- Oliy maktabdagi o’qitish jarayoni o’qitishning shakl va metodlarini tashkil etishning ko’p qirrali yagona tizimiga asosan amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning shakl va usullari tasnifi o’zaro bog’langan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:
- - o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo’yicha o’qituvchilarning faoliyati;
- - talabalarning o’quv va bilish faoliyati.
Ma‘ruza - Ma‘ruza – bilim berishning shunday shakliki, unda pedagog (o’qituvchi) tomonidan berilayotgan bilimlar, malaka va ko’nikmalar talabalarga yoppasiga bayon etiladi. Ma‘ruza - o’quv jarayonining ilg’or usullaridan biri bo’lib, dastlab u o’rta asrlarda biron bir kitobni o’qish yoki uni izohlash yo’li bilan namoyon bo’lgan. Jamiyat rivojlanishi maboynida og’zaki tushuntirishning bu usuli XVIII asrda lotin tilida amalga oshirildi. XVIII asr o’rtalariga kelib ma‘ruzalar rus tilida o’qiy boshlandi. Uning ilg’or namoyandalaridan biri M.V. Lomonosovdir.
- Fanlar bo’yicha ma‘ruzada hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- - ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi;
- - talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi;
- - o’quv faoliyati va o’quv mashg’ulotlarining barcha turlari orasidagi metodik aloqalar ko’rsatiladi. Didaktik maqsadiga (yo’nalganligiga) ko’ra kirish, tematik va umumiy – yakuniy ma‘ruzalar farqlanadi.
Amaliy mashg’ulot - Amaliy mashg’ulot - o’quv ishlarining mantiqiy davomi bo’lib, bu termin talabalarning mustaqil auditoriya ishlarining umumiy tushunchasi hisoblanadi. Agar ma‘ruzada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarda bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg’ulotlar talabalarning bilimini sinashga xizmat qiladi. Amaliy mashg’ulotlarda mashqlar, laboratoriya ishlarini o’tkazish, har xil ilmiy tajribalarni o’tkazish kabilar amalga oshiriladi. Bilim berishning bu shaklida ma‘ruzalarda olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyot bilan bog’lanadi va o’quvchilar tomonidan tajribalar amalga oshiriladi. Amaliy mashg’ulot shakllaridan biri seminardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |