Tamat ishlab chiqarish sanoatida suv iste’moli


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1165014
1   2   3
Bog'liq
oR6ZDVfmCobupxbwv4PlX7fCBGWjQXqDJ6VKPeYk

Ekish muddati va sxemasi.
*
Janubiy viloyatlarda ertagi navlar martning 
oxirgi oʻn kunligida, oʻrta va kechpishar navlar 
aprelning 1-2-oʻn kunligida; markaziy mintaqada 
joylashgan viloyatlarda ertapishar navlar 
aprelning 1-oʻn kunligida, oʻrta va kechpisharlari 
aprelning 2-3-oʻn kunligida hamda mayning 1-2 oʻn 
kunligida, urugʻ bilan ochiq maydonga aprelning 
1-oʻn kunligida; shimoliy mintaqalarda ertapishar 
navlar aprelning 2-oʻn kunligida, oʻrta va 
kechpisharlari aprelning soʻngi oʻn kunligida, 
mayning 1-oʻn kunligida va urugʻ bilan ochiq 
maydonga aprelning 2-oʻn kunligida ekiladi. 


*
 
Oʻsimliklarga birinchi ishlov berish koʻchatlar 
tutib olgach, yaʼni ekilganidan 10-12 kundan keyin 
boshlanadi. Bunda egat ichi, pushta va qatordagi 
koʻchatlar orasining tuprogʻi yumshatiladi. Birinchi 
parvarishlashdan 12–15 kun oʻtgach, ikkinchi suv 
beriladi. Tuproq yetilgandan soʻng yana bir bor 
chopiq qilinadi. Bunda yer begona oʻtlardan 
tozalanadi, yumshatiladi, tuproq pomidor 
koʻchatining atrofiga bosiladi. Pomidor oʻsimligi 
yaxshi rivojlanib, moʻl hosil berishi uchun uning 
ildizi joylashgan qatlam havo bilan taʼminlangan 
boʻlishi kerak. Buning uchun suv egat oralatib 
qoʻyilgani maʼqul. 




*
Kasallik va zararkunandalarga qarshi 
kurashish.
*
Agrotexnik tadbirlar almashlab ekishni qoʻllash, 
oʻsimlik qoldiqlarini yoʻqotish, begona oʻtlar va 
zararkunandalarga qarshi kurashish; virus 
kasalligiga chidamli pomidor navlarini ekishdan 
iborat. Urugʻni ekishga tayyorlashda majburiy 
tadbirlardan biri ularni virusli va bakterial 
kasalliklardan xoli qilishdirUrugʻ ekishdan oldin 
virus kasalliklariga qarshi 48 soat davomida 50–
52 
o
C va 24 soat 80 
o
C qizdiriladi, keyin 3 minut 5 
foizli shoʻr suvda saralanadi. 


*
Pomidorda asosiy zararkunandalaridan shira, oqqanot, trips, 
zang kanaga qarshi 10 sotixga Perfekto 17,5 sus. k. (20-30 
ml), Karate 5% em. k., Mospilan 20% n. kuk. (25–30 g) va 
gʻoʻza tunlamga Avaunt 15% em. k. (40 ml), Tayshin s. d. g. 
(10–12 g) preparatlari qoʻllaniladi. 
*
Kasalliklardan mevalarning uchidan chirishi, bakterial qora 
dogʻ, fitoftoroza, un shudring, fuzarioz va vertisillioz soʻlish, 
mozaika, stolbur uchraydi. Un shudringga qarshi Lotos 10 % 
em. k (30 ml, 10 sotix maydonga), fitoftoroz, alternariozga 
Kurzat R n. kuk. (200–250 g), Prokure 77,2% s.e. k. (1 l/ga) 
yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qoʻllash mumkin. 60-70 litr 
suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi. Bu kimyoviy 
preparatlarni soha mutaxassislari bilan maslahatlashib qoʻllash 
zarur. 


*
 
*
Pomidor mevalari poyasida toʻliq pishgan, 
lekin hali qattiq boʻlganda yetilgan 
hisoblanadi. Och yoki toʻq qizil rangga 
kirgan mevalarni avaylab, poyaga shikast 
yetkazmasdan sindirib olish mumkin. 
Terilgan pomidorlarni salqin joyga qoʻyish 
lozim. Baʼzida koʻk pomidorlarni birinchi 
qattiq sovuq tushishidan oldin terib olib, 
salqin nam joyda saqlashga qoʻyiladi. 
Pishgan pomidor vaqtida terib olinmasa 
poyasidan oqib tushadi. 


*

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling