748
tizimning bo‘g‘inlari o‘rtasida yalpi ijtimoiy
mahsulot va milliy daromad
qiymatining markazlashtirilgan tarzda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.
Byudjetiy tartibga solish – hududlarning sotsial va iqtisodiy
rivojlanishiga yo‘naltiriladigan va hududiy byudjetlarni
minimal zaruriy
darajadagi daromadlar bilan ta’minlash maqsadida mablag‘larni qayta
taqsimlash.
Byudjet ssudasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud
respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga
yoki chet el davlatiga
qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
Byudjet subventsiyasi – qonun hujjatlarida nazarta tutilgan tartibda
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet so‘rovi – byudjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish
va
byudjetdan
mablag‘
ajratish
to‘g‘risidagi
so‘rov.
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: 1)
tegishli hududlar va davlat maqsadli fondlari byudjetlari loyihalarini
tayyorlash uchun – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga,
viloyatlar va
Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini
taqsimlovchi organlarga; 2) byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni
olishga
buyurtmalar tuzish uchun - respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
byudjet mablag‘larini oluvchilarga byudjet so‘rovini yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: