Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Byudjetlararo munosabatlar


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Byudjetlararo munosabatlar – davlat hokimiyat organlari va 
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida munosabatlar. 
Byudjet huquqi – mamlakat byudjet tuzilishining (qurilishining) 
asoslarini, mamlakatning byudjet tizimiga kiruvchi byudjetlarni tuzish, ko‘rib 
chiqish (muhokama qilish), tasdiqlash va ijro etish tartibini aniqlovchi yuridik 
me’yorlar majmui. 
Birja solig‘i – birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq. 
Proporsional stavkalar bo‘yicha olinib, uning darajasi bitimlar summasiga 
nisbatan 1%dan 2,5% gacha tebranadi. Uning soliqqa tortish obyekti bo‘lib, 
fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti (aylanmasi) hisoblanadi. 
Soliqqa tortishda asos sifatida qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarning 
imzolanishi maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko‘rinishi bo‘lishi mumkin: 
a) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig‘i. Uning soliqqa 
tortish obyekti – fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti 
(aylanmasi)ning hajmi. Soliq respublika byudjetiga borib tushadi; b) birja 
mahalliy solig‘i. Bu birjada sodir bo‘ladigan qimmatbaho qog‘ozlar bitimi 
bo‘yicha yig‘imdan iboratdir.
Biriktirilgan 
daromadlar 
– 
o‘zlarining 
tegishli 
byudjetga 
biriktirilganligiga qarab to‘liq yoki qat’iy belgilangan hissada (foizda) doimiy 
ravishda yoki ma’um bir muddat davomida u yoki bu byudjetga tushuvchi 
daromadlar (soliqlar). 
Boqimanda – belgilangan muddatda byudjetga o‘tkazilmagan va 
so‘zsiz undirilishi lozim bo‘lgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning 
summasi. 
Bojxona bojlari - ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni 
kiritish, undan chiqarish va olib o‘tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan 
biri. Ularning asosiy maqsadi daromad olish bo‘lmasdan, balki ichki 
bozorni, milliy sanoatni va qishloq xo‘jaligini himoya qilishdir. Davlat 
iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. 
Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi 
shunga o‘xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim. Odatda, 
mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus 
me’zonlar (masalan, og‘irlik, maydon) ham qo‘llanilishi mumkin. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling