Таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM
Download 3.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ХАЛҚАРО-ҲАМКОРЛИК-ВА-ИННОВАЦИЯЛАР-ТИББИЙ-ТАЪЛИМ-ИСЛОҲОТЛАРИНИНГ-АСОСИДИР
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM
SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI Akramova M.Yu. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Umumiy xirurgiya, topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari kafedrasi Dolzarbligi. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha ta’limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Pedagog bu jarayonda talabaning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari- interaktiv metodlar, Innovotsion texnologiyalarning o’rni va ro’li benihoya kattadir. Maqsad va vazifalar. Zamonaviy ta’limning mohiyatini ochib berish, pedagog faoliyatini keng qamrovli yoritish. Bo’lajak vrachlarga kasbiy mahorat va amaliyotga ijodiy yondoshisda o’qitishning yangi usullarini qo’llash. Qo’llanilgan usullar. An’anaviy va interfaol usullar. Olingan natijalar muhokamasi. Innovatsiya (inglizcha innavation)- yangilik kiritish demakdir. Innovotsion texnologiyalar pedagogik faoliyatga hamda talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa 229 bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. O’qitish jarayonida maqsad va natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi, shu jumladan, aqliy xujum, Venn diagrammasi, B-B-B, Sinkveyn usuli, Klaster va Insert usullari pedagog va talaba o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, o’quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olsalar, izlansalar, tahlil etib o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga, gurug esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Download 3.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling