SELECT Viloyatlar, Maydoni, Tashkil_etilganligi, DatePart("w", Tashkil_etilganligi) AS HAFTA
FROM Uzbekiston
Hisoblanadigan maydonlar
1.Matematik amallarni bajarish
Hisoblanadigan maydonlardan foydalanish usullaridan biri tanlangan ma’lumotlarga matematik amallarni bajarishdir. Uzbekiston jadvalidan yana foydalanib, bu qanday amalga oshirilishini qaraymiz.
Har bir viloyatning necha yilligini hisoblaymiz. Buning uchun Tashkil_etilganligi maydonidan viloyatlarning tashkil etilgan yilni ajratib olamiz va jori yilni aniqlash (Year(Date()))dan ayiramiz.
SELECT Viloyatlar, Maydoni, Tashkil_etilganligi, Year(Date())-DatePart("yyyy", Tashkil_etilganligi) AS yil
FROM Uzbekiston
Viloyatlardan tumanlar soni 8 ta bo’lgan viloyatlarni aniqlaymiz, buning uchun COUNT () funksiyasidan foydalanamiz:
SELECT COUNT (*)
FROM Uzbekiston
WHERE Tumanlar_soni = 8
Yuqorida tumanlar soni 8 ta bo’lgan viloyatlar soni 3 ta ekanligini ko’rish mumkin.
2. Psevdonimlardan foydalanish
Oldingi misolda viloyatlardan tumanlar soni nechta ekanligini hisobladik va hisoblangan qiymat EXPR1000 maydonida aks etdi. Biroq, kelajakda ushbu maydonga murojaat qilish biz uchun noqulay, chunki uning nomi ma’noga ega emas (MBBT maydonga bergan nom – Expr1000). So’rovda oldindan ko’rsatgan holda maydonni nomlash, ya’ni psevdonim berish mumkin.
Avvalgi misolni qayta yozib va hisoblanadigan maydon uchun psevdonim beramiz:
SELECT COUNT (*) AS Tumanlar_soni_umumiy
FROM Uzbekiston
WHERE Tumanlar_soni = 8
Hisoblanadigan maydon tumanlar_soni_umumiy nomini oldi. Buning uchun AS operatoridan foydalaniladi, operatordan so’ng kerakli nomni ko’rsatiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, SQL-da faqat asosiy matematik operatsiyalar qo’llab-quvvatlanadi: qo’shish (+), ayirish (-), ko’paytirish (*), bo’linish (/). Amallar bajarilishi tartibini o’zgartirish uchun qavslardan ham foydalanish mumkin.
Psevdonimlar ko’pincha nafaqat hisoblangan maydonlarni nomlash uchun, balki mavjud maydonlarni qayta nomlash uchun ham ishlatiladi.
3. Maydonlarni birlashtirish (ulash)
Matematik amallardan tashqari, matnlarni birlashtiramiz va uni alohida maydonda aks ettirish mumkin. Matnlarni ulash (birlashtirish):
SELECT Viloyatlar + ' ' + Markazi AS VIL_Mar
FROM Uzbekiston
Yuqoridagi misolda ikkita ustundagi qiymatni birlashtiriladi va natijani yangi Vil_Mar degan maydonga chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |