Ta’limning zamonaviy mеtоdlari va vоsitalari
Download 0.8 Mb.
|
Ta\'imning tashkiliy shakllari va metodlari
Ta'lim metodlari oldiga muqarrar suratda qo'yiladigan yana bir talab ularning tushinarli bo'lishidir. O'qitish yo'li o'quvchiga tushinarli va maqbul bo'lishi, o'quv materialini o'rganish usullari esa uning bilimlarni o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. Bolani sezgi organlari orqali bilishga o'rgatish va o'quv jarayonida ko'rsatmali qurollardan iloji boricha ko'proq foydalanish zarurligi ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan muhim talabdir. Ta'lim metodlarini ta'limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Ta'lim metodlari oldiga qo'yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bo'lishidir. Ta'lim metodlari yaxshi natija beradigan bo'lishi lozim.
Og'zaki bayon qilish metodlari. O'quv informatsiyasini so'z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish metodiga og'zaki bayon qilish metodi deb ataladi. Og'zaki bayon qilish metodlarida o'qituvchining nutqi – o'qitishning eng tushunarli va tarqalgan vositasidir. O'qituvchi nutqdan foydalanishni o'rganib olgach, xatto eng mavhum tushunchalarni, g'oyalarni bolalarga tushunarli qilib aytib beradi. Nutq yordamida u bolalar ongida o'tmishning yaqqol manzarasini, insoniyatning ajoyib istiqbolini, koinotning tuzilishini tasavvur qila oladi. Nutq o'quvchilarning tasavvuri xotirasi tuyg'ularini faollashtiradi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling