Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin
Download 117.01 Kb.
|
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunarlilik
- Muammolik
z) Ekspert o’qitish tizimlari (EO’T). Bunday tizimlar ekspertlarning etarlicha murakkab masalalrni echishdagi faoliyatini modellashtiradi. EO’T lar yangi bilimlar egallashga qobil, o’quvchining savollariga javob va aniq bir predmet sohasidagi masalalarni echishni ta’minlaydi. Bunda EO’T masalani echish jarayonining muloqot qilish mobaynidagi uni echish strategiya va taktikasini tushuntirishni ta’minlaydi. Afsuski EO’T lar o’quvchilarga egallagan bilimlarini qo’llashni tashkil etish va teskari aloqani olish amalga oshirilmaydi.
i) Intellektual o’qitish tizimlari (IO’T) eng yuqori darajadagi tizimlar qatoriga kiradi va u ham g’oyalar va suniy intellekt texnologiyasi bazasida amalga oshiriladi. IO’T lar o’quv masalani echishning barcha bosqichlarida, uni qo’yilishi va echish tamoyilini izlashdan boshlab, o’quvchilarning faoliyati hususiyatlarini hisobga olgan holda toki echimni maqbulligini baholashgacha boshqarishni amalga oshirishi mumkin. Bunday tizimlar odatda tabiiy tilga yaqin holda o’zaro muloqatni ta’minlaydi. Bunda muloqat mobaynida na faqat u yoki bu amallarning to’g’riligi, balki echimni izlash, amalarni rejalashtirish, nazorat usullari va boshqalarning strategiyasini muhokama qilish mumkin bo’ladi. k) Kasbiy faoliyatni avtomatlashtirish vositalari (amaliy dasturlar paketi, CALS-tizimlar va sh.k.). O’qitishning elektron vositalari nafaqat o’rganish ob’ekti sifatida, balki kasbga yo’naltirilgan masalalarni echishda ham foydalaniladi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar va ularning tavsiflaridan, ko’rsatilgan vositalar o’qitishning elektron vositalari yoki ularning elementlariga misol bo’la olishi ko’rinib turibti. Albatta, bunday boshqa elektron vositalar ham mavjud. Ta’limda qo’llaniladigan har qanday elektron vositalarini yaratishga va ulardan ta’lim tizimida foydalanishga o’ziga xos pedagogik, psixologik va ergonomik talablar quyiladi. Dastlab elektron vositalarni yaratishga qo’yiladigan pedagogik talablar ustida to’xtalamiz. 1. Elektron vositalarni yaratish va foydalanishga quyiladigan didaktik talablar qatoriga ilmiylik, tushunarlilik, muammolik, ko’rgazmalilik, tizimliligi va ketma-ketliligi, ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalarning birligi, adaptivlik, interfaollik talabi, tizimili va tuzulishli-funktsiolnal aloqadarligi va to’liqlik va uzluksizligini talablarni kiritish mumkin. Ushbu talablar bilan tanishib chikamiz. a) Ilmiylik talabi TEV foydalanishda o’quv materialini bayon qilishning korrektligi va ishonchliligi, shunindek eng oxirgi ilmiy yutuqlarni hisobga olinganligidir. O’quv materialini egallash jarayoni zamonaviy ilmiy bilish uslubi6 tajriba¸taqqoslash, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, aniqlashtirish, induktsiya va deduktsiya, tahlil va sintez, modellashtirish uslubi, tizimli tahlil usubi asosida qurilishini ko’zda tutadi. b) Tushunarlilik talabi o’quv materialini o’rganishni nazariy qiyinligi va chuqurligi o’kuvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlariga mos kelishini ko’zda tutadi. O’quv materialini egallash o’quvchi kuchiga mos ya’ni, juda murakkabligi va yuklanganligi e’tiborga olinishi zarur. v) Muammolik talabi o’quv-biluv faoliyat mazmuni va tabiatiga bog’lik. Bo’lishi lozim. Muammoli vaziyatga duch kelgan o’kuvchining aqliy faolligi ko’tariladi. g) Ko’rgazmalilik talabi o’rganilayotgan ob’ekt, maket yoki modellarning sezish orqali tushunish va o’quvchilar tomonidan shaxsan kuzatishni ko’zda tutadi. d) Ta’minotni o’qitishning tushunarlilik, o’quvchi faoliyatining mustaqilligi va faollashtirish talabi o’quv axborotlarni oxirgi maqsadlar va o’quv faoliyatning masalaalarini aniq tushungan holda o’quv material bilan o’quvchilarning mustaqil harakatlarini ko’zda tutadi. Bunda o’quvchilar uchun o’quv faoliyat yo’naltirilgan mazmun hisoblanadi. TEV asosida faoliyatli yondashuv yotishi kerak. Shunig uchun, mos axborot ashyolarida o’quvchi faoliyatining aniq modeli ko’rinishi lozim. O’qitishning faolligini ko’tarish uchun TEV turli o’quv vaziyatlarni generatsiya qilishi, turli-tuman savollarni ifodalashi, o’quvchilarga o’qishning u yoki bu traektoriyasini tanlash imkoniyatini berishi, hodisalar borishini boshqarish imkoniyatini berishi lozim. e) TEV ni foydalanishda o’qitishning tizimliligi va ketma-ketliligi talabi predmet sohasida o’rganiladigan materiallarni egallash ketma-ket bo’lishini ta’minlashdir. Bilim, ko’nikma va malakalar aniq bir tizimda, mantiqiy tartibda shakllanishi lozim. Buning uchun: - o’quv materialini tizimlashtirilgan va tuzilishli ko’rinishda taqdim etilishsh; - har bir o’quv axborotning bo’lagini tashkil etishda shakllantiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarning istiqbollari e’tiborga olinishi; - o’rganilayotgan materialning predmetlararo aloqalari hisobga olinishi; - o’quv materialini uzatish va o’qitish ta’sirlar ketma-ketligi hijjalab o’ylab ko’rilishi, har bir qadam o’quvchiga nisbatan asoslanishi; - bilimlarni olish jarayoni o’qitish mantig’i ketma-ketligida qurishi; - barcha foydalanilayotgan o’kuv materiallar amaliyot, o’yin vaziyatlarini yaratish, amaliy tabiatga ega bo’lgan vazifalar berish, eksperiment, real jarayonlarning modellari va hodisalar bilan bog’lanishi lozim. j). TEV qo’llashda ta’limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalarning birligi talabi. Elektron vositalarga an’anaviy didaktik talablardan tashqari, TEVni yaratish va ishlab turishiga zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarni ustunligida foydalanishda kelib chiqadigan maxsus didaktik talablar ham qo’yiladi. z) Adaptivlik (moslanuvchanlik) TEV o’quvchilarning individual qobiliyatiga moslashishini ifodalaydi. U o’qitish jarayonini o’quvchining bilim va malakalar darajasiga, psixologik xususiyatlariga moslashishni bildiradi. TEV larning uch darajadagi moslashishi mavjud.O’quvchi uchun birinchi moslashish, o’zi uchun shaxsiy tempiga mos holda o’quv materalini o’rganishni tanlash imkoniyati hisoblanadi. Ikkinchi moslashish darajasi o’quvchining holatini tashxis qilishdan iborat bo’lib, uning natijalariga ko’ra o’qitish mazmuni va uslubi tavsiya etiladi. Moslashishning uchinchi darajasi ochiq yondashuvga asoslangan bo’lib, u mumkin bo’lgan foydalanuvchilarni sinflashtirmaydi va TEV mualliflari imkoni boricha ko’pchilik foydalanishi uchun, uning ko’proq variantini ishlab chiqishga harakat qilishni anglatadi.. i) O’qitishning interfaollik talabi o’quvchilarni o’qish mobaynida TEV bilan muloqotda bo’lishi kerakligini anglatadi. TEV komponentalari va tizimostilari muloqot va teskari aloqani ta’minlashlari lozim. Muloqot tashkil etishning muhim tarkibiy qismlaridan biri TEV komponetalarini foydalanuvchi harakatiga reaktsiyasidir. Teskari aloqa o’quvchilarning bilimlarini nazorat qiladi va uning harakatlarini to’g’rilaydi, keyingi ishlari bo’yicha tasiyalar beradi, doimiy ravishda ma’lumotnomalarga va tushuntiruvchi axborotlarga kirish imkoniyatini beradi. TEV bilan ishlashda o’quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish talabi fikrlash stilini (algoritmik, ko’rgazmali-obrazli, nazariy) shakllantirish, maqbul echim yoki murakkab vaziyatlarda variativ echimlar qabul qilish ko’nikmasini, axborot qayta ishlash (ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi, axborot-izlash tizimlarini, ma’lumotlar bazasini va boshqalarni foydalanish orqali) ko’nikmasini shakllantirishni ko’zda tutadi. k) TEV komponentalarida o’quv materiallarini taqdim etishning tizimili va tuzulishli-funktsiolnal aloqadarligi. l) TEV didaktik tsikl o’qitishning to’liqlik va uzluksizligini ta’minlash talabi, TEV ning diaktik tsiklning barcha bo’g’inlarini bajarish imkoniyati ishlashning bir seansi doirasida axborot va telekommunikatsion texnika bilan ishlashni amalga oshirish imkoniyatini ifodalaydi. Download 117.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling