Ta’lim vazirligi
SELECT Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Maydoni FROM
Download 1.12 Mb.
|
RustamovaZ 2-amaliy mashg'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzbekiston
- Odatda, MBBT standart funksiya turlarini qo’llab-quvvatlaydi, ya’ni
- 1. Matnni qayta ishlash SQL funksiyalari
- SELECT
SELECT Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Maydoni FROM Uzbekiston WHERE Markazi LIKE '[!AB]*' ORDER BY Viloyatlar Yuqorida bajarilgan so’rov quyidagicha o’qiladi. Uzbekiston jadvalidagi Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Maydoni ustunlarini tanlang va faqat Markazi maydonidagi viloyatlar nomida A yoki B harfi bilan boshlanmaydigan yozuvlarni tanlang. Bundan tashqari, “kvadrat qavslar” metasimvoldagi harflar to’plami faqat matndagi bitta pozitsiya uchun javob beradi. NOT operatoridan foydalansak, shunday natija olishimiz mumkin. Ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalari Ko’pgina dasturlash tillarida bo’lgan kabi, SQLda ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalari mavjud. Shuni ta’kidlash kerakki, SQL operatorlaridan farqli ravishda, funksiyalar MBBT ning barcha turlari uchun standartlashtirilmagan, ya’ni ma’lumotlar ustida bir xil operatsiyalarni bajarish uchun, turli MBBTlar o’zlarining funksiya nomlariga ega. Bu shuni anglatadiki, bitta MBBTda yozilgan so’rov kodi boshqasida ishlamasligi mumkin va buni hisobga olish kerakligini bildiradi. Eng muhimi, bu matn ma’lumotlarini qayta ishlash, ma’lumotlar turlarini almashtirish va sanalarni boshqarish uchun funksiyalarga tegishli. Odatda, MBBT standart funksiya turlarini qo’llab-quvvatlaydi, ya’ni: matnni qayta ishlash uchun ishlatiladigan matn funksiyalari (matndagi belgilarning bir qismini ajratib olish, uzunligini aniqlash, belgilarni katta yoki kichik harflarga o’tkazish…) Sonli funksiyalar. Sonli qiymatlar ustida matematik operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladi. Sana va vaqt funksiyalari (san ava vaqtni manipulyatsiya qilish, sanalar orasidagi davrni hisoblash, sana to’g’riligini tekshirish va boshqalar). Statistik funksiyalar (maksimal / minimal qiymatlarni, o’rtacha qiymatlarni hisoblash, miqdorlarni va yig’indilarni hisoblash uchun …) Tizim funksiyalari (MBBT, foydalanuvchi va boshqalar haqida har xil turdagi xizmat ma’lumotlarini taqdim etadi). 1. Matnni qayta ishlash SQL funksiyalari Access-da SQL ning matnni qayta ishlashning quyidagi funksiyalari mavjud: LEFT () – matndagi belgilarni chapdan qirqib olish; RIGHT () – matndagi belgilarni o’ngdan qirqib olish; MID () – matn o’rtasidan belgilarni qirqib olish; LEN () – matndagi belgilar sonini olish; UCase () – belgilarni katta harfga o’zgartiradi; LCase () – belgilarni kichik harfga o’zgartiradi; LTim () – matnning chap qismidagi barcha bo’sh belgilarni olib tashlaydi; RTrim () – matnning o’ng tomonidagi barcha bo’sh belgilarni olib tashlaydi; Trim () – matnning ikkala tomonidagi barcha bo’sh belgilarni olib tashlaydi UCase () funksiyasi yordamida Uzbekiston viloyatlarini katta harfga o’tkazish: SELECT Viloyatlar, UCase(Viloyatlar) AS UCase_Viloyatlar FROM Uzbekiston Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling