Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Institutsional nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozorlari 
vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, 
brokerlik 
idoralari, 
chet 
el 
banklari 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. 
Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozori 
jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va 
boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, 
telefon, 
teleks, 
elektron 
aloqa 
vositalari 
va 
shu 
kabi 
kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el 
valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo‘lib, faqatgina banklar 
qatnashadilar. Valyuta bo‘limining asosiy vazifasi bo‘lib, o‘zining 
mijozlariga ma’lum bir valyutadagi aktiv va kapitallarini boshqa bir 
xorijiy valyutaga konvertirlashni ta’minlash hisoblanadi. Bu 
jarayon “naqd bitim”, ya’ni spot operatsiyasi yoki “muddatli 
735 
– tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish; 
– tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu 
jumladan valyuta bo‘yicha ham belgilanish; 
– tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning 
davlat tizimini yaratish; 
– ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi 
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun 
dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar, byudjetdan qarz berish 
tarzida moliyaviy yordam ko‘rsatish, tavakkalchilikni sug‘urta 
qilish; 
– respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini 
rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni 
ishlab chiqish, pul bilan ta’minlash va ekspertiza qilish; 
– O‘zbekiston 
Respublikasiga 
olib 
kelinadigan 
va 
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va 
boshqa mol-mulklarni hujjatlashtirish; 
– mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish 
tartibini belgilash; 
– valyuta va boshqa fondlar mablag‘larini vujudga keltirish 
va ulardan foydalanish. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda 
hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. 
Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, 
iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish 
yo‘llarining aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bu yo‘ldagi yutuq 
hamda marralarning salmoqli bo‘lishiga imkoniyat yaratmoqda. 
Ma’lumki, 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
milliy 
iqtisodiyot 
rivojlanishining muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. U mamlakatning 
jahon hamjamiyatiga bo‘lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini 
belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat 
ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga 
erishiladi. 
Mamlakat 
eksporti 
hamda 
importining 
qiymati 
o‘rtasidagi 
farq, 
ya’ni 
saldo 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
samaradorligining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu ko‘rsatkich milliy daromad darajasiga ko‘p tomonlama 
ta’sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o‘zgarish 


734 
– O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan 
qonun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan 
xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi; 
– belgilangan 
tartibda 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalarning 
ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi hamda buxgalteriya va 
statistika hisobotlarini taqdim etishi; 
– xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv 
ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiena, ekologiya talablari va 
boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi; 
– ro‘yhati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy 
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi 
litsenziyaga ega bo‘lishi shart. 
Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining 
turlaridan qat’iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha 
subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng 
huquqlarga ega bo‘ladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan 
qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o‘z ishtirokining 
turlari, shakllari va yo‘nalishlarini mustaqil belgilashi, o‘z xohishiga 
qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda 
shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to‘lab yoxud 
to‘lamasdan jalb etishi mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir subyekti O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi 
daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni 
tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko‘ra tashqi iqtisodiy 
faoliyatning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni 
tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslarga o‘tkazilishi yoxud ularga ishonib 
topshirilishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o‘zgaga 
o‘tkaziladigan 
taqdirda 
tomonlar 
o‘zaro 
munosabatlarni 
shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga oladilar. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
723 
bitimlar”, ya’ni ularning keng tarqalgan shakli - forvard 
operatsiyalari shaklida bo‘lishi mumkin.
Jahon valyuta bozorida valyuta oldi-sotdisi tunu-kun amalga 
oshiriladi. Bunga asosiy sabab, jahon hududiy valyuta 
bozorlarining turli soat millarida joylashganligi bilan bog‘liqdir. 
Hozirgi vaqtda Osiyo - Tokio, Gonkong, Singapur, Melburndagi 
markazlari bilan, Yevropa - London, Frankfurt-na Mayne, Tsyurix, 
Amerika - Nyu-York, Chikago, Los-Andjeles valyuta bozorlari 
jahon valyuta bozorlarining asosiy qismini egallagan.
Xorijiy valyutadagi bitimlar dunyoning ko‘plab banklarida, 
taxminan, ertalab soat 9
00
da boshlanadi, biroq, dilerlarning ish 
faoliyati bu bitimlarni tuzishdan kamida bir soat oldin boshlanadi. 
Har kuni ertalab, chet el valyutasi bo‘yicha mas’ul xodim (bo‘lim 
boshlig‘i) o‘zining xodimlarini bitimlar tuzish bo‘yicha me’yoriy 
hujjatlar, hamda zaruriy ma’lumotlar va yangiliklar bilan 
ta’minlaydi. 
Jahonning hududiy valyuta bozorlarida odatda barcha 
valyutalar kotirovka qilinmaydi, balki faqatgina, ushbu bozorda 
qatnashayotganlarga kerakli bo‘lgan valyutalar, ya’ni mahalliy pul 
belgilari va bir qator yetakchi erkin konvertirlanadigan valyutalar, 
birinchi navbatda, zaxira valyutalar (AQSh dollari, Yaponiya 
ienasi, evro, Shveytsariya franki va shu kabi valyutalar)dan keng 
foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, kurs asosan, 
yirik banklar, xalqaromoliyaviy tashkilotlarning market-meykerlari 
tomonidan, kutilayotgan talab va taklif o‘rtasidagi farqqa 
bog‘liqholda o‘rnatiladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling