Tamakining zamburugli kasalliklari tamakining virusli kasalliklarning zarari


Download 364.91 Kb.
bet4/6
Sana01.04.2023
Hajmi364.91 Kb.
#1315053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TAMAKI ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI

Tamakida bodring mozaikasini bodring mozaikasi virusi (BMV – Cucumis virus 1) qoʻzgʻatadi. Virus haqidagi batafsil maʻlumotlar yuqorida pomidor kasalliklari boʻlimida keltirilgan.
Dalada boding mozaikasi koʻchatlarni ekkandan keyin 1 oy oʻtgan paytda, barglarda mozaika shaklida namoyon boʻladi. TMV dan farqli oʻlaroq, mozaikali barglarning toʻq-yashil tusli qismlari faqat barg tomirlari bilan chegaralanmaydi, balki tomir oralarida ham uchraydi. Keyinchalik barglarda ancha katta hajmli shishlar paydo boʻladi, barg uchlari bigiz shaklida ingichkalashadi. Natijada barglar xunuk – jingalak, lanset shakllarini oladi, ustida baʻzan dumaloq yoki yoysimon doiralar – nekrotik dogʻlar paydo boʻladi.
Zararlangan maxorka barglarida mozaika va ustida shishlar hosil boʻladi. Koʻp hollarda kasallik tufayli poya boʻgʻin oralari, yon novdalar uzunligi va gullar soni kamayadi, oʻsimliklar pakana boʻlib qolishi mumkin. Virus qurigan tamaki barglari va urugʻda saqlanmaydi. Oʻsuv davrining boshlarida (koʻchatlar ildiz olishi va jadal oʻsish paytlarida) zararlangan ekin hosilining 14-26 foizi yoʻqotiladi, mahsulot sifati keskin pasayadi.



\. Kasalliklarning zarari
Tamaki yetishtirishda uchraydigan bir qancha kasalliklar koʻchat chikishiga, hosil miqdoriga va sifatiga jiddiy zarar yetkazadi.
Tamaki kasalliklarining zarari
(Filipchuk, 2005)
4-jadval.



Kasallik nomi

Zarari

1

Rizoktonioz

Koʻchatxonada uchrab, 25-70% ga qadar koʻchatni zararlaydi, natijada kasallangan koʻchatlar yaroqsiz holatga keladi.

2

Qora ildiz chirish

Dalada koʻchat oʻtqazilgandan 15-20 kundan soʻng uchray boshlaydi va oʻsuv davri oxirigacha davom etadi, oʻrtacha 12-17% oʻsimliklar kasallanadi.

3

Pitioz

Koʻchatxonada boshlanib, kasallangan koʻchat orqali dalaga oʻtadi, 15-30% oʻsimlik kasallanadi.

4

Fuzarioz

3-5 barg chiqarish fazasidan boshlanib, oʻsuv davri oxirigacha dovom etadi, 8-25% oʻsimliklarni kasallanishi kuzatiladi.

5

Tamaki mozaikasi

Tamaki oʻsuv davri davomida kasallanadi, hosil 35-70% kamayadi, kasallangan barg sanoat uchun yaroqsiz boʻlib hisoblanadi

6

Tamakida pomidorning olachipor soʻlishi

Tamaki oʻsuv davri davomida kasallanadi, hosil 15-40% kamayadi, kasallangan barg sanoat uchun yaroqsiz boʻlib hisoblanadi

7

Tamakida bodring mozaikasi

Tamaki oʻsuv davri davomida kasallanadi, hosil 55-50% kamayadi, kasallangan barg sanoat uchun yaroqsiz boʻlib hisoblanadi


Download 364.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling