Tamat ishlab chiqarish sanoatida suv iste’moli
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
oR6ZDVfmCobupxbwv4PlX7fCBGWjQXqDJ6VKPeYk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish.
Ekish muddati va sxemasi.
* Janubiy viloyatlarda ertagi navlar martning oxirgi oʻn kunligida, oʻrta va kechpishar navlar aprelning 1-2-oʻn kunligida; markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ertapishar navlar aprelning 1-oʻn kunligida, oʻrta va kechpisharlari aprelning 2-3-oʻn kunligida hamda mayning 1-2 oʻn kunligida, urugʻ bilan ochiq maydonga aprelning 1-oʻn kunligida; shimoliy mintaqalarda ertapishar navlar aprelning 2-oʻn kunligida, oʻrta va kechpisharlari aprelning soʻngi oʻn kunligida, mayning 1-oʻn kunligida va urugʻ bilan ochiq maydonga aprelning 2-oʻn kunligida ekiladi. * Oʻsimliklarga birinchi ishlov berish koʻchatlar tutib olgach, yaʼni ekilganidan 10-12 kundan keyin boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi koʻchatlar orasining tuprogʻi yumshatiladi. Birinchi parvarishlashdan 12–15 kun oʻtgach, ikkinchi suv beriladi. Tuproq yetilgandan soʻng yana bir bor chopiq qilinadi. Bunda yer begona oʻtlardan tozalanadi, yumshatiladi, tuproq pomidor koʻchatining atrofiga bosiladi. Pomidor oʻsimligi yaxshi rivojlanib, moʻl hosil berishi uchun uning ildizi joylashgan qatlam havo bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Buning uchun suv egat oralatib qoʻyilgani maʼqul. * Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. * Agrotexnik tadbirlar almashlab ekishni qoʻllash, oʻsimlik qoldiqlarini yoʻqotish, begona oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurashish; virus kasalligiga chidamli pomidor navlarini ekishdan iborat. Urugʻni ekishga tayyorlashda majburiy tadbirlardan biri ularni virusli va bakterial kasalliklardan xoli qilishdir. Urugʻ ekishdan oldin virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida 50– 52 o C va 24 soat 80 o C qizdiriladi, keyin 3 minut 5 foizli shoʻr suvda saralanadi. * Pomidorda asosiy zararkunandalaridan shira, oqqanot, trips, zang kanaga qarshi 10 sotixga Perfekto 17,5 sus. k. (20-30 ml), Karate 5% em. k., Mospilan 20% n. kuk. (25–30 g) va gʻoʻza tunlamga Avaunt 15% em. k. (40 ml), Tayshin s. d. g. (10–12 g) preparatlari qoʻllaniladi. * Kasalliklardan mevalarning uchidan chirishi, bakterial qora dogʻ, fitoftoroza, un shudring, fuzarioz va vertisillioz soʻlish, mozaika, stolbur uchraydi. Un shudringga qarshi Lotos 10 % em. k (30 ml, 10 sotix maydonga), fitoftoroz, alternariozga Kurzat R n. kuk. (200–250 g), Prokure 77,2% s.e. k. (1 l/ga) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qoʻllash mumkin. 60-70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi. Bu kimyoviy preparatlarni soha mutaxassislari bilan maslahatlashib qoʻllash zarur. * * Pomidor mevalari poyasida toʻliq pishgan, lekin hali qattiq boʻlganda yetilgan hisoblanadi. Och yoki toʻq qizil rangga kirgan mevalarni avaylab, poyaga shikast yetkazmasdan sindirib olish mumkin. Terilgan pomidorlarni salqin joyga qoʻyish lozim. Baʼzida koʻk pomidorlarni birinchi qattiq sovuq tushishidan oldin terib olib, salqin nam joyda saqlashga qoʻyiladi. Pishgan pomidor vaqtida terib olinmasa poyasidan oqib tushadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling