Ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti «Bank ishi»


Download 324 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi324 Kb.
#1472965
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi. Mavzu. Kredit turlari 4

Xalqaro kredit


Xalqaro kredit bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va to’lovlilik asosida berilladigan kredit hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, suveren davlat sifatida o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo’lga qo’ya boshladi. 1991 yilgacha O’zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi Qonun O’zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Xalqaro kredit quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:

  • karz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat muassasalari va tashkilotlari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar) xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari qatnashadilar;

  • qarzga olingan mablag’lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;

  • qarz beruvchi mamlakatga to’lanadigan ssuda foizining manbasi qarz oluvchi mamlakat axolisi tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsulot hisoblanadi.

Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan munosabatlarda pul (valyuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar shaklida bo’lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el obligasiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo’yish shaklida ham bo’ladi.
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylanishining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida xalqaro kredit quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini taminlaydi;

  • kapitalning konsentrasiyalashuviga va markazlashuviga sharoit yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi;

  • har xil valyutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muomala xarajatlarini qisqartiradi.

Xalqaro kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda kim tomonidan qopdirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo’linadi (42-jadval).
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valyuta shaklida, foiz to’lash yoki foiz to’lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa muddatga beriladi.

Download 324 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling