Ta’limda «Case study» texnologiyalaridan foydalanish


Download 137.95 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi137.95 Kb.
#1578782
  1   2   3   4   5
Bog'liq
0mirjalol loyiha ishi


Ta’limda «Case study» texnologiyalaridan foydalanish

Оглавление



Kirish 4
1.1. BIT integratsiyasi loyihasi 11
1.2. Medinetdagi shifoxona axborot tizimi 12
1.3. BIT integratsiyasi loyihasini o'rnatish 13
XULOSA 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 36



Kirish

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi.


Idividual loyiha ishining dolzarbligi: Ta’lim tizimida «Case study» texnologiyasi, metodi bo`yicha o`rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig`indisi ta`lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta`lim sohasidagi dolzarb bo`lgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi «Case study» metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatib turibdi.
Idividual loyiha ishining maqsadi va vazifasi: ta’lim tizimida «Case study» zamonaviy texnologiyasini qo‘llash,o’quvchi-talabalarda boshqaruv va muloqot ko'nikmalarini o'rgatish, turli xil fan mashg’ulotlarida olingan bilimlarni birlashtirish va qo'llay bilish,shuningdek, kundalik xayotimizda uchraydigan muammolarni ijobiy xal qilishni o'rganish.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.
O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay», « «Case study» » kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Kurs ishining obyekti va predmeti: umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-9 sinf o’quvchilariga Geometriya fani (Geometriya asoslari) da "Gilbert aksiomalar sistemasi” mavzusini o'qitishda metodik qo’llanma hisoblanadi.
Kurs ishining adabiyotlar taxlili, ushbu kurs ishi Jumaev M.E., Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi (Toshkent. “Fan va texnologiya” 2005 yil) hamda A.Azamov, B.Haydarov, E.Sariqov, A.Qo’chqorov va U. Sag`diyevlarning Geometriya 7-sinf darsligi (Toshkent “Yangiyo’l polygraph servise”, 2009 yil) asosida va boshqa bir qancha adabiyotlardan olingan ma’lumotlar orqali tayyorlandi.
Kurs ishining tavsifi: mazkur kurs ishi kirish, asosiy qism, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va xulosa tartibida tuzilgan.
Kurs ishining kirish qismida mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, obyekti va predmeti hamda adabiyotlar taxlili qisqacha bayon etilgan. Asosiy qismning I-bobda “Geometriya asoslari”ni o’rganishda Evklidning “Negizlar” asari, geometriyaning aksiomatik qurilishi va uning ahamiyati, aksiomalar sistemasiga qo’yiladigan talablar bo’yicha ma’mulotlar berilgan bo’lsa, II-bobda esa Gilbert aksiomalar sistemasining tuzilishi, aksiomalarning xar bir guruhi va ulardan kelib chiqadigan natijalari (teoremalar) va Gilbert aksiomalar sistemasining zidsizligi haqida misollar koʻrsatilgan. Bundan tashqari III – bobda professor David Gilberning biografiyasi, erishgan yutuqlar va geometriyaga qo’shgan ulkan hissalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Mazkur kurs ishim 31 sahifadan iborat.

Mamlakatimizdagi dasturiy ta'minot sanoati akademik tayyorgarlikdan o'tgan dasturiy ta'minot muhandislari haqiqatan ham juda akademik ekanidan shikoyat qilar edi. Informatika matematika bilan chambarchas bog'liq bo'lgan an'anaga asoslanib, biz dasturiy ta'minot injiniringi informatika fanining quyi sohasi bo'lib, biz yuqori malakali ilmiy dasturchilarni etkazib berardik, ular o'zboshimchalik bilan murakkab muammolarni tavsiflash uchun mos ilovalarni yarata oladilar, ammo buni qanday qilish kerakligini his qilmaydilar. dasturiy ta'minot tizimlari haqiqiy tashkilotlarda ishlaydi.


Oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan muhandislar sanoatda zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalarni egallamaganligi haqidagi shikoyat boshqa mamlakatlarda ham eshitiladi. Misol uchun: Gollandiyada bundan o'n yil oldin, bir guruh yirik sanoat va banklar universitetlarning kamchiliklarini to'ldirish uchun o'z xodimlariga aspirantura kurslarini taklif qilib, xususiy universitet tashkil etish rejalarini e'lon qilganlarida, bu ommaviy masalaga aylandi. Barcha oliy ta'lim davlat tomonidan moliyalashtiriladigan mamlakatda bu g'ayrioddiy va provokatsion tashabbus edi. Sanoat universiteti hech qachon amalga oshirilmadi, ammo tashabbus oliy ta'limning vazifasi va sifati atrofida jamoatchilik muhokamasiga sabab bo'ldi.

Keys-stadi texnologiyasi nazariy bilimlarni amaliy vazifalarda hal qilishga yo‘naltirilgan tizimdir. Bu texnologiya talabalarni mustaqil fiklash, tinglay bilish ko‘nikmasi va fikriga mos nuqtai nazarlarni hisobga olish hamda o‘z fikrini aniq manbalarga asoslagan holda ifodalab bilishga o‘rgatadi. Bu uslub asosida talabalar bilim, ko‘nikma, malakalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, ko‘rsatmalar asosida ishlashga, qo‘yilgan masalani hal qilishda foydali jihatlarini topishga o‘rganadilar.


Keys stadi texnologiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Muayyan fanlar yuzasidan bilimlarni egallash davomida muammoli vaziyatning yechimi bir javobga ega emasligi bilan ajralib turadi. Muammoning yechimini topishda bir qator muqobil variantlarni topishni talab qilinadi.
Bunda o‘quv jarayonining vazifasi ma’lum bo‘lib qolgan an’anaviy tizimdan chetga chiqish va bitta aniq qarorni qabul qilmasdan mantiqiy fikrlagan holda turli-xil javoblar variatini topish bilan ifodalanadi.
2. Ta’limning maqsadi tayyor bilimlarni egallashga emas, balki mustaqil o‘rganishga, talaba bilan o‘qituvchini hamkorligini ta’minlashga qaratilgan.
3. Keys -stadi texnologiyasi orqali nafaqat bilim olinadi, balki kasbiy ko‘nikma va malakalar ham egalaniladi.
4. Ushbu jarayonda hayotda sodir bo‘ladigna voqealar asosida modul ishlab chiqiladi. Muammoni hal qilish davomida o‘qituvchi yordamchi, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi.
5. Texnologiyasining mohiyati nafaqat bilim egallash, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, hayotiy vaziyatlarni o‘rganish, olingan bilimlarni tadbiq qilishdan iboratdir.
6. Keys-stadi texnologiyasida an’anaviy ta’limdagi kamchiliklar bartaraf qilinadi, yani quruq izohlashlar o‘rnini, ijodiy tortishuvlar egalaydi, dars jarayonini xuddi teatr tomashasini eslatadi.
Keys-stadi texnologiyasi ta’limda interfaol uslub bo‘lib talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, nazariy materiallarni amaliy tadbiq qilishni ko‘zlaydi, ta’lim jarayoniga nisbatan ijodiy motivlarni shakllantiradi. Shu bilan birgalikda bu uslub o‘qituvchi siymosini yangicha talqin qiladi, uni ijodiy izlanishga, fikrlashga yangilik yaratishga undaydi.
Har bir o‘quv jarayonida qo‘laniladigan keys quyidagi talablarga javob berishi zarur.
- ijro qilishda maqsadning aniqligi;
- vaziyatning yechimlari mantiqiy o‘ziga xos murakkab bo‘lishi; - vaziyatda hayotning bir qancha qirralarini tasvirlash;
- bugungi kunga nisbatan dolzarb bo‘lishi; - tipik vaziyatlarni tasvirlash;
- analitik (analiz-sintez...) hayolni rivojlantirish; - munozarani tashkil qilish;
- bir qancha yechimlarning mavjudligi;
Ta’limda keys-stadi texnologiyasi mohiyati: mutaxassis o‘z tajribasidan kelib chiqib o‘z varianlarini yaratishida, o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlarni, amaliy, ijodiy, munozarali faoliyatga aylantira olishida ifodalaniladi.
Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos texnologik xususiyatlari mavjud bo‘lib ular orqali texnologiya boshqa uslublardan farq qiladi.
Keys-stadi texnologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning mavjudligi moduli, ularda aks etgan holat ma’lum bir vaqt jarayonida ifodalanishi;
2. Jamoa asosida qarorlarni ishlab chiqishi;
3. Muammo yechimida ko‘p o‘xshashliklar bo‘lib, aniq qa’tiy yechimini mavjud emasligi;
4. Bilim faoliyatini baholashda guruh tizimida yondashishni mavjudligi; 5. Ta’lim oluvchilarning emotsional holatlarini e’tiborga olinishi;
Keys-stadi texnologiyasi quyidagi vazifalarni o‘zida jamlaydi.
1. Uslub izlanuvchanlik, analitik tehnologiyalarga ega bo‘lib, jaroyon ichida izlanuvchanlik va analitik (o‘xshashlik) operatsiyalar yo‘nalishini boshqaradi.
2. Keys-stadi ta’limda jamoa texnologiyasi sifatida qo‘llanilib, asosiy vazifasi guruhda axborotlarning almashuvini amalga oshiradi.
3. Keys-stadi texnologiyasining mazmuni guruhni o‘zora birlashtirish, bilimlarni ijodiy fikrlash orqali yuzaga chiqarish kabi vazifalarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
4. Keys-stadi texnologiyasi o‘zida rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasini birlashtirib, yakka tartibda, guruh va jamoa rivojlanishlarini inobatga olib ta’lim oluvchilarni ilmiy-ijodiy, shahsiy-axloqiy sifatlarni shakllantiradi.
5. Keys-stadi uslubini qo‘llashda uni loyhalashtirish muhimdir, har qanday texnologiyani dars jarayonida qo‘llashdan oldin, uning texnologik xaritasi tuziladi. Oldindan rejalashtirilgan texnologik xaritada faoliyat maqsadlari, bosqichlari ko‘rsatiladi. Loyhalashtirish jarayoni texnologiyani qo‘llashda muhim bosqichdir, negaki oldindan rejalashtirilmagan jarayon o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarni to‘liq
ifodalay olmaydi. Aynan bugungi kunda ta’lim jarayonini oldindan loyhalashtirish mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Loyhalashtirish orqali biz jarayoni oldindan bashorat qilish ko‘nikmasini o‘zimizda shakllantiramiz.
6. Keys –stadi texnologiyasi o‘zida oldindan samarali faoliyatga erish yo‘llarini rejalashtiradi, ma’lum bir yutuqlarga ega bo‘lish jarayonini oldindan faraz qiladi. Bu jarayonda talabalar faoliyatini faollashtirish, ularni rag‘batlantirish ham nazarda tutiladi.
Keys-stadi texnologiyasi asosiy vazifasi talabalarni analitik faoliyat bilan yechib bo‘lmaydigan muammolarni tizimlashgan murakkab uslub bilan yechishga o‘rgatishdir. Keys-stadi talabalarning analitik va kommunikativ imkoniyatlarini faollashtiradi va rivojlantiradi.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta ‘lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Shu asnoda boshlang ‘ich sinflarda keys stadi texnologiyasini qo‘llash ta ‘lim jarayonini samaradorligini oshirishda o‘z o‘rniga ega.


Download 137.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling