Ta`limning mazmuni reja


O‘quv darsliklari va unga qo‘yiladigan


Download 30.29 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi30.29 Kb.
#1743308
1   2   3   4
Bog'liq
TAlimning mazmun

O‘quv darsliklari va unga qo‘yiladigan talablar.
VI.Ta’limning mazmuni darsliklarda konkretlashtiriladi. Darslik ma’lum predmet buyicha dasturda ko‘zda to‘tilgan o‘quv materialini o‘z ichiga olgan, ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradigan vositadir. Darsliklar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bosh manba, o‘qituvchining o‘quv jarayoniga raxbarlik qilishining muhim qo‘llanmasi, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, bilimga qiziqishni rivojlantirishi, mustaqil ishlash malakasi, xotira, tafakkur, nutk va til estetik tarbiya kabilarning muhim vositasi hisoblanadi.
O‘zekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan maktab iste’dodli olimlar tomonidan yozilgan, muqobil darsliklarga ega bulmokda. Fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi darsliklarning mazmuniga, so‘zsiz ta’sir etadi, darsliklar tuldiriladi, kaytadan ishlanadi, yangidan yaratiladi. Lekin darsliklarning stabillik printsipi saqlanib koladi. Darsliklarga qo‘yiladigan pedagogik talablar quyidagilardan iborat:
1.Material bayonining qat’iy ilmiyligi va hozirgi zamon fan va texnika rivojiga mosligi.
2.Yuksak g‘oyaviylik va o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash vazifalariga bo‘ysunishi.
3.Darslik mazmunining hayot bilan bog‘liqligi har bir nazariy masalalar yetarlicha asosli misollar, ko‘rsatmalar bilan bo‘lishi va ularning hayotiy ahamiyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
4.O‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olib, materialni izchil va tizimli joylashtirilishi.
5.O‘quvchilarning mustaqil ishlash malakasiga muvofiq ko‘rsatma va ma’lumotlarning mavjudligi, darslik mazmuniga kuzatish va mashq uchun topshiriqlar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar, takrorlash uchun savollar bo‘lishi.
6.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun bayonning oddiy, badiiy va obrazli bulishi.
7.Materialni o‘zlashtirishni yengillashtirish uchun chizma, diagramma, rasm va illustratsiyalarning mavjudligi.
8.Darsning tashkiliy ko‘riniishi yaxshi bo‘lishi.
Boshlang‘ich ta’lim sharoitida darsliklar tuzishda o‘ziga xosliklar va qiyinchiliklar bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilarining darsliklarida boshlang‘ich ilmiy bilimlar beriladi, ular Bolaning hayotiy tajribasi bilan, unga odat bo‘lib qolgan fikr yuritish mantiqi bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak. Shuning uchun darslikda tushuntirishlar, misollar, topshiriqlar, mashqlar, rasm va suratlar ko‘p bo‘ladi, unga mumkin bo‘lgan o‘yin vaziyatlari, topshiriqlar kiritiladi. O‘quvchining nazariy bog‘liqliklarni topishi va o‘zlashtirishi mashqlarning harakteri va sismavzusiga bog‘liqdir. Bir fanning o‘zi turli sismavzuda muxokama, dalil, isbot va mashqlar yordamida bayon qilinishi mumkin.
Xulosa
Hozirgi maktablarda yangi pedagogik texnologiya asosida yaratilgan darsliklardan ham keng foydalanilmokda. Bu darsliklarning asosiy xususiyati shundaki, har bir informatsion materialdan keyin o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar va topshiriqlar beriladiki, bo‘lar o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini mustaqil egallashlariga yordam beradi. O‘quv darsliklariga yordamchi o‘quv qo‘llanmalari chiqariladi. Bo‘lar: xrestomatiya, mashq va masalalar tuplami, lugat, spravochnik, o‘qish kitobi, geografik va tarixiy kartalar va boshqalar.

Bo‘lar darslik materiallarini kengaytiradi, o‘zlashtirishni yengillashtiradi.O‘quv qo‘llanmalariga ham darsliklarga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi. Bunday o‘quv qo‘llanmalari o‘quvchilarda mustaqil ishlash malakasini hosil qilishda muhim o‘rin tutadi.



Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi:



    1. olam va inson haqidagi bilimlar;

    2. faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi;

    3. atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.

Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:





  1. jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;

  2. jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;

  3. ta’limninq maqsad va vazifalari;

  4. innovatsion rivojlanish darajasi;

  5. axborotlarning hajmi va ko‘lami;

  6. o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.

Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo‘qoladi.

Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda.

Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi



Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling