Siyosatshunoslik
Download 420.5 Kb.
|
A.P
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5A210301 – “Amaliy siyosatshunoslik” ta’lim yo’nalishi bo’yicha magistrlik darajasini olish uchun DISSERTATSIYA
- ______________ Ds Sattarov F. F. “___” iyul 2022-yil Toshkent - 2022 MUNDARIJA Kirish qismi
- II-Bob. O’zbekiston tashqi siyosati va migratsiyaning o’zaro bog’liqliklari
- III-Bob. Yangi O’zbekiston davrida davlatning migratsiya siyosatiga bo’lgan munosabati
- Xulosa
- Dissertatsiya mavzusining tadqiqot obyekti va predmeti
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI AMALIY SIYOSATSHUNOSLIK FAKULTETI “SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI RAXMATULLAYEV ABDULAZIZ ISMATULLA O’G’LI O’ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA MIGRATSIYA MASALASI: DINAMIKA VA TRANSFORMATSIYA 5A210301 – “Amaliy siyosatshunoslik” ta’lim yo’nalishi bo’yicha magistrlik darajasini olish uchun DISSERTATSIYA KO’RIB CHIQILDI VA Ilmiy rahbar: Ds Sattarov F. F HIMOYAGA TAVSIYA ETILDI “Siyosatshunoslik” kafedrasi mudiri ____________________ ______________ Ds Sattarov F. F. “___” iyul 2022-yil Toshkent - 2022 MUNDARIJA Kirish qismi ……………………………………...…………………………….4-11 I-Bob. Migratsiya tushunchasining nazariy-metodologik asoslari ……….…12
1.2 O’zbekistonda migratsiya siyosatining paydo bo’lish omillari ………….18-25 1.3 O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtirokining tarixiy rivojlanish bosqichlari ………………………………………………..………26-35 II-Bob. O’zbekiston tashqi siyosati va migratsiyaning o’zaro bog’liqliklari 2.1 Migratsiya masalasida dinamika (Aholi migratsiyasini tanlashiga sabab bo’lgan omillar) 2.2. Aholi migratsiyasi bilan bo’g’liq muammolar va kamchiliklar ………41-45 2.3. Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari ……………………………………..46-55 III-Bob. Yangi O’zbekiston davrida davlatning migratsiya siyosatiga bo’lgan munosabati …………………………………………………………………….56 3.1. O'zbekiston Respublikasining migratsiya siyosati konsepsiyasining loyihasi ………………………………………………………………………………56-66 3.2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning migrantlani qo’llab-quvvatlash siyosati ………………………………………………………………………………67-72 3.3. Aholining migratsiya masalalaridagi uzoq yillik muammolariga yechimlar, tavsiyalar, takliflar……………………………………………………………73-75 Xulosa ……………………………………………………………………….76-83 Foydalanilgan adabiyotlar va elektron manbalar ro’yxati ……………..85-94 Kirish Bugungi “Yangi O’zbekiston” davrida mamlakatimizning barcha jabhalarida yangi islohotlar jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Jumldan, migratsiya siyosati ham davlat siyosati darajasiga chiqdi. Yaqin yillar ichida sohaga oid shu qadar ko’p tashabbus va islohotlar amalga oshirildiki, O’zbekiston Respublikasining ham tashqi ham ichki siyotatida migratsiya masalalariga bo’liq bo’lgan yechilmagan muammolar deyarli qolmadi. Mavzuning dolzarbligi. Jahonda xalqaro siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarning integratsiyalashuvi va globallashuvi, milliy va maʼmuriy chegaralarningo‘zgarishi, xalqaro munosabatlarda yangi subʼektlar, ayniqsa, reintegratsiya omilining faollashuvi migratsiya hodisasini dolzarb ijtimoiy muammo sifatidagi rolini keskin oshirib, umuminsoniy qonuniyat maqomiga olib chiqmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, «2013 yilda xalqaro migrantlar soni 232 millionga yetib, dunyo aholisining 3,2 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilning o‘rtalariga kelib, ular soni 272 millionga, yaʼni dunyo aholisining 3,5 foiziga yetdi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 11 iyuldagi PQ-3126-son «Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018 yil 5 iyuldagi PQ-3839-son «O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mavzuga oid boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Dissertatsiya mavzusining tadqiqot obyekti va predmeti. O‘zbekistonda jamiyat ijtimoiy mobilligi va migratsiya hodisasi o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorliklarni boshqarish institutlari faoliyatini integratsiyalashtirish strategiyasi tashkil etadi Migratsiya jarayonida migrant sotsial maqomi o‘zgarishlarini kompleks-tizimli o‘rganib, rivojlantirishning konstruktiv-ratsional taktikasi tashkil etadi. Ilmiy ishning maqsadi. Ozbekiston tashqi siyosatida Migratsiya jarayonlari transformatsiyasiga taʼsir ko‘rsatuvchi ijtimoiy omillarni tadqiq etish va sotsiologik modellashtirish orqali mutasaddi tashkilotlarning migratsiyaga oid faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Migratsiya hodisasi parametrlari, paradigmalarining sotsiologik akkulturatsiyasini (turli madaniyatlar to‘qnashuvi natijasida yuz beruvchi o‘zgarishlar, milliy-madaniy transformatsiya jarayonlari) eʼtiborga olgan holda mavjud migratsion jarayonga etnomadaniy omillarning (anʼanalar, urf-odatlar, qadriyatlar, meʼyorlar) taʼsir ko‘rsatishi asoslangan;migratsiya shakllaridagi milliy-mental va hududiy xususiyatlari kesimidagi holatining sotsiologik xaritasi bo‘yicha jamiyat sotsial mobilligi bilan indikator ko‘rsatkichlari (aktiv, barqaror, passiv, o‘ta passiv)ningkorrelyasion aloqadorligi aniqlangan;migratsiya jarayonlarining oqibatlari (assimilyasiya, marginallashuv, o‘z madaniy muhitidan uzoqlashuv)ni oldini olishga qaratilgan maqsadli ijtimoiylashtirish mezonlari (korporativlik, proaktivlik, jamoaviylik, nazorat qilish) ishlab chiqilgan; Download 420.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling