Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 117.01 Kb.
bet1/11
Sana31.01.2024
Hajmi117.01 Kb.
#1828261
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash


2.1. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash

Respublikamizda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» ta’lim tizimi oldiga quyilgan vazifalarni bajarish yo’lida katta ishlar amalga oshirilib, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlanishi kundan kunga rivojlanib bormoqda.


Ta’lim jarayoni axborotlashtirildi, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq qamrab olindi.
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunakatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo’ymoqda.
Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Elektron nashr (EN) – grafik, matnli, nutqli, musiqiy, video-foto- va boshqa axborotlarning to’pamini tashkil etadi. Bir EN axborot (yoki axborot-ma’lumotnomalar) manbalari, axborotlarni yaratish va qayta ishlash qurollari, boshqarish tuzulmalari ajratilishi mumkin. EN ixtiyoriy elektron tashuvchilarda bajarilishi, shuningdek elektron kompyuter tarmog’ida nashr etilishi mumkin.
Bu holda talimiy elektron nashr (TEN) yoki ta’limiy elektron vositalar (TEV) bo’lib, bilimlarning mos ilmiy-amaliy sohasi bo’yicha tizimlashtirilgan, o’quvchilar tomonidan shu sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy va faol egallashni ta’minlaydigan elektron nashrdan iborat bo’ladi.
TEN yuqori darajadagi bajarilishi va badiiy bezalishi, axborotning to’liqligi, uslubiy qurollarning sifati, sifatli texnik bajarilishi, ko’rgazmaliligi, mantiqiyligi va bayon qilish ketma-ketligi bilan ajralib turishi lozim. TEN va TEV lar vizual va audiaxborotlarni keskin sifatini oshiradi, u yoriqroq, rangli va dinamik bo’ladi. Bunda multimedianing yangi texnologiyalarining imkoniyatlari katta o’rin egallaydi. An’anaviy ko’rgazmalilik o’rganilayotgan ob’ektning aniqligini hisobga ogan bo’lsa, kompyuter texnologiyasini foydalanish na faqat haqiqiy ob’ektlarning dinamik imkoniyatlarini ifodalash, balkiilmiy qonuniyatlarning, nazariyalarni, tushunchalarni ifodalash imkoniyatlari mumkin bo’ladi.
TEV larning asosiy komponentlari bo’lishi mumkin bo’lgan ta’limga mo’ljallangan kompyuter vositalarining asosiy ko’rinishlari: umumiy mo’ljallangan xizmat dasturiy vositalar; o’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va o’lchash uchun dasturiy vositalar; elektron trenajerlar; matematik va imitatsion modellashtirish uchun dasturiy vositalar; uzoqdan kiriladigan laboratoriya va virtual laboratoriyalarning dasturiy vositalari; axborot-izlash ma’lumotnomalik tizimlar; avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari (AO’T); elektron darsliklar (ED); ekspert o’qitish tizimlari (EO’T), intellektual o’qitish tizimlari (IO’T); kasbiy faoliyatni avlmatlashtirish tizimlari kabi bo’lishi mumkin. Ushbu komponentalarni qisqacha bayoni bilan tanishib chiqamiz.
a) Umumiy mo’ljallangan xizmat dasturiy vositalar ko’plab hi-soblashlarni avtomatlashtirish uchun, o’quv hujjatlarni tayyorlash, eksperimental tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash uchun qo’llaniladi. Ular laboratoriya, amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda, mustaqil ishlarni tashkil etishda va loyiha ishlarini amalga oshirishda ham foydalanilishi mumkin.
b) O’quvchilarning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish va o’lchash uchun dasturiy vositalar nisbatan yaratilishi oson bo’lganligidan keng tarqalib ketgan. O’qituvchilar, xatto dasturlash tillari asoslarini bilmaydigan kishilar ham u yoki bu o’quv mavzusida savollar va javoblarni kiritishi mumkin bo’lgan qurollik tizim-qobiqlarning qator turlari mavjud. O’quvchining asosiy vazifasi qator taqdim etilgan javoblarning birini (to’g’risini) tanlash talab etiladi. Bunday dasturlar o’qituvchini individual nazorat vazifalarini berish, ularni tekshirish va baholash ishlaridan ozod etadi. Bu bilan o’qituvchida o’kuvchilarni ko’p marotaba bilimlarini sinash, o’zini-o’zi sinash, o’quv materiallarini takrorlash, mustahkamlash imkoniyatini beradi.

Download 117.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling