Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta bozorlari
Konvertatsiya
qilinmaydigan valyutalar boshqa mamlakatlar valyutalariga ayirboshlanmaydi. Ular faqat mamlakat ichida milliy pul birligi sifatida foydalaniladi. Valyuta kurslarini prognozlash (bashoratlash) – kelajakda yuzaga keladigan valyuta kurslarini hisoblashdir. Bunday hisob-kitoblarnng keng tarqalgan turi bu forvard kursini hisoblashdir. Valyuta bozori – bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan bozordir 142 . Valyuta bozori pul bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z navbatida, kapitallar bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi. Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan ham qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtayi nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta va valyutaviy qiymatliklarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan valyuta bozori turli mamlakatlardagi banklar va birjalarni bog‘lovchi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari majmuini anglatadi. Valyuta bozorlari – bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya’ni, valyuta bozori – bu chet el valyutasini oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi qimmatbaho qog‘ozlarni, hamda valyutaviy kapitalni investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.Valyuta bozori moliya bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi. Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi- sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi. Hozirgi zamon valyuta bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar 142 Simionov Yu.F., Nosko B.P. Valyutnie otnosheniya: Uchebnoe posobie.– Rostov n/D: Feniks, 2001. – 320 s. 722 orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo‘ladi. Jahon valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan. Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin, ular milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlaridir. Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy subyekt, ya’ni davlat, xo‘jalik subyekti yoki fuqaro o‘zining moliyaviy qiziqishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning qiziqishlarini namoyon qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi. Funktsional nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozorlari o‘z vaqtida xalqaro hisob-kitoblarni, valyuta risklarini sug‘urtalashni, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan daromadni o‘zida namoyon qiladi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling