IV. Mustahkamlash Oyim yopar kulcha non Keltiramiz biz o’tin,
Menga yoqar uchunon. Tandir qizdirish uchun.
O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.
Dars davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. Gap yozishga o’rgatish. So’zlar oralig’ini chamalashni o’rgatish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi
VI. Uyga vazifa: Uy daftaridagi topshiriqlarni bajarish.
26 Mavzu: (‘) Tutuq belgisi
Sana ___________________
Maqsad: DTS talablari asosida dars o’tish.Yozuv ko’nikmalarini shakllantirish.
Ta’limiy: O’quvchilarga kichik (‘) tutuq belgisini yozish ko’nikmasini o’rgatish.
FK1 kichik o, bosh O, kichik n, bosh N, kichik a, bosh A , kichik i, bosh I, kichik m, bosh M, kichik t, bosh T, kichik l, bosh L, kichik b, bosh B, kichik k, bosh K, kichik r, bosh R, kichik o‘, bosh O‘, kichik d, bosh D, kichik u, bosh U, kichik y, bosh Y, kichik e, bosh E, kichik g, bosh G, kichik ng, kichik s, bosh S, kichik h, bosh H, kichik sh, bosh Sh, kichik p, bosh P, kichik q, bosh Q, kichik ch, bosh Ch, kichik j, bosh J, kichik g‘, bosh G‘, kichik z, bosh Z, kichik v, bosh V, kichik x, bosh X, kichik f, bosh F harfini va ular ishtirok etgan so‘zlarni, (’) tutuq belgisi qatnashgan so‘zlarni to‘g‘ri va aniq yoza oladi.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni ona – Vatanimizni asrab – avaylashga o’rgatish. Gigenik jihatdan tarbiyalash. TK4 maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; TK 6 o‘quv qurollarini saranjom saqlash;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni qo’l harakatlarini rivojlantirish. FK1 Alifboni yozma shaklda yoza oladi. Shuningdek, 3-4 ta so‘zni eshitib va 2-3 so‘zdan tuzilgan gapni namuna asosida yoza oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |