Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxasissligi Ahmedov Abdulaziz Mashrabovich


Yoritgichlar va ularni joylashtirish


Download 1.7 Mb.
bet17/21
Sana14.03.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1268119
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Intelektual tahlil metodlarini ta\'lim jarayonida qo\'llash

Yoritgichlar va ularni joylashtirish. Yorug‘lik manbalari yoritish armaturasi joylashadi va ular birgalikda yoritgichlar yoki chiroqlar deb ataladi. Yoritgichlar konstruksiyalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi:
1) nur oqimining yo‘nalishini ishchi yuzalar tomonga qayta taqsimlanishini ta‘minlash;
2) lampaning nur tarqatayotgan yuzalarining yaraqlab ko‘zga ta‘sir ko‘rsatishidan muxofaza qilish;
3) lampani har xil sanoat iflosliklari va changdan himoya qilish;
4) lampani portlash, o‘t olish xaflaridan muxofaza qilish.
Shovqindan saqlanish. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida sanoat korxonalarida shovqinga qarshi kurash masalalari muhim muammolar qatoriga kiradi. Bu – asosan mashinasozlik sanoati, transport vositalarini ishlatishda, energetika sanoatida va sanoat korxonalarida juda jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Shovqinning oqibatlari ma‘lum. Katta shovqin ta‘sirida insonning asab tizimlari charchab, eshitish faoliyati susayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash inson salomatligini saqlashdek juda muhim ijtimoiy ahamiyatga molikdir.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari qo‘yidagi usullarda olib boriladi:

  • shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish;

  • shovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish;

  • sanoat korxonalari va kompyuter honalarini oqilona rejalashtirish;

  • sanoat korxonalari va kompyuter honalariga akustik ishlov berish;

  • shovqinni tarqalish yulida kamaytirish.



Elektr hafsizligini ta’minlash. Sanoat korxonalarida o‘rnatilgan kompyuter, yordamchi mashina-mexanizmlar, shkaflar, boshqarish pultlari 68
hamda elektr asboblar va boshqa jihozlarning hammasi, agar ularni ishlatish uchun foydalanadigan elektr quvvati 42 V dan yuqori kuchlanishga ega bo‘lsa, albatta yerga ulangan bo‘lishi shart. Buning uchun har qanday kompyuter honalari yerga ulash vositalari qulay, oson va yengil bajariladigan bo‘lishi kerak. Bu vositalar yerga yetarli darajada puxta ulangan yoki nolga ulangan bo‘lishi shart. Bu vositalarda yerga ulash simlarini osongina mahkamlash mumkin bo‘lgan vintsimon qurilma yoki qiskich bo‘lishi kerak.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling