Tamakining zamburugli kasalliklari tamakining virusli kasalliklarning zarari


Download 364.91 Kb.
bet1/6
Sana01.04.2023
Hajmi364.91 Kb.
#1315053
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TAMAKI ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI


TAMAKI ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
REJA
1 TAMAKINING ZAMBURUGLI KASALLIKLARI
2 TAMAKINING VIRUSLI KASALLIKLARI
3 KASALLIKLARNING ZARARI
4 KURASH CHORALARI
Rizoktonioz. Qoʻzgʻatuvchi organizm Tbanatepborus cucumeris bazidiomisetlar sinfiga oid zamburugʻ boʻlib, tuproqda vegetativ Rhizoctonia solani shaklida, odatda oʻsimlik qoldiqlarida saprofit sifatida yashaydi, ammo kasallikka moyil oʻsimlik turlarining ildizlari zararlangan tuproq zonasiga kirganda, zamburugʻ kuchli parazitga aylanadi.
Rhizoctonia solani bitta oʻzi, yoki boshqa patogen zamburugʻlar bilan birga nihol kasalliklarini barcha xillarini qoʻzgʻata oladi. Zamburugʻ ekilgan chigitni chiritishi va nihollarni tuproq yuzasiga chiqishidan oldin yoki keyin kasallantirishi mumkin. Salqin ob havo tufayli nihollar oʻsishi sekinlashgan yoki toʻxtab turgan paytda zararlanishi kuchayadi. Ammo Pythium ultimum turidan farqli oʻlaroq Rhizoctonia solani havo isigandan soʻng ham ayniqsa, tuproq parazit bilan kuchli zararlangan holda nihollarni shikastlashni davom ettiraveradi. Zamburugʻ bilan zararlangan oʻsimlik qoldiqlari dalaga ishlovlar berish paytida kengroq joylarga tarqaladi va oqibatda parazit bilan nihollarning uchrashish ehtimoli oshishi mumkin. Parazit gifalar yordamida, odatda chin barglar chiqquniga qadar, nihol urugʻpalla, gipokotil va ildizning yumshoq toʻqimalariga epidermisni teshib kiradi va keyingi ikki organda botiq qoʻngʻir qizgʻish-qoʻngʻir, keyinchalik toʻq-qoʻngʻir, uzunligi 1-2 mm dan bir necha sm gacha boʻlgan dogʻlar hosil qiladi. Bu dogʻlar va yaralarda rivojlangan sargʻish-qoʻngʻir gifalar yordamida zamburugʻ niholni ichki toʻqimalariga oʻtib, ularni chiritadi. Nihol poyasining tuproq yuzasiga yaqin qismi noziklashib halqasimon yara bilan qoplanishi, Rhizoctonia solani zamburugʻi uchun xos xarakterli belgi boʻlib hisoblanadi, ammo bunday zararlanishning sababchisi Thielaviopsis basicola, Pythium ultimum, va Fusarium spp., zamburugʻlari ham boʻlishi mumkin. (Garber va boshq. 1996).
Zamburugʻ oʻzidan chiqaradigan oksalat va boshqa organik kislotalar bilan toʻqima hujayralarini oʻldiradi, sellyuloza va pektinaza fermentlari yordamida hujayra devorchalarini yemiradi, toʻqimadagi oziqa moddalarini oʻzlashtiradi, tez oʻsadi va uning gifalarida uzoq vaqt saqlanishga moʻljallangan, yoʻgʻon, toʻq qoʻngʻir sklerosiylar rivojlanadi. Vaqt oʻtishi bilan sklerosiylar qora tusga kiradi va oʻlchami 1 mm yoki kattaroq diametrga yetadi. Bu yoʻgʻon hujayra va sklerosiylar tuproqda, oʻsimlik qoldiqlarida, kasallikka moyil xoʻjayin ekinni toʻqimalari yana paydo boʻlguncha saqlanaveradi. Agar niholning kasallangan toʻqimasi laboratoriyada qulay haroratda qoldirilsa, uning usti sargʻish-qoʻngʻir gifalar bilan qoplanadi va zamburugʻ Rhizoctonia solani turi ekanligi mikroskopda oson aniqlanadi. Bu zamburugʻning asosiy zarari – dalada nihollarni chiritib, ularning sonini kamaytirib yuborishidadir. AQShda oʻtkazilgan tajribalarning koʻrsatishicha, baʻzi dalalarda nihollar soni Rhizoctonia solani taʻsiridan 50 % gacha kamayar ekan (Presley, 1972).
Zamburugʻ har xil sabzavot, texnik va boshoqli ekinlarni ham kasallantiradi, ammo bir ekindagi populyasiya ikkinchi ekin uchun bezarar; misol uchun dalada kartoshkada rivojlangan sklerosiylar boshqa ekinlarni kasallantirmaydi. Bir ekin turi dalada uzoq yillar mobaynida oʻstirilganda, tuproqda oʻsha ekinni juda kuchli zararlaydigan populyasiya toʻplanib, yildan-yilga koʻpayib borishi aniqlangan (Davis va b.q. 1981).
Rizoktonioz butun dunyoda, gʻoʻzada ayniqsa Xitoy, Misr, Hindiston, AQSh va boshqa mamlakatlarda keng tarqalgan, Markaziy Osiyoda ham barcha yerlarda, koʻproq markaziy va shimoliy mintaqalarda uchraydi (Rasulev, 1981).
Qora ildiz chirish. Thielaviopsis basicola nomli deyteromisetlar sinfiga oid zamburugʻ qoʻzgʻatadigan kasallik boʻlib, asosiy alomati – tamaki nihollarining ildizlarida poʻstloq (qobiq) chirishi, kasallikning kam uchraydigan shakli esa – 1 yoki 2- chi barg terimidan soʻng boshlagan davrdan eʻtiboran (avgust-sentyabr) ildiz boʻyinchasi (ayniqsa, uning ichki qismi) chirishi va oʻsimlik soʻlishi bilan taʻriflanadi.

Zamburugʻ nihol ildiz tarmogʻining va poyaning tuproq sathidan pastki qismidan poʻstloq va poʻstloqning ustki pardasi (epidermisi) toʻqimalariga kirib zararlaydi; zararlangan toʻqimalar qorayib ketadi. Zamburugʻ kam hollarda ildizning ichki qismlari (endodermis, oʻtkazuvchi tomirlar tarmogʻi va uni himoyalovchi toʻqimalar) ga oʻtib zararlashi, bunda kasallangan nihol ildizi poʻstlogʻini qoʻl bilan oson sidirib olish mumkinligi va ildizning ichki qismlari zararlanmaganligini koʻrish mumkin. Odatda kasallangan niholning oʻq ildizi sogʻlom oʻsimliknikiga nisbatan ancha noziklashadi. Kasallik kuchli rivojlanganda, nihollarning oʻsishi juda sekinlashadi, boʻyi past boʻlib qoladi va ularni tuproqdan oson sugʻurib olish mumkin boʻladi. Qora ildiz chirishi va boshqa nihol kasalliklari qoʻzgʻatuvchilari uchun haroratning past (4-15 0S) va namlikning yuqori boʻlishi (yomgʻir) juda qulaydir. Bunday sharoitda kuchli yoki juda kuchli zararlanish kuzatiladi (Davis va b.q. 1996).


Kasallik nihollarda 2-4 hafta davom etgandan soʻng, harorat 20-25 0S ga koʻtarilishi bilan chirigan poʻstloq va epidermis toʻqimalarining oʻrniga poʻstloqning ichki qismlaridan yangi toʻqima (periderma) oʻsib chiqadi. Chirigan toʻqimalar 1-2 hafta ichida archilib, tushib ketadi va nihol kasal boʻlganini alomatlari deyarli qolmasligi ham mumkin. Shuning uchun qora ildiz chirish kasalligi koʻpincha unib chiqqan nihollar sonini kamaytiradi.
Qora ildiz chirishining yoz yoki kech kuzda tamakida uchraydigan xili nihol kasallanishining davomi boʻlib u, barglarning poyadan tushib ketmasdan, poya yosh toʻqimalarining birdan soʻlishi bilan taʻriflanadi. Bunday oʻsimlik, xuddi yashin urgandek toʻsatdan qurib qoladi. Kasallikning yaqqol koʻrinadigan alomati – ildiz boʻyinchasi va uning yuqori tomoni (10-12 sm balandlikkacha) juda sezilarli darajada yoʻgʻonlashib qoʻngʻir yoki toʻq-qizgʻish rang olishi hisoblanadi. Thielaviopsis basicola niholning toʻqimalariga kirgandan soʻng 2-4 kun ichida ildizning ustki qismlarida ikki xil spora hosil qiladi: fialokonidiya (endokonidiya) va artrospora (xlamidospora). Fialokonidiyalar tagi shish va ustki qismi silindrsimon konidioforalar ichida rivojlanadi. Ular silindr shaklida ikki tomoni ham silliq, rangsiz bir hujayrali, oʻlchamlari 8-20x4-6 mkm.
Artrosporalari qalin devorchali, toʻq-qoʻngʻir, disk shaklida, zanjirsimon.
Har bir zanjir 4-8 ta artrosporadan iborat, zanjirning eng pastdagi sporasi rangsiz. Zanjirlar oʻlchami24-55x8-16 mkm, alohida sporalarniki 10-17x5-8 mkm. Laboratoriyada agarli oziqa muhitlarida zamburugʻ koloniyalarining rangi kul rang.
Tahlillar shuni koʻrsatadiki, qora ildiz chirish kasalligi keng tarqalishi uchun shart – tuproqda zamburugʻ propagulalari miqdori eng kamida 50 yoki undan koʻproq boʻlishi kerak ekan: AQSh janubiy-gʻarbiy shtatlarining qora ildiz chirish koʻp tarqalgan dalalarida zamburugʻ propagulalarining miqdori 1 g tuproqda 50750 tani tashkil etishi aniqlangan (Davis va b.q. 1996).
Dalalarda oʻsayotgan kasallikka moyil xoʻjayin oʻsimliklarning yoʻqligida zamburugʻ artrosporalari “fungistazis” hodisasi mavjudligi tufayli, tuproqda oʻsmasdan bir (Karimov, 1980) yoki koʻp (Rasulev, 1981) yillar davomida saqlanadi. Kasallikka chalinishga moyil ekin turi (masalan gʻoʻza, tamaki, pomidor, karam, kartoshka va boshq.) ekilgach, nihollar ildizlaridan chiqaradigan organik moddalar fungistazisni “buzadi” va zamburugʻ sporalari “uygʻonib”, oʻsishni boshlaydi va nihollarni zararlaydi.

Download 364.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling