Ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti «Bank ishi»
Download 324 Kb.
|
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4
Bank turli xil mijozlarga turli xil maqsadlar uchun kreditlar berishi mumkin. Beriladigan kreditlarni ulardan foydalanish maqsadiga ko’ra, ettita turkumga ajratish mumkin:
ipoteka ssudalari, yani ko’chmas mulk asosida beriladigan kreditlar; moliya institutlariga, yani banklararo moliya va sug’urta kompaniyalariga, shuningdek, boshqa moliya muassasalariga beriladigan kreditlar; dehkon va fermer xo’jaliklariga erlarni o’zlashtirish va ishlov berish, hosilni yig’ishtirib olish, chorva mollarini em bilan taminlash ishlarini yaxshilash maqsadida beriladigan qishloq xo’jalik ssudalari; savdo va sanoat korxonalariga tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish va ish haqi berish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplash uchun tadbirkor firmalarga beriladigan kreditlar; xususiy shaxslarga beriladigan istemol kreditlari. Bularga bahosini bir necha muddat ichida to’lash imkoniyati bilan avtomobil sotib, ko’chma (sayyor) uylar, elektr xo’jalik va boshqa istemol mollari, uylarni tamirlash va zamonaviy tus berish, tibbiy xizmat xarajatlarini qoplash va boshqa shaxsiy transport uchun beriladi; boshqa ssudalar yuqorida qayd etilmagan ssudalar bo’lib, ularga qimmatbaho qog’ozlar bilan taminlangan ssudalar ham kiradi; moliyaviy lizingda bank mashina va uskunalarni sotib oladi va ularni mijozlarga ijaraga beradi. Yuqorida keltirilgan kredit turlarini jahon bank amaliyotidagi eng yirigi ipoteka ssudalaridir va bu ssudalar beriladigan jami ssudalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. Savdo va sanoat korxonalariga beriladigan ssudalar ham jami kredit qo’yilmalarning 1/3 qismini tashkil qiladi. Uz ahamiyatiga ko’ra, uchinchi o’rinda turadigan ssudalar bular xususiy shaxslarga beriladigan ssudalar bo’lib, ular jami kredit qo’yilmalarining 1/5 qismini tashkil qiladi. Bank kreditlari portfeli tarkibini aniqlovchi eng muhim omillardan biri, bu eng avvalo ushbu bank xizmat ko’rsatayotgan bozorning xususiyatidir. Har bir bank mijozlarining kredit mablag’lariga bo’lg’an ehtiyojlarini o’rganib, ularni etiborga olmog’i lozim. Masalan, aholisi ko’p bo’lmagan shahar va tumanlardagi banklar asosan ipoteka kreditlari (uy-joylarni garovga olish asosida) avtomobil sotib olish uchun yoki xo’jalikni boshqarish va rivojlantirish uchun sarf qilinadigan xarajatlarni qoplash maqsadida kredit beradilar. Iirik ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, univermaglar, ofislari ko’p bo’lgan yirik shaharlarda esa banklar kredit mablag’larini tovar xom ashyo zaxiralari, asbob-uskunalar sotib olish va ishchilarga ish haqi to’lash uchun beradilar. Albatta, hamma banklar ham o’zlari faoliyat ko’rsatayotgan hudud sharoitlariga butunlay bog’liq bo’lmaydilar. Ularning ko’pchiligi boshqa banklardan mablaglarning katta kismini yoki qisman qarzga olishlari mumkin. Bunday faoliyat ko’rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan hudud iqtisodiyotidagi salbiy o’zgarishlar katta xavf tug’dirmaydi. Bank kreditlari portfeliga tasir qiluvchi yana bir muhim omil bu bankning hajmidir. Bunda bank sarmoyasining hajmi eng muhim rol o’ynaydi, chunki u beriladigan kreditni bitta mijozga to’g’ri keladigan qiymatini aniqlaydi. Iirik banklar asosan yirik korxonalar, korporasiyalar va firmalarga xizmat ko’rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan nakd pul ko’rinishida yoki bir necha muhlatga mayda firmalar, xususiy shaxslarga chakana kreditlar beradi. Bank boshqaruvchilarining kredit siyosati sohasidagi tajribasi va malakasi kredit portfelining tarkibi va o’sishiga tasir qiluvchi muhim omildir. Bank kreditining bazi bir turlarini berishni taqiqlovchi kredit siyosati bankning kredit portfeli sifatining o’sishiga to’sqinlik qiluvchi xatardan saqlaydi. Kredit portfelining tarkibi kredit faoliyati orqali olinadigan daromadga ham bog’liq. Bankning kredit bilan shug’ullanuvchi xodimlari kredit berish orqali olinadigan daromad bilan bankning boshqa aktivlari orqali olinadigan daromadni solishtirib, tahlil qiladilar. Natijada, bank daromadlarining asosiy qismi kreditlarga to’g’ri kelayotgani haqida bir xulosaga kelganlaridan so’ng ko’proq kreditlar berishni afzal ko’radilar. Download 324 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling