1.Tekisliklarning parallellik sharti. Q1 va Q2 tekisliklar faqatgina ularning normal vektorlari va parallel (kollinear) bo’lganligida parallel bo’ladi (63-chizma).
Shuning uchun ikki vektorning parallellik shartidan
(7.10)
ga ega bo’lamiz. Bu tekisliklarning ham parallellik shartidir. Demak ikki tekisliklarning mavjud koordinatalari oldidagi koeffitsientlari proporsional bo’lganda va faqat shu holdagina ular parallel bo’lar ekan.
Endi berilgan М1(х1;у1;z1) nuqtadan
|
7-rasm
|
А1х+В1у+С1z+D=0 (**)
tekislikka parallel o’tkazilgan tekislik tenglamasini topamiz. Buning uchun М1(х1;у1;z1) nuqtadan o’tuvchi tekislik tenglamasini yozamiz. Uning
А(х-х1)+В(у-у1)+С(z-z1)=0 (***)
ko’rinishga ega ekanligi ma‘lum. Bu tekislik berilgan (**) tekislikka parallel bo’lishi uchun
shart bajarilishi kerak. Demak
А=А1,В=В1,С=С1
deb olishimiz mumkin. Ushbu qiymatlarni tekislik tenglamasi (***)ga qo’yib А1(х-х1)+В1(у-у1)+С1(z-z1)=0 (7.11) tenglamani hosil qilamiz. Bu tenglama berilgan tekislikka parallel o’tkazilgan tekislik tenglamasi.
10–misol. Koordinatalar boshidan х+у+z=1 tekislikka parallel o’tkazilgan tekislik tenglamasi tuzilsin.
Yechish. Bu yerda х1=у1=z1=0 va А1=В1=С1=1 bo’lgani uchun (7.11) ga binoan х+у+z=0 tenglamaga ega bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |