O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SHAHARLARGEOGRAFIYASIVAGEOURBANISTIKAASOSLARI
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
500000-Tabiiy fanlar, matematika va statistika
|
Ta’lim sohasi:
|
530000- Fizikaga oid fanlar
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60530400-Geografiya
|
Farg‘ona-2023
Fan/modulkodi
SHGB206
|
O‘quvyili
2023-2024
|
Semestr
3
|
ECTS - Kreditlar
7
|
Fan/modulturi
Majburiyfanlar
|
O‘zbek
|
Haftadagidarssoatlari
6
|
1.
|
Fanningnomi
|
Auditoriyamashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqilta’lim (soat)
|
Jamiyuklama
(soat)
|
Shaharlargeografiyasivageourbanistikaasoslari
|
90
|
120
|
210
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslarining bosh tushuncha va kategoriyalarini, nazariy asoslarini, mamlakat va rayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatiga oid nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi-fanning asosiy tamoyillari, qonuniyatlarini, tadqiqot uslubiyoti va uslublarini o‘rganish, shaharlarning aholi va ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishdagi o‘ziga xos o‘rni, shaharlar to‘ri va tizimlarini jahon, mamlakat va rayonlarda tarqalish, joylashish va rivojlanishining sharoit va omillarini, qonuniyat hamda xususiyatlarini o‘rgatish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari” fanining ob’yekti va predmeti, uni o‘rganishdagi asosiy vazifa va usullar.
Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari fanining Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya fanining alohida tarmog‘i sifatida shakllanishi. Shaharlarning ishlab chiqarish va aholini hududiy tashkil etilishida tutgan o‘rni, fanning ob’yekti, predmeti, vazifalari. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi, o‘rganish uslublari. Shaharlarni geografik o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |