Tadqiqot maqsadi va vazifaning qo’yilishi. Yuqoridagi ma‘lumotlardan ma‘lumotlarni intellektual tahlil etish choralaridan kelib chiqqan holda dissertatsiyaning asosiy maqsadi ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishda klasterizatsiya masalasi algoritmlarini qiyosiy tahlil qilish hamda dasturiy ta‘minotlar asosida tahlilini berishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun dissertatsiya ishida quyidagi masalalar echilgan:
intellektual tahlil (Data Mining) bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish;
ma‘lumotlar intellektual tahlilida kalasterizatsiya usullarini tavsiflash va qiyosiy tahlil qilish;
ma‘lumotlarni intellektual tahlilning klasterizatsiya usullari uchun dasturiy ta‘minotlarini tadqiq qilish;
klasterizatsiya usulida ma‘lumotlarni intellektual tahlilini amaliy masalalarga taqbiq etish.
Data Mining vazifalarining eng umumiy tasniflari (tasniflash,klasterlash,bashorat qilish,birlashma,vizualizatsiya) foydalanish.
Amalga oshirilgan tadqiqot masalalarida ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishni tashkil etishning klasterizatsiya masalasi asosiy algoritmlarini qiyosiy tahlil etish hamda o’qitishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan dasturiy vositasi asosida qilingan tahlillar samarasini oshirishi ko’rsatib berilgan.
I bob bo‘yicha xulosalar
1. Intellektual tahlil haqida tushuncha. Ma‘lumotlarni intellektual tahlil etish tizimlarini turli xildagi ko’rinishlari Data Mining ning qo‘llanilish sohalari hamda tahlil etish jarayoni usullari asosi keltirilgan.
2. Ma‘lumotlarni intellektual tahlil etishning usullari va dasturiy maxsulotlari keltirilgan.
3. Ma‘lumotlar to‘plamining turlari, ma‘lumotlar bazasi berilish usullari xamda Data Mining usullari va bosqichlari keltirilgan.
4. Ushbu ishlarning tahlili natijalari asosida dissertatsiya ishining asosiy maqsad va vazifalari ishlab chiqildi.
II BOB. INTELEKTUAL TAHLIL METODLARIDAN FOYDALANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |