IV. Mustahkamlash Dam olish daqiqasi:
Katta chiziq, kichik chiziq, Yozuvlarim juda qiziq.
Biz yozamiz, uzuq-uzuq. Aylantirib o deymiz,
Katta chiziq, kichik chiziq, Ilgak qo’shib A deymiz.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozish.
O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.Dars davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. Gap yozishga o’rgatish. So’zlar oralig’ini chamalashni o’rgatish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi
VI. Uyga vazifa: Uy daftaridagi topshiriqlarni bajarish
15 Mavzu: Bosh J harfini yozish.
Sana ___________________
Maqsad: DTS talablari asosida dars o’tish.Yozuv ko’nikmalarini shakllantirish.
Ta’limiy: O’quvchilarga bosh J harflarini yozish ko’nikmasini o’rgatish.
FK1 kichik o, bosh O, kichik n, bosh N, kichik a, bosh A , kichik i, bosh I, kichik m, bosh M, kichik t, bosh T, kichik l, bosh L, kichik b, bosh B, kichik k, bosh K, kichik r, bosh R, kichik o‘, bosh O‘, kichik d, bosh D, kichik u, bosh U, kichik y, bosh Y, kichik e, bosh E, kichik g, bosh G, kichik ng, kichik s, bosh S, kichik h, bosh H, kichik sh, bosh Sh, kichik p, bosh P, kichik q, bosh Q, kichik ch, bosh Ch, kichik j, bosh J, harfini va ular ishtirok so‘zlarni to‘g‘ri va aniq yoza oladi.
Tarbiyaviy: Gigenik jihatdan tarbiyalash. Sinf jamoasida do’stona muhitni tarkib toptirish.
TK3 o‘quv fanlarini o‘rganish; kun tartibiga rioya qilish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni qo’l harakatlarini rivojlantirish. Solishtirish , qiyoslashga oid ko’nikmalarni rivojlantirish. TK5 orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiyena talablariga doimo rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |