Tamakining zamburugli kasalliklari tamakining virusli kasalliklarning zarari
Download 364.91 Kb.
|
TAMAKI ZAMBURUG‘ KASALLIKLARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tamakida pomidorning olachipor soʻlishi
. TAMAKINING VIRUSLI KASALLIKLARI
Tamaki mozaikasini tamaki mozaikasi virusi (TMV) (Nicotiana virus 1) qoʻzgʻatadi. Virus haqidagi batafsil maʻlumotlar yuqorida pomidor kasalliklari boʻlimida keltirilgan. TMV tamakida butun dunyoda, jumladan Oʻzbekistonda ham keng tarqalgan. Virus tamaki va maxorkadan tashqari pomidor, baqlajon, qalampir va boshqa koʻp ekinlarni zararlaydi. Uning koʻp shtammlari mavjud boʻlib, ular tamaki navlarini har xil darajada zararlashi va kasallik belgilari oʻta oʻzgaruvchanligi bilan taʻriflanadi. Virusning keng tarqalgan oddiy shtammlari tamaki barglarida umumiy simptom - mozaika paydo qiladi, bunda bargda biroz boʻrtib chiqqan toʻq-yashil va och-yashil qismlari birin-ketin joylashishi tufayli barg olachipor boʻlib qoladi, bargning uchki qismi xunuk shakl oladi. Virusning baʻzi shtammlari barglarda sariq mozaika, doira shaklli nekrozlar, shishlar paydo qiladi, barglar vaqtidan oldin qurib qoladi. Baʻzan barglar ipsimon shakl olishi mumkin. Kasallik tamaki barglari hosilini va uning sifatini kamaytiradi. Virus bilan zararlangan urugʻdan oʻsib chiqqan oʻsimliklarning yosh barglarining tomirlari och tus oladi va mayda dogʻlar rivojlanib, barg olachipor tus oladi. Barglarning chetlari biroz ustki tarafga bukiladi. Keyinroq barglar ustida katta shishilar paydo boʻladi. Kattaroq oʻsimliklar zararlanganida, harorat yuqori boʻlganida, barglardagi mozaika asta-sekin yoʻqoladi va faqat nekrotik dogʻlar qoladi. Maxorka zararlaneganida eng yosh barglarning rivojlanishi sekinlashadi, ular gʻijimlangan shakl va sargʻish tus oladi. Barg tomirlari va koʻpincha yosh barglarning oʻzlari nobud boʻladi. Tamakida pomidorning olachipor soʻlishi kasalligini pomidor olachipor soʻlish virusi (POSV – Lycopersicum virus 3) qoʻzgʻatadi. Virus haqidagi batafsil maʻlumotlar yuqorida pomidor kasalliklari boʻlimida keltirilgan. Bu virus dunyoning barcha mamlakatlarida tarqalgan, Oʻzbekistonda ham uchrashi ehtimoli bor. Zararlangan oʻsimliklar oʻsishdan toʻxtaydi, baʻzan nobud boʻladi. Oʻsimliklarning uch qismi oqaradi va soʻlishi mumkin. Yosh barglarda toʻrsimon yoki mozaika shaklli xlorotik dogʻlar paydo boʻladi. Yuqori yarus barglarning ostki qismida koʻp miqdorda mayda, turli shaklli, nekrotik dogʻlar rivojlanadi, ular qoʻshilganida, bargni butunlay qoplab oladi va nobud qiladi. Kamroq darajada zararlangan barglar omon qoladi, ammo xunuk shakl oladi – tomirlarida nekrotik dogʻlar va barg ustida shishlar paydo boʻladi. Baʻzan barglar sargʻish-yashil tus va gʻijimlangan shakl oladi. Oʻrta yarus barglari gʻijimlangan shakl oladi. Zararlangan poya va barg bandlarida nekrotik chiziqchalar va tasmachalar paydo boʻladi. Oʻsimlik tepasi xlorozi yosh oʻsimliklarda koʻproq uchraydi. Kasallikning bu xili shonalash davrida kuzatilganida poya boʻgʻin oralari kalta boʻlib qoladi, oʻsimlik tepasi rozetka shaklini oladi. Koʻpincha barglari terisimon boʻlgan, xunuk shaklli yon novdalar rivojlanadi. Bunda oʻsimliklar jingalak koʻrinish oladi. Zararlangan oʻsimliklarda kasallikning belgilari har xil boʻlishi ekin navi, ularni virusning har xil shtammlari zararlashi va ob-havo faktorlari bilan bogʻliq. Tamaki navlarining virus shtammlariga chidamliligi har xil, ammo immun navlar mavjud emas. POSV tamaki oʻstiriladigan mintaqalarda katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Zararlangan koʻchatlarning barchasi nobud boʻladi. Rozetka yoki shonalash fazalarida zararlangan oʻsimliklar hosili 70-80% ga, gullash fazasida zararlangan ekinniki esa 10-15% ga kamayadi. Download 364.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling