rivojlanishi. 
3. Qadimgi Misr madaniyati. 
4. Diniy va diniy-falsafiy she'riyat.  
5. Ilmiy bilimlar.  
 
Tayanch iboralar:  Aton, “Rozett toshi”, Axetaton, “Nekropol”, 
“Indamaslar shahri”, “O‘lik shaharlar”, sarkofag, Lepsius, Kohinlar, 
O‘liklar kitobi, Izida, Iba, O‘liklar shahri 
 
Qadimgi Misr tarixi, madaniyati, turmush tarzi hamda ijtimoiy- 
iqtisodiy va siyosiy hayotini o‘rganishda antik mualliflarning tarixiy 
asarlari, arxeologik qazilmalar, misr yozma yodgorliklari, toshlardagi 
bitiklar, moddiy-madaniy yodgorliklar va boshqa manbalar muhim 
ahamiyatga ega. 
Qadimgi Misr tarixiga oid manbalarni asosan to‘rt guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1. Antik mualliflarning tarixiy asarlari 
2. Arxeologik qazilmalar. 
3. Misr yozma yodgorliklari. 
4. Moddiy-madaniy yodgorliklar. 
Miloddan avvalgi VII asrda Yunon savdogarlari, yollanma 
kishilar turli yo‘llar bilan Misrga kelib, Nil daryosi vohasida (Nil 
daryosi quyi o‘zanlarida) jamoa-jamoa bo‘lib joylashganlar. Ayni 
vaqtda XXVI sulolalar davrida hukmronlik qilgan Misr fir'avnlari 
Misr qo‘shiniga ko‘plab yunonlarni jalb etganlar. Yuqorida 
aytilganidek, ko‘plab yunon savdogarlarining Misrga kelishi, savdo 
aloqalarining rivojlanishiga, hamda Misrda yunon koloniyalarining 
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 
Qadimgi yunon faylasuf va siyosiy arboblari - Fales, 
Anaksimandr, Demokrit, Solon va boshqalar Misr xalqining 
qadimiy tarixi, madaniyati, ilm-fanda erishgan yutuqlari bilan 
yaqindan tanishish maqsadida Misr bo‘ylab sayohat qilishgan. Yunon 

 
 
83
tarixchi va geograflari asarlarida Qadimgi Misr tarixiga oid ko‘plab 
qiziq ma'lumotlarni uchratish mumkin. 
Miloddan avvalgi V asrda yunon tarixchisi Gerodot butun Misr 
bo‘ylab sayohatga chiqib, ko‘rganlari, bilganlari hamda eshitganlari 
asosida yirik tarixiy asar yozdi. 
Qadimgi Misr dinini o‘rganishga Xeroneyalik Plutarx ulkan 
hissa qo‘shgan. Plutarx (milodiy 50-125 yillar)ning “Izida va Oziris” 
to‘g‘risidagi kitobida Misrda butun antik dunyoda keng tarqalgan 
xudoga ishonish haqidagi afsonalar o‘z ifodasini topgan. Plutarx 
kitobidagi ma'lumotlar Misr manbalari tomonidan ko‘p jihatdan o‘z 
tasdig‘ini topadi. Masalan, Plutarx Misr manbalariga asoslangan 
holda Ozirisni Nilga namlik, suv bergan va uni o‘zida 
mujassamlashtirgan Allohdir deydi. Uning so‘ziga ko‘ra 
donishmand kohinlar Nilni nafaqat Oziris, balki Tifon dengizi deb 
ham atashgan”
Qadimgi Misr haqida yozgan antik mualliflar ichida tarixchi 
Manefon  (miloddan avvalgi IV - III asrlarda yashagan) alohida 
o‘rin tutadi. Manefon Misrning birinchi ruhoniy kohini bo‘lib, 
Ptolomey 1, Soter va Ptolomey II Filadelf podsholigi davrida yashab 
o‘tgan.  
XVIII asrning o‘rtalarida Pokok, Norden va Bryus kabi Yevropa 
olimlari Misrga yo‘l olib, Fiva vodiysidagi qadimiy ehromlar, 
podsholar qabrlari haqida yozib qoldirishgan
1
. Biroq G‘arbiy Yevropa 
ilmiy doiralari birinchi marta, Misr madaniyati bilan 1798-yilda 
Napoleon Bonapartning Misrga ekspeditsiyasi tufayli ozmi - ko‘pmi 
yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishgan. 
Napoleon Bonapart ekspeditsiyasi tarkibida turli olimlar, 
arxeologlar bor edi. Ushbu ekspeditsiyaning ilmiy natijasi sifatida 
Misr tarixiga bag‘ishlangan 24 tomdan iborat bo‘lgan qadimgi 
ibodatxona vayronalari, ayrim manbalar (tosh, suyak, yog‘och va h.k.) 
ustiga bitilgan yozuvlar nusxasini o‘zida aks ettirgan rasmlar, 
jadvallar, qadimgi Misr yodgorliklari nashr etilgan. Fransua 
Shampolon  (1790-1832-yil) edi. U yunon, lotin, kopt tillarini yaxshi 
bilar, arab tilida erkin so‘zlashar va yozardi. 20 yoshida til bo‘yicha 
doktorlik ilmiy darajasini olishga muyassar bo‘lgan edi. 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 

 
 
84
F. Shampolon Napoleon ekspeditsiyasi olimlari ishini davom 
ettirish maqsadida 1828-yilda Misrga arxeologik ekspeditsiya 
uyushtirdi. U Misrda bir yarim yilcha ishlab, arxeologik qazilmalar 
olib bordi, turli qadimiy yozuvlardan nusxalar ko‘chirdi. Iqtidorli 
olimning fidokorona mehnati tufayli “Misr va Nubiya yodgorliklari
1
” 
deb nomlangan qator qimmatli albomlar yaratildi.  
Arxeologik qazilmalar va qidiruvlar natijasida Lepsius ”Misr va 
Nubiya yodgorliklari” nomi bilan noyob, monumental albomlarni 
nashr etdi. 
Tashabbuskor, jasoratli olim Marriet butun hayotini Misrdagi 
arxeologik tadqiqotlarga bag‘ishladi. U birinchi bo‘lib Misr hududida 
yalpi arxeologik qazilmalarni amalga oshirishga kirishadi. Marriet 
Memfis yaqinidagi muqaddas buqalar - opislar mozorida, Sakkaradagi 
qadimgi podsholik davridagi qabrlarda, Abidos va Fivadagi XIX 
sulola davriga oid ibodatxonalar (ehromlar)da qazish ishlarini amalga 
oshirdi. Shampolon va Marrietning arxeologik ishlarini fransuz 
misrshunosi Gaston Maspero (1846 - 1916 yillar) davom ettirdi. U V 
- VI sulolalar davrida barpo etilgan Sakkara ehromlarini sinchiklab 
o‘rganib chiqdi. Piramidalar ichidagi qabrlar ustiga bitilgan g‘aroyib 
diniy matnlarni topdi. Ularni “Sakkara piramidalaridagi yozuvlar” 
nomi bilan nashr etdi. 
Fiva yaqinidagi Dayr - al-Bahrida joylashgan maxfiy yerlarda 
Yangi Podsholik davridagi mashhur fir'avnlarning o‘ttizga yaqin 
mo‘miyolangan jasadlarini topdi. Maspero Misrning turli joylarida 
ko‘plab arxeologik qazilma ishlarini amalga oshirdi Misr qadimiy 
yodgorliklarini o‘rganish, nashr etish va ularni muhofaza qilish 
ishlarini tashkil etdi. XIX asr oxirida  “Misrni tadqiq etish fondi” 
tashkil topdi. 
Ayni paytda Misrda ancha yirik arxeologik qazilmalarni amalga 
oshirgan de Morgan arxaik davri yodgorliklarini kashf etdi. Nevill 
ismli olim Malika Xatshepsut ibodatxonasini sinchiklab o‘rgandi. 
                                                 
1
 Sezgin F., Mathematical Geography and Cartography in Islam and their 
Continuation in the Occident III  
(volume of Maps), being an English version of vol. XII, Geschichte der 
arabischen Wissenschaften, Frankfurt  
am Main 2000. 

 
 
85
Ingliz qadimshunosi Flinders Petri ham butun umrini (1853-1942-
yillar) arxeologik izlanishlarga bag‘ishladi. Amerikalik misrshunos 
Reysner
1
 esa Xufu piramidasi atrofida joylashgan qabrlarni o‘rganib, 
shu jumladan qadimgi Misr podsholigi davrida yashagan ayol podsho 
qabrini ham tadqiq etdi.  
XVII asrda Kirxer qator ilmiy asarlar yaratib, o‘z asarlarida 
qadimgi Misr yozuvlari ma'nosini noto‘g‘ri izohlaydi. Ushbu 
yozuvlardagi har bir belgi butun so‘z yoki tushunchani bildiradi, deb 
tushuntiradi. Uning xizmati shundaki, Kirxer kopt tilini qadimgi Misr 
tilining avlodi deb to‘g‘ri e'tirof etgan. Tomas Yung Misr yozuvida 
fonetik belgilar borligini aniqlab, hatto bir nechta nomlarni aniqlashga 
ham erishdi. 
Misr iyerogliflari sirining uzil-kesil ochilishi fransuz olimi 
Fransua Shampolon nomi bilan uzviy bog‘liq. Napoleon 
Bonapartning Misrga qilgan ekspeditsiyasida ishtirok etgan askarlar 
chuqur qazib turib, toshga duch kelishadi. Ular toshni xazina solingan 
sandiq bo‘lsa kerak, deb o‘ylashadi… Olimlar plitaning quyi qismida 
bitilgan yozuvlarni osonlikcha o‘qishadi. Matnning bir qismi yunon 
tilida yozilgan bo‘lib, plita qo‘yilgan yerga nisbat berilib “Rozett 
toshi” deb atalgan. Rozett toshiga o‘yib yozilgan yozuv miloddan 
avvalgi 203-yilda taxtga o‘tirgan Ptolomey V ning sha'niga yozilgan 
edi.  
1808-yili Shampolon Rozett toshiga bitilgan yozuvni o‘qishga 
kirishdi. Uzoq davom etgan mashaqqatlar, izlanishlar natijasi o‘laroq, 
olim  1822-yili 17-sentyabrda Parij Fanlar Akademiyasi majlisida 
“Rozett toshi” yozuvlari haqida ilmiy ma'ruza qildi
2
.  
Misrning tarixiy xronologiyasini aniqlashda «Turin podsho 
papirusi» nomini olgan yozma manba katta ahamiyatga ega. Chunki 
bunda XVIII sulolagacha bo‘lgan davrlarda fir'avnlarning hukmronlik 
qilgan yili, oyi va kunlariga qadar aniq ko‘rsatilgan. Misr 
hukumatining XVIII sulola davridagi muvaffaqiyatli tashqi siyosati 
Misr poytaxti Axetaton davlat arxividan topilgan mixxat hujjatlarida 
                                                 
1
 Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М., 
«Владос», 2000. 
2
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
86
o‘z aksini topgan. Tarixdan Axetaton arxivi fir'avn Exnaton 
tomonidan barpo qilinganligi ma'lum. 
Bu hujjatlarda Misr fir'avnlarining Old Osiyo davlatlari 
podsholari Suriya, Falastin hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik 
aloqalariga oid matnlar aks ettirilgan. Misrning XIX sulola davri 
diplomatiyasi tarixini o‘rganishda Ramzes II ning Xett davlati 
podshosi  Xattushil bilan tuzgan sulh Shartnomasi jiddiy ahamiyatga 
molik. 
Misrshunoslikning rivojlanishiga G‘arb olimlari, 
chunonchi nemis olimlari G. Brugsh, R. 
Lepsius, fransuz olimlari F.Shampolon, 
Deveria, de-Ruje va Shaba, italiyalik olim Rozellini, ingliz olimi 
Berch katta hissa qo‘shdi. Fransuz olimi G.Maspero ham 
misrshunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. U misrshunoslikda tarix, 
filologiya va arxeologiya ilmlarini birga qo‘shib olib bordi. Maspero 
o‘zining  “Klassik Sharq xalqlarining qadimgi tarixi” fundamental 
asarida birinchi bo‘lib, qadimgi Misr tarixi va madaniyatini hamda 
klassik Sharq xalqlari, ya'ni Shimoliy-Sharqiy Afrika va Old Osiyo 
xalqlari tarixiy taraqqiyotini keng doirada uzviy bog‘liq tarzda 
o‘rgandi.  
 XIX asr oxiri - XX asr boshlarida  Erman va Zete qadimgi 
misr tili muammosiga bag‘ishlangan qator ilmiy asarlar yaratgan 
bo‘lsalar, Erman va Ranki ushbu tilga oid besh tomlik fundamental 
asar chop etishdi. Angliyalik misrshunos A.Gardner misr tili 
grammatikasini ishlab chiqdi. 
Rus misrshunosligiga asos solgan yirik olim, akademik 
B.A.Turayev  (1868 - 1920 yillar) ko‘plab hujjatlarga tayanib 
“Qadimgi Sharq tarixi”ni yozdi. B.A.Turayev ilmiy faoliyatining 
eng katta yutug‘i shundaki, u butun Sharq olamini yaxlit - yagona 
madaniy-tarixiy jarayon sifatida o‘rgandi. V.S. Golenishyev  (1856 - 
1947 yillar) Misr bo‘ylab bir necha marta sayohat qilib, ko‘plab 
arxeologik qazilmalarni amalga oshirdi, qadimgi Misrga oid talaygina 
qimmatli kolleksiyalarni izlab topdi. Bu kolleksiyalar keyinchalik 
Moskva tasviriy san'ati muzeyida qadimgi Sharq yodgorliklari 
bo‘limining asosini tashkil etdi. 
Keyingi yillarda misrshunoslik fani rivojiga V.V.Struve, 
V.I.Avdiyev, R.I.Rubinshteyn, D.G.Reder, M.E.Matye, 
Misrshunoslikning 
rivojlanishi 

 
 
87
I.M.Dyakonov kabi qator ulkan misrshunos olimlar katta hissa 
qo‘shishdi. 
Misrda madaniyatning rivojlanishi. Qadimgi podsholik davrida 
Misr madaniyati juda katta yo‘lni bosib o‘tdi. Misrliklar qudratli 
ilohiy fir'avnlar va betakror buyuk donishmandlar: Imxoteb, Kagemni 
va Ptaxxoteblar davri Misr madaniyatining oltin asri nomini olgan. 
Quyoshga topinish. Misrliklar juda qadimdan quyoshga 
sig‘inganlar. Quyoshga topingan eng qadimgi shahar markazi Iunu 
bo‘lib, greklar uni “Quyosh shahri” - Geliopol deb ataganlar.  
Podshoni ilohiylashtirish. Podshoni ilohiylashtirish qadimgi 
podsholik davrida o‘zining aniq ifodasini topdi. Juda katta maqbaralar 
- piramidalar qurilib, ular xudoga tenglashtirilgan fir'avnning kuch-
qudratini namoyish qilgan.  
Misrda me'morchilik juda erta taraqqiy etgan. 
Qadimgi podsholik davrida fir'avnlar va katta 
zodagonlar o‘zlari uchun maqbara, saroy va 
ibodatxonalar qurdirganlar. Ular ichida, ayniqsa, Misr ehromlari 
diqqatga sazovor. Sakkaradagi Joser maqbara ehromi ular ichida eng 
qadimgisi bo‘lib, zinasimon shaklda qurilgan.  
Yozuv. M.A.Garyayev o‘zining “Епохи в зеркале писм” nomli 
kitobida ta'kidlashicha, papirus tarixi ming yillardan uzoqroq, ya'ni 
qadimgi Misr podsholik davriga taqaladi. 
Papirus xuddi nilufar guli kabi Misr timsoli bo‘lgan. Papirus 
o‘simligining bir-biriga chirmashib ketgan poyalari Yuqori va Quyi 
Misr birligini ifodalagan. 
Effu ibodatxonasining Ramzes II ibodatxonasi ostidagi 
maqbaradan  “Kitoblar ro‘yxati solingan qutilar” topilgan. Oddiy 
papiruslarning eni 20-25 sm bo‘lgan. YOg‘och quti ichidan papirus 
hamda qamish bog‘lamlari chiqqan. Papiruslarning navlari turli - 
tuman bo‘lib, ular yozishdan tashqari turli buyumlarni o‘rash uchun 
ham ishlatilgan. Shuningdek kartonga o‘xshash qog‘ozlar bo‘lgan. 
Misrda tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lmagan ikki xil yozuv: 
iyeratik (ish, hisobot va hujjatlar uchun) va iyeroglifik - (tantana va 
marosimlar uchun) yozuvlar ishlatilgan. 
Motam-ma'raka marosimlari. Kohinlar marhumning go‘yo 
“narigi dunyoda o‘z oilasi bilan qovushishi”,  “oxiratning noz-
ne'matlaridan bahramand bo‘lishi” va unda “Xudoning azobiga 
Qadimgi Misr 
me’morchiligi 

 
 
88
duchor bo‘lmaslik” imkonini ta'minlovchi maxsus duo va sehrlar 
o‘ylab chiqarganlar. O‘rta podsholik davrida jasad solingan yog‘och 
tobutlardagi duo va madhiyalar yangi podsholik davrida va keyingi 
zamonlarda ham papirus o‘ramlariga yoziladigan bo‘lib, oxir-oqibatda 
“O‘liklar kitobi” barpo bo‘ldi
1
. Ammo buni “O‘liklar kitobi” emas, 
balki  “Tirilish kitobi” (mahshar - per - yem - xeru) deb atash 
to‘g‘riroq bo‘lardi. “O‘liklar kitobi” da hamda bu davrdagi boshqa bir 
qancha diniy to‘plamlar va matnlarda juda ko‘p duolar, xudolar 
sha'niga aytilgan madhiyalar, narigi dunyo va insonning vafotidan 
keyingi qismati ham bayon etilgan
2
. O‘rta podsholik zamonidagi 
“Sarkofag matnlari” Shartli nomini olgan diniy to‘plam vujudga 
kelgan. Bu matnlardan asta-sekin “O‘liklar kitobi” yuzaga kelgan. 
“O‘liklar kitobi” ning tarkibiy qismlari va mazmuni o‘zaro 
nomuvofiq bo‘lib, ketma-ket kelgan ayrim boblar bir-biri bilan 
mantiqan bog‘lanmagan. Ya'ni mazkur diniy to‘plam betartib 
joylashgan turli duo, munojot, madhiya, alqov qo‘shiqlari, afsun va 
sehrlar yig‘indisidan iborat.  
Misr xalqi boy badiiy ijodga egadir. O‘rta Podsholik 
davri mumtoz Misr adabiyotining eng rivoj topgan davri 
hisoblanadi. Podsho saroyidagi mashhur jodugarlar mo‘'jizalari haqida 
to‘qilgan ertaklar to‘plamidan iborat Vestkar papirusi matni O‘rta 
podsholik davri oxirlariga oid. Muallif xalq ertaklari uchun xarakterli 
bo‘lgan afsonalardan ustalik bilan foydalanadi. Ertakdagi jodugar tirik 
g‘ozning bo‘ynini uzib oladi-da, so‘ng uni joyiga ulab tiriltiradi. 
Ertaklar to‘plami O‘rta podsholik davrida tahrir qilingan.  
Yangi adabiy janr, sayohatnoma janri, ya'ni 
sarguzasht romanlarining dastlabki o‘tmishdagi 
namunalari yuzaga keladi. “Halokatga uchragan kema haqida 
hikoya” da (Sankt-Pereburg ermitajidagi 1115 - papirus) Sharq 
ertaklariga xos bo‘lgan qadimgi fantastika elementlari ham saqlangan. 
Hikoya qahramoni o‘sha zamonning o‘rta vakili bo‘lib, u “Podsho 
                                                 
1
 Schiller F., Was heißt und zu welchem Ende studiert man 
Universalgeschichte? Eine akademische Antrittsrede, in “Der Teutsche Merkur”, 
vol. 4, pp. 105-135 (available online at de.wikisource.org; cf. p. 165-170 in this 
reader). 
2
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 
Adabiyot 
Sayohatmonalar 

 
 
89
konlari” ga qilgan sayohati to‘g‘risida so‘zlaydi. Shuningdek, 
saroydagi fitnaga aralashib qolishdan qo‘rqib, Suriyaga qochib ketgan 
yirik mansabdorning “Sinuxet hikoyasi
1
 ham hayotiy detallarga boy 
hisoblanadi. Hikoya muallifi Sinuxetning safar sargardonligi va 
mashaqqatlarini g‘oyat go‘zal tarzda ifoda etadi.  
Misr aholisi orasida yuzaga kelgan norozilik asta-sekin afsona va 
badiiy adabiyotga kirib kelgan. Ba'zi she'riy asarlarda narigi dunyoga 
ishonmaslikka, bu dunyoning butun noz-ne'matlaridan bahramand 
bo‘lishga chaqirilgan: 
Kuningni shodlikda o‘tkaz, ey kohin 
Anbardan bahra olib, tanga orom ber... 
Barcha yomonlik ortingda qolsin 
Jimjitlik, sukunat hukm surgan o‘lka, 
Bir kuni sening ham yotog‘ing bo‘lgay. 
O‘shal kun kelguncha o‘ynagil - kulgil 
Ishrat qil hamisha, ko‘ngling shod o‘lgay 
Misr san'atining eng qadimgi shakllari arxaik 
davrda  (miloddan avvalgi V ming yillikda
paydo bo‘lib, bu san'at Misr madaniyati tushkunlikka uchragan, Misr 
rimliklar hukmronligi ostiga tushib qolgan keyingi davrlargacha 
taraqqiy etib kelgan. Arxaik davrning oxirlaridayoq, Misr san'atining 
o‘ziga xos xususiyatlari: ulug‘vorlik va muhtashamlik, jiddiylik va 
aniqlik, deyarli geometrik konstruktivlik hamda frontallik namoyon 
bo‘la boshlagan. Misr san'atining bu jihatlari, ayniqsa, portretlar 
tasvirida realistik an'analar bilan birga qo‘shilgan. 
Haykaltaroshlik ham rivojlandi. Mentuxotep haykali Senusert 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling