Ta’lim vazirligi


Download 1.12 Mb.
bet5/8
Sana07.12.2020
Hajmi1.12 Mb.
#162219
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
RustamovaZ 2-amaliy mashg'ulot


NOT kalit so’zi tanlovdan keraksiz qiymatlarni olib tashlashga imkon beradi. Bundan tashqari, uning xususiyati shundaki, u filtrlashda ishtirok etgan ustun nomidan keyin, balki oldin joylashtiriladi.

Yuqoridagi jadvalda, chegaradosh respublikasi faqatgina Tojikiston,Afgoniston va Qozogiston respublikalarning viloyatlarini olib tashlab, qolganlarini saqlagan holatda jadval namoyon bo’lgan.



O’rin almashtirish simvollari va regulyar ifodalar (LIKE)

Ma’lumotlarni filtrlash uchun tanlash shartning aniq mosligi bilan emas, balki taxminiy qiymati bo’yicha bajarish kerak bo’ladi. Masalan, Viloyatlar ma’lum bir shablonga mos keladigan yoki ba’zi simvollar yoki so’zlarni o’z ichiga olgan viloyat qidiriladi. Buning uchun SQL tilida taxminiy qiymatlarni qidiradigan LIKE operatori mavjud. Bunday shablonni yaratish uchun metasimvollar (qiymatning bir qismini topish uchun maxsus belgilar) ishlatiladi. Bular: “foiz belgisi (%) yoki yuzduzcha (*), “Tag chiziq” (_) yoki “so’roq belgisi” (?), “kvadrat qavslar” ([]).



1. Foiz belgisi (%) yoki yulduzcha (*) metasimvoli

Masalan, jadvaldan faqat daryo so’zini o’z ichiga olgan viloyatlarga tegishli yozuvni tanlaylik. Buning uchun tegishli shablonni yaratamiz:



SELECT Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Maydoni

FROM Uzbekiston

WHERE Viloyatlar LIKE '*daryo*'

ORDER BY Viloyatlar

WHERE Viloyatlar LIKE '*daryo*' buyrug’i natijasida ma’lumotlar bazasidagi faqat Viloyatlar ustunida daryo so’zini o’z ichiga olgan yozuvlar tanlangan. Agar (*) so’z boshidan qo’yilsa '*daryo*' viloyatlardan oxiri daryo bo’lib tugaydigan viloyatlar haqidagi yozuvlarni chiqaradi.



SELECT Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Maydoni

FROM Uzbekiston

WHERE Viloyatlar LIKE '*daryo'

ORDER BY Viloyatlar

Yuqoridagi jadvalda daryo so’zi faqat so’zni oxirda yozilganligini uchun shu viloyatlarni chiqarib berdi.

Agar (*) so’z oxiridan qo’yilsa ya’ni ‘daryo*’ viloyat nomining boshlanish qismida bo’lgan viloyat nomlarini chiqarib beradi.

Yuqoridagi misollarda yulduzcha (*) metasimvoldan foydalanildi, chunki Access MBBT ning LIKE operatori foiz belgisini (%) qo’llab-quvvatlamaydi.



3. Kvadrat qavslar ([ ]) metasimvoli.

Kvadrat qavslar ([ ]) metasimvoli bir vaqtning o’zida izlash uchun simvollar to’plamini ko’rsatishda ishlatiladi.



SELECT Tartib_raqami, Viloyatlar, Markazi, Tumanlar, Maydoni

FROM Uzbekiston

WHERE Markazi LIKE '[AB]*'

ORDER BY Viloyatlar

Yuqoridagi javdalda viloyat “Markaz”I A yoki B harfi bilan boshlanadigan yozuvlarni tanlandi, bundan tashqari teskari harakatni bajarish uchun, boshqa metasimvoldan foydalanish mumkin. Ifodaga “ teng emas” ni bildiruvchi (!) undov belgisini (Access MBBTuchun) yoki darajaga ko’tarish belgisini (^) (boshqa MBBT lar uchun) qo’shiladi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling