Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan
Neokeynschilar nazariyalari
Download 5.3 Mb. Pdf ko'rish
|
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya
Neokeynschilar nazariyalari. J.M.Keynsning izdoshlari
o‘tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko‘pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyuk Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Fransiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy konsepsiya muhim o‘rinni egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga yetkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o‘zgarishlarga borib taqaladi. Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g‘oyasini olg‘a surdilar. Ular davlat qarzlarining o‘sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini o‘sishi bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi olimlarning ma’lum bir guruhini, shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.Myurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni tsiklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy inqiroz paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o‘sish davrida paydo bo‘ladigan ortiqcha imkoniyatlar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag‘lari iqtisodiyotning 190 boshlandi. Jahon iqtisodiy inqirozi yillariga (1929-1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling