Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya


 
 
Grant 
– 
innovatsion 
xarakterdagi 
ishlarni 
maqsadli-imtiyozli 
moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi 
ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va 
tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik 
ishlarini, o‘qitish, davolash va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarni 
amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish 
sharti bilan beriladigan mablag‘lar tushuniladi. 
Gerb solig‘i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd 
etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to‘g‘risidagi shartnoma 
va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq. 

Davlat byudjeti – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat 
maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlash-tirilgan fondi, unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili 
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari 
va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo‘lgan davlatning asosiy 
moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan 
tasdiqlanadi. Davlat pul mablag‘lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish 
va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. 
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) 
mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) 
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish; 3) 
davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul 
mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni 
amalga oshirish. 
Davlat byudjeti tuzilmasirespublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat 
byudjeti 
tarkibida 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalari 
jamlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
Respublika 
byudjetini 
hamda 
tumanlar 
va 
respublikaga 
(Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga olsa
viloyat byudjeti esa viloyat byudjetini, tumanlar va viloyat bo‘ysunuvidagi 
shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, tumanlarga 
bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga 
kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iboratdir. Tumanga bo‘ysunadigan 
shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman 
bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling