TA’lim vazirligi
-rasm. Sof ijtimoiy mahsulotga talab
Download 102.51 Kb.
|
SHuxrat Boxodirov.2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Sof xususiy ne’matga bo’lgan umumiy talab.
- 2.1 . O’zbekiston milliy iqtisodiyoti taraqqiyoti mezonlari
- 2.2 Davlat budjetini muvofiqlashtirish va soliq siyosati. O’zbekiston tashqiiqtisodiy siyosatini tartiblash xususiyatlari.
- TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
1-rasm. Sof ijtimoiy mahsulotga talab. Sof xususiy ne’matga bo’lgan umumiy talab shaxslarning talab chiziqlarini gorizontal bo’yicha qo’shish orqali aniqlanadi (.2-rasm). Sof ijtimoiy mahsulotni jamoa bo’lib iste’mol qiladi, lekin biz yuqorida aytganimizday har bir shaxs bunday iste’moldan har xil naf ko’radi. Masalan, 5-rasmda A shaxs eng kam naf ko’radi, B shaxs A shaxsga nisbatan ko’proq naf ko’radi, S shaxs B shaxsga ko’ra ko’p naf oladi. Amalda har bir shaxsning qancha naf olganligini hisoblash qiyin. Bunday axborotni olish ham murkkab. 2-rasm. Sof xususiy ne’matga bo’lgan umumiy talab. Agar iste’mol qilingan sof ijtimoiy ne’matga har bir shaxs o’zi olgan chekli yutug’iga ko’ra pul to’laganda edi, olingan naf to’g’risidagi axborotni yashirishga undaydigan kuchli rag’batlantirish paydo bo’lar edi, hamda olinadigan nafni darajasini ko’pchilik pasaytirishga harakat qilar edi. Bozor ojizligi - bu shunday hodisaki, bunda bozor resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay olmaydi. Bozor ojizligini ko’rsatuvchi to’rtta turdagi vaziyat mavjud va bu vaziyatlar samarasiz vaziyat hisoblanadi: Monopoliya. Asimmetrik axborot. Tashqi samara. Ijtimoiy ne’mat. Ushbu vaziyatlarda bozorga davlatning aralashuvi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Bu muammolarni davlat monopoliyaga qarshi siyosat yuritish, ijtimoiy sug’urtalash, salbiy tashqi samaraga ega bo’lgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni cheklash va ijobiy tashqi samaraga ega bo’lgan ishlab chiqarish va iste’molni rag’batlantirish orqali yechishga harakat qilib kelmoqda. SHuni ham aytish kerakki, davlatning bozor mexanizmiga asoslangan iqtisodiyotga aralashuvi o’zining chegarasiga ega bo’lishi kerak. Birinchi navbatda, davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi bozor mexanizmini buzilishiga olib kelmasligi kerak. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bozor mexanizmlarini ma’muriy boshqaruv bilan almashtirmasligi lozim. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ko’proq bozor mexanizmini kuchaytirishga yoki kamaytirishga olib kelishi maqsadga muvof 2.1 . O’zbekiston milliy iqtisodiyoti taraqqiyoti mezonlari O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o’ziga xos yo’li va tamoyillari: 1-tamoyil. Iqtisodning siyosatdan ustunligi 2-tamoyil. Davlat bosh islohotchi ekanligi 3-tamoyil. Qonun ustuvorligi 4-tamoyil. Kuchli ijtimoiy siyosat 5-tamoyil. Islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, milliy iqtisodiyotimizning rivojiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizning raqobatdosh bo‘la olishiga bog‘liq, desak, hyech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga daxldor bo‘lgan bir qancha farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilindi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan aholi vakillariga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan. Bu borada xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xususiylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini samarali qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga egadir. «O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb yozilgan «O‘zbekiston Respublikasining mulk to‘g‘risidagi qonuni»da fuqarolarning mulkdor bo‘lish huquqi kafolatlanadi, hamma shakldagi mulklarning tengligi, mulk daxlsizligini davlat ta’minlashi, mulk rivojiga to‘sqinlik qilish man etilishi qayd etilgan. Bu qonunga ko‘ra, mulkdor o‘z mulkini ruxsat etilgan hamma sohada ishlatishga haqli, xorijiy mulk ham davlat himoyasiga olinadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga tayangan holda rivojlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday deyiladi: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin». Mamlakatimizda xususiy mulk ikki ko‘rinishda – yakka (individual) xususiy mulk va korporativ, ya’ni mulk egalarining sherikchiligi asosida rivojlanmoqda. Xususiy mulk sohibi mulkka nisbatan o‘z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshiradi. Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi. O‘zbekistonda xususiy mulkning vujudga kelishining muhim manbai fuqarolarning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishidir. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil etadi. Xususiylashtirishni strategik vazifalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan dastlab «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarlarida hamda «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli asarida hamda boshqa asarlarida juda keng asoslab berilgan. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat bo‘lganligi hisoblanadi. Umuman olganda xususiylashtirishning o‘tgan bosqichlarida respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sohalarida xususiy mulkchilikka asoslangan yangi toifadagi korxonalar shakllandi va faoliyat yurita boshladi. Iqtisodiyotda nodavlat sektorining shakllanishida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining ta’siri ahamiyatli bo‘ldi. Bu boradagi islohotlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, har tomonlama asoslanganligi va izchilligini ta’minlash maqsadida hukumat darajasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning yuqori natijalarga erishishida hukumat tomonidan bu jarayonlarning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini belgilab olinishi ahamiyatli ta’sir ko‘rsatdi: – mazkur jarayonlarning asosiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish; – mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ularga amal qilish; – mamlakatning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, madaniy-ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olish; – xususiylashtirish jarayonlarini maxsus me’yoriy-huquqiy asoslar bilan ta’minlash; – har bir alohida holat uchun xususiylashtirishning eng maqbul usullarini tanlab olish; – mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish va hokazo. Qayd etilgan jihatlarning to‘liq e’tiborga olinishi xususiylashtirishda ahamiyatli ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minladi. Respublikamizda 1994-2016 yillar mobaynida 32736 ta davlat korxonalari va ob’ektlari xususiylashtirildi. Birgina 2000-2016 yillar mobaynida esa 10194 ta davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlar xususiylashtirilib, ular asosida 600dan ortiq aksionerlik jamiyatlari, 1200dan ortiq mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, 5000dan ortiq xususiy korxonalar tashkil etildi. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan pul mablag‘lari hajmi 1138,0 mlrd. so‘mdan oshib ketdi. Islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim jihati shunda ediki, mazkur mablag‘larning barchasi yana korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish kabi tadbirlarga yo‘naltirildi. Mustaqillik yillarida xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘pgina tarmoqlar, xususan qishloq xo‘jaligi, savdo, xizmat ko‘rsatishning barcha turlari mulkdorlar ixtiyoriga to‘liq berildi. To‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, mebelsozlik, charm-poyabzal ishlab chiqarish sanoati hamda uy-joy sektorida davlat ulushi keskin kamaytirildi. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga olingan korxonalarning umumiy sonida nodavlat mulk korxonalarining ulushi 86,5 foizga yetdi. Shundan 27,5 foizini xususiy korxonalar, 1,8 foizini chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 57,2 foizini boshqa mulkchilik shakllaridagi korxonalar tashkil etdi. Agar 1990 yilda YaIMning 38,1 foizi nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1998 yilda 67,7, 2005 yilda 77,8, 2016 yilda esa 81,3 foizni tashkil etdi. 2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foiz ko‘paydi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million AQSh dollariga yetdi, 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi. Aholi uchun arzon va sifatli barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 200 ming kvadrat metrdan ziyod ko‘p qavatli uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda. Mamlakatimizda YaIM o‘sish sur’atlari barqarorligining ta’minlanishi iqtisodiyotimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining izchil va samarali olib borilayotganligidan dalolat beradi. Natijada O‘zbekiston iqtisodiyotida nodavlat sektori salmoqli ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi 38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1998 yilda 67,7 foizni, 2006 yilda 77,8 foizni, 2008 yilda 79,4 foizni, 2009 yilda 81,3 foizni, 2010 yilda 81,7 foizni, 2011 yilda 82,5 foizni, 2014 yilda 82,9 foiz, 2015 yilda 82.9 foizni, 2016 yilda esa 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq – 99,9 foizga yetdi. Tadbirkorlik, o‘rta va kichik biznesga keng yo‘l berilgani natijacida mamlakatimizda 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari 2001-2003 yillarda o‘rtacha 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7 foizdan, 2007 yildan buyon o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda. Ma’lumki, yurtimizda xususiylashtirish jarayoni mulkni haqiqiy mulkdorlarga berish, iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgarish uchun real shart-sharoitni yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, iqtisodiyotda ko‘p ukladlikni hamda raqobat muhitini shakllantirish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni barpo etishdek strategik vazifalarni bajarishga qaratilgan. Umuman olganda, xususiylashtirish masalasi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, mazkur sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam ravishda takomillashtirishga, to‘plangan amaliy tajribani boyitishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, bu o‘z navbatida samarali natijalarni bermoqda. Jumladan, davlat aktivlarini xususiylashtirishda narxni pasaytirishning yangi mexanizmlari tatbiq etila boshlandi. Bunda, ular bahosini 50 foizgacha, oyiga 10 foizdan pasaytirish mexanizmi joriy etildi. Bu tadbirkorlik sub’ektlarining xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan davlat korxona va ob’ektlarini sotib olishga qiziqtirmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri bu investor uchun yaratilgan turli imtiyozlardir. Masalan, ayrim davlat mulkidan ijara asosida foydalanayotgan hamda o‘z majburiyatlarini talab darajasida bajarayotgan tadbirkorlarga mazkur mulkni sotib olishda ustunlik huquqlari berilgan. Ushbu qulayliklar va yengilliklar xususiylashtirish dasturlari ijrosining ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda. Agar 2010-2013 yillarda o‘rtacha yillik xususiylashtirilgan davlat aktivlari soni 100 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2014 yilda mazkur ko‘rsatkich 288 tani, 2015 yilda 848 tani, 2016 yilda esa 609 tani tashkil etdi. 2015 yilda davlat aktivlarini sotishdan tushgan pul mablag‘lari 103,2 mlrd. so‘mni, 2016 yilda esa 164,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 2016 yilda hududlar kesimida davlat aktivlarini sotishdan tushgan pul mablag‘larining asosiy qismi Toshkent shahriga (barcha pul mablag‘larining 55,0 foizi), Toshkent (10,0 foiz), Farg‘ona (6,1 foiz), Namangan (5,3 foiz), Buxoro (4,6 foiz) viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Xususiylashtirish borasida erishilgan yutuqlar bilan birga hali ko‘plab o‘z yechimini kutayotgan masalalar borligini ham aytib o‘tish lozimdir. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilishi maqsadida mamlakatimizning ko‘plab tuman, shahar va viloyatlariga tashrifi chog‘ida xususiylashtirilgan korxonalar egalari ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanmayotgani, korxonalarni uzoq, muddatli rivojlantirish bilan shug‘ullanmayotgani, ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilmayotgani, mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega zamonaviy texnologiyalar joriy etilmayotganini tanqid qildilar. Mamlakatimizda ilgari xususiylashtirilgan, ammo hozirgi kunda bo‘sh turgan va to‘liq ishlamayotgan ob’ektlar soni anchagina.Haqiqatda ham, bunday kamchiliklar mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud. Jumladan, Toshkent viloyatining tumanlari misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, 2017 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra bo‘sh turgan yoki to‘liq ishlamayotgan ob’ektlar soni Bekobod tumanida – 33ta , Bo‘stonliq tumanida – 47 ta, Qibray tumanida – 11ta, Chinoz tumanida – 47 ta, Yangiyo‘l tumanida – 23 ta, Chirchiq shahrida – 70 ta , Angren tumanida – 63 tani tashkil etadi. Bunday ob’ektlar 2017 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra, Andijon viloyati bo‘yicha – 283 ta, Sirdaryo viloyati bo‘yicha – 237 ta, Samarqand viloyati bo‘yicha 310 ta, Navoiy viloyati bo‘yicha – 123 tani tashkil qilgan. Bunday salbiy holatlarni mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham kuzatish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 40 mingta xususiylashtirilgan ob’ekt qayta xatlovdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 3 ming 900 tasi bo‘sh turgani yoki to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani aniqlangan. Ushbu ob’ektlarning 2700 tasi faoliyatini qayta tiklash yoki ular negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish bo‘yicha loyihalar va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Ushbu loyihalar doirasida 2,7 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 25 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Bugungi kungacha (ya’ni 2017 yil 1 noyabrgacha) 420 korxona faoliyati qayta tiklangan, yil yakunigacha yana 1800 ob’ektda ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. 2017 yilning 10 oyi mobaynida 408 davlat ob’ekti xususiy mulkdorlarga sotilgan. Ularning 278 tasi 1,6 trillion so‘mlik investitsiya kiritish va 10 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” qiymatida sotilgan. Bugungi kunda yana 388 davlat ob’ekti sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 161 tasini “nol” qiymati bo‘yicha berish rejalashtirilgan. Respublikamiz Prezidentining Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida shunday deyiladi: “Biz bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini o‘zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o‘rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etiladi.” Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatda tadbirkorlik ruhini qaror toptirib, rivojlantirish va shu asosda kishilarda mulkdorlik tuyg‘usini uyg‘otishga jiddiy e’tibor qaratildi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonun mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun asos yaratdi. Hyech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda ishchi kuchi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanmoqda. Masalan, 2000 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo‘lganlar soni 6737 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, ularning soni 10392,5 ming kishini yoki hozirgi kunda mamlakatimizdagi ish bilan band aholining 75 foizidan ortig‘ini tashkil etdi. 2000 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 50,1 foizi shu sohaga tegishli bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich 78,1 foizga yetdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda band bo‘lgan aholi 2000 yilda 73,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich 100,0 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlarini yetishtirish hamda qurilish sohasida ham keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasi o‘laroq, keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi sezilarli ravishda ortib bormoqda. Jumladan, 1992 yilda kichik biznesning YaIM hajmidagi ulushi atigi 1,5 foiz darajasida bo‘lsa, 2000 yilda 31 foizga, 2007 yilda 45,7 foizga, 2009 yilda esa 50,1 foizga, 2010 yilda 52,5 foizga, 2011 yilda 54,0 foizga, 2012 yilda 54,6 foizga, 2013 yilda 55,8 foizga, 2014 yilda 56,1 foizga, 2015 yilda 56,7 foizga, 2016 yilda 56,9 foizga yetgan. Bunday ijobiy natija kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM hajmidagi ulushini 2017 yilda 60 foizdan ziyodga, 2020 yilda esa 63 foizga yetkazishni mo‘ljal sifatida belgilashga to‘liq ishonch va imkon yaratadi. 2005-2017 yillar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishida tub burilish yasadi. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‘lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o‘rinni egallamoqda. Bunga ko‘p jihatdan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e’tibor berilayotgani tufayli erishildi. Keyingi yillarda qabul qilingan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmon va qarorlar iqtisodiyotimiz rivojida o‘ziga xos yangi davrni boshlab berdi. Jumladan, «Tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida», «Tadbirkorlik sub’ektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarligi uchun moliyaviy javobgarligini erkinlashtirish to‘g‘risida», «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida», «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlar hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq, investitsiya iqlimini yaxshilash qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda kichik biznes va xususiy ta’dbirkorlikni jadal rivojlantirishning rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan qisqa fursat ichida mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qator qonunlar, Prezidentning 20dan ortiq farmon va 35dan ortiq qarori qabul qilindi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada dasturulamal bo‘lib hizmat qilayotir. Bunday hujjatlar tufayli tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi yanada mustahkamlandi. Ularning faoliyatini asossiz cheklash yoki chetdan noqonuniy aralashuvlarning yo‘liga qat’iy to‘siq qo‘yildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralari endilikda faqat sud orqali qo‘llaniladi. Bu esa nazorat organlari xodimlarining o‘z ishiga yanada mas’uliyat bilan yondashishini taqozo etadi. Boisi, ular tekshiruv yakuni bo‘yicha tadbirkorga jarima qo‘llash lozim bo‘lsa, buni sud hukmiga havola etadi. Barcha hujjat va dalillar sud tomonidan xolis va chuqur o‘rganilib, da’vo asosli bo‘lsagina, bu haqda qaror chiqariladi. Tadbirkorlar tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimi takomillashtirilib, uni qonunga xilof ravishda talab etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq, shuningdek, javobgarlikni qo‘llashning xalqaro umumhuquqiy tamoyillaridan kelib chiqqan holda yangi qoidalar joriy etildi. Jumladan, noqonuniy tekshirish natijasida mulkdorlar huquqlarini buzganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha chora ko‘riladi. Jumladan, 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilishi bilan barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni 2 yilga to‘xtatish lozimligi qayd etildi. Tekshirishlar soni yanada qisqartirilib, qat’iy tartibga solingani esa tadbirkor erkinligining haqiqiy kafolati bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha xizmat ko‘rsatish, nazorat va boshqa idoralarning asosiy faoliyati tadbirkorlar manfaatini qondirishga xizmat qilishga yo‘naltirildi. Yangi qonunlarda yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutuvchi xususiy tarmoqning izchil rivojlanishiga yo‘l ochmoqda. Zero, tadbirkorlikning rivoji mamlakatimiz ishlab chiqarish salohiyatining yanada ortishi xalqimiz turmush darajasining yuksalishi kafolatidir. Kezi kelganda, kichik biznesning jadal rivojlanishida avvalo, mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajada rag‘batlantiruvchi rol o‘ynayotganligini ta’kidlash lozim. Masalan, 1996-2016 yillar mobaynida kichik biznes sub’ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 5 foizga yoki 7,6 martaga qisqartirildi. O‘sish, o‘zgarish, yuksalish o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Ma’lumki, mamlakatda olib borilgan soliq siyosati jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan asosiy iqtisodiy dastaklardan biri hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotga nisbatan soliq yuki 1995 yilda 41,2 foiz, 2000 yilda 39,5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 20,6 foizga teng bo‘ldi. Soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibiga o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlari bir nechta soliq va majburiy to‘lovlar o‘rniga yagona soliq to‘lovini to‘laydilar, ushbu soliqning asosiy stavkasi 2010 yilda 7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilda 6 foiz, 2013 yilda esa 5 foiz etib belgilandi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi stavkasining yildan-yilga pasaytirib borilishi kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi oshishiga xizmat qilmoqda. Masalan, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000 yilda 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 56,9 foizga yetdi. Barcha tadbirlar natijasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlarining soni 2015 yil davomida 32,2 mingtaga oshib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 226 mingdan ziyodni (dehqon va fermer xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil etdi. Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish yo‘lida ko‘p ishlar qilindi. Jumladan, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes sub’ektlarini ro‘yxatga olish, ruxsat berish jarayonlari sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning oshkoraligi ta’minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilinib, kamaytirildi, mahsulotlarni standartlash va sertifikatlash tizimi takomillashtirildi, birja savdolarini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy-texnik resurslardan erkin foydalanishi bilan bog‘liq ko‘p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizing yo‘li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yangi shakllari joriy etildi va bular o‘z navbatida, o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Shuni ham ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu oilalarning barqaror daromad manbaini shakllantirib, turmush darajasini tobora yaxshilanib borishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu yo‘nalishdagi ishlarning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilayotir. “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar izchil olib borilmoqda. Misol uchun, 2012 yilda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadlari uchun 91,3 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, 2016 yilda ushbu raqam 367,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda 8 mingdan ortiq oilaviy korxonalar mavjud. Tijorat banklari aholiga bank xizmatlari ko‘rsatish bilan birga, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, daromadini oshirish, ish bilan ta’minlashda ham samarali ishlar olib bormoqda. Jumladan, loyihalarda yaratiladigan ish o‘rinlariga qarab beriladigan kreditning yillik stavka foizi pasayib boradi. Bitta ish o‘rni yaratgan tadbirkor uchun 9 foiz, ikkita ish joyi yaratganlik uchun 8 foiz, beshta va undan ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkorning kredit stavkasi 6 foiz qilib belgilandi. Bu loyihalardan maqsad xalqimiz farovonligini oshirish va turmush sharoitini yanada yaxshilashdir. Yana bir quvonarli voqyea shundan iborat bo‘ldiki, yaqinda O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasida yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki uchun 100 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi taqdim etiladigan bo‘ldi. Undan 70 million AQSh dollari kichik biznes biznes sub’ektlarini moliyalashtirishga, 30 million AQSh dollari esa savdo sohasiga yo‘naltiriladi. yevropa banki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqib, yaqin istiqbolda moliyalashtiriladigan loyihalar sonini ko‘paytirishni rejalashtirgan. Iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, tijorat sohalarida qo‘shimcha 15 ta loyihani ro‘yobga chiqarish ko‘zda tutilyapti. Qay tomonga qaramaylik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo‘lamiz. 2016 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining 56,9 foizi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 45 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, iqtisodiyotda jami ish bilan band bo‘lgan aholining 78,1 foizi shu sohada faoliyat yuritmoqda. 2016 yilda 31,8 mingta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi. Bu 2015 yilning shu davridagidan 18,1 foiz ko‘p demakdir. O‘zbekistonda 2017 yil 1 mart holatiga ko‘ra, 380 mingdan ortiq xo‘jalik sub’ektlari faoliyat yuritmoqda, shundan yirik korxonalar soni 2337 taga, kichik korxonalar soni 217 ming 406taga yetdi. Fermer ho‘jaliklari esa 160 mingdan ortiqdir. Birgina 2017 yilning o‘tgan davrida 23 mingga yaqin fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha tarmoqlar tashkil etilib, servis xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Jahon bankining 2017 yil 31 oktabrida e’lon qilingan “Biznesni yuritish 2018: ish o‘rinlari yaratish uchun islohotlar” ma’ruzasiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 190 davlati ichida 74 o‘rinni egallab, o‘tgan yildagi mavqyeini bir yo‘la 13 pog‘ona yaxshiladi. Qolaversa, mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha islohotchi davlatlarning birinchi o‘ntaligiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Amalga oshirilayotgan islohotlar O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va biznes yuritish sharoitlarini soddalashtirish bo‘yicha yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida yetakchiga aylanishiga imkon berdi. Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimining tubdan takomillashtirilgani tufayli O‘zbekiston korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichi bo‘yicha 11-o‘rinni band etdi. 2017 yilning 1 aprelidan boshlab mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ishlay boshladi, unga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish jarayoni avvalgi ikki ish kuni o‘rniga atigi 30 daqiqani band etmoqda. Tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni onlayn tarzda to‘ldirilgan ariza asosida amalga oshirilmoqda. 2017 yilning 9 oyi davomida o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 1,3 marta ko‘p biznes sub’ektlari tashkil etilganining o‘ziyoq mamlakatimizda biznes ochishning naqadar oson ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatimiz xalqi shundan xursandki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yurtimiz ravnaqi yo‘lida boshlagan samarali ishlari, yuksak azmu shijoat bilan davom ettirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning ezgu sa’y-harakatlari, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan mehnat qilib, barchaga ibrat bo‘layotgani O‘zbekistonni istiqbolda nihoyatda farovon kunlar kutayotganidan darak beradi. Hozirgi kunda ertamizni o‘ylab, yurtimiz haqida qayg‘urib qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlar hamda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham O‘zbekiston yangi marralarni ko‘zlayotgani va mamlakatimiz o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo‘yganidan darak beradi, bu islohotlar o‘z navbatida mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini yanada ko‘tarilishiga qaratilgandir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “…tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda ta’minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi… Yana bir bor alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman: tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lishni davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilish kerak”. Zero, Prezidentimiz Oliy Majlisga taqdim qilgan Murojaatnomada qayd etilganidek, “…xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko‘ngil, bag‘rikeng xalqimiz bunga to‘la haqlidir” Xullas, halqimiz farovonligini yuksaltirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash – asosiy vazifamizdir, deb ta’kidlaydi yurtboshimiz 2.2 Davlat budjetini muvofiqlashtirish va soliq siyosati. O’zbekiston tashqiiqtisodiy siyosatini tartiblash xususiyatlari. Budjet kodeksi barcha manfaatdor taraflarni budjet tizimi va budjet jarayoni to’g’risidagi keng qamrovli hamda ishonchli axborot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Budjet kodeksida budjet tizimini boshqarish asoslarini tartibga solish, uning tushunchalari va tuzilishi tamoyillari, budjet tasnifi tuzilmasi, tarkibi va qo’llash tamoyillari belgilangan. Budjet kodeksida davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari tuzilmasi, davlat budjeti hamda uning tarkibiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlari aks ettirilgan. Istiqbolda O’zbekistonda davlat budjeti daromadlarida bevosita soliqlar tushumini orttirish maqsadida quyidagi yo’nalishlarda o’zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq:mamlakatimizda soliq imtiyozlaridan foydalanishning aniq yo’nalishini ishlab chiqish. Ishlab chiqiladigan yo’nalish mahalliy ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashga va amalda natija beradigan imtiyozlarni joriy etishga asoslanishi zarur bo’shayotgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirish sharti bilan berilgan soliq imtiyozlarini hisoblashda aniqlangan tafovutlarni budjetga moliyaviy jarimalar qo’llagan holda undirish amaliyotini keng joriy etish Respublika tashqi iqtisodiy aloqalari intensifikasiyaning kelib chiqish shart-sharoitlari quyidagilar: Milliy xalq xo’jaligi majmui infratuzilmasining yuzaga kelishi, respublikani jahon xo’jaligi aloqalariga keng miqyosda jalb eta oladigan yirik ilmiy potensialining jamul-jamligi Eksport potensialining yuqori darajada ekanligi Nisbatan olganda arzon ishchi kuchiga ega bo’lishi mumkinligi Tegishli kooperasiya va hamkorlikdagi sarmoyalar yordamida raqobatga bardoshli mahsulotlarni yuqori darajada tayyorlay oladigan ishlab chiqarishni qisqa vaqt ichida yaratish potensialining mavjudligi XULOSA
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, be’ul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi. 2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davlatning faoliyati tushuniladi. 3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari orqali ifodalanib, ular asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi, ya’ni: bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va boylikni qayta taqsimlash; resurslarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyastiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. 4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning bevosita ta’sir qilish usullari foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri, ma’muriy tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – trans’ort, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish va h.k. 5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning ‘ul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini to’adi. ‘ul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi o’erastiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR: Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.: «O’zbekiston» 1998. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.: «O’zbekiston». 2000. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratiyalashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va islox etishdir. T.: «O’zbekiston» 2005. O’zbekiston Respublikasi soliq kodeksi. T.: «Adolat», 1999. «Byudjet tizimi to’g`risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuni, 14 dekabr, 2000 y. Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Moliya» nashriyoti, 2002. XX bob, 323-336-b. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matniG`Mualliflar jamoasi.-TDIU. IPO "Polipaper", 2005 Borisov E. F. Ekonomicheskaya teoriya: ucheb. – 2-e izd., pererab. i dop. – M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2005, s.477-490. Ioxin V.Ya. Ekonomicheskaya teoriya: Uchebnik G` V.Ya. Ioxin. – M.: Ekonomist', 2005, s.635-652, 654-670. www.pca.uz Download 102.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling