Ta’limda korruptsiyaga qarshi kurash, davlat taraqqiyotning asosiy omili sifatida umida Maksimova


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 30.61 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2023
Hajmi30.61 Kb.
#1191374
1   2   3
Bog'liq
КОРРУПЦИЯ ДЛЯ УМИДОЧКИ

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ta'lim sohasidagi korruptsiyaning turli jihatlari huquqshunoslik, iqtisod va sotsiologiya sohasidagi mutaxassislarni ko’p yillardan beri qiziqtirib keladi. Xorijiy va mamlakatimiz olimlari: E. A. Borisova, N. F. Bodrova, E. A. Leontieva, S. V. Ploxova, D. A. Polonov, V. N. Batiev, E. V. Maxmudova, Yu. P. Sarimsakov va boshqalar.
Korruptsiya insoniyatga qadim zamonlardan beri “yo’ldosh” bo’lib kelgan. Poraxo’rlik (pora berish) uchun jazo Misr fir’avnlari tomonidan o’rnatilgan Hammurapi (to’rt ming yil oldin) qonunlarida nazarda tutilgan.
Tarixiy ma’lumotnomaga ko’ra korruptsiyaning tarixiy ildizlari, ehtimol, boshliqlar yoki ruhoniylarga ularning marhamatini qozonish uchun sovg’alar berish odatiga borib taqaladi.
Qimmatbaho sovg’a odamni boshqa arizachilardan ajratib turdi va uning iltimosining bajarilishiga hissa qo’shdi. SHuning uchun ibtidoiy jamiyatlarda ruhoniy yoki rahbarga pul berish odatiy hol hisoblangan.
SHuni ta’kidlash kerakki, dastlab korruptsiya ko’proq ma’naviy muammo edi. Xususan, «Korruptsiya. 1600-1770 yillarda Florentsiyada axloq va hokimiyat» kitobida, uning muallifi Jan-Klod Vaket ko’rib chiqilayotgan davrda korruptsiya haqidagi nutq davlat haqida emas, balki inson tabiati haqida gapirganligini yozgan. Mana misol qilib chang’ida yoki konьkida sirpanishni olsak, odam tabiatida ko’p jon kuydirmasdan, boshqalardan oldinroq belgalangan manzilgan ya’ni maqsadga erishini xoxlaydi, xuddi mana shu uning tabiati.
Qadim zamonlarda sudyalarning ayovsizligi alohida tashvish uyg’otdi, chunki bu mulkni noqonuniy ravishda qayta taqsimlashga va nizolarni huquqiy sohadan tashqarida hal qilish istagiga olib keldi.
Xattoki musulmonlarni muqaddas kitobi bo’lgan Qur’oni Karimga ko‘ra ham, birovning molini o‘zlashtirish gunoh hisoblanadi. Qolaversa, amaldorlarga pora berish ham gunohdir. Alloh taolo Qur’oni karimda: “Bir-biringizning mol-mulkingizni o‘zlashtirmang va (boshqa) odamlarning mol-mulkining bir qismini qasddan o‘zlashtirib olish uchun bu [mol] bilan qozilarga pora bermang” - deydi Alloh taolo Qur’oni karimda (2oyad/188sur’a). Yana bir oyatda Alloh taolo o‘tgan avlodlarning buzuq amallari haqida gapirib, musulmonlarni bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik, haromni yeyish haqida ogohlantirgan. Ularning qilayotgan ishlari jirkanch! Qaniydi, ulamolar ularni gunoh so'zlardan va harom taomlardan saqlasalar! Ularning qilayotgan ishlari jirkanch! (5oyad 62, 63 sur’alar).
Respublikamiz Prezadenti SHavkat Mirziyoev o’z faoliyatining dastlabki kunlaridanoq, bu jarkanch illat bilan ayovsiz kurash olib bormoqda. 2016 yil 24 noyabrida O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” Qonunni qabulqildi, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda tasdiqlandi. Ushbu qonunda korruptsiyaga shunday ta’rif berilgan: “Korruptsiya – shaxsning o‘z mansab yoki mansab mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy ne’matlar olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek, bunday ne’matlarni qonunga xilof ravishda taqdim etishi”.
Prezadenti SHavkat Mirziyoev O’zbekiston qonunchiligi himoya qiluvchi organlarga korruptsiyani ildizi bilan qo’porib tashlashga topshiriq bergan. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani maktabi direktori S. T. fuqaro S. A.dan 500 ming so’m pora olayotgan vaqtida qo’lga olindi. CHilonzor tumani tibbiyot kolleji xodimi D. M. 500 AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Oliy ta’lim tizimidagi eng ko’p tarqalgan korruptsiya bu - “o’qishga kiritib qo’yaman” degan firibgarlardir.
Poraxo’rlikning yil sayin O’zbekistonning investitsion jozibadorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ta’lim sohasida korruptsiya haqida gapiradgan bo’lsak, yana o’sha manzarani kuzatamiz — ta’limning (asosan oliy ta’limning) korruptsiya ko’lami O’zbekiston universitetlarining chet ellik talabalar uchun jozibadorligini tushirib yuboradi. O’zbekistonga kelib tahsil oladigan talabalar sonining kamayishi esa O’zbekiston oliy ta’limi obro’sining tushib ketishiga olib keladi. SHu sababdan ta’lim sohasidagi korruptsiya, sud tizimi, ijroiya organlari tizimidagi korruptsiya muammolari bilan bir qatorda turadi.
Oxirgi ikki yil ichida O’zbekistonda korruptsiya ko’rinishlarining kamayishining barqaror tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu kompleks va tizimli oldini olish choralari ko’rilganining natijasi bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatda korruptsiya bilan kurashishning barcha qonuniy-huquqiy vositalari yaratilgan. Korruptsiya bilan kurash strategiyasi tasdiqlandi, «Korruptsiya qarshi kurash to’g’risida» kabi muhim qonunlar qabul qilinishi ushbu yo’nalishdagi muxim hisoblanadi. O’z navbatida, korruptsiyani ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilmaslikka qaratilgan ochiq fikrlash, huquqiy va moliyaviy madaniyatni shakllantirish, shuningdek kundalik hayotda uchraydigan korruptsiyani ildizi bilan yo’q qilish umumiy vazifalardan biri bo’lib qolishi kerak.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli modernizatsiya sharoitida O’zbekiston 2035 yilga borib dunyoning eng raqobatli 50 mamlakatlari qatoriga qirishiga erishish uchun eng muhim shart bo’lmish inson kapitalini rivojlantirish masalasi birinchi o’ringa chiqadi. So’nggi ikki yil ichida ta’lim sohasi uchun ajratilayotgan mablag’lar oshdi. Bu davrda O’zbekistonni xalqaro ta’lim tizimiga integratsiya qilish faol olib borildi.
Yuqorida aytilgan fikrlar yakun yasab shuni aytish mumkinki, ta'lim sohasidagi korruptsiya maqsadlari xilma-xil va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ta'lim sohasida passiv poraxo'rlik sub'ektlari, qoida tariqasida, ta'lim faoliyati sohasidan qat'i nazar, moddiy va nomoddiy manfaatlar olish uchun o'zlarining xizmat mavqeidan foydalanadilar.
Ta'lim sohasidagi korruptsiyani yo’qotish uchun jamoatchilik munosabatlarini kengaytirish, qabul jarayonlariga jamoatchilikni keng jalb etish, akademik guruxlarda ota – onalar qumitasini tashkil etish va bu qumitalar bilan tyutorlar doimiy aloqada bo’lishlari kerak. Yakuniy nazorat ishlarini o’tkazishga ota – onalar qumitasi vakillarini jalb etish adolat va shaffoflikni ta’minlash bilan birga korruptsiyani ildizini ham quritadi.



Download 30.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling