SQL –da bo’sh yozuvlarni olish uchun maxsus operator mavjud (NULL deb nomlanadi). Jadvalda biron bir belgi bo’lmagan har qanday yacheyka bo’sh yozuv deb hisoblanadi. Agar yacheyka 0 yoki bo’sh joy kiritilgan bo’lsa ham, maydon to’ldirilgan hisoblanadi.
SELECT Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Aholisi, Maydoni, Muzeylar
FROM Uzbekiston
WHERE Aholisi IS NULL
3. Kengaytirilgan filtrlash (AND, OR)
SQL tili bitta shart bilan filrlash bilan chegaralanmaydi. Ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida ko’plab mezonlarga ko’ra tanlash uchun juda murakkab shartlardan foydalanish mumkin. Buning uchun SQL-da WHERE operatorining imkoniyatlarini kengaytirilgan qo’shimcha operatorlar mavjud. Ushbu operatorlar: AND, OR, IN, NOT. Bu operatorlarning ishlashiga doir bir nechta misollar keltiriladi.
SELECT Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Aholisi, Chegaradosh_Respublikasi
FROM Uzbekiston
WHERE Viloyatlar = ‘Samarqand’ AND Muzeylar = ‘Afrosiyob’
SELECT Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Aholisi, Maydoni, Muzeylar, Chegaradosh_Respublikasi, Tumanlar_soni
FROM Uzbekiston
WHERE Chegaradosh_Respublikasi = ‘Tojikiston’ OR Tumanlar_soni = 8
Do'stlaringiz bilan baham: |