Ta’limda axborot texnologiyalari


Download 1.28 Mb.
bet79/114
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334849
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Bog'liq
topshiriq

Birinchi darajali QQQT ko’plab vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega. U yuqori darajadagi davlat boshqaruvi (prezident, hukumat, vazirliklar ma’muriyati) organlarida va katta kompaniyalarning boshqaruv organlari (korporatsiyalar direktorlar kengashi)da foydalanish uchun mo’ljallangan. Mazkur darajali tizim turli siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tadbirlarni dasturga kiritishga oid qarorlarni asoslash uchun yirik kompleksli dasturlarni rejalashtirishda katta yordam beradi. U jamoa bo’lib foydalanish tizimi sanalib ma’lumotlar bazasi turli bilim sohasidagi ko’plab ekspert-mutaxassislar tomonidan tashkil qilinadi.
Ikkinchi darajali QQQT yakka tartibda foydalanish tizimi hisoblanadi va bunda ma’lumotlar bazasini bevosita foydalanuvchilarning o’zi yaratadi. Ular o’rta rangdagi davlat xizmatchilari, shuningdek, kichik va o’rta firmalar rahbarlari tomonidan boshqaruvning tezkor vazifalarini hal etish uchun mo’ljallangan.
Uchinchi darajali QQQT ham foydalanuvchining tajribasiga moslashtiriladigan, yakka tartibda foydalanish tizimi sanaladi. Ular tez-tez uchrab turadigan tizimli tahlil va boshqaruvning amaliy vazifalarini(masalan, kreditlash subyektini tanlash, ish ijrochisini tanlash, mansabga tayinlash) hal etish uchun mo’ljallangan. Bunday tizimlar ilgari biror masalani hal etishda amalda qo’llanilgan qaror natijalaridan kelib chiqqan holda, xuddi shunga o’xshash yangi vazifani hal qilish imkonini beradi. Bundan tashqari mazkur darajadagi tizimdan o’z tajribasi asosida xaridorga tovar tanlash imkonini beruvchi «intellektual reklama» vositasi sifatida uzoq vaqt foydalanish mumkin bo’lgan qimmatbaho tovarlar bilan savdo qiluvchi savdo korxonalarida foydalanish mumkin.
QQQT evolyutsiyasi. Qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim o’z rivojlanishi jarayonida quyidagi yo’lni bosib o’tdi(1 - rasm).
Birinchi tizimlar – tranzaksiyalarni qayta ishlash tizimi (TRS) bo’lib ilgaritdan berilgan shaklda axborotlarni ro’yhatga olish, to’plash, saqlash va berishning eski operasiyalarni bajarishga mo’ljallangan kompyuter tizimidir. Bunday tizim doirasida qaror qabul qilish faqat axborot bilan ta’minlanadi.







Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling