Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Download 5.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/314
Sana18.09.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1680868
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   314
Bog'liq
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

J.M.Keyns nazariyasi. Ingliz iqtisodchisi J.M.Keynsning 
(1883-1946-yillar) iqtisodiy nazariyasi davlat tomonidan tartibga 
solishda kapitalistik ishlab chiqarishning ehtiyoji sifatida vujudga 
keldi hamda u moliyaviy konsepsiyani shakllantirishga va 
moliyaviy siyosatni ishlab chiqishga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Keynscha tavsiyalar, uning turli xildagi modifikatsiyalari bilan 
birgalikda, uzoq yillar davomida turli davlatlarning amaliyotida 
foydalanildi. J.M.Keyns moliyaviy konsepsiyasining asosida 
“samarali talab” g‘oyasi yotadi. 
Iqtisodiyot 1929-1933-yillardagi og‘ir siklik inqirozni boshdan 
kechirayotgan bir paytda J.M.Keyns o‘zining nazariyasini 
“Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli asarida (1936- 
yil) bayon etdi. Unda beqaror rivojlanish sharoitida davlat 
iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi asoslab berildi. Moliyaviy 
kategoriyalar va birinchi navbatda, davlat xarajatlari ana shunday 
aralashuvning vositalari bo‘lishi kerak. Ularning shakllanishi, 
tarkibiy tuzilmasi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishning muhim 
omillari bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar va qarzlar hisobidan davlat 
xarajatlarining o‘sishi tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishi va milliy 
daromadning ko‘payishini ta’minlashi hamda ishsizlikka barham 
berishi mumkin. Bu maqsadga erishish uchun, muallifning 
fikricha, davlat faqat o‘z xarajatlarining darajasini oshiribgina 
qolmasdan, balki shaxsiy va investitsion iste’molga ham ta’sir 
ko‘rsatishi kerak. 
J.M.Keyns soliqlar va ularning asosiy “psixologik qonun”ga 
ta’siri masalalariga alohida ahamiyat bergan. Ana shu “qonun”ga 
muvofiq, insonlar o‘z iste’mollarini oshirib borishga moyildir. Lekin 
bu moyillik ular daromadlarining oshganchalik darajasida emas. 
Bu narsa, o‘z navbatida, tovarlarga bo‘lgan talabning pasayib 
ketishiga va ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Davlat 
ana shunday “qonun”ning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi hamda 
soliq tushumlari, qarzlar hisobidan o‘z xarajatlarini oshirish yoki 
turli usullar orqali xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish yo‘li 
bilan yetmayotgan talabni to‘ldirishi kerak. Uning formulasi 
quyidagicha: 

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling