Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Xalqaro moliya Xalqaro moliya bozorlari Xalqaro moliyaviy menejment Xalqaro soliqqa tortish Xalqaro hisob- kitoblar Jahon moliyaviy muhiti 715 – xalqaro savdo munosabatlarining an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko‘rsatish vositasiga aylanib borishi; – kapital migratsiyasining globallashuvi; – hududiy iqtisodiy integratsiya jarayonlarining yanada kengayishi va jadallashuvi. Xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishida kapitalning xalqaro harakati, ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, shuningdek, xalqaro savdoning mahsulotlar, turli xizmatlar ko‘rsatish, texnologiyalar sohasidagi rivoji ijobiy omil sifatida ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon savdosining o‘sishi, ishlab chiqarishning ixtisos- lashuvi va kengayishi, xalqaro kapital harakatining rivoji, chegaralararo tovarlar, xizmatlar hamda ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishiga, shuningdek, jahon moliya bozorlarining taraqqiy etishiga hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayishiga, xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jabhalarini jadallashuviga imkon yaratdi Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro moliyaning vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: – milliy iqtisodiyotlarning yagona xalqaro tizimga integratsiyalashuvini ta’minlash; – xalqaro savdo hamda tovarlar, xizmatlar va kapital ayirboshlashning oqilona harakatini tashkil etish; – milliy iqtisodiyotlarni xalqaro iqtisodiy va moliyaviy o‘zgarishlarga moslashtirish; – mamlakatlarning milliy moliyaviy siyosatini yuritishida tavsiyalar berish. Xalqaro moliya munosabatlari tarkibiga xalqaro aylanmaga kelib tushgan va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, ya’ni rezedentlarning tashqi dunyo bilan yuzaga keladigan munosabatlarida qo‘llaniladigan moliyaviy munosabatlar tizimi kiritiladi. Xalqaro moliya quyidagilarga xizmat qiladi: Birinchidan, turli mamlakat rezedentlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga va o‘zaro hamkorlikka; Ikkinchidan, jahon mamlakatlarining turli xil moliyaviy institutlar bilan yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlariga; Uchinchidan, turli mamlakatlar rezidentlarining xalqaro moliya bozorlaridagi operatsiyalarini tashkil etishga. 714 egallash uchun yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida vujudga keladi. • Transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar rolining ortib borishi. Bu holat, jahon iqtisodiyotida transmilliylashish jarayoni kuchayishi, ya’ni, alohida mamlakatlarga yoki bir nechta mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar va banklar faoliyatining rivojlanishi, ular tomonidan xorijiy filiallarning kengaytirilishi orqali yuzaga keldi. • Mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi. Mazkur holat, milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqlik darajasi orqali ifodalanadi. Bunda, xalqaro moliya munosabatlarining ishtirokchilari uchun muayyan shart- sharoitlarning yaratilishi, xususan, xalqaro savdoda bojlarning pasaytirilishi, xorijiy investorlarni keng jalb etishga qaratilgan qulay investitsiya muhitining yaratilishi hamda valyuta cheklovlarining bekor qilinishi kabi tadbirlar amalga oshirilishi muhim o‘rin tutadi. • Tashqi iqtisodiy aloqalarning xalqaro me’yoriy-huquqiy bazasini qabul etilishi. • Mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni xalqaro jihatdan tartibga solish va nazorat qilish tizimini tashkil qilinishi. Alohida olingan milliy iqtisodiyotning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini bir necha miqdoriy ko‘rsatkichlar bilan tavsiflash mumkin: – eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi; – import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi; – tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo aylanmasi hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. Mazkur ko‘rsatkichlarni hisoblash asosida mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokini baholash mumkin. Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xalqaro moliya munosabatlarining istiqbolda rivojlanish tendensiyalarini belgilab berdi: – xalqaro moliya munosabatlari sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko‘p tomonlama munosabatlarga o‘tish; – jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; 711 Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi. Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: – valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shartlarining birxillashuvi; – valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga solish; – xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish; – kredit, sug‘urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini birxillashtirish; – mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro moliya institutlarini tashkil etish. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari sifatida quyidagilar ishtirok etadi: davlat, korxona, tashkilotlar, firmalar hamda xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, birjalar, jismoniy shaxslar. Xalqaro moliya munosabatlari turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida, davlat va boshqa mamlakatlar xukumatlari hamda xalqaro tashkilotlar o‘rtasida, davlat va korxonalar bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin. Davlat xalqaro moliya sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy subyekt hisoblanadi. Markaziy banklar – bu iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish organlari bo‘lib, ularga monopol tarzda banknotalar chiqarish, pul muomalasi, kredit va valyuta kursini tartibga solish, valyuta zaxiralarini saqlash vazifalari biriktirilgan. Xalqaro tashkilotlar – ular xalqaro shartnoma asosida tashkil etilgan bo‘lib, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi organlarga ega bo‘lgan holda jahon xo‘jaligi birliklarining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga yordamlashish vazifalarini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va moliya-kredit munosabatlarini tartibga solish uchun davlatlararo kelishuvlar asosida tashkil etilgan iqtisodiy tashkilotlar. Xalqaro moliyaning rivojlanishida transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklar kabi subyektlar faol rol o‘ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling