Jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasi
“ Tabiatni asrab avaylang” mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida savol-javob o’tkazish. Yozuv daftarlarini nazorat qilish va rajbatlantirish.
III. Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi; Yozuv yozayotganda to’g’ri o’tirish qoidasi yozuv daftaridagi rasmlar asosida tushuntiriladi. Oyoq parta ostidagi oyoq qo’ygichga qo’yiladi. Gavda tik tutiladi, qo’l parta ustiga qo’yiladi. Yozayotganda gavda bir oz egiladi. Ko’krak qafasi bilan parta orasida besh barmoqcha oraliq qoladi. Chap qo’l daftarni tutib turadi, o’ng qo’l tirsagi parta ustida turadi.
O’quvchilarni yozishga oid ko’nikmalarni egallashga qaratilgan bilimlar bilan tanishtirish. Yozish jarayonida ruchkani tutib turish holati quydagicha; Ko’rsatkich, o’rta va bosh barmoqlarining yozuv jarayonidagi holati qanday bo’lishini o’qituvchi o’zi ko’rsatib beradi. Bunda ko’rsatkich barmoq ruchka ustida, o’rta barmoq ruchkaning tagiga, bosh barmoq ruchkaning yon tomoniga qo’yiladi. Barmoqlar ruchkaning uchidan 1,5 enlik yuqorida bo’ladi. Ruchkani o’ta qattiqushlash yoki bo’sh ushlash mumkin emas.
. O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.
Hh tovushi va Hh harfiga oid bilimlarni takrorlash;
Yozuv daftarida berilgan shaklni strelka bo’ylab yozishni mashq qilish
kichik h ikki unsurdan iborat bo’lib, ular bir butun shaklda yoziladi.. h harfini bir necha qator yozish.
IV. Mustahkamlash Dam olish daqiqasi: Har doim bo’lsin onam.
Har doim bo’lsin osmon, Har doim bo’lsin onam,
Har doim bo’lsin quyosh. Har doim bo’lay men.
harflarni ulab yozishga tayyorlanish maqsadida o’rganilgan harflardan bo’g’in va so’z hosil qilib yozish.
O’quvchilar topshiriqni yozuv daftarlariga mustaqil yozadilar. Ular ishlarini kuzatish.Dars davomida o’rgatilganlar asosida savol javob o’tkazish o’quvchilar fikr mulohazalarini mustahkamlash. O’quvchilar yozuvlarini nazorat qilish. Qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. Gap yozishga o’rgatish. So’zlar oralig’ini chamalashni o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |