Ta’limiy elektron vositalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 117.01 Kb.
bet6/11
Sana31.01.2024
Hajmi117.01 Kb.
#1828261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu. Ta’limiy elektron vositalarni yaratish va foydalanishga qoyiladigan pedagogik, psixologik va ergonomik talablar, ularning sifatini baholash

Elektron o’quv adabiyotlar - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interfaol usuda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarning quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, ma’ruzalar kursi, ma’ruzalar to’plami, uslubiy ko’rsatmalar, uslubiy qo’llanmalar, ma’lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar.
Darslik – davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g’oyasi singdirilgan, muayyan o’quv fanining mavzulari to’liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o’zlashtirilishiga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo’nalishdarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.
Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:

  • o’quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklida;

  • o’quv materiallar verbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;

  • multimedia (multimedia – ko’p axborotli) qo’llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida;

  • taktil (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli, o’quvchini “ekran olamida” stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirishi va undagi ob’ektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib, eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda saqlashni maksimal darajada engillashtiradi.
Elektron darslikni ishlab chiqishda uchta asosiy komponent: o’quv materialni bayon etish, amaliyot va teskari aloqa e’tiborga olinishi kerak.
Elektron darsliklar quyidagi qismlardan iborat bo’lishi zarur:
1. O’rgatuvchi qism gipermatnga asoslangan va statik, dinamik rasmlardan iborat.
2. Mashq qildiruvchi xatolarni ko’rsatib beruvchi va to’g’ri xulosaga olib keluvchi qism.
3. Nazorat qiluvchi testlar orqali nazorat qiluvchi tizim asosida shakllanadi.
Darslikning o’quv matnlarini yaratishda o’quvchilar tomonidan materialni qabul qilish “tushuncha”dan “ob’ekt”ga va aksincha o’tishga asoslanishi zarur, shuning uchun matnning shartli birligi o’zida predmetning tushunchasi, uning ilmiy bilimlar tizimidagi o’rni; ob’ektiv haqiqatga nisbatan uning o’rni va ahamiyati; ushbu haqiqatning ba’zi tomonlarini ochish uchun uning etarli emasligi; ob’ekt haqida qo’shimcha bilimlarni izlash uchun mo’ljallangan bilim olish masalalarini ifodalash kabi elementlarini o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.

Download 117.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling