Ta’limda axborot texnologiyalari


Mediani qo'llash didaktikasining asosiy xususiyatlari


Download 1.28 Mb.
bet106/114
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334849
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114
Bog'liq
topshiriq

Mediani qo'llash didaktikasining asosiy xususiyatlari

Zamonaviy axborot jamiyatida mediata’lim rivoji tendensiyalari. Dunyoning barcha davlatlarida kuzatilayotgan ta’lim inqirozining turli ko’rinishlari ko’pincha jamiyatdagi kelishmovchiliklari bilan bog’liq bo’lib, moddiy zahiralarni qayta ishlab chiqarish asoslariga tayangan. Industrial muhit tiklanish davridan hozirgi dunyo rivojlangan jamiyati faoliyati prinsiplari o’rnini egallaydi va yangicha axborot texnologiyalarga asoslanadi.


Bugungi kunda axborot energiya va materiallar qatorida asosiy zaxira bo’lib kelyapti. Axborot zaxiralari asosiy Milliy boylik hisoblanib, davlatning iqtisodiy salohiyatini aniqlaydi. Axborot sonining o’sishi mavjud bo’lgan qayta ishlash vositalari, uzatish, saqlash va intgrasiyalash imkoniyatlaridan o’zdi. Ayniqsa, ilmiy bilimlar xajmi o’smoqda. Har 50 yilda 1800 yilgacha inson bilimlarining umumiy yig’indisi 2 barobar o’sdi, 1950 yilgacha – har 10 yil, 1970 yilgacha – har 5 yil, 2000 yilgacha esa – har 2 – 3 yil.
Axborotlashtirish jarayoni ta’sirida yangi struktura – axborot jamiyati barpo etiladi. U axborot texnologiyalarini yuqori darajasi bilan ajralib turadi, rivojlangan infrastrukturalari axborotga kirishni ta’minlaydi, axborot zaxiralari ishlab chiqarish, tezkor avtomatlash jarayoni, ishlab chiqarish va boshqaruv tarmoqlarini robotlashtirish, ijtimoiy strukturalarning radikal o’zgarishi – barchasining negizida axborot faoliyati muhitini kengaytirish yotadi.
Yangi media, shuningdek video, sun’iy yo’ldoshlar va telekommunikatsiya texnologiya- larining ishlatilishi kengaydi. Monopoliyadan musobaqaga, bir tomonlama kommunikatsiyadan o’zaro xarakatlanish va dialog tomon siljish bo’ldi. Media – texnologiyalar soni butunlay o’sdi, shu qatorda eski media shakllari mikrokompyuterlarni ishlatish bilan qo’shildi. Tasvir, ovoz va matn birlashdi, audiovizual madaniyati kundalik xayotga aylandi. Jamiyatni axborotlashtirishga texnologiyalarni faol kirib kelishi oliy ta’limning baza tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Yaqin kunlarda ham biz oliy muhandislik ta’limi sustligi haqida gapirar edik. Bunday ta’lim aniq bilim bermaydi va hozirgi davrda o’quv jarayonini qo’llashga mablag’i yo’qligi tufayli ulgurmaydi. Bugungi kunda xolat sezilarli o’zgaryapti. Axborot texnologiyalar dunyo sardorlarining nigohlari mutaxasislarni oliy maktab bazasida tayyorlash tomon qaratildi. Zamonaviy axborot texnologiyalar yutuqlarini oliy maktab o’quv jarayonida qo’llash ta’lim olayotganlarga noan’anaviy axborot qabul qilishga imkon beradi, ijod qilishga yangi imkoniyatlar beradi va mustaqil ishlash samaradorligini oshiradi. Bu faktlar yangi axborot strukturasi yaratilishga yordam beradi - ta’limiy muhitga - axborot texnologiyalarni yuqori darajasi, axborotni qabul qiluvchiga yetkazish va ko’rsatish, rivojlangan vositalari bilan xususlashgan texnologiyalar va ta’lim jarayonini hamda o’quvchilarni bilimini nazoratga olish vositalarini tashkillashtirish, o’quv - uslubiy va laborator jixozlashtirish, markazlashtirish tavsifiga ega.
Ta’lim sohasini nazariy va amaliy ishlanmalar bilan ta’minlash va axborot texnologiyalarni qo’llash zamonaviy jamiyatning zaruriy yo’nalishlaridan biridir.


    1. Download 1.28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling