Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


(miloddan avvalgi 605-562-yillar)


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana15.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#146297
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев


(miloddan avvalgi 605-562-yillar) harbiy muvaffaqqiyatlaridan to‘la 
ravishda foydalangan. U Nil daryosi deltasigacha yetib borib, Suriyani 
egallab, misrliklarni Old Osiyodan batamom siqib chiqaradi. 
Navuxodonosor g‘oyat ehtiyotkor hukmdor bo‘lganligi sababli, ana 
shu erishgan yutuqlari bilan cheklangan. 
Misr tarafdorlari anchagina ko‘p edi, shu jumladan, YAhudiya 
shohi Ioakim ham Misrni qo‘llab-quvvatlagan. Yahudiyaning 
Bobildan ajralib chiqib, Bobilga xiroj to‘lashdan bosh tortishi 
yangidan urush boshlanib ketishiga bahona bo‘ldi. Navuxodonosor 
Yahudiya ustiga qo‘shin tortib, Quddus shahrini qamal qiladi. Bobil 
qo‘shinlari qal'a devorlari bilan o‘rab olingan bu poytaxt shaharni uch 
oy qamaldan so‘ng, oxiri miloddan avvalgi 597-yilda egallashga 
muvaffaq bo‘ldilar. Fir'avn Uax - ib -Ra (Airiy) Suriya sohillarini 
egallash va shu orqali siyosiy hukmronlik qilish uchun zarur asosiy 
hududlarni qo‘lga kiritish maqsadida, qo‘shin va harbiy flotga bosh 
bo‘lib, Osiyo tomon otlandi. 
Yangi Bobil 
Podshohligining 
taraqqiy etishi 

 
 
118
Yahudiylar shiddatli va qonli janglarda Yahudiya davlatining 
hayot-mamoti uchun, poytaxtlarini qattiq turib, qahramonlarcha 
mudofaa qiladilar. Biroq baribir yahudiylar qarshiligi sindiriladi. 
Bobil qo‘shinlari Quddusni shijoat bilan qo‘lga kiritib, shaharni 
vayron hamda talon-taroj qilib, unga o‘t qo‘yib yuborganlar 
(miloddan avvalgi 586-yil)
Bobil shohi isyonchilarni qattiq jazoladi. Yahudiya hukmdori 
Sidkiya qolgan-qutgan qo‘shini bilan birga Iyerixon tekisligida qo‘lga 
tushadi va ko‘zi o‘yilib, ko‘r qilinadi. YAhudiya shahzodalari esa qatl 
qilinadi. Ko‘plab yahudiylar asir olinib, Bobilga haydab olib ketiladi. 
Miloddan avvalgi 586-yilda vayron qilingan Quddus yong‘ini
1
da 
yahudiylarning erkin va mustaqil davlat haqidagi orzulari batamom 
puchga chiqdi. Bobil shohi Suriyada o‘z hokimiyatini mustahkamlab, 
Falastinga egalik qila boshladi. Ammo Navuxodonosor Suriyani 
o‘ziga tobe qilish uchun Finikiya shaharlarini uzil-kesil bo‘ysundirishi 
kerak edi. Finikiya davlatining qadimgi poytaxti - boy va qudratli Tir - 
savdo markazi bo‘lib, shaharlar orasida yetakchi o‘rinlardan birida 
turardi. Tir aholisi o‘z mustaqilligini mardlarcha himoya qildi. 
Yaxmos II bu bilan Bobilning O‘rta dengiz Sharqidagi yerlarini 
egallashida qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bobil hukmdori 
Mesopotamiya, Suriya, Finikiya va Falastinni istilo qilgan bo‘lishiga 
qaramay, shoshilinch bunyod etilgan saltanatning u qadar mustahkam 
emasligini o‘zi ham bilardi. Nahrilqalb daryosi buyidagi qoyalarda 
Misr fir'avnlari va Ossuriya istilochilarining tantanali g‘alabalariga oid 
ma'lumotlar mavjud. Ammo Navuxodonosor haqidagi yozuvlarda 
Yuqoridagi g‘alabalar haqida xech narsa aytilmagan.  
Navuxodonosor  miloddan avvalgi 562-yilda vafot etdi. Uning 
43 yillik hukmdorligi davrida Yangi Bobil podsholigi yuksak 
taraqqiyotga erishdi. Miloddan avvalgi 555-yildagi davlat 
to‘ntarishidan keyin Bobil taxtiga o‘tirgan Nabonid Navuxodonosor 
II  ishini davom ettirish niyatida bo‘lib, Navuxodosorni o‘z 
yozuvlarida homiysi sifatida ko‘p bora hurmat bilan tilga oladi
2

                                                 
1
 Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. 
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd 
edn., e book, Chicago 2008. 
2
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 

 
 
119
Nabonid 17 yillik (miloddan avvalgi 555-538-yillar) 
hukmdorligi davrida mamlakat butunligini saqlash uchun qattiq 
kurash olib borgan. U shohligining dastlabki yillari shimoliy Suriyada 
ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirib, Xamat hamda Amurru 
mamlakatiga qo‘shin tortib, to Edemning janubigacha yetib boradi. 
Ammo Bobil uchun asosiy xavf uyasi bu yerda emas edi. Suriya bilan 
Falastin bostirilgan, shuningdek, kuchsizlanib qolgan Misrdan yordam 
kuta olmasdilar. Tir shahrini Nabonid podsho qilib ko‘targan Xiram 
II idora qilar edi. Mesopotamiyaning shimoliy qismida Bobil uchun 
ancha mushkul ahvol yuzaga keladi. Midiya hukmdori Astiag 
(Ishtuvegu) Shimoliy Mesopotamiyaga yurib, Xarran o‘lkasiga kirib 
boradi. Yozuvlardan ma'lum bo‘lishicha, Nabonid 
“ummanmand”larga (midiyaliklarga) qarshi chiqadi-yu, lekin 
midiyaliklarni undan avval Anshana shohi Kayxisrav tor-mor 
keltiradi. Midiya hukmdorligining yemirilib, Eron yuksalayotganini 
ko‘rgan 
Nabonid o‘zining shimoliy-g‘arbiy chegaralarini 
mustahkamlashga qaror qilgan va shu sababli, o‘z so‘zlariga ko‘ra, 
Xarranda bu yerga midiyaliklarning xurujidan katta zarar ko‘rgan 
muqaddas qadamjolarni tiklashga alohida e'tibor bergan. 
 Eron bosqini xavfini avvaldan sezgan Nabonid Arabiston bilan 
aloqalarini mustahkamlash niyatida Teymaga lashkar tortib, uni bosib 
olib, o‘z qarorgohiga aylantiradi. Nabonid Teymada o‘zini bir qadar 
tinch sezardi. Siyosat maydonidagi vaziyat Bobil saltanati uchun 
tobora xavfli bo‘lib bordi. Eron shohi Kayxisrav  miloddan avvalgi 
550-yilda Midiyani bo‘ysundirib, Lidiyaga qarshi otlanadi. Lidiya 
saltanatini egallab, shu orqali Mesopotamiyani Sharq va shimoldan 
o‘ziga qarashli yerlari bilan o‘rab oladi. Eron shohining barcha 
yutuqlari Bobil qaydlarida batafsil ko‘rsatilgan. Qaydnomaning 
miloddan avvalgi 546-yilga oid bobida elamiylar (forslar yoki 
ularning Elamdagi ittifoqchilari deb taxmin qilinadi) Aqqodga bostirib 
kirganligi va Urukka Elam hokimi tayinlanganligi aytiladi. Forslar 
Dajla daryosining Sharqida Quyi Zab, Dajla daryosi vohasidagi 
Gutium o‘lkasini bosib oladilar. Kayxisrav miloddan avvalgi 539-
yilda Mesopotamiyaga bostirib kirib, Opis yonida Bobil qo‘shinlarini 
tor-mor keltirgan. Miloddan avvalgi 538-yilda  Kayxisrav Sipparni 
ishg‘ol qilib, Bobil chegaralariga yaqinlashadi. Nabonidning xudojo‘y 
va olimligi ham, butun mamlakatdan keltirilgan xudo haykallari ham 

 
 
120
(Nabonid ularni yig‘ib, Bobilni g‘oyat katta qadimgi diniy 
yodgorliklar muzeyiga aylantirgan
1
) uni qutqarib qololmadi. 
Kayxisrav  miloddan avvalgi 538-yilning kuzida Bobilga kirib, 
Nabonidni taxtdan chetlashtiradi va Bobilni qudratli Eron davlati 
tarkibiga qo‘shib oladi. 
Bobil Old Osiyoning eng katta savdo markazi hamda nafaqat 
qadimgi Sharq, balki butun qadimgi dunyo madaniy hayot 
taraqqiyotiga katta ta'sir ko‘rsatgan madaniyat markazi sifatida o‘z 
ahamiyatini muayyan muddat saqlab qoladi. 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 

 
 
121
7-mavzu. Mesopotamiya davri bo‘yicha manbalar va 
tarixnavislik. Ossuriya va yangi bobil podsholigi davrida 
madaniyat. 
 
Reja: 
1. Qadimgi Mesopotamiya tarixi va manbashunosligi. 
2. Yozma hujjatlar. 
3. Diplomatik hujjatlar. 
4. Tarixiy yozuvlar - solnomalar. 
5. Antik mualliflarning asarlari. 
 
Tayanch iboralar: 
sivilizatsiya, mixxat, manbashunoslik, 
tarixnavislik, kolleksiya, solnoma, ekspeditsiya, antik dunyo, 
deshifrovka, shumershunoslik, ossurshunoslik, piktografiya, «Kir 
manifesti», «Rassam Silindri», «Osma bog‘lar»,“suv tubining chin 
o‘g‘li”, Marduk, patesi, piktografiya, mixxat tizimi, Ea, Sin Utu, 
Shamash, Ishtar, lugal, Gilgamesh, pretsessiya, Xammurapi, Gerakl, 
Gerodot, Aqida, epik poema, mirza (kotib), solnoma, monument
relyef. 
 
Mesopotamiya - yunoncha «Ikki daryo oralig‘i» degan ma'noni 
anglatadi. Frot (uzunligi 2700 km) va Dajla (uzunligi 1900 km) 
daryolari shimolda Armaniston tog‘laridan boshlanib, janubda ular 
Fors ko‘rfaziga quyiladi. Bir necha ming yillar avval bu ikki daryo 
alohida-alohida Fors ko‘rfaziga quyilgan, keyinchalik ming yillar 
o‘tishi bilan ular Shatt-al-arab deltasida birlashib, hozirgidek Fors 
ko‘rfaziga qo‘yiladigan bo‘lgan. 
Bundan olti ming yil ilgari Frot va Dajla daryolari vodiylarining 
janubiy qismiga shumerliklar, shimoliy qismiga esa yirik ko‘chmanchi 
qabilalar - aqqodlar kelib joylashgan. Bu vodiylarda qadimgi Shumer 
va Aqqod sivilizatsiyalari vujudga kelgan. 
Mesopotamiya (asosan, hozirgi Iroq respublikasi hududi) Yaqin 
Sharq markazida joylashgan bo‘lib, qadimdan bu mintaqa orqali 
ko‘plab savdo yo‘llari g‘arbdan Sharqqa, shimoldan janubga tomon 
o‘tgan. 

 
 
122
Mesopotamiyada arxeologik qazilmalar XIX asrning 
o‘rtalaridan boshlandi. Bu ishlarni amalga oshirish, 
umuman, Mesopotamiya tarixini o‘rganishda Yevropa, 
Amerika arxeologlarining xizmati katta. Birinchi 
arxeologik kashfiyotlar 1842-yilda Mesopotamiyaning shimoliy 
qismida fransiyalik diplomat, tibbiyot mutaxassisi E.P.Botta 
tomonidan amalga oshirildi
1
. U, avval, Kuyunjik tepaligida qazish 
ishlarini olib borib, so‘ng o‘z ishini Xorsobod qishlog‘ida davom 
ettirdi. 1843-yilda E.P.Botta bu yerdan Ossuriya podshosi Sargon II 
ning qimmatli saroy xarobalarini topdi. 
1845-1847-yillarda ingliz diplomati G.A. Leyyard Nimrud 
tepaligida arxeologik qazishlarni amalga oshirdi. Bu mutaxassis Sharq 
tillarini yaxshi bilib, YAqin Sharq bo‘ylab ko‘p sayohat qilgan edi.  
G.A. Leyyard Nimrud tepaligi ostida saqlanib qolgan Ossuriya 
shahri - Kalxu xarobalarini kashf etdi. Bu shaharda podsholar 
saroylari, qasrlar, insu jinslardan saqlaydigan ho‘kiz-odam, sher-odam 
tasvirlari tushirilgan yirik haykallar, turli manzaralarni aks ettirgan 
relyeflar va boshqa madaniy yodgorlik qoldiqlari topilgan. 
1847-yilda  G.A. Leyyard yana bir ajoyib kashfiyot qildi. U 
Kuyunjik tepaligida qazish ishlarini olib borib (E.P.Botta  «bu 
tepalikda qazish ishlarini amalga oshirish natija bermaydi», deb 
aytgan), Ossuriyaning dushmanlar tomonidan yondirilgan va vayron 
qilingan poytaxti - Nineviya shahri, shu bilan birga miloddan avvalgi 
VII asrda yashagan podsho Sinaxerib hamda nevarasi 
Ashshurbanipal saroyi va kutubxonasini topdi. Kutubxonadan loydan 
ishlangan mixxatli yozuvlar topildi. Mutaxassislarning fikricha, 
Ashshurbanipal kutubxonasi saroyning ikkinchi qavatida joylashgan 
bo‘lib, yong‘in chog‘ida qulab tushgan. Mixxatli jadvallar katalogida 
o‘sha vaqtdagi asarlar ro‘yxati berilgan. Har bir jadvalga 
“Ashshurbanipal saroyi” degan muhr o‘yib bosilgan.  
Leyyard topgan qazilmalar, keyinchalik, Londondagi Britaniya 
muzeyining qadimgi Sharq kolleksiyalari asosini tashkil qildi. 
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida 
Mesopotamiyadagi arxeologik qazish ishlarining yangi bosqichi 
boshlandi. Bu vaqtda Dajla va Frot daryolari vodiylaridan ko‘plab 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 
Arxeologik 
qazilmalar 

 
 
123
shaharlarning vayronalari topildi. Leyyard - O. Rassam xodimlari 
Kuyunjik tepaligini tadqiq qilishda davom etdilar va Ossuriya 
podshosi Ashshurbanipal saroyi, ov, harbiy sahnalarni aks ettirgan 
relyeflarni topishdi. 
Nimrud tepaligidan 14 km narida Balavat nomini olgan joydan 
O.Rassam 
miloddan avvalgi IX asrga tegishli Ossuriya 
yodgorliklari, shuningdek, podsho Ashshurbanipal II ning 
ibodatxonasi hamda Salmanasar III ning o‘sha davrdagi harbiy 
yurishlarini tasvirlagan va shahar darvozasi ustiga bronza plitalar 
qoplangan Balavat darvozasini topdi. 
Bundan tashqari, O.Rassam Mesopotamiyaning turli 
burchaklaridan qator yozma hujjatlar, shu jumladan, “Kir manifesti”
“Rassam silindri” deb nom olgan Ashshurbanipalning solnomasi
1
ni 
hamda Ossuriya va Bobil podsholarining yozuvlari, ish yuritish va 
ma'rifiy hujjatlarini topdi. 
Mesopotamiyadagi qadim shaharni o‘rganishda Angliyalik geolog 
V.Loftus ham katta hissa qo‘shdi. U Varka xarobalarini tadqiq qila 
turib, qadimgi Uruk shahri hamda ibodatxona kutubxonasida 
saqlangan hujjatlarni topdi. Loftus, shuningdek, qadimgi Larsa 
(hozirgi Senkere) shahri, undagi saroy, quyosh xudosi ibodatxonasi va 
turli sohalarga oid hujjatlarni aniqladi. 
1854-yilda  ingliz diplomati J.Teylor El - Mukayir tepaligida 
arxeologiya ishlarini amalga oshirib, Ur shahri, Shumer shaharlaridan 
bo‘lgan Eredu shahrini topdi
2

Mesopotamiyaning qadimgi shaharlarini o‘rganishda fransuz 
diplomati  E. de Sarzek jiddiy natijalarga erishdi. U 1877-1900-
yillarda Tellox tepaliklari ostidagi shumerlar shahri - Lagashni kashf 
qildi. Unda shahar hokimlarining tosh haykallari, kumush va 
alebastrdan ishlangan vazalari topildi. Tello tepaligida topilgan 
yodgorliklarning ichida “burgutlar” deb atalgan plitaning parchasi 
juda qiziq edi. Unda Lagash shahrining hukmdori - Eannatumning 
qo‘shni shahar - Ummu ustidan erishgan harbiy g‘alabasi, ya'ni 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 
2
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 

 
 
124
“Burgutlar” plitasida jangda halok bo‘lgan askarlar jasadini burgutlar 
g‘ajib yotgan manzarasi aks ettirilgan edi.  
1888-yilda Amerika arxeologlaridan J.Peters, Xilprext va 
boshqalar uch ming yil yashagan qadimgi Nippur shahrini kashf 
qildilar. Bu shahar o‘zining bahaybatligi bilan kishini hayratga solardi. 
Undan 60 mingdan ziyod yozuvli taxtachalari bo‘lgan ibodatxona 
kutubxonasi, qasrlar, turli xo‘jalik inshootlari, qurilishlar, maktab, 
bozor, savdo rastalari, turar joylar, ish hujjatlari saqlangan katta arxiv 
topildi. 
XX asr boshlarida qadimgi Mesopotamiya hududida muhim 
ahamiyatga ega kashfiyotlar yuz berdi. R.Koldevey rahbarligidagi 
nemis arxeologik ekspeditsiyasi Bag‘doddan 50 km janubdagi 
tepaliklarda tekshirish ishlarini amalga oshirdi. Natijada qadimgi 
Bobil  (Bob - elon - Xudo darvozasi) - Vavilon shahri ochildi. Bobil 
bir necha ming yil davomida Mesopotamiyaning yirik iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy-diniy markazi bo‘lgan. 1899-1917-yillarda 
arxeologik qazish ishlari tufayli shahar devorlari, eng mashhur 
podsholardan biri - Navuxodonosor II saroyi, diniy udumlar ko‘chasi, 
Bobil xudosi Marduk ibodatxonasi qoldiqlari, saroy peshayvoni, 
dunyo mo‘'jizalaridan biri - “Osma bog‘lar” kabi noyob yodgorliklar 
topildi. Ushbu yodgorliklar Berlin muzeyining yorqin kolleksiyalarini 
tashkil qildi. 1903-1914-yillarda nemis arxeologi V. Andre Kalaat - 
Sherg‘otda Ossuriyaning yana bir qadimiy poytaxti - Ashshur shahrini 
ochib, u yerda turar joylar, podsho bosh suyaklari hamda ularning 
qasrlari va ibodatxonalari xarobalari borligini aniqladi. 
Xuddi shu paytlarda nemis arxeolog mutaxassislardan 
R.Koldevey,  V.Andre,  A. Neldeke va boshqalar qadimgi shumerlar 
shahri Shuruppakni ochishdi. XX asrning 20-30 yillarida 
Mesopotamiyaning Lagash, Kish, Eredu kabi shaharlari faol 
o‘rganildi.  
1933-1939-yillarda fransuz arxeologlari A. Parro rahbarligida 
katta arxeologik izlanishlarni boshlab yubordilar
1
. Ular Tell-Xariri 
tepaligi ostidagi qadim Mari shahrini topdilar. Qazish ishlari natijasida 
fransuz arxeologlari miloddan avvalgi II ming yillikda Mari 
                                                 
1
 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма 
«Восточная литература» РАН 2002 

 
 
125
podshosi  Zimrilim qurdirgan saroyni topishdi. Unda 20 mingdan 
ziyod turli hujjatlar to‘plangan yozuvlar borligi aniqlandi. 
1922-1934-yillarda L. Vulli rahbarligida ingliz arxeologik 
ekspeditsiyasi qadimgi Ur shahrini topish yuzasidan qazish ishlarini 
amalga oshirdi. Natijada Ur shahrining miloddan avvalgi IV ming 
yillikdan to miloddan avvalgi IV asrgacha bo‘lgan tarixini 
o‘rganish imkoni paydo bo‘ldi. Tadqiqot materiallari Vulli tomonidan 
tayyorlangan 5 tomlik asarda (1927-1939-yillar) nashr qilindi. 
1925-1930-yillarda Amerika arxeologlari ham hozirgi Kirkuk 
yonidagi tepaliklarda qazish ishlarini olib borib, saroy, ibodatxona, 
xo‘jalik jihozlari, turar joy va yirik hujjat to‘plamlarini aniqlashdi. 
Shuningdek,  1930-1936-yillarda Amerika olimlari G.Frankfort
T.Yakobsen va boshqalar Mesopotamiya podsholigi markazlaridan 
biri - uncha katta bo‘lmagan Eshnunna (hozirgi Tell-Asmar)ni 
ochdilar
1
.  
Arxeologik qidiruv ishlarida Iroq olimlari va arxeologlari ham 
faol ishtirok etishdi. Masalan, Fuad SafarTaxa BikirMuhammad 
Ali Mustafo va boshqalar bir necha joylarda arxeologik qazish 
ishlarini olib borib, Qadimgi Mesopotamiya tarixiga oid matematik 
jadvallar, qonunlar majmuasini topishga erishdilar. Nebi-Yunus 
tepaligida o‘tkazilgan qazilmalar asosida podsho Asarxaddonning 
saroyi, xo‘jalik inshootlari, ko‘plab yozma hujjatlari va boshqa 
topilgan yodgorliklar Bag‘dod muzeylarini boyitdi. Ilgari bu 
yodgorliklar Yevropa va Amerikaga olib ketilar edi. 
Yevropa va Amerika olimlari hamda arxeologlarining XX 
asrning 40-70-yillarida Mesopotamiyaning turli tuman va 
shaharlarida olib borgan tadqiqotlari tufayli shahar devorlari, qal'alar, 
hunarmandlar maskani, ibodatxonalar, qimmatbaho ashyolar, san'at 
asarlari, diplomatik va boshqa hujjatlar, qabrlar, shuningdek, 
Ossuriya, Bobil podsholarining yozma yodgorliklari va boshqa 
ko‘plab moddiy madaniy yodgorliklar topilib, ular qadimiy 
Mesopotamiya tarixi va madaniyatini o‘rganishda beqiyos ma'lumotlar 
berdi. Moddiy madaniyat yodgorliklarini (miloddan avvalgi III-II 
ming yilliklar) Eredu, Ur, Uruk, Lagash, Nippur, Mari, Ash, Ashshur, 
                                                 
1
 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, 
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 

 
 
126
Nineviya, Bobil va boshqa shaharlarda topilgan arxeologik 
qazilmalarda yaqqol ko‘rish mumkin. 
Yozma manbalarni bir necha turlarga: xo‘jalik, yuridik, 
diplomatik hujjatlar va solnomalarga bo‘lish mumkin.  
a) Mesopotamiyadagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni 
o‘rganishda xo‘jalikka oid hujjatlar muhim rol o‘ynaydi. Bunday 
hujjatlar Mesopotamiya shaharlarida o‘tkazilgan arxeologik 
qazilmalar vaqtida juda ko‘plab topilgan.  
Ana shunday hujjatlardan bizgacha yetib kelgan eng qadimgilari 
Uruk va Jamdat - Nasra shaharlarida topilgan xo‘jalikka mansub 
arxivlar bo‘lib, ular 1000 ga yaqin loy taxtachalaridan iborat. Ushbu 
hujjatlar piktografik belgilar yoki mixxat shaklida yozilgan. Ularda 
xo‘jalikka doir hisobotlar, oziq-ovqat maxsulotlari, asbob-uskunalar, 
qullar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shunga o‘xshash xo‘jalik 
arxivlari miloddan avvalgi III ming yillikning birinchi yarmida Ur, 
Lagash, Shuruppak, Adabe kabi shumer shaharlarida topilgan. 
Ayniqsa, Ur qazilmalari vaqtida ma'muriy ko‘rsatmalar va savdo-sotiq 
haqidagi xususiy, davlat hamda ibodatxona, xo‘jalikka oid juda 
ko‘plab arxivlar topilgan. Shulardan 5 tasi xususiy arxiv bo‘lib, kohin, 
zodagon, sudxo‘rlarga tegishli bo‘lgan. Ular Ur qazilmalari vaqtida 
topilgan. Hujjatlar II ming yillikning bosh davriga oid Ossuriya, 
oromiy savdogarlarining arxivlari bo‘lib, bunda 10 mingdan ziyod 
taxtacha saqlangan. Ularda hisob-kitob, savdo bitimlari, qarz, tilxat, 
sud qarorlari va boshqalar o‘z aksini topgan. Bu arxivlar Kichik 
Osiyodagi Kultepadan topilgan. Bu yerda Kanish savdo koloniyasi - 
yirik xalqaro savdo birlashmasining markazi joylashgan. 
Miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida qadimgi 
Arrapxidagi qazilmalar chog‘ida 4 ming loy likopcha topilgan. II 
ming yillikning oxirida  (miloddan avvalgi XII-XI asrlar) qadimgi 
Ossuriya shaharlari: Ashshur va Shibanibeda (hozirgi Kalat - Sherg‘it, 
Tellas - Billa) 760 dan ziyod xo‘jalik hujjatlari saqlangan podsho 
hujjatxonasi topilgan. 1 ming yillikning oxirida 10 ming hujjatdan 
iborat bo‘lgan xo‘jalik arxivi Nippur, Bobil, Barsip, Ur, Uruk va 
boshqa shahar qazilmalari vaqtida topilgan. Bunday misollarni 
ko‘plab keltirish mumkin. 
Huquqshunoslikka oid yodgorliklar. Mesopotamiya tarixiga oid 
eng muhim manba - adliya yodgorliklari, qonunlar to‘plamidir. 

 
 
127
Qadimgi Sharq mamlakatlarining birontasida Mesopotamiyadagi kabi 
ko‘p miqdorda qonunlar to‘plami saqlanib qolmagan. Bular orasida 
eng qadimgisi Ur - Nammu qonunlari bo‘lib, miloddan avvalgi III 
ming yillikning oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu qonunlardan Shumer-
Aqqod podsholiklari davrida foydalanishgan. Bu qonunlarning katta 
qismi saqlanmagan bo‘lib, ulardan kirish qismi va bir nechta modda 
qolgan, xolos. 
Eng katta qonunlar to‘plami podsho Hammurapi qonunidir. Bu 
qonun 282 modda, kirish qismi va xulosadan iborat. Hammurapi 
Bobildagi barcha podsholarning eng mashhuri edi. U miloddan 
avvalgi 1792 yildan-1750 yilgacha, ya'ni 42 yil podsholik qilgan
1

Avvalo, bu qonunlar loy likobchalarga mixxat ko‘rinishida bitilgan, 
keyinchalik esa, qora bazaltdan ishlangan ustunga o‘yib yozilgan. Bu 
ustun  1901-yilda fransuz arxeologi tomonidan Elam poytaxti - Suza 
shahrida arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan. Hammurapi 
qonunlari bitilgan bu ustun harbiy o‘lja sifatida Suzaga olib kelingan. 
Bundan tashqari, qadimgi Ossuriya davlati xukumronligi davrida 
qabul qilingan qonunlardan lavhalar saqlanib qolgan. Ushbu qonunlar 
to‘plami va yuridik hujjatlar tadqiqotchilar uchun Mesopotamiya 
davlatidagi mulkchilik va iqtisodiyotning qay darajada bo‘lganligini 
o‘rganish hamda oila, tabaqalar va ular o‘rtasidagi xuquqiy me'yor, 
munosabat, sud jarayonlarini aniqlashda katta ma'lumot beradi. 
Diplomatik hujjatlar. Eng qadimgi diplomatik hujjatlardan biri 
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling